Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI QARORLARIGA OʻZGARTISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 21-iyuldagi PF-3631-son Farmoniga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 20-sentabr,
PQ-185-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2005-yil 16-fevraldagi PQ-10-son qarorining 4-bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 11-martdagi PQ-26-son qarorining 3-bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti berishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil b maydagi PQ-69-son qarorida:
a) 1-ilovadagi “Sh.R. Abdullayeva — Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisining oʻrinbosari” degan soʻzlar “S.S. Xasanov — Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovada:
11-bandning ikkinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21-bandning beshinchi xatboshidagi va 31-banddagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimini takomillashtirish va texnika bilan jihozlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 28-iyundagi PQ-110-son qarorining 2-ilovasidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 37-38-son, 284-modda; 2011-y., 22-23-son, 225-modda)