1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 12-avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2026-yil 9-iyulda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi ijtimoiy ish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Ijtimoiy ish toʻgʻrisidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy ish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ahamiyatga ega boʻlgan axborot — ijtimoiy ishni tashkil etishda zarur boʻlgan holatlarni tasdiqlovchi shaxsga doir maʼlumotlar, shuningdek arxiv hujjatlari, materiallar va boshqa maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ish — ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning (oilalarning) imkoniyatlarini va salohiyatini oshirishga koʻmaklashadigan, ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamni rivojlantirish orqali jamiyatda ijtimoiy oʻzgarishlarga olib keladigan kasbiy faoliyat sohasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy yordam — ijtimoiy ishning ajralmas qismi boʻlib, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning (oilalarning) ijtimoiy-iqtisodiy holati yomonlashganligi tufayli ularga koʻrsatiladigan moddiy koʻmak, shuningdek ularning jamiyatga ijtimoiylashuvini taʼminlashga qaratilgan, aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlar — ijtimoiy ishning ajralmas qismi boʻlib, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning (oilaning) turmushi sifatini oshirishga, unga jamiyat hayotida ishtirok etishi uchun boshqa shaxslar bilan teng imkoniyatlar yaratishga va (yoki) uning asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda taʼminlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan psixologik-pedagogik, ijtimoiy-huquqiy, tibbiy-ijtimoiy va boshqa chora-tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamdan foydalanuvchilar — ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatilishi uchun ijtimoiy himoyaga muhtoj deb topilgan shaxslar (oilalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xodim — ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsga (oilaga) ijtimoiy ish sohasining asosiy prinsiplariga va ijtimoiy xizmatlar standartlariga muvofiq ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatish va (yoki) ularning koʻrsatilishini tashkil etish hamda monitoring qilish uchun tegishli maʼlumotga, kasbiy salohiyatga hamda ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoya — ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning (oilaning) toʻlaqonli hayot kechirish jarayonida yuzaga kelgan ogʻir ijtimoiy vaziyat bilan bogʻliq cheklovlarni yengishi va jamiyat hayotida ishtirok etishi uchun boshqa shaxslar bilan teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan, davlat tomonidan kafolatlangan chora-tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs (oila) — ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻir ijtimoiy vaziyat — ijtimoiy, iqtisodiy, tibbiy yoki boshqa omillar sababli shaxsning (oilaning) hayotiy faoliyatini obyektiv ravishda yomonlashtiradigan, buning oqibatlarini mustaqil ravishda bartaraf eta olmasligi tufayli unga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatish uchun asos boʻladigan holat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Ijtimoiy ish sohasining asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ish sohasining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlarini hurmat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy mutanosiblik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professionallik va tizimlilik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Qonuniylik prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ish sohasidagi munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Inson huquqlarini hurmat qilish prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ish fuqaroning jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, har bir insonning qadr-qimmati, oʻziga xosligi va boshqa huquqlarini hurmat qilishga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ish ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning (oilaning) huquqlarini amalga oshirishga koʻmaklashishga qaratilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Ijtimoiy mutanosiblik prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsga (oilaga) koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ogʻir ijtimoiy vaziyatni bartaraf etishga, shuningdek barqaror farovonlikka erishish uchun uning ichki resurslarini qoʻllab-quvvatlashga hamda salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Professionallik va tizimlilik prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ish professionallik va tizimlilik asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ish odob-axloq qoidalariga rioya qilish, ilmiy asoslangan usullardan foydalanish, ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamdan foydalanuvchilarning individual ehtiyojlarini hisobga olish hamda ijtimoiy himoya maqsadlariga erishish uchun mikro, mezo va makro darajalarda professional yondashuvga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ish mikro darajada — shaxs (oila) bilan yakka tartibda ishlashni, mezo darajada — ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilar tomonidan shaxsga (oilasiga) ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatishni, makro darajada — jamiyatdagi ijtimoiy muammolar bilan tizimli asosda ishlashni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ish ushbu Qonunning maqsadiga va asosiy prinsiplariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ijtimoiy ishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Ijtimoiy ish tashkil etiladigan sohalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ish tibbiyot, taʼlim, ijtimoiy himoya, bandlik, sud va huquq-tartibot, jazoni ijro etish sohalarida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ish tashkil etiladigan boshqa sohalar va ularning muqobil shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Ijtimoiy ishni tashkil etishdagi idoralararo hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ishni tashkil etishdagi idoralararo hamkorlik respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda tadbirkorlik subyektlarining ushbu Qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq harakatlari tartibini belgilovchi reglament asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ishni tashkil etishdagi idoralararo hamkorlik reglamenti quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo hamkorlikni amalga oshiruvchi subyektlarni hamda ular tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam turlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo hamkorlik tartibi va shakllarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot almashinuvining mazmuni, shakllari va shartlariga, shu jumladan elektron shakliga qoʻyiladigan talablarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ishni tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirish mexanizmini, shu jumladan ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilarni jalb qilish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat nazoratini amalga oshirish va idoralararo hamkorlik natijalarini baholash tartibini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ishni tashkil etishdagi idoralararo hamkorlik reglamenti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ijtimoiy ish sohasini tartibga solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Ijtimoiy ish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi subyektlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi subyektlar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ish sohasidagi faoliyatda ishtirok etuvchi subyektlar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy ish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

ijtimoiy ish sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs (oila) toifalarini, ularga koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar klassifikatorini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga (oilalarga) ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilarga nisbatan malaka talablarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ish sohasidagi dasturlarning amalga oshirilishini tashkil etadi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qonunga va qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining ijtimoiy ish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi ijtimoiy ish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus vakolatli davlat organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ish sohasidagi dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ish doirasida ijtimoiy xizmatlar standartlarini ishlab chiqadi, ularning amalga oshirilishini monitoring qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ishga nisbatan malaka talablari va kasbiy talablar boʻyicha takliflar ishlab chiqadi hamda ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni (oilalarni) aniqlaydi hamda ularning hisobini yuritadi, ularga tegishli ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatadi hamda ularning koʻrsatilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ijtimoiy ish toʻgʻrisidagi hamda ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatish shartlari haqidagi xabardorligini oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari bajarilmaganligi yuzasidan taqdimnoma kiritadi, qonunchilik hujjatlari talablarini buzgan shaxslarga nisbatan zarur hollarda intizomiy, maʼmuriy va boshqa javobgarlik choralarini qoʻllash yuzasidan takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ish sohasidagi ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamning muqobil shakllarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ish sohasidagi volontyorlik faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz boʻysunuvidagi va tizimidagi tashkilotlarning, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining hamda tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy ish sohasidagi faoliyatini boshqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilar faoliyatini qonunchilikka muvofiq muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilarni akkreditatsiyadan oʻtkazadi hamda Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilar reyestrini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam natijalarining samaradorligini baholaydi hamda tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda “Ijtimoiy himoya fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ish sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilishini, mutaxassislar tayyorlanishi, qayta tayyorlanishi va ularning malakasi oshirilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar, nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan xorijiy tashkilotlar, shuningdek respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan ijtimoiy ish sohasida hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ish sohasida ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilar bilan shartnomalar, memorandumlar va boshqa turdagi kelishuvlar tuzadi hamda ularning ijrosini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ish sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining ijtimoiy ish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ish sohasidagi dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni (oilalarni) aniqlaydi va ularning hisobini yuritishda ishtirok etadi;

ijtimoiy ish sohasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlaydi;

oʻz tizimidagi tegishli xodimlarning ijtimoiy ish sohasidagi malakasi oshirilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam natijalarining samaradorligini baholashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning (oilalarning) ogʻir ijtimoiy vaziyatni yengib oʻtishida koʻmaklashish uchun oʻz vakolatlari doirasida chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ijtimoiy ish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ish sohasidagi dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni (oilalarni) aniqlaydi va ularning hisobini yuritishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ish sohasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ish sohasida axborot-tahliliy faoliyatni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ijtimoiy ish sohasidagi faoliyatda ishtirok etishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni (oilalarni) aniqlaydi va ularning hisobini yuritishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning (oilalarning) murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ularga tegishli axborot va zarur materiallarni taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga (oilalarga) maslahat, ijtimoiy hamda psixologik yordam koʻrsatilishi yuzasidan ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilarning faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga (oilalarga) koʻrsatilgan ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam natijalarining samaradorligini, shuningdek ularning ehtiyojlarini baholashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilarni hamda homiylarni ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatishga jalb etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy ish sohasidagi faoliyatda ishtirok etishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat notijorat tashkilotlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni (oilalarni) aniqlaydi va ularning hisobini yuritishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ish sohasidagi dasturlar va loyihalarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

ijtimoiy ish doirasida ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatadi yoki ularning koʻrsatilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ish sohasidagi tegishli organlar va tashkilotlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ish sohasidagi davlat ijtimoiy buyurtmalarini, subsidiyalarini va grantlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat notijorat tashkilotlari qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslarning ijtimoiy ish sohasidagi faoliyatda ishtirok etishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni (oilalarni) aniqlaydi va ularning hisobini yuritishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ish sohasidagi dasturlar va loyihalarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ish doirasida ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatadi yoki ularning koʻrsatilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamning ixtisoslashuvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam birlamchi, ixtisoslashgan va yuqori ixtisoslashgan darajalarga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlamchi ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ogʻir ijtimoiy vaziyatni erta aniqlashga hamda uning oldini olishga qaratilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga (oilalarga) ogʻir ijtimoiy vaziyatni yengib oʻtishda mahalla darajasida koʻrsatiladigan qisqa muddatli harakatlar majmuidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashgan ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ijtimoiy ish sohasidagi mutaxassislarning kelishilgan choralari natijasida ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning (oilalarning) individual qobiliyatlarini rivojlantirishga, ularni doimiy yoki davriy ravishda har tomonlama qoʻllab-quvvatlash orqali ogʻir ijtimoiy vaziyatni yengib oʻtishiga qaratilgan harakatlar majmuidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori ixtisoslashgan ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga (oilalarga) muassasada yoki mobil guruh tomonidan uyda doimiy tibbiy-ijtimoiy xizmatlar, shu jumladan parvarishlash xizmatlari koʻrsatishga qaratilgan harakatlar majmuidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatish joyi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamdan foydalanuvchining yashash joyida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamdan foydalanuvchining mahallasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilarning muassasalarida, shu jumladan statsionar muassasalarda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari hamda jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy xizmatlari koʻrsatuvchilar davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari yoki davlat ishtirokidagi tashkilotlardan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtgan, maxsus vakolatli davlat organining Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilar reyestriga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga (oilalarga) birlamchi, ixtisoslashgan yoki yuqori ixtisoslashgan xizmat koʻrsatadigan nodavlat notijorat tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus vakolatli davlat organining Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilar reyestriga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilar reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus vakolatli davlat organining akkreditatsiyasidan oʻtgan ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilar Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilar reyestriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiyadan oʻtgan ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan shaxsga doir maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilarni akkreditatsiyadan oʻtkazish, Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilar reyestriga kiritish va undan chiqarish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsni (oilani) aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsni (oilani) aniqlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning daromadi, yashash sharoitlari, bandligi va boshqa koʻrsatkichlarining tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan xabar va materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning (oilaning) murojaati asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs (oila) maxsus vakolatli davlat organining tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari yoki jismoniy shaxslar tomonidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsni (oilani) aniqlash, hisobga olish va hisobdan chiqarish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs (oila) deb topish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs (oila) deb topish maxsus vakolatli davlat organining tumanlar (shaharlar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs (oila) deb topish mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning (oilaning) yoki uning qonuniy vakilining murojaati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning (oilaning) yoki uning qonuniy vakilining ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatish shartlariga roziligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning (oilaning) roziligini talab qilmasdan ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan asoslarga koʻra ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ijtimoiy shartnoma orqali koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning (oilaning) turmush darajasidagi ogʻir ijtimoiy vaziyatni yengish uchun ichki imkoniyatlari mavjud boʻlgan yoki ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolmagan, shu jumladan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs (oila) deb topilmagan (hisobga olinmagan) taqdirda, ushbu shaxsga (oilaga) ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamni ijtimoiy shartnoma orqali koʻrsatish shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamdan foydalanuvchilarning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamdan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yoki oʻz qaramogʻidagi shaxsga nisbatan insonparvarlik bilan va uning qadr-qimmatini kamsitmaydigan tarzda hamda izzat-hurmat bilan munosabatda boʻlinishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining yoki oʻz qaramogʻidagi shaxsning huquq va majburiyatlari, ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam turlari, ularning taqdim etilish tartibi, muddatlari va shartlari, shuningdek ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatuvchi ijtimoiy xodim toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soʻrash hamda bepul olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shu jumladan oʻz manfaatlarining maxsus vakolatli davlat organi tomonidan himoya qilinishi huquqidan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatilishi chogʻida oʻzining shaxsga doir maʼlumotlari maxfiyligi taʼminlanishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamdan foydalanishga nisbatan oʻz xohish-istaklarini bildirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamdan kamsitilmagan holda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yoki oʻz qaramogʻidagi shaxsga nisbatan koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamning sifati ustidan shikoyat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamning rejalashtirilishida hamda koʻrsatilishida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilar tomonidan oʻziga yoki oʻz qaramogʻidagi shaxsga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatilishini rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yoki oʻz qaramogʻidagi shaxsga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatilayotganda qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa shakldagi ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamdan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamdan foydalanuvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamdan foydalanuvchilarning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamdan foydalanuvchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun ahamiyatga ega boʻlgan axborotni taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamdan foydalanishda ijtimoiy shartnoma shartlariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs (oila) maqomi tugatilishiga sabab boʻlgan hollar yuzaga kelgan taqdirda, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchiga bu haqda xabar berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatayotgan ijtimoiy xodimning shaxsini, ijtimoiy maqomini va kasbiy faoliyatini hurmat qilishi hamda uning kasbiy faoliyatiga qarshilik koʻrsatmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamdan foydalanuvchilarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamdan foydalanuvchiga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishini tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamdan foydalanuvchiga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamning tugatilishi uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs (oila) sifatidagi holatni yengib oʻtganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy shartnoma shartlariga rioya etmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatilishini rad etganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga doimiy yashash joyiga koʻchib oʻtganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ahamiyatga ega boʻlgan axborotning notoʻgʻriligi, qalbakiligi yoki boshqa shaxsga tegishliligi aniqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq jazoga hukm qilinganligi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam turlari hamda shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Ijtimoiy xizmatlar standartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xizmatlar ijtimoiy xizmatlar standartlariga muvofiq koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xizmatlar standartlarida ijtimoiy xizmatning maqsadli guruhi, qisqacha tavsifi va koʻlami, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish talablari va shartlari, ijtimoiy xizmatlarni moliyalashtirish manbalari, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish natijalarini baholash hamda ularning sifat koʻrsatkichlari, shuningdek ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish uchun zarur boʻlgan boshqa qoidalar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan tartibda tasdiqlangan ijtimoiy xizmatlar standartlari reyestri maxsus vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyatni moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyatni moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus vakolatli davlat organi hamda boshqa ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmat koʻrsatilishidan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlarining, tadbirkorlik subyektlarining, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam sohasidagi davlat nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatilishi ustidan davlat nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya (bundan buyon matnda Ijtimoiy inspeksiya deb yuritiladi) ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini, aholini ijtimoiy himoya qilishda hamda ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatishda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy inspeksiya:

