O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PF-166-son Farmoniga
1-ILOVA
|
Elektr energiyasini ishlab chiqarish (IES, GES, IEM va QES) |
14 ta issiqlik elektr stansiyalari; 46 ta gidroelektr stansiyalari; 9 ta mikro gidroelektr stansiyalari; 3 ta issiqlik elektr markazlari; 2 ta DXSH quyosh elektr stansiyalari |
• Ishlab chiqarish davomida yuzaga kelgan barcha xarajatlarni qoplab beruvchi tariflar asosida elektr energiyasi Yagona xarid qiluvchiga kafolatlangan tarzda sotiladi. | ||
|
↓ |
||||
|
Elektr energiyasini uzatish, xarid qilish va sotish (Yagona xarid qiluvchi) |
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (Yagona xarid qiluvchi) |
• Respublika hududida ishlab chiqarilgan barcha elektr energiyasini Yagona xarid qiluvchi sifatida xarid qilish va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga sotish. • Eksport va import operatsiyalarini amalga oshirish. • Magistral tarmoqlarga texnik xizmat ko‘rsatish. | ||
|
↓ |
||||
|
Elektr energiyasini taqsimlash va sotish |
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ |
• Elektr energiyasini iste’molchilarga yetkazib berish va barcha iste’molchilarga o‘rnatilgan tariflarda sotish. | ||
|
↓ |
||||
|
Iste’molchilar |
Barcha iste’molchilar (7,6 mln aholi, 425 mingta yuridik iste’molchilar) |
• Ishlab chiqarilgan elektr energiyasini faqatgina “Hududiy elektr tarmoqlari” AJdan xarid qiladi. |



2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Mas’ul ijrochilar |
|
I. Elektr energetikasi sohasini isloh qilish bo‘yicha huquqiy bazani shakllantirish | ||||
|
1. |
Yangi tahrirdagi “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasini ishlab chiqish. |
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining hamda Jahon bankining texnik ko‘magi asosida jalb qilingan xalqaro ekspertlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2023-yil dekabr |
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Adliya vazirligi (Tashkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. |
“Energetika bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish. |
1. Xalqaro moliya institutlari texnik ko‘magida xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, “Energetika bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. |
2024-yil aprel |
Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Adliya vazirligi (Tashkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. “Energetika bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil may | |||
|
3. |
Xalqaro moliya institutlari texnik ko‘magida xalqaro ekspertlarni jalb qilgan xolda, elektr energetikasi sohasida raqobatli bozorni shakllantirish maqsadida bozor ishtirokchilari faoliyatini tartibga soluvchi ulgurji va chakana bozor qoidalarini, shu jumladan bozor ishtirokchilari faoliyatini litsenziyalash tartibini tasdiqlash. |
1. Bozor ishtirokchilari faoliyatini tartibga soluvchi raqobatli ulgurji va chakana bozor qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2024-yil mart |
Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (Sharaxmetov) |
|
2. Elektr energiyasi bozorida faoliyat yuritish uchun bozor ishtirokchilari faoliyatini litsenziyalash tartibini tasdiqlash. |
2024-yil mart | |||
|
4. |
2020 — 2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasini elektr energiyasi bilan ta’minlash konsepsiyasini qayta ko‘rib chiqish. |
1. Jahon bankining texnik ko‘magi asosida 2020 — 2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasini elektr energiyasi bilan ta’minlash konsepsiyasini qayta ko‘rib chiqib, uning yangi tahririni ishlab chiqish. |
2023-yil dekabr |
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (Isaqulov), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Mustafayev), “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ (Jurayev) |
|
2. Yangi tahrirdagi 2020 — 2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasini elektr energiyasi bilan ta’minlash konsepsiyasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil fevral | |||
|
5. |
Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini qabul qilish. |
1. Xalqaro moliya institutlarining texnik ko‘magida xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish. |
2023-yil dekabr |
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (Isaqulov) |
|
2. Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil yanvar | |||
|
6. |
Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini qabul qilish. |
1. Xalqaro moliya institutlarining texnik ko‘magida xalqaro ekspertlarni jalb qilgan xolda, Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari loyihasini ishlab chiqish. |
2024-yil aprel |
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Mustafayev), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, Adliya vazirligi (Tashkulov) |
|
2. Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil iyun | |||
|
7. |
Elektr energiyasining savdo operatsiyalari uchun mo‘ljallangan savdo platformasini (keyingi o‘rinlarda — savdo platformasi) yaratish. |
1. Xalqaro moliya institutlarining texnik ko‘magida xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda savdo platformasini yaratish uchun texnik topshiriq ishlab chiqish. |
2024-yil aprel |
“O‘zenergosotish” AJ, Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, Energetika vazirligi (Mirzamahmudov) |
|
2. Savdo platformasining dasturiy ta’minotini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish. |
2024-yil dekabr | |||
|
II. Magistral va taqsimlash elektr tarmoqlarini rivojlantirish | ||||
|
8. |
Respublika hududidagi yuqori kuchlanishli magistral elektr tarmoqlarini rivojlantirish. |
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan davlat kafolati ostida xalqaro moliya institutlaridan 3 ta investitsiya loyihasi doirasida jalb qilingan 138,9 mln dollar miqdoridagi mablag‘larni to‘liq o‘zlashtirish orqali quvvati 500 MVA bo‘lgan 1 ta 220 kVli va 1 002 MVA quvvatga ega 500 kVli yangi podstansiya, shuningdek 465 km yuqori kuchlanishli (220 va 500 kVli) elektr uzatish tarmoqlarini qurish ishlarini yakunlash. |
2024-yil dekabr |
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (Isaqulov) |
|
9. |
Respublika hududidagi past kuchlanishli taqsimlash elektr tarmoqlarini rivojlantirish. |
2024-yil yakuniga qadar umumiy uzunligi 12 ming km bo‘lgan 0,4 — 110 kVli elektr uzatish tarmoqlari va 3 mingta transformator punktini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlarini yakunlash. Shu jumladan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan davlat kafolati ostida xalqaro moliya institutlaridan 3 ta investitsiya loyihasi doirasida jalb qilingan 790 mln dollar miqdoridagi mablag‘larni to‘liq o‘zlashtirish. |
2024-yil dekabr |
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Mustafoyev) |
|
10. |
Respublikaning energetika sohasini Dispetcherlik boshqaruvi va ma’lumotlarni yig‘ish dasturiy-apparat kompleksi (SCADA) hamda Aksiyadorlik jamiyatining resurslarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini (ERP) joriy etish orqali raqamlashtirish va kiberxavfsizlikni ta’minlash. |
1. “Energetika tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy qilishni muvofiqlashtiruvchi hukumat ishchi guruhi”ni tuzish. |
2023-yil noyabr |
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (Isaqulov), “Milliy dispetcherlik markazi” DUK (Boboyev), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (Mirzayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Mustafoyev), “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ (Jurayev) |
|
2. Aksiyadorlik jamiyatining resurslarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini (ERP) “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va “O‘zbekgidroenergo” AJga joriy etish bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish. |
2024-yil dekabr | |||
|
3. Dispetcherlik boshqaruvi va ma’lumotlarni yig‘ish dasturiy-apparat kompleksini (SCADA) “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Milliy dispetcherlik markazi” DUKga joriy etish bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish. |
2024-yil dekabr | |||
|
11. |
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ iste’molchilariga yetkazib beriladigan elektr energiyasi hisobini yuritish uchun yangi billing tizimini ishlab chiqish va to‘liq amaliyotga joriy etish. |
1. Jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, zamonaviy texnologiyalar asosida, iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasining hisobini yuritish uchun yangi billing dasturini yaratishda texnik talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2023-yil dekabr |
Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (Mirzayev), “Milliy dispetcherlik markazi” DUK (Boboyev), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Mustafoyev) |
|
2. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “UZI№FOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MCHJ bilan yangi billing tizimini ishlab chiqish va to‘liq amaliyotga joriy etish bo‘yicha tuzilgan shartnoma doirasida yangi billing tizimi test rejimida ishlashini hamda Toshkent shahri iste’molchilari mazkur tizimga o‘tkazilishini ta’minlash. |
2024-yil fevral | |||
|
3. Yetkazib berilgan elektr energiyasi hisobini yuritish uchun yangi billing tizimini to‘liq amaliyotga joriy etish. |
2024-yil dekabr | |||
|
III. Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi hamda “O‘zenergosotish” AJ faoliyatini tashkil etish | ||||
|
12. |
Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) faoliyatini tashkil etish. |
Agentlik ijro apparatining boshqaruv lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar (boshqaruv raisi va uning o‘rinbosarlari) bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
2023-yil oktabr |
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xodjayev) |
|
Agentlikni joylashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
2023-yil noyabr |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortikov), Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov) | ||
|
Tegishli vazirlik va idoralarning Agentlikka bosqichma-bosqich o‘tkazilayotgan funksiyalarini bajarish vazifasi yuklatilgan shtat birliklarini Agentlikka o‘tkazish hisobiga Agentlikning 20 ta shtat birligini shakllantirish. |
2023-yil dekabr |
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xodjayev), Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi | ||
|
Xalqaro moliya institutlarining texnik ko‘magida xalqaro ekspertlarni jalb qilgan xolda Agentlik to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil yanvar |
Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Adliya vazirligi (Tashkulov) | ||
|
13. |
Elektr energiyasi tariflarini shakllantirishning yangi uslubiyotini ishlab chiqish. |
1. Xalqaro moliya institutlarining texnik ko‘magida elektr energiyasi tariflarini shakllantirishning yangi uslubiyotini ishlab chiqish uchun ekspertlarni jalb qilish. |
2023-yil dekabr |
Idoralararo tarif komissiyasi, Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xodjayev), Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi |
|
2. Elektr energiyasi tariflarini shakllantirishning yangi uslubiyotini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish. |
2024-yil fevral | |||
|
3. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasini xarid qilish va sotish bo‘yicha mavjud qarzdorligi (shu jumladan, elektr energiyasini xarid qilish va sotish narxlari o‘rtasidagi salbiy tafovut hisobidan shakllangan qarzdorlik)ni taqsimlash tartibini ishlab chiqish va so‘ndirish manbalarini tasdiqlash. |
2024-yil aprel | |||
|
14. |
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasi markaziy xarid qiluvchisi funksiyasini alohida kompaniyaga o‘tkazish orqali “O‘zenergosotish” AJ faoliyatini tashkil etish. |
1. “O‘zenergosotish” AJni tashkil etish uchun ta’sis hujjatlarini ishlab chiqish va rasmiylashtirish. |
2023-yil oktabr |
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xodjayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov), “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (Isaqulov) |
|
2. “O‘zenergosotish” AJning tashkiliy tuzilmasi va ijroiya organlarining tuzilmalarini tasdiqlash. |
2023-yil noyabr | |||
|
3. “O‘zenergosotish” AJning boshqaruv organlarini (kuzatuv kengashi va ijro etuvchi organlar) shakllantirish. |
2023-yil noyabr | |||
|
4. “O‘zenergosotish” AJ faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni ko‘rish. |
2024-yil mart | |||
|
15. |
Elektr energiyasining uzatish, uni sotish va sotib olish tariflarini hamda elektr energiyasi uchun kelib tushadigan mablag‘larni taqsimlashning yangi tartibini tasdiqlash. |
1. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari orqali uzatish, “O‘zenergosotish” AJ uchun elektr energiyasini sotish va sotib olish tariflarini hamda elektr energiyasi uchun kelib tushadigan mablag‘larni taqsimlashning yangi tartibini ishlab chiqish. |
