07.08.2026 yildagi O‘RQ-1163-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 1-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2026-yil 7-aprelda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi rieltorlik faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun xususiy mulk boʻlgan koʻchmas mulk mulkdorlari tomonidan mustaqil ravishda tuziladigan bitimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining rieltorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk boʻyicha agent — ushbu Qonunda belgilangan tartibda rieltorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
multilisting tizimi — koʻchmas mulk bozoriga va obyektlariga doir mavjud maʼlumotlarni hamda takliflarni toʻplash, saqlash va almashish orqali koʻchmas mulk obyekti boʻyicha bitimlarni amalga oshirish imkonini beradigan elektron axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltor — rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmasi tomonidan berilgan rieltorlarning malaka sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlarning malaka sertifikati — professional jamoat birlashmasi tomonidan beriladigan, rieltorning malakasini tasdiqlaydigan va rieltorlik tashkiloti tarkibida rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish huquqini beradigan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlarning professional odob-axloq kodeksi — rieltorning rieltorlik faoliyatini amalga oshirishda bajarilishi shart boʻlgan xulq-atvori va kasbiy axloq qoidalari hamda tartibotlari yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik soʻrovi — rieltorlik tashkilotining, koʻchmas mulk boʻyicha agentning davlat organiga yoki boshqa tashkilotlarga buyurtmachi bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha tegishli rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur axborotni belgilangan tartibda taqdim etishni soʻrab yozma yoxud elektron shaklda, shu jumladan multilisting tizimi orqali yoʻllagan murojaati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik tashkiloti — ushbu Qonunda belgilangan tartibda rieltorlik faoliyatini amalga oshiruvchi hamda rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalaridan biriga aʼzo boʻlgan tijorat tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik faoliyati — shartnoma asosida rieltorlik xizmatlarini koʻrsatadigan hamda Rieltorlar, rieltorlik tashkilotlari, koʻchmas mulk boʻyicha agentlar va rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalarining yagona reyestriga kiritilgan rieltorlik tashkilotlarining va koʻchmas mulk boʻyicha agentlarning faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmasi (bundan buyon matnda professional jamoat birlashmasi deb yuritiladi) — oʻz aʼzolarining professional darajasini oshirish va saqlab turishga koʻmaklashish, ularni qoʻllab-quvvatlash, ularning kasbiy manfaatlarini himoya qilish, shu jumladan sudlarda himoya qilish boʻyicha faoliyat yuritadigan, kamida ellik nafar rieltorlik tashkilotining va (yoki) koʻchmas mulk boʻyicha agentning aʼzoligiga asoslangan nodavlat notijorat tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik xizmatlari — koʻchmas mulk obyektlari va ularga boʻlgan huquqlar bilan bogʻliq harakatlar sodir etilganda rieltorlik tashkiloti yoki koʻchmas mulk boʻyicha agent tomonidan rieltorlik xizmatlari buyurtmachisiga koʻrsatiladigan, shu jumladan elektron shaklda koʻrsatiladigan pulli xizmatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik xizmatlari buyurtmachisi (bundan buyon matnda buyurtmachi deb yuritiladi) — ushbu Qonunga muvofiq rieltorlik tashkiloti yoki koʻchmas mulk boʻyicha agent bilan rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini tuzish orqali rieltorlik xizmatlariga buyurtma beradigan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlar, rieltorlik tashkilotlari, koʻchmas mulk boʻyicha agentlar va rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalarining yagona reyestri (bundan buyon matnda Yagona reyestr deb yuritiladi) — rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan shakllantiriladigan va uning rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan, rieltorlar, rieltorlik tashkilotlari, koʻchmas mulk boʻyicha agentlar hamda professional jamoat birlashmalari haqidagi axborotni toʻplash, hisobga olish va tahlil qilish imkonini beradigan yagona axborot tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Rieltorlik faoliyatining asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik faoliyati sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xolislik va halollik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotning maxfiyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Qonuniylik prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik faoliyati sohasidagi munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Xolislik va halollik prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltor va koʻchmas mulk boʻyicha agent rieltorlik faoliyati sohasidagi munosabatlarda jamiyat manfaatlari ustuvorligiga rioya etishi, begʻaraz boʻlishi hamda rieltorlik tashkiloti va koʻchmas mulk boʻyicha agent obroʻsiga salbiy taʼsir qiladigan holatlarga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Axborotning maxfiyligi prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkiloti va koʻchmas mulk boʻyicha agent rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish jarayonida oʻziga maʼlum boʻlgan maʼlumotlarni oʻziga rieltorlik xizmati koʻrsatilgan shaxslarning yozma roziligisiz oshkor qilishga hamda oʻzgalarga berishga haqli emas, bundan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi va boshqa qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilmasligi prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkiloti va koʻchmas mulk boʻyicha agent rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish jarayonida yuzaga keladigan manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish choralarini koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Rieltorlik xizmatlarining milliy standartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti rieltorlik faoliyatining tegishli yoʻnalishini tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatdir (bundan buyon matnda milliy standart deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy standartlar rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan professional jamoat birlashmalari bilan birgalikda ishlab chiqiladi va quyidagilarni belgilaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik faoliyatini amalga oshirishga va sifatli darajadagi rieltorlik xizmatlarini koʻrsatishga oid talablarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish jarayonini tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish va rasmiylashtirish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlarni kasbga tayyorlash va muntazam ravishda ularning malakasini oshirib borish tizimini joriy etishga oid talablarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik xizmatining turlariga mansub talablarni va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlmagan boshqa talablarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Rieltorlik faoliyatini tartibga solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Rieltorlik faoliyati sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik faoliyati sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik faoliyatini rivojlantirish va rieltorlik xizmatlari bozoridagi halol raqobatni ilgʻor xalqaro amaliyot asosida rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik xizmatlarini takomillashtirish va yanada rivojlantirish jarayonlarida professional jamoat birlashmalarining ishtirokini kengaytirish orqali rieltorlik faoliyatining oʻzini oʻzi tartibga solish mexanizmlarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik xizmatlarining yashirin bozori shakllantirilishiga olib keladigan sabablar va omillarni aniqlash, bartaraf etish, rieltorlik xizmatlarining qonuniylashtirilishini ragʻbatlantirish uchun sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunga xilof ravishda rieltorlik xizmatlari koʻrsatilishi hollarini aniqlash, belgilangan tartibda rieltorlarning malaka sertifikatini olmasdan turib rieltorlik xizmatlari koʻrsatilishining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik tashkilotlarining va koʻchmas mulk boʻyicha agentning koʻrsatilayotgan rieltorlik xizmatlari sifati uchun javobgarligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional jamoat birlashmalari bilan birgalikda rieltorlik faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan rieltorlik tashkilotlari faoliyatining doimiy monitoring tizimini takomillashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlarni kasbga tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik faoliyati sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional jamoat birlashmalari tomonidan rieltorlarning malaka imtihonini oʻtkazish tartibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlarning malaka sertifikatini berish reglamentini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona reyestrni yuritish tartibini hamda mazkur reyestrga kiritish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli davlat organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni hamda milliy standartlarni oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona reyestrni yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional jamoat birlashmalari bilan kelishilgan holda, rieltorlarni oʻqitish (ularning malakasini oshirish) dasturini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan vazifalar hamda majburiyatlarni bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun masʼul boʻlgan rieltorlik tashkilotlari xodimlarining roʻyxatini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rieltorlik tashkilotlari va koʻchmas mulk agenti tomonidan rioya etilishi ustidan monitoringni professional jamoat birlashmalari bilan birgalikda yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional jamoat birlashmalari va xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda rieltorlik faoliyati sohasidagi hamkorlikni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Professional jamoat birlashmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkilotlari va koʻchmas mulk boʻyicha agentlar oʻz manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda professional jamoat birlashmalarini tashkil etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Professional jamoat birlashmalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlarida va nodavlat notijorat tashkilotlarida oʻz aʼzolari nomidan ish yuritadi hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlarning professional odob-axloq kodeksini tasdiqlaydi va unga rioya etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi hamda oʻz aʼzolarining axborot-uslubiy taʼminotini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz aʼzolarining reyestrini yuritadi va uni oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi hamda uning doimiy ravishda yangilanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka, Rieltorlarning professional odob-axloq kodeksiga oʻz aʼzolari tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik tashkilotlarini va koʻchmas mulk boʻyicha agentlarni belgilangan tartibda aʼzolikka qabul qiladi va aʼzolikdan chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlarning malaka sertifikatini beradi, uni qayta rasmiylashtiradi, uning amal