Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.04.2011 24.06.1994 yildagi 319-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.04.2011
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BOLALIKDAN NOGIRONLARGA, QARIYALARGA VA MEHNATGA LAYoQATSIZ FUQAROLARGA NAFAQALAR TAYINLASh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107-sonli “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalikdan nogironlarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi 3 hafta muddatda yuqorida aytib oʻtilgan nafaqalarni tayinlash va toʻlash jarayonini tartibga soluvchi idora ichki normativ hujjatlarini ishlab chiqsinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-mart 103-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda;)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, koʻrsatib oʻtilgan nizomlar “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni amalga kiritilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan mehnat stajiga ega boʻlmagan fuqarolarga (ularning oila aʼzolariga — boquvchisini yoʻqotgan hollarda) “SSSRda fuqarolarning pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” SSSR Qonunining 119-moddasiga muvofiq tayinlangan ijtimoiy pensiyalar oʻrniga 1994-yil 1-iyuldan boshlab mazkur qarorning 1 va 2-ilovalariga muvofiq nafaqa tayinlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan toifalardagi fuqarolarga nafaqalarni toʻlash ijtimoiy pensiyalarni tayinlashda belgilangan butun muddat davomida va 1994-yilning 1-iyuligacha toʻlab kelingandan kam boʻlmagan miqdorlarda amalga oshirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-mart 103-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda;)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 24-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
319-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 24-iyundagi 319-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalikdan nogironlarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har oylik nafaqalarni olish huquqiga tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan bolalikdan I yoki II guruh nogironlari deb tan olingan ish stajiga ega boʻlmagan 16 yoshdan katta boʻlgan shaxslar, shuningdek, 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalar nafaqa olish huquqini beruvchi tibbiy maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda ega boʻladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 23-fevral 65-sonli qarori bilan 1995-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi ariza bolalikdan I yoki II guruh nogironi tomonidan yashash joyidagi tuman (shahar) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatga layoqatsiz deb topilgan I va II guruh bolalikdan nogironga, shuningdek, nogiron bolaga nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi ariza ota-onalardan biri, vasiy tomonidan yashash joyi boʻyicha beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi arizaga I va II guruh bolalikdan nogiron yoxud nogiron bolaning yoshi va turar joyi toʻgʻrisidagi hujjatlar, shuningdek, ariza bergan ota-onalar, vasiylarning yashash joyi toʻgʻrisidagi hujjatlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiy ariza bilan murojaat qilgan hollarda vasiylik organining vasiy qilib tayinlash toʻgʻrisidagi qarorining bir nusxasi ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi I va II guruh bolalikdan nogironning arizasiga ular tomonidan tibbiy mehnat-ekspert komissiyasidan olingan tekshirish dalolatnomasidan koʻchirmani ilova qiladi.
(4-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogiron bolaga nafaqa tayinlash chogʻida sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan belgilangan tartibda beriladigan tibbiy xulosa taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi arizani qabul qilib olgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan ariza beruvchiga ariza qabul qilingan sana koʻrsatilgan holda ariza va unga ilova qilingan hujjatlar qabul qilinganligi haqida tilxat beriladi.