2024-yil aprel |
Idoralararo tarif komissiyasi, Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xodjayev), Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi |
|
2. Ishlab chiqilgan elektr energiyasini uzatish, “O‘zenergosotish” AJ uchun elektr energiyasini sotish va sotib olish tariflarini hamda elektr energiyasi uchun kelib tushadigan mablag‘larni taqsimlashning yangi tartibini tasdiqlash. |
2024-yil may | |||
|
3. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Energosavdo” korxonasini tashkil etish va uning faoliyatini barcha hududlarda yo‘lga qo‘yish. |
2024-yil may | |||
|
16. |
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan imzolangan shartnomalarni qayta rasmiylashtirish. |
1. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning uzoq muddatli elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi shartnomalarini (Power Purchase Agreements) yangi tashkil etilgan “O‘zenergosotish” AJ nomiga tegishli dalolatnomalar va shartnomalar (bitimlar) orqali qayta rasmiylashtirish. |
2024-yil may |
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (Isaqulov), “O‘zenergosotish” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xodjayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov) |
|
2. Xususiy elektr stansiyalari investorlari bilan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan imzolangan 34 ta investitsiya shartnomasi va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi bitimlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish. |
2024-yil may | |||
|
3. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasini “O‘zbekgidroenergo” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJlardan sotib olish va elektr energiyasini “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga sotish bilan bog‘liq 16 ta shartnomani “O‘zenergosotish” AJ nomiga tegishli dalolatnomalar va shartnomalar (bitimlar) orqali qayta rasmiylashtirish. |
2024-yil may | |||
|
4. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasini sotish va sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha debitorlik va kreditorlik qarzdorligini xatlovdan o‘tkazib, “O‘zenergosotish” AJ nomiga tegishli dalolatnomalar va shartnomalar (bitimlar) orqali o‘tkazish. |
2024-yil iyul | |||
|
5. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasi eksporti va importi shartnomalari, xususiy elektr stansiyalari bilan imzolangan elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni “O‘zenergosotish” AJga to‘liq o‘tkazish. |
2024-yil dekabr | |||
|
17. |
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish. |
1. Shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatlarini 200 MVtga yetkazish. |
2024-yil dekabr |
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xodjayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi |
|
2. Quyosh fotoelektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatlarini 3 347 MVtga yetkazish. |
2024-yil dekabr | |||
|
3. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishlab chiqarish quvvatlarini elektr tarmoqqa integratsiya qilish doirasida batareya energiya saqlash tizimlari quvvatini 500 MVtga yetkazish. |
2024-yil dekabr | |||
|
4. Energiya tizimining sharqiy tomonida ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatlarini g‘arbiy qismga uzatish maqsadida yuqori kuchlanishli o‘zgarmas tok havo liniyasini (NVDC) loyihalash ishlarini yakunlash. |
2024-yil noyabr | |||
|
18. |
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida quriladigan quyosh va shamol elektr stansiyalarini yagona elektr tarmog‘iga integratsiya qilish. |
1. Quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasining yagona elektr tarmog‘iga ulanishini simulyatsiya qiluvchi dasturlardan foydalangan holda, kelgusida qurilishi rejalashtirilgan quyosh va shamol elektr stansiyalarini yagona elektr tarmog‘iga ta’sirini o‘rganish. |
2023-yil noyabr |
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (Isaqulov), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Mustafoyev), “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ (Jurayev), “O‘zbekgidroenergo” AJ (Sanginov) |
|
2. Quyosh va shamol elektr stansiyalarining yagona elektr tarmog‘iga ta’sirini o‘rganish natijalariga ko‘ra respublikani elektr energiyasi bilan ta’minlash konsepsiyasini qayta ko‘rib chiqish. |