qilish muddatini uzaytiradi va amal qilishini tugatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka komissiyasini tuzadi, rieltorlarning malaka imtihonlari uchun test savollarini ishlab chiqadi va rieltorlarning malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan rieltorlik faoliyati sohasidagi hamkorlikni amalga oshiradi va vakolatli davlat organi komissiyalarining ishida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlarning malakasini oshirish tizimi monitoringini taʼminlaydi hamda rieltorlarga taʼlim beruvchi oʻquv markazlarida oʻz aʼzolarining malaka oshirish kurslaridan oʻtganligi haqidagi axborotni yil yakunlari boʻyicha navbatdagi yilning 20-yanvariga qadar vakolatli davlat organiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Professional jamoat birlashmalari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlar ularning barcha aʼzolari tomonidan bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Professional jamoat birlashmalari kirish va aʼzolik badallari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda badallarning miqdori professional jamoat birlashmasi aʼzolarining umumiy yigʻilishi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Professional jamoat birlashmasining rahbari va xodimi rieltorlik tashkilotining taʼsischisi boʻlishga, rieltorlik tashkilotida ishlashga yoki koʻchmas mulk boʻyicha agent sifatida ish yuritishga, rieltorlik tashkiloti bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar tuzishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Professional jamoat birlashmasining boshqaruv organi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Professional jamoat birlashmasi aʼzolarining umumiy yigʻilishi ushbu jamoat birlashmasining yuqori organidir va ushbu yigʻilish bir yilda kamida bir marta chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro etuvchi organ professional jamoat birlashmasining yuqori organi tomonidan uning aʼzolari orasidan saylanadi va jamoat birlashmasining faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Vakolatli davlat organi hamda professional jamoat birlashmalari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli davlat organi hamda professional jamoat birlashmalari oʻz faoliyatini ochiq, shaffof hamda davlat organlari, tashkilotlar, fuqarolar va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga quyidagilar joylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona reyestr va undagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik va milliy standartlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik xizmatlarini rivojlantirish toʻgʻrisidagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq boshqa axborot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Professional jamoat birlashmasining rasmiy veb-saytida professional jamoat birlashmasi toʻgʻrisidagi axborot, uning aʼzolarining reyestri va qonunchilikka muvofiq boshqa axborot joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Rieltorlarning malaka sertifikati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlarni oʻqitish (ularning malakasini oshirish) dasturidan oʻtgan va rieltorlarning malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorga professional jamoat birlashmasi tomonidan matritsali shtrix kodli (QR-kodli) elektron hujjat shaklida rieltorlarning malaka sertifikati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Professional jamoat birlashmasining malaka komissiyasi tomonidan rieltorlarning malaka sertifikatini olish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun talabgorlarning bilimlarini tekshirish maqsadida malaka imtihoni oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlarning malaka sertifikati dastlabki besh yil muddatga beriladi, uning amal qilishi rieltorlarning malaka imtihonini topshirgan holda, belgilangan tartibda navbatdagi besh yil muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan xalqaro tan olingan rieltorlarning malaka sertifikatlari roʻyxatiga muvofiq xalqaro tan olingan rieltorlarning malaka sertifikati mavjud boʻlganda hamda u qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etganda unga rieltorlarning malaka sertifikati rieltorlarning malaka imtihoni topshirilmagan holda, dastlabki besh yil muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Yagona reyestr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona reyestr vakolatli davlat organi tomonidan rieltorlarga, rieltorlik tashkilotlariga, koʻchmas mulk boʻyicha agentga hamda professional jamoat birlashmalariga roʻyxat raqamini berish yoʻli bilan elektron shaklda yuritiladi va ochiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona reyestrni yuritishda jismoniy shaxslarning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Rieltorlar, rieltorlik tashkiloti, koʻchmas mulk boʻyicha agent, buyurtmachi hamda ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Rieltor