ijtimoiy ish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatishga doir talablarga va standartlarga rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatilishiga doir talablarga va standartlarga rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay va toʻsiqsiz muhit yaratilishiga doir qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi keksalarga hamda yolgʻiz keksalarga va nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatilishiga doir talablarga va standartlarga rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odam savdosi jabrdiydalariga, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga va voyaga yetmaganlarga hamda muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatilishiga doir talablarga va standartlarga rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ish oʻrinlarining eng kam soni belgilanishini va oʻqish uchun kvotalar ajratilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning moslashtiruvchi sport turlariga jalb etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini muhofaza qilish zaruriyati, talablari va shartlari toʻgʻrisida keng jamoatchilik oʻrtasida axborot-tushuntirish hamda targʻibot tadbirlarini tashkil etadi va oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatishda Ijtimoiy inspeksiyaning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy inspeksiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatishning belgilangan talablariga va standartlariga rioya etilishi holatini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan barcha zarur hujjatlarni hamda axborotni soʻrash va bepul olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatish chogʻida qonunchilikning buzilishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogohlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatish chogʻida qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shu jumladan aybdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarning sifatli bajarilishi, shuningdek ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatilishi ustidan davlat nazorati samarali amalga oshirilishi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy inspeksiya qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Ijtimoiy xodim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Ijtimoiy xodimning vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xodimning vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ijtimoiy ish toʻgʻrisidagi xabardorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlar standartlariga rioya etgan holda, ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etish, shuningdek zaruratga koʻra, ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi murojaatni respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga, nodavlat notijorat tashkilotlariga hamda tadbirkorlik subyektlariga koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsni (oilani), uning jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, hurmat qilish va uni kamsitishning har qanday shakliga qarshi turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash, erkinlik, shaxsiy daxlsizlik, qonun oldida tenglik, mehnat qilish, taʼlim olish, fikrlash huquqlarini targʻib qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xodimning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Ijtimoiy xodimning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xodim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning (oilaning) muammolarini va ehtiyojlarini aniqlashi, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsni (oilani) ogʻir ijtimoiy vaziyatdan olib chiqishga koʻmaklashishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatishda fuqaroning jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, oʻz faoliyatini ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamdan foydalanuvchilarni jalb qilgan holda amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamdan foydalanuvchilarga ularning oʻz imkoniyatlarini amalga oshirishi, mustaqil faoliyat yuritishiga hamda oʻz qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir koʻnikmalarini oshirishi uchun koʻmaklashishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatilishi uchun talabgorlarning ehtiyojlarini baholash jarayonida shaxsga doir, shu jumladan uning mol-mulkiga doir oʻzi toʻplagan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatishda boshqa davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslar, volontyorlar va ijtimoiy sohaga oid boshqa guruhlar bilan hamkorlik qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz kasbiy salohiyati va malakasini tizimli ravishda oshirib borishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni (oilalarni) aniqlash va baholash boʻyicha tashkil etiladigan guruh (multidissiplinar guruh) tarkibida ishtirok etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xodimning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Ijtimoiy xodimning professionallik darajasi va shaxsiy fazilatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xodimning professionallik darajasi quyidagilar orqali baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odob-axloq qoidalariga rioya etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning (oilaning) huquqlarini himoya qilish va shaxsga doir maʼlumotlari maxfiyligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz ishini rejalashtirish va muvofiqlashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga (oilalarga) oid hujjatlarni yuritish hamda hisobdorlikni tashkil etish qobiliyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xodimning shaxsiy fazilatlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzini oʻzi anglash, baholash va tanqidiy fikrlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs (oila) bilan samarali muloqot qilish, uni eshitish va unga oʻrinli savol berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs (oila) bilan oʻzaro munosabatlarda betaraflikni va ijtimoiy adolatni saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insonparvarlik, har bir shaxsning (oilaning) qadr-qimmatini va huquqlarini hurmat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning (oilaning) individual farqlariga baho bermaslik va bagʻrikenglik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Ijtimoiy xodim faoliyatining kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Ijtimoiy xodimning maqomi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy xodimning maqomi tan olinadi va unga oʻz kasbiy faoliyatini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi, uni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralari koʻriladi hamda uning ijtimoiy mavqeyi va obroʻ-eʼtiborini oshirish uchun huquqlar va kafolatlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xodim faoliyat olib boradigan tizim qayta tashkil etilgan, butunlay yoki qisman oʻzgartirilgan taqdirda ham ijtimoiy xodim maqomining barqarorligi davlat tomonidan kafolatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli maʼlumotga, kasbiy salohiyatga hamda ish tajribasiga ega boʻlgan shaxslar ijtimoiy xodim sifatidagi faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetarli malakaga ega boʻlmaganligi sababli, shuningdek ijtimoiy ish sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplariga zid xatti-harakatlar sodir etganlik uchun ijtimoiy xodim maqomidan mahrum qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xodimlarning maqomini belgilovchi malaka sertifikatini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Ijtimoiy xodimning ijtimoiy muhofazasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xodimning huquqlari, shaʼni va qadr-qimmati qonun bilan qoʻriqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xodim oʻz kasbiy faoliyatini amalga oshirayotganda davlat uning himoya qilinishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli vakolatlarga ega boʻlmagan davlat organlari va tashkilotlari ijtimoiy xodimning kasbiy faoliyatiga bevosita aralashishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy xodimlar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratib beradi, ularni ijtimoiy imtiyozlar bilan taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xodimlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq sanitariya-gigiyenaga oid, epidemiyaga qarshi, terapevtik va profilaktika choralarini oʻz ichiga oluvchi bepul tibbiy xizmatlardan foydalanishi davlat tomonidan kafolatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Ijtimoiy xodimning odob-axloq qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xodimning odob-axloq qoidalari ijtimoiy xodimning shaxsiga va kasbiga doir vazifalarni bajarishi chogʻida uning xulq-atvoriga qoʻyiladigan talablarni belgilovchi qoidalar majmuidan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xodimning odob-axloq qoidalari maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Ijtimoiy xodim faoliyatida superviziyani tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xodim faoliyatida uning kasbiy oʻsishini qoʻllab-quvvatlash, amaliy koʻnikmalarini mustahkamlash, koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamning sifatini oshirish hamda ushbu xodimning kasbiy jihatdan ogʻir vaziyatlarga tushib qolishining (kasbiy jihatdan “kuyib qolishi”ning) oldini olish maqsadida ish beruvchi tomonidan unga uslubiy, maslahat yordami va amaliy yordam koʻrsatish (superviziya) tashkil qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Ijtimoiy xodimning mehnatiga haq toʻlash shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xodimning mehnatiga mehnat shartnomasida nazarda tutilgan funksional majburiyatlarni bajarganligi uchun haq toʻlanadi. Ijtimoiy xodimning qoʻshimcha shartnoma asosida boshqa ishlarni va majburiyatlarni bajarganligi uchun ushbu shartnomaga muvofiq alohida haq toʻlanadi, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xodimning mehnatiga haq toʻlash tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xodim alohida sharoitlarda ishlaganligi uchun uning bazaviy tarif stavkasiga ustamalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaning noqulay tabiiy-iqlim sharoitlariga ega boʻlgan hamda olis togʻli va chekka hududlarida ishlaydigan ijtimoiy xodimlarga davlat tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq ustamalar va imtiyozlar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlarida faoliyat olib boradigan ijtimoiy xodimlar uchun davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari doirasida ustamalar, moddiy ragʻbatlantirish va kompensatsiyaning boshqa turlari belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Ijtimoiy xodimning faoliyatiga doir cheklovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi shaxslarning ijtimoiy xodim sifatida faoliyat yuritishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga muvofiq ijtimoiy xodim sifatida faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30, 31-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xodim faoliyatini amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklari boʻlgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning, sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan hamda oʻziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qoʻllanilganligidan qatʼi nazar, ijtimoiy xodim sifatida faoliyat yuritishi man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xodim sifatida faoliyatni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Ijtimoiy ish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-415-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 12, 382-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-436-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 6, 300-modda) 40-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-683-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) 237-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-770-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 5, 464-modda) 31-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilarni akkreditatsiyadan oʻtkazish, Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilar reyestriga kiritish va undan chiqarish tartibini 2027-yil 1-yanvarga qadar ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xodimlarning maqomini belgilovchi malaka sertifikatini berish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xodim sifatida faoliyatni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklar roʻyxatini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning 22 va 30-moddalari 2027-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 23-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-1159-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2026-y., 03/26/1159/0773-son)