(5-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda qabul qilib olingan kun nafaqa tayinlash toʻgʻrisida murojaat qilingan kun deb hisoblanadi (mazkur Nizomning 4-bandi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi ariza pochta orqali yuborilsa hamda barcha zarur hujjatlar taqdim etilsa, ariza joʻnatilgan joyning pochta shtempelida koʻrsatilgan sana nafaqa tayinlash toʻgʻrisida murojaat qilingan kun deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda qanday hujjatlarni qoʻshimcha ravishda taqdim etish kerakligi ariza beruvchiga maʼlum qilinadi. Agar bu hujjatlar qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etish zarurligi toʻgʻrisida bildirish olingan kundan boshlab 3 oydan kechikmay taqdim etilsa, nafaqa tayinlash toʻgʻrisida ariza qabul qilib olingan kun nafaqa tayinlash toʻgʻrisida murojaat qilingan kun deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi ariza barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda taqdim etilgandan keyin 10 kundan kechikmay koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisida murojaat qiluvchi nafaqa tayinlash haqidagi qaror ustidan budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi yuqori organiga shikoyat qilishi mumkin. Ariza beruvchi javobdan qoniqmagan taqdirda nizo belgilangan tartibda sud orqali hal etiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Nafaqa nafaqa tayinlash toʻgʻrisida murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I va II guruh bolalikdan nogironlarga nafaqa nogironlikning butun davriga tayinlanadi. Nogiron bolalarga nafaqa tibbiy xulosada belgilangan muddatga tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Barcha taqdim etilgan hujjatlar bilan birgalikda nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi ariza va nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi qaror nafaqa oluvchining alohida shaxsiy hujjatlar yigʻma jildida saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Nafaqa I yoki II guruh bolalikdan nogironning, yoxud nafaqa tayinlangan nogiron bolalarning ota-onalari yashaydigan joy boʻyicha tuman (shahar) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan tayinlanadi va toʻlanadi. Vasiylarga nafaqa ularning yashash joylari boʻyicha toʻlanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Nafaqalarni toʻlash har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq nafaqa toʻlanadigan oydan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchnoma boʻyicha nafaqa davlat pensiyalarini ishonchnoma boʻyicha toʻlash uchun belgilangan tartibda toʻlanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. I yoki II guruh bolalikdan nogiron, yoxud nogiron bola tomonidan nogironlikni qayta tekshirishdan oʻtkazish muddati kechiktirib yuborilganda nafaqa nogironlarga davlat pensiyalari tayinlash uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi (“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 55-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shaharga koʻchganda nafaqani toʻlash yangi yashash joyi boʻyicha tegishli Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan nafaqa oluvchining shaxsiy hujjatlar yigʻma jildi olingandan keyin mana shu tuman (shahar)da davom ettiriladi. Bunday holda nafaqa toʻlash ilgarigi yashash joyi boʻyicha nafaqa toʻlash toʻxtatilgan vaqtdan boshlab davom ettiriladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa toʻlash toʻxtatilishi yoki qayta tiklanishiga olib kelgan boshqa holatlar (I yoki II guruh bolalikdan nogiron, yoxud nogiron bola internat uyga toʻliq davlat taʼminotiga oʻtkazilganda yoki undan qaytarib yuborilganda va shu kabilar) paydo boʻlganda nafaqa toʻlash shu holat paydo boʻlgan oydan keyingi oyning 1-kunidan boshlab toʻxtatiladi yoki tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tayinlangan, biroq oluvchi tomonidan oʻz vaqtida talab etib olinmagan nafaqa summasi nafaqa olish uchun murojaat qilingandan oldingi oʻtgan vaqt uchun koʻpi bilan uch yilga toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa tayinlagan yoki nafaqa toʻlayotgan organning aybi bilan oʻz vaqtida olinmagan nafaqa summasi oʻtgan vaqt uchun biror-bir muddat bilan cheklashsiz toʻlanadi. Koʻrsatib oʻtilgan holda nafaqaning 12 oyga tegishli boʻlgan summasi bir yoʻla toʻlanadi, qolgan qismlari esa har oyda nafaqaning joriy qismiga qoʻshimcha tarzda oylik nafaqadan oshmaydigan teng ulushlarda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tayinlangan nafaqa I va II guruh bolalikdan nogironga, u olayotgan ish haqi, stipendiya, aliment yoki daromadlarning boshqa turlaridan qatʼi nazar, toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogiron bolaga tayinlangan nafaqa, u tomonidan (uning uchun) boshqa nafaqalar olinishidan qatʼi nazar, toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tayinlangan nafaqa I yoki II guruh bolalikdan nogiron, yoxud nafaqa tayinlangan nogiron bola toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan vaqt uchun toʻlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Leprozoriylarda boʻlgan I va II guruh bolalikdan nogironlarga, shuningdek, nogiron bolaga nafaqa leprozoriylarda boʻlgan butun vaqt uchun toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bolalikdan nogironlarga nafaqalarni toʻlash, yetkazib berish va yuborish xarajatlari respublika budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-fevraldagi 36-sonli qarori tahririda — SZ RU, 2009-y., 7-son, 