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltor rieltorlik tashkiloti tarkibida faoliyat yuritadi va rieltorlarning malaka sertifikatiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltor oʻzi bilan rieltorlik tashkiloti oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma asosida bir vaqtning oʻzida faqat bitta rieltorlik tashkiloti tarkibida ishlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Rieltorlik tashkiloti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkiloti oʻzi haqidagi maʼlumotlar Yagona reyestrga kiritilgan sanadan eʼtiboran rieltorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkiloti, basharti quyidagi majburiy shartlarga rioya etilsa, qonunchilikda nazarda tutilgan har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi va oʻz faoliyatini amalga oshirishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik tashkilotining rahbari rieltorlarning malaka sertifikatiga ega boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik faoliyatini amalga oshirayotganda rieltorlik tashkiloti shtatida rieltorlarning malaka sertifikatiga ega boʻlgan kamida ikki nafar xodim boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik tashkilotiga faqat oʻzi uchun mazkur rieltorlik tashkiloti asosiy ish joyi boʻlgan rieltor rahbar boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik tashkilotida sugʻurtalovchining rieltorlik tashkilotining fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sugʻurta polisi mavjud boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkiloti ushbu modda ikkinchi qismining talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda, u nomuvofiqlik yuzaga kelgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda vakolatli davlat organini bu haqda yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi va yuzaga kelgan nomuvofiqlikni koʻrsatib oʻtilgan sanadan eʼtiboran ikki oydan koʻp boʻlmagan muddatda bartaraf etishi yoxud rieltorlik faoliyatini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart. Nomuvofiqliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda, belgilangan muddat tugagan sanadan eʼtiboran bir hafta ichida vakolatli davlat organi rieltorlik tashkilotini Yagona reyestrdan chiqaradi va bu haqda uni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkiloti rieltorlik faoliyatidan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish hamda koʻchmas mulk obyekti boʻyicha bitimning (bundan buyon matnda bitim deb yuritiladi) bevosita tarafi boʻlish huquqiga ega emas, bundan oʻz ehtiyojlari uchun tuziladigan bitim mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkiloti respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emas, bundan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkilotining filiali tashkil etilganda filial rahbari rieltor boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkiloti Yagona reyestrdan chiqarilgan taqdirda, uning rieltorlik faoliyatini amalga oshirishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Koʻchmas mulk boʻyicha agent
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk boʻyicha agent oʻzi haqidagi maʼlumotlar Yagona reyestrga kiritilgan sanadan eʼtiboran rieltorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk boʻyicha agent, basharti quyidagi majburiy shartlarga rioya etilsa, oʻz faoliyatini amalga oshirishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u Yagona reyestrga kiritilgan boʻlishi hamda unga kiritilayotgan paytda yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unda sugʻurtalovchining fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha majburiyatlari kuchga kirganini tasdiqlovchi sugʻurta polisi mavjud boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk boʻyicha agent ushbu modda ikkinchi qismining talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda, u nomuvofiqlik yuzaga kelgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda vakolatli davlat organini bu haqda yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi va yuzaga kelgan nomuvofiqlikni koʻrsatib oʻtilgan sanadan eʼtiboran ikki oydan koʻp boʻlmagan muddatda bartaraf etishi yoxud rieltorlik faoliyatini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart. Nomuvofiqliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda, belgilangan muddat tugagan sanadan eʼtiboran bir hafta ichida vakolatli davlat organi koʻchmas mulk boʻyicha agentni Yagona reyestrdan chiqaradi va bu haqda uni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk boʻyicha agent bevosita bitimning tarafi boʻla olmaydi, bundan oʻz ehtiyojlari uchun tuziladigan bitim mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk boʻyicha agent Yagona reyestrdan chiqarilgan taqdirda, uning rieltorlik faoliyatini amalga oshirishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk boʻyicha agent professional jamoat birlashmasiga aʼzo boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Rieltorlik tashkilotining va koʻchmas mulk boʻyicha agentning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkiloti va koʻchmas mulk boʻyicha agent quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz rieltorlik xizmatlarini va buyurtmachining koʻchmas mulk obyektlarini reklama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi bilan tuzilgan rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi shartlari buyurtmachi tomonidan bajarilmagan taqdirda, shartnomaning bekor qilinishini talab etish, shuningdek rieltorlik xizmatlari toʻliq koʻrsatilganiga qaramay, buyurtmachi tomonidan shartnoma shartlari lozim darajada bajarilmagan taqdirda daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan rieltorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni belgilangan tartibda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyekti qurilishida ulush kiritish asosida ishtirok etish shartnomasi boʻyicha rieltorlik xizmatlarini qonunchilik talablariga rioya etgan holda koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkiloti va koʻchmas mulk boʻyicha agent qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Rieltorlik tashkilotining va koʻchmas mulk boʻyicha agentning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkiloti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka, Rieltorlarning professional odob-axloq kodeksi talablariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha qonunchilik talablariga rioya etishi va ularning ijrosini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional jamoat birlashmalaridan biriga aʼzo boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlarning uch yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan oʻtishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachining talabiga binoan rieltorlarning malaka sertifikatini, professional jamoat birlashmasiga aʼzolik toʻgʻrisidagi guvohnomani koʻrsatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qildirishi va buyurtmachining talabiga binoan sugʻurta polisini koʻrsatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachiga rieltorlik xizmatlarini faqat rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi asosida koʻrsatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish chogʻida buyurtmachining manfaatlarini ifodalashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish davomida olingan maxfiy axborotni oshkor etmasligi, bundan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi va boshqa qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachidan olingan hujjatlarning but saqlanishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachiga koʻchmas mulk obyektiga, unga boʻlgan huquqlarga taalluqli ishonchli va toʻliq axborotni, shuningdek koʻchmas mulk obyektining mulkdori (huquq egasi) haqidagi ushbu Qonunda nazarda tutilgan axborotni taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachini koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni va u bilan bogʻliq bitimni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborot bilan taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachining yozma murojaatiga yozma shaklda javob berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilgan rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi boʻyicha arxiv materialini shakllantirishi va uni qonunchilikda nazarda tutilgan muddat mobaynida saqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik xizmatlarini koʻrsatishga toʻsqinlik qiladigan holatlar yuzaga kelganda, buyurtmachini oʻz vaqtida xabardor qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz rieltorlik xizmatlarini va buyurtmachining koʻchmas mulk obyektlarini reklama qilishda reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkiloti va koʻchmas mulk boʻyicha agent buyurtmachiga rieltorlik xizmatlarini koʻrsatishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachining manfaatlaridan kelib chiqqan holda, xolisona va halollik bilan harakat qilishi hamda uning manfaatlariga zarar yetkazadigan harakatlarni amalga oshirmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy va boshqa manfaatlarni koʻzlamasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachiga rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tuzilgan shartnoma shartlarini (oʻziga tegishli boʻlgan shartlarni) toʻliq bajargan holda, sifatli darajada rieltorlik xizmatlarini koʻrsatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim yuzasidan uchinchi shaxslardan moddiy naf olmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachining kontragenti bilan yoki ushbu kontragent manfaatini koʻzlab rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi predmeti bilan bogʻliq munosabatlarga kirishmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmeti yuzasidan buyurtmachi bilan raqobatga olib keladigan tarzda harakat qilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachidan olingan maxfiy axborotni uchinchi shaxslar manfaatlarini koʻzlab oshkor qilmasligi va (yoki) undan oʻz manfaatini koʻzlab foydalanmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk boʻyicha agent ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishi shart, bundan toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltor va koʻchmas mulk boʻyicha agent tomonidan oʻz nomidagi koʻchmas mulk obyekti hamda unga boʻlgan huquq bilan rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi doirasida bitim tuzish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkilotining va koʻchmas mulk boʻyicha agentning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Rieltorlik tashkilotining va koʻchmas mulk boʻyicha agentning javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor boʻlgan rieltorlik tashkiloti va koʻchmas mulk boʻyicha agent belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltor va koʻchmas mulk boʻyicha agent jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun aybdor boʻlgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Buyurtmachining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik tashkilotidan rieltorlarning malaka sertifikatini, professional jamoat birlashmasiga aʼzolik toʻgʻrisidagi guvohnomani va sugʻurtalovchining fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sugʻurta polisini koʻrsatishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik tashkilotidan yoki koʻchmas mulk boʻyicha agentdan Yagona reyestrga kiritilganligi haqida axborot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik tashkilotidan yoki koʻchmas mulk boʻyicha agentdan rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasining bajarilishi toʻgʻrisida axborot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi shartlari rieltorlik tashkiloti yoki koʻchmas mulk boʻyicha agent tomonidan bajarilmagan taqdirda shartnomaning bekor qilinishini talab etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi rieltorlik tashkilotining yoki koʻchmas mulk boʻyicha agentning aybi bilan bekor qilinganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini va maʼnaviy zarar kompensatsiya qilinishini talab etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektiga va unga boʻlgan huquqqa doir tuzilishi moʻljallanayotgan bitimning xususiyati hamda huquqiy oqibati toʻgʻrisida rieltorlik tashkilotidan yoki koʻchmas mulk boʻyicha agentdan yozma shaklda axborot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz huquqi va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda, vakolatli