Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2011 06.05.2005 yildagi PQ-69-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2011
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPOTEKA KREDITI BERIShNI QOʻLLAB-QUVVATLASh JAMGʻARMASI FAOLIYATINI TAShKIL QILISh ChORA - TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 19-maydagi PQ-1531-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 16-fevraldagi “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-10-son qaroriga muvofiq hamda aholining oʻz ehtiyojlari uchun uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va xarid qilishga yakka tartibda qarz oluvchilarga imtiyozli uzoq muddatli ipoteka krediti berish tizimini keng joriy etish uchun moliyaviy mablagʻlarni jalb etish va jamlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar Ipoteka krediti berishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining (bundan buyon matnda Jamgʻarma deb yuritiladi) asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka krediti berishni rivojlantirish uchun xalqaro va xorijiy moliya institutlarining uzoq muddatli kreditlari, investitsiya hamda grantlarini, Jamgʻarma mablagʻlarini toʻldiradigan boshqa manbalarni jalb etish va jamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka krediti berishda ishtirok etadigan “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat banki hamda boshqa banklar (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) yakka tartibda qarz oluvchilarga oʻz ehtiyojlari uchun uy-joylar qurish, rekonstruksiya qilish va xarid qilishga (bundan buyon matnda yakka tartibda qarz oluvchilar deb yuritiladi) kreditlar berishi uchun ana shu banklarga shartnoma asosida kredit liniyalari ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tomonidan banklarga beriladigan mablagʻlardan faqat maqsadli foydalanilishi monitoringini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tushumlari va uning mablagʻlaridan foydalanishning yillik hamda chorak balanslarini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida tashkil etiladi va u yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan notijorat tashkilot hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Vasiylik kengashi Jamgʻarma boshqaruvi yuqori organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning ijroiya direksiyasi Jamgʻarma ijroiya organi va uning mablagʻlarini tasarruf etuvchisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning ijrochi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va undan ozod qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma ijroiya direksiyasini taʼminlash jamgʻarma mablagʻlari hisobidan, Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Vasiylik kengashi tomonidan budjet tashkilotlari uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipoteka krediti berishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish boʻyicha Vasiylik kengashining tarkibi 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipoteka krediti berishni qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarmasi ijroiya direksiyasining boshqaruv xodimlari soni 5 kishidan iborat boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga** muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipoteka krediti berishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish mexanizmi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga** muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** 2-3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Vasiylik kengashining funksiyalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy kreditlar, investitsiya va grantlarni jalb etishda Jamgʻarmaga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor davlat va nodavlat tashkilotlarini Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal qilishga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tushumlari va uning mablagʻlaridan foydalanish prognozlarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklarga beriladigan har bir kredit liniyasi boʻyicha foiz stavkasini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma ijroiya direksiyasi faoliyati ustidan, xususan tushumlar manbalarini shakllantirish, kredit liniyalarini oʻz vaqtida ochish va toʻlash sohasida nazoratni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va xorijiy moliya institutlarining imtiyozli uzoq muddatli kreditlari, investitsiya va grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturida nazarda tutiladigan davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka krediti berish uchun banklardagi kredit liniyalari boʻyicha foizlar hisobidan hamda Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini qisqa muddatli davlat xazina majburiyatlariga va banklardagi depozitlarga joylashtirishdan, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozoridagi operatsiyalardan tushadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun yer maydonlarini meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish huquqlarini kimoshdi savdosida sotishdan tushadigan mablagʻlarning 50 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromad va tushumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamgʻarmaga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlarni shakllantirish manbalarini toʻldirish uchun ipoteka va uy-joy obligatsiyalari, shuningdek boshqa qimmatli ipoteka qogʻozlari chiqarish va sotishga, kimoshdi savdolarida ishtirok etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklarga uch yillik imtiyozli davr bilan kamida 15 yil muddatga va Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Vasiylik kengashi tomonidan har bir kredit liniyasi boʻyicha tasdiqlanadigan foiz stavkasi bilan qaytarish asosida uy-joylarni rekonstruksiya qilish va xarid qilishga, shuningdek yangi qurilishga har bir yakka tartibda qarz oluvchi hisobiga eng kam ish haqi miqdorining tegishli ravishda 2500 va 3000 karra miqdorida, ammo uy-joy qurilishi, rekonstruksiya qilish va xarid qilish qiymatining 75 foizidan oshmaydigan miqdorda kredit liniyalari ochishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamgʻarma barcha turdagi soliqlardan va davlatning maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan ozod qilinsin, yagona ijtimoiy toʻlov bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Banklar mablagʻlardan maqsadga muvofiq foydalanmaganligi faktlari aniqlangan hollarda ana shu aniqlangan mablagʻning hammasi Jamgʻarma bilan bank oʻrtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan jarimalarni qoʻllagan holda Jamgʻarma hisobiga muddatidan ilgari qaytarilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hisobot yilining 1-noyabridan kechiktirmay har yili Jamgʻarmaga uy-joy qurilishi uchun ajratilayotgan yer maydonlari va prognoz qilinayotgan yilga moʻljallangan uy-joy qurilishi hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 16-fevraldagi PQ-10-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshidagi “ikki yillik” soʻzlari “uch yillik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 6-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-69-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 17-18-son, 131-modda, 37-38-con, 284-modda)