69-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Har oylik nafaqalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaning nafaqa tayinlashda hisobga olinadigan son tarkibi oʻzgargan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish haqining eng kam miqdori oʻzgargan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman koeffitsiyenti belgilangan (bekor qilingan) yoki uning miqdori oʻzgargan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi daromadlari indeksatsiya qilingan hollarda qayta hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tayinlangan nafaqa miqdorini qayta hisoblab chiqish mazkur Nizomning 17-bandida eslatib oʻtilgan holatlar (ish haqining eng kam miqdori oʻzgargan holatlardan tashqari) paydo boʻlgan oydan keyingi oyning 1-kunidan boshlab amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 24-iyundagi 319-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomga muvofiq nafaqalar “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi Qonun boʻyicha pensiya olish huquqiga ega boʻlmagan hamda “Nikoh va oila toʻgʻrisida”gi kodeksga koʻra ularni boqishga majbur boʻlgan qarindoshlari boʻlmagan fuqarolarga tayinlanadi hamda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom boʻyicha davlat ijtimoiy taʼminot nafaqalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlik boʻyicha (bolalikdan nogironlardan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boquvchisini yoʻqotganlik boʻyicha tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ijtimoiy taʼminot nafaqasi (nafaqalari)ni olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar shu huquq paydo boʻlgandan soʻng biror muddat bilan cheklashsiz istalgan vaqtda uning tayinlanishi uchun murojaat qilishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatib oʻtilgan nafaqalarni toʻlash, yetkazib berish va yuborish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvar 35-sonli qarori tahririda—OʻR QHT, 2005-y., 5-6-son, 32-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Nizom boʻyicha nafaqalarni tayinlash va toʻlash shahar va tuman Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Yosh boʻyicha nafaqalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yosh boʻyicha nafaqa ish stajiga va “Oila kodeksi”ga koʻra ularni boqishga majbur boʻlgan qarindoshlari boʻlmagan shaxslarga tayinlanadi.
(6-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-mart 103-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkaklarga — 65 yoshga yetganlarida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayollarga — 60 yoshga yetganlarida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari tekshiruviga koʻra nafaqa soʻrab murojaat etgan shaxs qarindoshlarining moddiy nochorligi aniqlangan hollarda nafaqa oʻzlarining keksa qarindoshlariga moddiy yordam koʻrsata olmaydigan qarindoshlar bor boʻlgan taqdirda ham tayinlanishi mumkin.
(6-bandga izoh Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 23-fevral 65-sonli qarori bilan 1995-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotdi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Nogironlik boʻyicha nafaqalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Nogironlik boʻyicha nafaqa nogironlik sodir boʻlgan hollarda, yaʼni mehnat qobiliyati doimiy yoki uzoq muddatga yoʻqotilganda, faqat birinchi va ikkinchi guruh nogironlarga tayinlanadi va toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fuqarolarning mehnat qobiliyatlarini yoʻqotganlik darajasini aniqlash uchun tibbiy tekshirishni faqat tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) oʻzlari toʻgʻrisidagi tasdiqlangan Nizom asosida shahar va tuman Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari yoʻllanmasi boʻyicha amalga oshiradilar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 23-fevral 65-sonli qarori bilan 1995-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotdi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ishlab turgan yoki yashashning boshqa manbalariga ega boʻlgan I va II guruh nogironlarga nafaqa tayinlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Boquvchisini yoʻqotganlik boʻyicha nafaqa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan shaxs vafot etgan taqdirda uning qaramogʻida boʻlgan oila aʼzolari mazkur Nizomga koʻra nafaqa olish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaning mehnatga layoqatsiz aʼzolari qatoriga “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida aytib oʻtilgan shaxslar kiritiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vafot etganning oila aʼzolariga nafaqalar miqdori quyidagicha belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oilaning uch va undan ortiq mehnatga layoqatsiz aʼzosiga— vafot etgan fuqaro olgan yoki olish huquqiga ega boʻlgan nafaqaning 100 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oilaning mehnatga layoqatsiz ikki aʼzosiga — nafaqaning 75 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oilaning mehnatga layoqatsiz bir aʼzosiga — nafaqaning 50 foizi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisida murojaat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi ariza ariza beruvchi yashaydigan joydagi tuman (shahar) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga beriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Nogironlik yoki yosh boʻyicha nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yosh boʻyicha nafaqa tayinlashda — ariza beruvchining yoshini tasdiqlovchi