davlat organiga, professional jamoat birlashmalariga, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga, shuningdek sudga murojaat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik tashkilotining yoki koʻchmas mulk boʻyicha agentning rieltorlik xizmati haqini tuzilgan rieltorlik xizmatini koʻrsatish shartnomasi shartlariga muvofiq oʻz vaqtida toʻlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyekti, unga boʻlgan huquqlar, oʻzi va boshqa huquq egalari toʻgʻrisidagi ishonchli hamda toʻliq maʼlumotlar va hujjatlarni rieltorlik tashkilotiga yoki koʻchmas mulk boʻyicha agentga taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Rieltorlik xizmatlarining turlari va ularni koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Rieltorlik xizmatlarining turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik faoliyati quyidagi turlardagi rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish orqali amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektlariga va ularga boʻlgan huquqlarga doir bitimlarni tuzish chogʻidagi vositachilik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektlarining va ularga boʻlgan huquqlarning savdosini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk bozorida axborot, maslahat va reklama xizmatlarini koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkiloti ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan barcha xizmat turlarini amalga oshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk boʻyicha agent faqat koʻchmas mulk bozorida axborot, maslahat va reklama xizmatlarini amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Koʻchmas mulk obyektlariga oid va ularga boʻlgan huquqlarga doir bitimlarni tuzish chogʻidagi vositachilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlariga oid va ularga boʻlgan huquqlarga doir bitimlarni tuzish chogʻidagi vositachilik (koʻchmas mulkning oldi-sotdisi, ijarasi, garovi, ayirboshlanishi, hadya etilishi, rentasi, koʻchmas mulkdan tekin foydalanilishi va umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joyni (kvartirani) boshqa shaxsga berish bilan bogʻliq harakatlar) qonunchilikda belgilangan tartibda buyurtmachi bilan tuzilgan rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi asosida rieltorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. Bunda rieltorlik tashkiloti mazkur bitimlarning bevosita tarafi boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlariga oid va ularga boʻlgan huquqlarga doir bitimlarni tuzish chogʻidagi vositachilik buyurtmachini ushbu Qonun 32-moddasi birinchi qismining toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilariga muvofiq axborot bilan taʼminlashni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Koʻchmas mulk obyektlarining va ularga boʻlgan huquqlarning savdosini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlarining va ularga boʻlgan huquqlarning savdosi qonunchilikda belgilangan tartibda buyurtmachi bilan tuzilgan rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi asosida rieltorlik tashkiloti tomonidan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlarining va ularga boʻlgan huquqlarning elektron savdosi rieltorlik tashkiloti tomonidan elektron savdo platformasida buyurtmachi bilan tuzilgan elektron shakldagi rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlarining va ularga boʻlgan huquqlarning savdosini tashkil etish uni oʻtkazish toʻgʻrisidagi va uning yakunlari haqidagi xabarnomalarni tayyorlash hamda eʼlon qilishni, savdoga qoʻyilayotgan koʻchmas mulk obyektlarini reklama qilishni, savdoda ishtirok etish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish va hisobga olishni, zakalat toʻgʻrisida kelishuvlar tuzishni, savdoni oʻtkazishni, oʻtkazilgan savdo yakunlariga doir bayonnomani rasmiylashtirishni, sotuvchilar va sotib oluvchilar oʻrtasidagi hisob-kitob uchun shart-sharoitlar yaratishni hamda qonunchilikda belgilangan boshqa xizmatlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Koʻchmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish boʻyicha faoliyat rieltorlik tashkilotiga qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilgan koʻchmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish shartnomasi asosida berilgan koʻchmas mulk obyektlarini rieltorlik tashkiloti tomonidan oʻz nomidan haq evaziga muayyan muddat davomida boshqaruv muassisining yoki u koʻrsatgan shaxsning (foyda oluvchining) manfaatlarini koʻzlab boshqarishdir. Koʻchmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish tartibi qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Koʻchmas mulk bozorida axborot, maslahat va reklama xizmatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk bozorida axborot, maslahat va reklama xizmatlari qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilgan rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi asosida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk bozorida axborot, maslahat va reklama xizmatlari buyurtmachini koʻchmas mulk obyektlari va ularga boʻlgan huquqlar, koʻchmas mulk bozori hamda uning ishtirokchilari holatining tahlili hamda prognozi haqidagi, mazkur bozorning konyunkturasi, koʻchmas mulk bozori sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlashni, shuningdek koʻchmas mulk obyektlari reklamasini tashkil etishni hamda eʼlonlarni joylashtirishni, bitim taraflarini tanlash boʻyicha tavsiyalarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Rieltorlik faoliyatini axborot bilan taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Multilisting tizimi faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Multilisting tizimi xususiy sektor tomonidan tashkil etilib, rieltorlik xizmatlarini muddatli