O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “ISh HAQI, PENSIYALAR, NAFAQALAR VA STIPENDIYALARNING MIQDORLARINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA”GI FARMONINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 18-martdagi 103-sonli “Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarning miqdorlarini oshirish to‘g‘risida” 1995-yil 7-fevraldagi Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1995-yil 1-martdan boshlab mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasiga boshlang‘ich razryadning oyiga 300 so‘m miqdoridagi tarif stavkasi asos qilib olinsin va Yangi tarif koeffitsiyentlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Yangi tarif koeffitsiyentlarini qo‘llash budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan muassasalar, tashkilotlar va korxonalar uchun majburiy hisoblanadi.
2. Ijtimoiy ta’minot vazirligi ikki kun mobaynida pensiya va nafaqalarni 1995-yil 1-martdan boshlab qayta hisoblash tartibini tasdiqlasin va ijtimoiy ta’minot mahalliy organlariga yuborsin. Bunda 1995-yil 1-martdan keyin pensiya tayinlashda ularni tegishlicha o‘rtacha 350 so‘mga oshirish hisoblashning amaldagi normalari va tarkibi qo‘llanilsin.
3. Ish haqi miqdorini oshirishni ta’minlash maqsadida xo‘jalik hisobidagi korxonalar va tashkilotlar uchun ish haqi miqdorini mahsulot, ishlar, xizmatlar hajmining o‘sishiga ko‘ra tartibga solish maqsadida qabul qilingan ish haqining baza fondi qonun hujjatlari bilan belgilangan amaldagi qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalarga tuzatishlar kiritilgan holda bir ishlovchiga oyiga o‘rtacha 350 so‘mga oshirilsin.
4. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlar va muassasalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 7-fevraldagi Farmonidan kelib chiqqan holda pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va xodimlarning lavozim maoshlari miqdorlari o‘z vaqtida qayta hisoblab chiqilishini ta’minlasinlar.
5. 1995-yil 1-martdan boshlab quyidagilar o‘z kuchini quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-dekabrdagi 590-son qarori 2-bandining boshlang‘ich razryadni eng kam ish haqi miqdoriga tenglashtirishga oid qismi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-iyundagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalikdan nogironlarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 2-bandi, Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 7 va 10-bandlari.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 23-fevral,
65-son
Mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasi
|
Mehnatga haq to‘lash razryadlari |
Boshlangich razryadga nisbatan tarif koeffitsiyentlari |
| 0 | 1,00 |
| 1 | 1,51 |
| 2 | 1,55 |
| 3 | 1,60 |
| 4 | 1,65 |
| 5 | 1,71 |
| 6 | 1,78 |
| 7 | 1,86 |
| 8 | 1,94 |
| 9 | 2,03 |
| 10 | 2,12 |
| 11 | 2,22 |
| 12 | 2,32 |
| 13 | 2,42 |
| 14 | 2,54 |
| 15 | 2,66 |
| 16 | 2,80 |
| 17 | 2,96 |
| 18 | 3,13 |
| 19 | 3,31 |
| 20 | 3,51 |
| 21 | 3,73 |
| 22 | 3,97 |
| 23 | 4,24 |
| 24 | 4,52 |
| 25 | 4,84 |
| 26 | 5,13 |
| 27 | 5,45 |
| 28 | 5,83 |