2023-yil dekabr | |||
|
3. Ishga tushiriladigan quyosh va shamol elektr stansiyalarini yagona elektr tarmog‘iga integratsiya qilish uchun muntazam ravishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari potensialini o‘rganib borish. |
Doimiy asosida | |||
|
IV. Respublika elektr energetikasi sohasi uchun kadrlar tayyorlash | ||||
|
19. |
Respublika elektr energetikasi sohasi uchun yetuk mutaxassislarni, shu jumladan dispetcherlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini hozirgi zamon talablariga to‘liq moslashtirish. |
1. Kadrlarga bo‘lgan talab va kadrlarni tayyorlash yo‘nalishlarini aniqlash. |
2023-yil dekabr |
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xodjayev), “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (Isaqulov), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Mustafoyev), “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ (Jurayev), “O‘zbekgidroenergo” AJ (Sanginov) |
|
2. Elektr energetikasi sohasini zamon talablariga to‘liq moslashtirish maqsadida ushbu yo‘nalishdagi mutaxassislar, shu jumladan dispetcherlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha yagona markazni tashkil etish. |
2024-yil yanvar | |||
|
3. Markazda xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari, biznes-hamjamiyatlari va xalqaro jamiyatlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish hamda mustahkamlash. |
2024-yil iyun | |||
|
20. |
Elektr energetikasi sohasidagi kadrlarning bilimlarini muntazam ravishda oshirib borish. |
1. Xodimlarni ularning sohaviy xizmatda ishlash layoqatini aniqlash maqsadida har uch yilda bir marotaba alohida o‘quv dasturi asosida o‘qitish. 2. O‘quv kurslari yakunida umumiy va maxsus modullar bo‘yicha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan xodimlarga sertifikat berish. |
Doimiy asosda |
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (Isaqulov), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Mustafoyev), “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ (Jurayev), “O‘zbekgidroenergo” AJ (Sanginov), “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ (Jurayev) |
|
21. |
Elektr energetikasi sohasidagi kadrlarni kasbga oid sifatlarini rivojlantirish va faoliyatining samaradorligini oshirish. |
1. Elektr energetikasi sohasida kadrlarning o‘z kasbiga oid bo‘lgan qo‘shimcha bilimlarni o‘zlashtirishi va faoliyat samaradorligini oshirish uchun o‘zaro bog‘liq bo‘linmalar ro‘yxatini shakllantirish. |
2023-yil noyabr |
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (Isaqulov), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Mustafoyev), “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ (Jurayev), “O‘zbekgidroenergo” AJ (Sanginov) |
|
2. Shakllantirilgan ro‘yxat asosida kadrlarni rotatsiya qilish grafiklarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2023-yil dekabr | |||
|
3. Elektr energetikasi sohasida kadrlarni muntazam ravishda rotatsiya qilish. |
Doimiy asosda | |||
|
22. |
Malakali xalqaro ekspertlarni Agentlik faoliyatiga jalb qilish. |
Xalqaro moliya institutlarining texnik ko‘magida xalqaro ekspertlar uchun texnik shartlarni ishlab chiqish va ularni jalb qilish. |
2024-yil fevral |
Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xodjayev) |
|
23. |
Ilg‘or xorijiy kompaniyalarda elektr energetikasi sohasidagi dispetcherlarning malakasini oshirish. |
1. Elektr energetikasi sohasidagi dispetcherlarning malakasini oshirish maqsadida ilg‘or xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish. |
2024-yil fevral |
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (Isaqulov), “Milliy dispetcherlik markazi” DUK (Boboyev) |
|
2. Hamkorlik kelishuvlari asosida har yili kamida 10 nafar dispetcherni ilg‘or xorijiy kompaniyalarga malaka oshirishga yuborish. |
2024-yil dekabr | |||
|
24. |
Agentlik xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish. |
1. Xalqaro moliya institutlarining texnik ko‘magida Agentlik xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Tasdiqlangan dastur asosida ilmiy-nazariy hamda ilmiy-amaliy seminarlar, forumlar, ko‘rgazmalar, simpozium, treninglar, master-klasslar va davra suhbatlari tashkil qilish. |
2023-yil dekabr |
Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, Energetika vazirligi (Mirzamahmudov) |