shartnomalar boʻyicha “yagona darcha” prinsipi asosida koʻrsatish imkonini beradi hamda real vaqt rejimida elektron shaklda ishonchli axborot almashinuvini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Multilisting tizimi faoliyatini amalga oshirishga oid umumiy va maxsus talablar vakolatli davlat organi tomonidan professional jamoat birlashmalari bilan birgalikda ishlab chiqiladigan milliy standartda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Multilisting tizimi faoliyatini amalga oshirishda tegishli davlat organlari bilan ularning axborot tizimlari va resurslari vositasida shartnoma asosida axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Rieltorlik soʻrovi boʻyicha axborotni taqdim etish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga rieltorlik soʻrovi kelib tushgan taqdirda, ushbu Qonunning 32-moddasida koʻrsatilgan axborot belgilangan tartibda shartnoma asosida taqdim etiladi. Bunda davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar rieltorlik tashkiloti va koʻchmas mulk boʻyicha agent Yagona reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni mustaqil ravishda oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik soʻrovida soʻralayotgan koʻchmas mulk obyekti boʻyicha buyurtmachiga rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi, fuqarolarning maʼlumot soʻralayotgan mulkka boʻlgan huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda, rieltorlik soʻrovini yuborishdan koʻzlangan maqsad koʻrsatiladi. Rieltorlik tashkilotidan, koʻchmas mulk boʻyicha agentdan multilisting tizimi orqali rieltorlik soʻrovi bilan birga ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlardan boshqa qonunchilikda belgilanmagan har qanday hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Rieltorlik soʻrovi boʻyicha taqdim etiladigan axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik soʻrovi boʻyicha quyidagi organlar va tashkilotlar tomonidan axborot taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar tomonidan — yuridik shaxslarning davlat reyestriga kiritilgan maʼlumotlar haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni va bu haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar tomonidan — koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga va koʻchmas mulk haqidagi ochiq foydalanilishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar bazalariga kiritilgan maʼlumotlar, koʻchmas mulk obyekti qurilishida ulush kiritish asosida ishtirok etish shartnomasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlari tomonidan — bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyekti boʻyicha soliqlarni toʻlash yuzasidan qarz mavjud emasligi haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari tomonidan — bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyekti manzili boʻyicha fuqarolar qayd etilganligi haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial idoralar tomonidan — bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyektini boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va mazkur koʻchmas mulk obyekti xatlanmaganligi, koʻchmas mulk obyekti qurilishida ulush kiritish asosida ishtirok etish shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanganligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan — bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyekti boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash yuzasidan qarzdorlik mavjud emasligi haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uy-joylarning boshqaruv organlari (uy-joy mulkdorlari shirkatlari, boshqaruvchi tashkilotlar yoki boshqaruvchilar) tomonidan — bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyekti boʻyicha umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni taʼmirlash uchun majburiy badallarni yoki toʻlovlarni toʻlash yuzasidan qarzdorlik mavjud emasligi haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari, sogʻliqni saqlash muassasalari va tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari tomonidan — tegishincha rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyektiga aloqador fuqarolarning ayrim toifalariga mansub shaxsning (voyaga yetmaganlarning va belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan boshqa shaxslarning, nogironligi boʻlgan shaxslarning, pensionerlarning va boshqalarning) muomala layoqatini aniqlash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan — bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyektiga nisbatan huquqqa ega boʻlgan shaxslar tomonidan nikoh tuzilganligi yoki bekor qilinganligi toʻgʻrisida yoxud ularning tugʻilganligi yoki oʻlimi toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvi mavjudligi yoxud mavjud emasligi haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk boʻyicha agentga faqat ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan axborot taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkilotiga, koʻchmas mulk boʻyicha agentga multilisting tizimi orqali qonunchilikka muvofiq boshqa organlar hamda tashkilotlar tomonidan ham axborot taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Rieltorlik soʻrovi boʻyicha axborot taqdim etishni rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik soʻrovini olgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar soʻralayotgan axborotni taqdim etishni quyidagi hollarda rad etishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday axborot qonunchilikka muvofiq davlat sirlari hamda xizmat doirasida foydalanishga moʻljallangan maʼlumotlar toifasiga kiritilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday axborotni oshkor qilish uchinchi shaxslarning huquqlarini buzsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot jismoniy shaxsning shaxsga