04.09.2026 yildagi 461-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Ijtimoiy himoya sohasida yuqori malakali mutaxassislar korpusini shakllantirish, shuningdek, ularning kasbiy faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Ijtimoiy ish toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash, shuningdek, ijtimoiy himoya sohasida yuqori malakali mutaxassislar korpusini shakllantirish orqali aholining ehtiyojmand qatlamlari bilan ixtisoslashgan va samarali ishlashni taʼminlovchi shaffof tizimni joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Ijtimoiy ish toʻgʻrisida”gi Qonunida ijtimoiy xodimlarning maqomini belgilovchi malaka sertifikatini berish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat organlari va tashkilotlari hamda nodavlat tashkilotlarda faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodimlarning lavozimi toʻrt toifaga (toifasiz, III, II va I toifalarga) ajratiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III, II va I toifalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan beriladigan malaka sertifikatiga ega boʻlgan ijtimoiy xodimlarga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikati besh yil amal qilish muddati bilan beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazi)dan tashqari boshqa davlat organlari va tashkilotlari hamda nodavlat tashkilotlarda faqat III, II va I toifadan birini olgan ijtimoiy xodimlar faoliyat yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toifasiz yoki III, II va I toifaga ega boʻlgan ijtimoiy xodimlarning vazifalari taqsimoti ish beruvchi tomonidan belgilanadi. Bunda davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodimlarning vazifa va funksiyalarini belgilash Agentlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) malaka sertifikati amal qilish muddati tugagandan soʻng olti oy ichida qayta malaka sertifikatini olmagan ijtimoiy xodimlarning lavozimi saqlangan holda bir pogʻona quyi toifaga tushiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ijtimoiy xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bir yilda bir marotaba tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) davlat organlari va tashkilotlarda ijtimoiy xodim lavozimining shtat meʼyori bir shtat birligidan kam boʻlmagan miqdorda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning 2-bandi “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan tartib quyidagi bosqichlarda joriy etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-oktabrdan boshlab Xorazm va Toshkent viloyatlarida joylashgan “Inson” markazlarida hamda Agentlik tizimidagi boshqa muassasalar (keyingi oʻrinlarda — muassasalar)da;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2027-yil 1-yanvardan boshlab Andijon viloyati va Toshkent shahrida joylashgan “Inson” markazlarida hamda muassasalarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2027-yil 1-apreldan boshlab respublikaning barcha hududlaridagi “Inson” markazlarida va muassasalarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2027-yil 1-iyundan boshlab Ichki ishlar vazirligi va “SOS Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2027-yil 1-apreldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga sifatli ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatish maqsadida “Inson” markazlari tuzilmasida ijtimoiy xodimlarning mavjud shtat birliklari doirasida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ixtisoslashtirilgan lavozimlar joriy etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha ijtimoiy xodim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar bilan ishlash boʻyicha ijtimoiy xodim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan lavozimlar hamda “Inson” markazlarining shuʼba mudiri (bosh ijtimoiy xodim) va bosh mutaxassisi (supervayzer) lavozimlariga II va undan yuqori toifaga ega boʻlgan ijtimoiy xodimlar faoliyat yuritishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “Inson” markazlarining shuʼba mudiri (bosh ijtimoiy xodim) va bosh mutaxassisi (supervayzer) lavozimida mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlarga uch oy muddat ichida tegishli toifa olishi talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xodimlarga malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi ijtimoiy xodimlarning oylik ish haqi va faoliyatining samaradorligini baholash natijalari boʻyicha toʻlanadigan mukofot miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda Agentlik tizimiga kirmaydigan davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodimlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oylik ish haqi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4,2 baravaridan kam boʻlmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatining samaradorligini baholash natijalari boʻyicha toʻlanadigan mukofot miqdori ish beruvchi tomonidan mustaqil belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agentlik Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-oktabrga qadar ijtimoiy xodimlarga toifa berish jarayonlari boʻyicha xalqaro standart va ilgʻor tajribalarga muvofiq, jahon darajasida talab etilgan mezonlarga javob beradigan oʻquv dasturlari va baholash (sinov) mexanizmlari ishlab chiqilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil yakuniga qadar ijtimoiy xodimlar uchun xalqaro sertifikatlash tizimini joriy qilish boʻyicha taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-oktabrga qadar bir yilda bir marta ijtimoiy xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha oʻzi qabul qilgan idoraviy hujjatlarni mazkur qarorga moslashtirib, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil yakuniga qadar barcha ijtimoiy xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ijtimoiy xodimlar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi munosabati bilan 2026-yilga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlariga Sogʻliqni saqlash vazirligining qoʻshimcha xarajatlarini koʻzda tutuvchi oʻzgartirish kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agentlik Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-oktabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat xizmatlarining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 4-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
461-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-sentabrdagi 461-son qaroriga
1-ILOVA

