03.08.2026 yildagi PQ-288-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni jamiyatga integratsiya qilishga qaratilgan ijtimoiy xizmat va yordamlar bilan qamrab olish, ushbu shaxslarga xizmat koʻrsatuvchi maxsus muassasalar faoliyatini takomillashtirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar ushbu qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — boshpanasiz shaxslar)ga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar faoliyatini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) boshpanasiz shaxslarni ijtimoiy va boshqa xizmatlar bilan qamrab olish orqali jamiyatga toʻlaqonli integratsiya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Maxsus muassasalar faoliyatini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Ichki ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning quyidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ichki ishlar organlarining Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarini Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markazlari (keyingi oʻrinlarda — Ijtimoiy markazlar) deb qayta nomlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) boshpanasiz shaxslarni Ijtimoiy markazlarga sud qarori asosida joylashtirish amaliyotini bekor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-sentabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Ijtimoiy markazlarga boshpanasiz shaxslar ularning roziligi bilan joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Ijtimoiy markazlarga joylashtirilgan shaxslar vaqtinchalik boshpana hamda ushbu markazlarga ajratilgan mablagʻlar hisobidan oziq-ovqat va shaxsiy gigiyena vositalari bilan taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Ijtimoiy markazlarga joylashtirilgan shaxslar individual rejalarga muvofiq ijtimoiy xizmat va yordamlar bilan qamrab olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Ijtimoiy markazlar Agentlikka ajratilgan shtat birliklari hisobidan bir nafardan ijtimoiy xodim bilan toʻldiriladi. Bunda nomzodlarni ijtimoiy xodim lavozimiga tayinlash hamda ijtimoiy xodimning vazifa va funksiyalarini belgilash Agentlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Boshpanasiz shaxslarni ijtimoiy va iqtisodiy reintegratsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2026-yil 1-sentabrdan boshlab boshpanasiz shaxslar bandligini taʼminlashning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tartibi joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalarining ishchi-mutaxassis, muhandis-texnik va ishlab chiqarish xodimlari birinchi navbatda Ijtimoiy markazlarga joylashtirilgan shaxslar hisobidan shakllantiriladi. Bunda boshpanasiz shaxslarni ishga jalb etish ularning roziligi asosida Ijtimoiy markazlarning yoʻllanmasiga muvofiq amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tadbirkorlik subyektlari tomonidan Ijtimoiy markazlar hududida Bandlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari (keyingi oʻrinlarda — bandlik markazlari) tashkil etiladi hamda ularda boshpanasiz shaxslar tegishli hududdagi mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qisqa muddatda oʻzlashtiriladigan va ishga joylashish imkoniyati yuqori boʻlgan kasblar, shu jumladan, xizmat koʻrsatish, yetkazib berish, qurilish, taʼmirlash, maishiy xizmat, oshpazlik va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha kasb-hunarga oʻqitiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Ijtimoiy markazlar hududida joylashgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlari Toshkent shahrida ijara toʻlovining eng kam miqdoriga 0,25 koeffitsiyent qoʻllangan holda, qolgan hududlarda ijara toʻlovining eng kam miqdorida balansda saqlovchi tomonidan bandlik markazlarini tashkil etish istagini bildirgan nodavlat yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlariga tasarruf etish huquqisiz 5 yilgacha muddatga (uzaytirish huquqi bilan) toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, 2026-yil 1-oktabrdan boshlab Ijtimoiy markazlarga joylashtirilgan boshpanasiz shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etiladi hamda ularni kasbga oʻqitish boʻyicha tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari orqali vaucherlar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Boshpanasiz shaxslarni qoʻllab-quvvatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Boshpanasiz shaxslarni vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy xizmatlar bilan taʼminlash jarayonlariga nodavlat sektorni keng jalb etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Agentlik tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarga boshpanasiz shaxslarga vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish faoliyatini amalga oshirish uchun Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali davlat ijtimoiy buyurtmalari beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida xizmat koʻrsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlarning ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodimlari Agentlik huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga jalb qilib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Agentlik tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida xizmat koʻrsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlarga boshpanasiz shaxslarni aniqlash, ular bilan ishlash, vaqtinchalik boshpana bilan taʼminlash, ijtimoiy xizmatlarga yoʻnaltirish va jamiyatga reintegratsiya qilish boʻyicha uslubiy va amaliy koʻmak koʻrsatib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) boshpanasiz shaxslar Ijtimoiy markazlarda boʻlgan davrida ushbu muassasaga vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) boshpanasiz shaxslarni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq davlat boji, “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi. Bunda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasidan yordam koʻrsatish uchun shaxsning Ijtimoiy reyestrda turishi va “mahalla yettiligi” qarori qabul qilinishi boʻyicha talab istisno tariqasida qoʻllanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Boshpanasiz shaxslarni aniqlash, shaxsiga aniqlik kiritish, ijtimoiy va boshqa xizmatlar bilan qamrab olish ishlarini jadallashtirish maqsadida Agentlik va uning hududiy boʻlinmalariga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) boshpanasiz shaxslarning chet davlat fuqaroligiga mansubligi yoki mansub emasligi toʻgʻrisida soʻrovnomalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) boshpanasiz shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, arxiv maʼlumotlari va boshqa axborot manbalari orqali ularning shaxsi va huquqiy maqomini aniqlash boʻyicha choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) boshpanasiz shaxslarning fuqaroligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) aniqlangan taqdirda, ularning kelib chiqqan davlatiga ixtiyoriy ravishda qaytishiga koʻmaklashish yoki qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishining huquqiy asoslarini rasmiylashtirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) aniqlanmagan yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan ularni fuqaroligi boʻlmagan shaxs sifatida tan olish va Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini rasmiylashtirish bilan bogʻliq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Agentlik bilan birgalikda 2026-yil 1-oktabrga qadar tegishli axborot tizimlarini integratsiya qilgan holda Ijtimoiy markazlarga joylashtirilgan shaxslarni vaqtincha turar joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish imkoniyatini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya boʻyicha maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 3-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-288-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-avgustdagi PQ-288-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLARI DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Ijro muddati