hujjat (pasportdan koʻchirma yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yashash joyidan berilgan maʼlumotnoma, unda barcha oila aʼzolarining familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan yillari, qarindoshlik darajasi, nafaqa soʻrab murojaat etgan shaxs oilasi har bir aʼzosining turmush kechirish manbalari koʻrsatilgan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ariza beruvchi oilasining umumiy daromadi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) nogironlik boʻyicha nafaqa tayinlashda — TMEKning nogironlikni tasdiqlovchi xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) boquvchisini yoʻqotganlik boʻyicha nafaqa tayinlashda — boquvchisining vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va bolalarning tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar nusxalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Nafaqalarni tayinlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yosh, nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik boʻyicha nafaqalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari tomonidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqalar barcha zarur hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda murojaat etilgan kundan boshlab tayinlanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi ariza barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ariza taqdim etilgandan keyin 10 kundan kechikmay koʻrib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tegishli qaror chiqarilgandan soʻng 10 kundan kechikmay rad etilganlik toʻgʻrisidagi bildirishni ariza beruvchining qoʻliga beradi yoki pochta orqali yuboradi hamda bir vaqtning oʻzida barcha hujjatlarni qaytaradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tuman (shahar) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining qarori ustidan ariza beruvchi yuqori tashkilotga shikoyat qilishi mumkin. Ariza beruvchi javobdan qoniqmagan taqdirda nizo belgilangan tartibda sud orqali hal qilinadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Nafaqalarni toʻlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Nafaqalar nafaqa oluvchining yashash joyi boʻyicha tuman (shahar) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan toʻlanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Nafaqalarni toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari tomonidan har oyda belgilangan muddatlarda, biroq nafaqa toʻlanayotgan oydan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirilmay toʻlanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Hisoblab chiqilgan, biroq oluvchi tomonidan oʻz vaqtida talab etilmagan nafaqa summasi oʻtgan vaqt uchun, ammo nafaqa soʻrab murojaat etilgandan oldingi uch yillikdan koʻp emas, toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Toʻlanayotgan nafaqalar miqdorini oʻzgartirishga sabab boʻluvchi holatlar paydo boʻlgan taqdirda, nafaqa oluvchi bu haqda 10 kun muddatda unga nafaqa tayinlagan tegishli Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga murojaat qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I va II guruh nogironlarga va yosh boʻyicha yoki boquvchisini yoʻqotganlik boʻyicha nafaqalar tayinlangan nafaqa oluvchilarga, agar ular ish haqi yoki boshqa daromad olayotganliklari aniqlangan taqdirda, nafaqa toʻlash toʻxtatiladi
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Nafaqa oluvchi toʻliq davlat taʼminotiga oʻtkazilgan taqdirda (nogironlar uyi, bolalar uyi va shu kabilarga joylashtirilganda) nafaqa toʻlash toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Nafaqa oluvchi ozodlikdan mahrum etilgan taqdirda tayinlangan nafaqani toʻlash toʻxtatib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Nafaqalarni qayta hisoblab chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Har oylik nafaqalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaning nafaqa tayinlashda hisobga olinadigan son tarkibi oʻzgargan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish haqining eng kam miqdori oʻzgargan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlik guruhi oʻzgargan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman koeffitsiyenti belgilangan (bekor qilingan) yoki uning miqdori oʻzgargan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi daromadlari indeksatsiya qilingan hollarda qayta hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Tayinlangan nafaqani qayta hisoblab chiqish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Nafaqa miqdorini oshirish huquqi paydo boʻlganda, ish haqining eng kam miqdori oʻzgarishidan tashqari, tayinlangan nafaqani qayta hisoblab chiqish bu holatlar paydo boʻlgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Nafaqa oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga koʻchganda nafaqani toʻlash yangi yashash joyi boʻyicha tegishli Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi organi tomonidan hujjatlar yigʻma jildi olingandan keyin mana shu tuman (shahar)da davom ettiriladi. Nafaqalarni toʻlash oldingi yashash joyi boʻyicha nafaqa toʻlash toʻxtatilgan vaqtdan boshlab tiklanadi. Nafaqa oluvchini hisobdan chiqarish va yangi yashash joyida hisobga olish tartibi, shuningdek, ularning hujjatlar yigʻma jildlarini yuborish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa oluvchi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga koʻchib ketganda nafaqa toʻlash toʻxtatiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)