Ijtimoiy xodimlarga malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Reglament ijtimoiy xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimidagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikati — ijtimoiy xodimlarga toifa berilganligini tasdiqlovchi hamda toifa darajasi koʻrsatilgan QR-kod qoʻyilgan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus ish staji — mazkur Reglamentda belgilangan tartib joriy qilingandan soʻng shaxsning ijtimoiy xodim yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazi) xodimi sifatida ishlagan davri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat sinovi — malaka sertifikati olish uchun jismoniy shaxsning ijtimoiy ish sohasi boʻyicha bilim va mahoratini aniqlash jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navbatdan tashqari nazorat sinovi — uzrli sabablarga koʻra nazorat sinovida ishtirok eta olmagan hamda birinchi marotaba nazorat sinovida ishtirok etib, undan oʻta olmagan talabgorlar uchun tashkil etiladigan nazorat sinovi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toifa — nazorat sinovi natijalariga koʻra berilgan ijtimoiy xodimlarning nazariy bilimi, amaliy koʻnikmalari, kasbiy malakasi darajasini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — malaka sertifikatini olishga talabgor boʻlgan jismoniy shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Malaka sertifikati nazorat sinovi natijalaridan kelib chiqib quyidagi tartibda beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yillik maxsus ish stajiga ega talabgorga — III toifa malaka sertifikati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki yillik maxsus ish stajiga ega talabgorga — II toifa malaka sertifikati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch yillik maxsus ish stajiga ega talabgorga — I toifa malaka sertifikati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Talabgordan III toifali malaka sertifikatini olish uchun oliy maʼlumot, II va I toifali malaka sertifikatini olish uchun tor doiradagi oliy maʼlumot talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tor doiradagi oliy maʼlumot talab qilinadigan oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati Agentlik tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Malaka sertifikati boʻyicha toifa talabgorlarga III toifadan I toifaga qarab izchil ketma-ketlik tartibida beriladi. Bunda tegishli maxsus ish stajiga ega boʻlishidan qatʼi nazar, quyi toifa malaka sertifikatiga ega boʻlmagan talabgorga yuqori toifalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Malaka sertifikati besh yil amal qilish muddati bilan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda malaka sertifikati vakolatli organ vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi (keyingi oʻrinlarda — ERI) bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda QR-kod bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Eng faol ijtimoiy xodim” koʻrik-tanlovining respublika bosqichida gʻolib boʻlgan yoki ijtimoiy ish sohasida xorijiy sertifikatga ega boʻlgan shaxslarga, istisno tariqasida vakolatli organ tomonidan III toifali malaka sertifikati nazorat sinovisiz hamda maxsus ish staji talab qilinmagan holda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ijtimoiy ish sohasida tan olinadigan xorijiy sertifikatlar roʻyxati Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ijtimoiy xodimlarga malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Malaka sertifikatini berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Malaka sertifikatini olish boʻyicha nazorat sinovida ishtirok etishi uchun talabgor vakolatli organning kamida 36 akademik soatlik oʻquv kurslarida (onlayn, offlayn yoki gibrid shaklda) malaka oshirishi lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda talabgorning malakasini oshirish bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridagi toʻlov-shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Talabgor malaka sertifikatini olish uchun “Inson” markaziga oʻzi kelgan holda, shuningdek, “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Talabgor malaka sertifikatini olish uchun “Inson” markaziga bevosita oʻzi murojaat etgan taqdirda, “Inson” markazi xodimi talabgor nomidan, “Ijtimoiy himoya” AT yoki YIDXP orqali murojaat qilgan hollarda esa — talabgor mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor soʻrovnomadagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi hamda imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagi talabgor haqidagi maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom yoki oliy maʼlumot haqidagi xorijiy hujjatni tan olish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish staji toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat sinovidan oʻtish uchun hujjatlarni topshirgunga qadar bir yildan ortiq boʻlmagan davrda shartnoma asosida vakolatli organning 36 akademik soatdan kam boʻlmagan oʻquv kurslarida malaka oshirgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning familiyasi va (yoki) ismi oʻzgartirilgan boʻlsa, bu haqidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishda xizmat koʻrsatishning har qanday bosqichida nazorat sinovida ishtirok etishdan bosh tortish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Nazorat sinovini oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Malaka sertifikatini olish uchun nazorat sinovi, qoida tariqasida, har chorakda bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Nazorat sinovida ishtirok etish uchun talabgordan toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Nazorat sinovi quyidagi sinovlar asosida oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqich — talabgorlarning bilim darajasini aniqlashga qaratilgan ijtimoiy ish sohasidagi test;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqich — keys tahlili.