Masʼul ijrochi

1.

Sud qarori asosida fuqarolarni muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning reabilitatsiya markazlariga vaqtincha joylashtirish amaliyotini bekor qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil oktabr

Ichki ishlar vazirligi,

Oliy sud,

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2.

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markazlariga joylashtirishning yangi tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil avgust

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Ichki ishlar vazirligi

3.

“Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunga Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markazlariga joylashtirilgan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifasi sifatida eʼtirof etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil oktabr

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

4.

Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markazlarida shaxslarni qabul qilish, vaqtincha joylashtirish, ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan ehtiyojini baholash, individual ijtimoiy xizmatlar rejasini ishlab chiqish hamda ularga ijtimoiy, psixologik, huquqiy va reintegratsiya xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur tashkiliy, moddiy-texnik va axborot tizimi bilan bogʻliq shart-sharoitlarni yaratish.

Doimiy ravishda

Ichki ishlar vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

5.

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar uchun tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratish uchun ularni Ijtimoiy reyestrga kiritilgan shaxslarga tenglashtirgan holda kafolatlangan tibbiy xizmatlar bilan qamrab olish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil sentabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi

6.

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni aniqlash va ular bilan ishlash jarayoniga joyiga chiqib aniqlash (outreach) mexanizmini joriy etish.

Bunda ichki ishlar organlari xodimlari hamda mahallada kompleks ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchi ijtimoiy xodimlar tomonidan koʻcha, vokzal, bozor, yer osti yoʻlaklari, yashash uchun moʻljallanmagan binolar va boshqa jamoat joylarida muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni aniqlash tartiblari nazarda tutiladi.

2026-yil oktabr

Ichki ishlar vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

7.

Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markazlarida tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda mehnatga layoqatli boshpanasiz shaxslarni ishga joylashtirish chorasini koʻrish.

2026-yil oktabr

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Ichki ishlar vazirligi

8.

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar uchun nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishini qoʻllab-quvvatlash uchun qonun hujjatlariga aynan ushbu maqsadlarda bazaviy hisoblash miqdorining 1500 baravarigacha miqdorda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish boʻyicha oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil dekabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi

9.

Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markazlarini Ijtimoiy himoya milliy agentligiga oʻtkazgan holda muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2027-yil yanvar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2026-y., 07/26/288/0812-son)