doir maʼlumotlariga tegishli boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Mansabdor shaxsning axborot taqdim etishni rad etganligi ustidan shikoyat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organi va boshqa tashkilot mansabdor shaxsining ushbu Qonunning 31 va 32-moddalariga muvofiq soʻralayotgan axborotni rieltorlik tashkilotiga, koʻchmas mulk boʻyicha agentga va multilisting tizimi orqali taqdim etishni rad etganligi ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud sudga bevosita shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi rieltorlik tashkiloti yoki koʻchmas mulk boʻyicha agent tomonidan buyurtmachi bilan yozma yoki elektron shaklda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasida quyidagi maʼlumotlar va shartlar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilayotgan rieltorlik xizmatining turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlarning malaka sertifikati mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional jamoat birlashmalaridan biriga aʼzolik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik tashkilotida yoki koʻchmas mulk boʻyicha agentda oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish polisining mavjudligi haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilgan rieltorlik xizmatlariga toʻlanadigan haqning miqdori, shartlari va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik tashkiloti, koʻchmas mulk boʻyicha agent hamda buyurtmachining huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi hamda uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzganligi uchun javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomani bekor qilish tartibi va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda mablagʻlarni qaytarish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasiga qonunchilikka muvofiq, taraflar kelishuviga asosan boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasining bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkiloti yoki koʻchmas mulk boʻyicha agent rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi bajarilganligini tasdiqlaydigan, rieltorlik tashkilotining rahbari yoki koʻchmas mulk boʻyicha agent va buyurtmachi tomonidan imzolanadigan dalolatnoma (hujjat) tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda rieltorlik tashkiloti yoki koʻchmas mulk boʻyicha agent koʻrsatilgan rieltorlik xizmatlariga bevosita taalluqli boʻlgan barcha hujjatlarni buyurtmachiga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik xizmatlari multilisting tizimi orqali koʻrsatilgan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan dalolatnomada qayd etilgan maʼlumotlarning uch ish kunidan kechiktirmasdan multilisting tizimiga kiritilishi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Uchinchi shaxslarning huquqlarini himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkiloti yoki koʻchmas mulk boʻyicha agent va buyurtmachi bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyektiga nisbatan huquqqa ega boʻlgan shaxslarning roziligisiz rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini tuzishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini bajarish davomida yoki natijasida uchinchi shaxslarga mulkiy va (yoki) maʼnaviy zarar yetkazilgan boʻlsa, rieltorlik tashkiloti yoki koʻchmas mulk boʻyicha agent va buyurtmachi ularga yetkazilgan zararning oʻrnini qonunchilikda belgilangan tartibda qoplaydi hamda maʼnaviy zarar uchun kompensatsiya toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlari buzilgan shaxslar (ularning ishonchli vakillari), shu jumladan voyaga yetmaganlarning manfaatlarini koʻzlab harakat qiluvchi qonuniy vakillar sudga murojaat etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik faoliyati sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-269-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 12, 469-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-311-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 12/2, 363-modda) 10-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-416-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 12, 383-modda) 22-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-584-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 792-modda) 9-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Notariat tizimi tubdan isloh qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-602-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 3-modda) 7-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-683-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) 203-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-721-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 10, 968-modda) 23-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-770-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 5, 464-modda) 27-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun 11-moddasi birinchi qismining toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan professional jamoat birlashmalari tomonidan rieltorlarning malaka imtihonini oʻtkazish tartibini, rieltorlarning malaka sertifikatini berish reglamentini hamda Rieltorlar, rieltorlik tashkilotlari, koʻchmas mulk boʻyicha agentlar va rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalarining yagona reyestrini yuritish tartibini hamda mazkur reyestrga kiritish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun 16-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan xalqaro tan olingan rieltorlarning malaka sertifikatlari roʻyxatini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 7-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-1163-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2026-y., 03/26/1163/0826-son)