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Talabgorlar test va keys tahlili boʻyicha umumiy 100 ballik tizimda baholanadi. Bunda test sinovi uchun 50 ball, keys tahlili uchun 50 ball beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Nazorat sinovini oʻtkazish joyi va sanasi u oʻtkaziladigan kundan kamida oʻn kun oldin vakolatli organning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi hamda YIDXP yoki “Ijtimoiy himoya” AT orqali talabgorlarning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Nazorat sinovi materiallarini shakllantirish uchun vakolatli organ tomonidan manfaatdor idoralar, ularning hududiy boʻysunuvidagi tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakchi olimlari, malakali mutaxassislar, mahalliy va xorijiy ekspertlar, shuningdek, nodavlat tashkilotlar vakillari shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ tomonidan baholash mezonlari, nazorat sinovi materiallari hamda nazorat sinovi uchun ajratiladigan vaqtga milliy va xorijiy tajribadan kelib chiqib, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Nazorat sinovida uzrli sabablar (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlib turganligi, yaqin qarindoshi vafot etganligi, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan asoslar)ga koʻra ishtirok etmagan talabgor, tegishli hujjatlar taqdim etilgan holda, nazorat sinovidan oʻtmagan hisoblanadi hamda navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etish uchun qaytadan roʻyxatdan oʻtishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Talabgor nazorat sinovida uzrli sabablarga koʻra ishtirok eta olmaydigan boʻlsa yoki ishtirok etmasa, nazorat sinovi oʻtkaziladigan sanadan kamida bir kun oldin “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, “Ijtimoiy himoya” AT yoki YIDXP orqali vakolatli organni xabardor etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Nazorat sinovi onlayn yoki offlayn shaklda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda nazorat sinovi oʻtkazish joyi vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Nazorat sinovini topshirishda talabgor fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasining aslini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Talabgor quyidagi hollarda nazorat sinovidan chetlashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat sinovi oʻtkazilayotgan auditoriyaga har qanday adabiyot, shpargalka yoki telekommunikatsiya va texnika vositalarini olib kirsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat sinovi oʻtkazilayotgan vaqtda boshqa talabgorlar bilan muloqot qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat materiallarini auditoriyadan olib chiqishga harakat qilsa, savollarni koʻchirib olsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savollarni boshqa talabgorga bersa, nazorat sinovini oʻtkazish jarayoniga xalaqit qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat sinovi jarayonida videokuzatuv orqali talabgorning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Nazorat sinovi natijalari nazorat sinovi oʻtkazilganidan soʻng ikki ish kuni ichida vakolatli organning rasmiy veb-saytida maʼlum qilinadi hamda talabgorning “Ijtimoiy himoya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat sinovi natijalari apellyatsiya yakunlariga muvofiq oʻzgarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Nazorat sinovlari natijalari boʻyicha malaka sertifikatini rasmiylashtirish, berish va ularning reyestrini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Nazorat sinovi natijasi boʻyicha 70 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor nazorat sinovidan oʻtgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat sinovi natijasi boʻyicha 70 balldan kam koʻrsatkichga ega talabgor nazorat sinovidan oʻtmagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Nazorat sinovi yakunlanganidan soʻng bir oy muddatda nazorat sinovlaridan oʻtgan talabgorlarning roʻyxatiga asosan ularga mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq elektron shakldagi malaka sertifikati hamda tegishli toifa beriladi. Bu toʻgʻrisidagi maʼlumotlar talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Talabgor “Ijtimoiy himoya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali malaka sertifikatini yuklab olish imkoniga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Vakolatli organ tomonidan malaka sertifikatlarining elektron reyestri yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Uzrli sabablarga koʻra nazorat sinovida ishtirok eta olmagan talabgor uchun navbatdan tashqari nazorat sinovi keyingi chorak davomida tashkil etiladi. Bunda navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va uni oʻtkazish mazkur Reglamentga muvofiq tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Nazorat sinovlari natijalaridan norozi boʻlgan talabgor natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida “Inson” markazi, “Ijtimoiy himoya” AT yoki YIDXP orqali apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish uchun vakolatli organ buyrugʻi bilan 3 — 7 nafar xodimdan iborat tarkibda Apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga nazorat sinovida qatnashgan xodimlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Apellyatsiya shikoyati ikki hafta muddat mobaynida koʻrib chiqiladi va talabgor Apellyatsiya komissiyasi qarori toʻgʻrisida “Ijtimoiy himoya” AT yoki YIDXP orqali xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat sinovi natijasini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat sinovi natijasini oʻzgartirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Nazorat sinovi natijasini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya mazkur Reglament talablari buzilgan holda taqdim etilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiyada koʻrsatilgan dalillar oʻz tasdigʻini topmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Nazorat sinovi natijasini oʻzgartirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish toʻgʻrisidagi qaror shikoyatda koʻrsatilgan dalillar oʻz tasdigʻini topgan taqdirda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Takroriy apellyatsiyaga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Talabgor Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Vakolatli organ tomonidan talabgor toʻgʻrisidagi shaxsiy maʼlumotlar maxfiyligi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan rasmiy murojaat boʻlgan taqdirda, talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ushbu Reglamentni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xodimlarga malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

