Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 21.07.2005 yildagi PF-3631-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAShQI IQTISODIY VA SAVDO ALOQALARI, XORIJIY INVESTITSIYaLARNI JALB ETISh SOHASIDA BOShQARUV TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalarni keng rivojlantirish va chuqurlashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etishni faollashtirish va xorijiy sarmoyadorlarga ishonchli kafolatlarni ta’minlash, tashqi savdoni yanada erkinlashtirish, mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari bilan chet el firmalari o‘rtasidagi uzoq muddatli barqaror sheriklik munosabatlarini shakllantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-noyabrdagi PF-4858-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 547-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-noyabrdagi PF-4858-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 547-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning viloyatlar va Toshkent shahridagi tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha boshqarmalari viloyatlar va Toshkent shahridagi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmalari etib qayta tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmalari tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi hamda agentlik mintaqaviy boshqarmalarining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar masalalari bo‘yicha idoralararo kengash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport salohiyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha Respublika kengashi tugatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga tugatilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy investitsiyalar va kreditlar masalalari bo‘yicha idoralararo kengash hamda Eksport imkoniyatlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish respublika kengashining vazifalari yuklansin.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 21-oktabrdagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada erkinlashtirish va takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-3151-sonli Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligini tashkil etish hamda uning faoliyati masalalari bo‘yicha hukumat qarorini qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 21-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3631-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 28-29-son, 206-modda; 2016-y., 48-son, 547-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)