Ijtimoiy xodimlarga malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Talabgor malaka sertifikatlash nazorat sinovida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi

Talabgorning ijtimoiy ish sohasi boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarini baholash uchun nazorat sinovini tashkil etadi.

Har chorakda

3-bosqich

Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi

Talabgor malaka sertifikatlash nazorat sinovidan muvaffaqiyatli oʻtganda, unga elektron shakldagi sertifikatni (QR-kod) rasmiylashtiradi va talabgorning “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida

4-bosqich

Talabgor

Nazorat sinovi natijasidan norozi boʻlganda, Apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya shikoyatini beradi.

Natija eʼlon qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida

5-bosqich

Apellyatsiya komissiyasi

1. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqadi.

2. Talabgorni Apellyatsiya komissiyasi qarori toʻgʻrisida “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xabardor qiladi.

2 hafta mobaynida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xodimlarga malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

NAMUNA

Ijtimoiy xodimlarga malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun

SOʻROVNOMA

____________________

____________________

(sana)

(raqam)

Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

1.

F.I.O.:

2.

Pasport maʼlumotlari (seriya va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, agar mavjud boʻlsa):

3.

Maʼlumoti:

3.1.

Tamomlagan yili, diplom raqami:

3.2.

Diplom boʻyicha mutaxassisligi:

4.

Malaka oshirganligi toʻgʻrisidagi malaka sertifikatining raqami va berilgan vaqti:

5.

Yashash manzili:

6.

Telefon raqami:

7.

Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xodimlarga malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-sentabrdagi 461-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi ijtimoiy xodimlarning oylik ish haqi va faoliyatining samaradorligini baholash natijalari boʻyicha toʻlanadigan mukofot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MIQDORLARI*

I. Oylik ish haqi miqdorlari

(ijtimoiy xodimlarning lavozim toifalaridan kelib chiqib, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan)

Lavozim toifalari

Oila soni

Miqdori

(baravar)

Ijtimoiy xodim

1 500 tagacha

4

1 501 tadan 2 000 tagacha

4,2

2 001 tadan 2 500 tagacha

4,4

2 501 tadan 3 000 tagacha

4,6

3 001 tadan 3 500 tagacha

4,8

3 500 tadan ortiq

5

III toifali ijtimoiy xodim

1 500 tagacha

4,2

1 501 tadan 2 000 tagacha

4,4

2 001 tadan 2 500 tagacha

4,6

2 501 tadan 3 000 tagacha

4,8

3 001 tadan 3 500 tagacha

5

3 500 tadan ortiq

5,2

II toifali ijtimoiy xodim

5,4

I toifali ijtimoiy xodim

5,6

II. Faoliyat samaradorligini baholash natijalari boʻyicha toʻlanadigan har oylik mukofot miqdori**

(oylik ish haqiga nisbatan)

Lavozim toifalari

Qoniqarli

(foiz)

Yaxshi

(foiz)

Aʼlo

(foiz)

Koeffitsiyent*

Ijtimoiy xodim

15

30

50

-

III toifali ijtimoiy xodim

1,05

II toifali ijtimoiy xodim

1,1

I toifali ijtimoiy xodim

1,2

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.

* Ijtimoiy xodimlarning oylik ish haqi miqdorlari va faoliyat samaradorligini baholash natijalariga qoʻshimcha ravishda koeffitsiyent 2027-yil 1-apreldan boshlab qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga kiruvchi muassasalarda faoliyat olib boruvchi ijtimoiy xodimlarga nisbatan ham tatbiq etiladi va mazkur mablagʻlar Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-sentabrdagi 461-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 435-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Davlat xizmatlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Adliya vazirligi) Aloqa markaziga yoki uning rasmiy veb-saytiga (keyingi oʻrinlarda — “Call-markaz” yoki rasmiy veb-sayt), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) “Call-markazi”, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yoki mahalladagi ijtimoiy xodimga murojaat qilish orqali koʻrsatiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 4-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestriga kiritilgan shaxslar, sogʻligʻining holatiga koʻra mustaqil harakatlanish imkoniyati cheklangan hamda I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlov undirilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 7-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun “Call-markaz” Agentlikning “Call-markazi”, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, mahalladagi ijtimoiy xodim yoki rasmiy veb-sayt orqali murojaat qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. Ariza beruvchi “Call-markaz”ga yoki Agentlikning “Call-markazi”ga murojaat qilgan taqdirda, “Call-markaz” yoki Agentlikning “Call-markazi” xodimi ariza beruvchi nomidan, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yoki mahalladagi ijtimoiy xodimga murojaat qilgan taqdirda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi yoki mahalladagi ijtimoiy xodim ariza beruvchi nomidan, rasmiy veb-sayt orqali murojaat etganda esa, Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani mustaqil ravishda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda soʻrovnoma ariza beruvchi nomidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi yoki mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan toʻldirilgandan soʻng vakolatli organga yuboriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 1-ilovaning 1-bosqichi “Tadbirlar” ustuni 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Adliya vazirligining Aloqa markaziga yoki uning rasmiy veb-saytiga (keyingi oʻrinlarda — “Call-markaz” yoki rasmiy veb-sayt), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Call-markazi”, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yoxud mahalladagi ijtimoiy xodim orqali murojaat etadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Aholining ijtimoiy himoya olish huquqlarini taʼminlash hamda davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini koʻrsatishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 14-oktabrdagi 539-son qarorining 5-bandi va 3-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Mazkur ilovaning 2-bandi 2027-yil 1-apreldan boshlab kuchga kiradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2026-y., 09/26/461/0890-son)