Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.04.2017 01.12.1998 yildagi 504-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.04.2017
Hujjat 06.04.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ ShAXSLARNI IShGA JOYLAShTIRISh UChUN ISh JOYLARINING ENG KAM MIQDORINI BELGILASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI VA AHOLINI ISh BILAN TAʼMINLASh TOʻGʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UChUN JARIMA SOLISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 22-fevraldagi PF–4782-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ–2498-son qarori”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Yangi tahrirdagi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida” 1998-yil 1-maydagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (1-ilova);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarima solish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (2-ilova) tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 13-maydagi 235-son qaroriga 3-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 5-son, 18-modda) va Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-son qarori bilan tasdiqlangan oʻzgartirish va qoʻshimchalar 1-bandining “d” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 1-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
504-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 1-dekabrdagi 504-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oila manfaatlarini taʼminlash borasida 1998-yilda amalga oshiriladigan tadbirlar Davlat dasturi toʻgʻrisida” 1998-yil 27-yanvardagi 45-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida, “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”, “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlar, shuningdek, boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslarga qoʻshimcha ijtimoiy kafolatlarni taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Aholini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish maqsadida korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga (keyingi oʻrinlarda “korxonalar” deb ataladi) ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdori belgilanadi. Shaxslarning ushbu toifasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolgʻiz ota, yolgʻiz onalar hamda koʻp bolali ota-onalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlar, ular taʼlim muassasasini tamomlagandan keyin bir yil davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qoʻshinlaridan boʻshatilganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlar va pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qarori bilan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun har bir korxonaga ish joylarining eng kam miqdorini belgilash — bu xodimlarning roʻyxatdagi oʻrtacha soniga nisbatan mazkur korxonada ishga joylashtirilishi kerak boʻlgan koʻrsatib oʻtilgan toifadagi shaxslarning eng kam miqdorini belgilashdir*.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Xodimlarning roʻyxatdagi oʻrtacha soniga korxonaning shtatdagi xodimlari, shu jumladan oʻrindoshlik boʻyicha ishlovchilar, shuningdek korxonaning shtatida turmaydigan shaxslar (pudrat shartnomasi va fuqarolik - huquqiy tusdagi boshqa shartnomalar boʻyicha ish bajaruvchilar) kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining eng kam soni miqdorini belgilash yoki ishlar (kasblarning ayrim turlarini band qilib qoʻyish qonun hujjatlariga muvofiq davlat hokimiyatining joylardagi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining eng kam soni miqdori bunday shaxslar soni oʻzgarishiga qarab davlat hokimiyatining joylardagi organlari tomonidan har yili qayta koʻrib chiqiladi, shuningdek, ishlarning ayrim turlari mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan shaxslarni ularga jalb qilish uchun band qilib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Nogironlar uchun ish joylarining eng kam miqdori xodimlarning roʻyxatdagi oʻrtacha soni kamida 34 kishini tashkil etadigan korxonalar uchun, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun ish joylarining eng qam miqdori — xodimlarning roʻyxatdagi oʻrtacha soni 100 va undan ortiq kishini tashkil etadigan korxonalar uchun belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Korxonalar davlat hokimiyatining joylardagi organi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun belgilangan ish joylarining eng kam miqdoriga muvofiq mazkur Nizomning 1-bandida sanab oʻtilgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining belgilangan miqdorini barpo etishga (ajratishga yoki band qilib qoʻyishga) majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning koʻrsatilgan toifalarining xarakterli talablariga muvofiq keluvchi mehnat sharoitlarini taʼminlovchi ish joyi ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun, bundan tashqari — Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan Mehnat sharoitlarini baholash va mehnat sharoitlari boʻyicha ish joylarini attestatsiyadan oʻtkazish uslubiyatiga muvofiq attestatsiyadan oʻtkazilgan ish joyi esa nogironlar uchun barpo etilgan (ajratilgan yoki band qilib qoʻyilgan) ish joyi hisoblanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlar uchun — salomatligi va mehnat faoliyatiga nisbatan qoʻyiladigan belgilangan aksil koʻrsatkichlar hisobga olingan holda xodimga mehnat operatsiyalarini toʻsiqsiz bajarish imkonini beruvchi ish joylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar taʼlimiga ega boʻlmagan yoshlar uchun, ular umumtaʼlim muassasalarini tamomlaganlaridan keyin bir yil davomida — shogirdlik ish joylari yoki maxsus kasb-hunar tayyorgarligini talab qilmaydigan ish joylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati qoʻshinlaridan boʻshatilgan shaxslar uchun ular oʻquv yurtlarini tamomlaganlaridan yoki boʻshatilganlaridan keyin bir yil davomida — ularning kasb-hunar tayyorgarligiga muvofiq keluvchi ish joylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolgʻiz ota, yolgʻiz onalarga hamda koʻp bolali ota-onalarga — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlarini bajarishni birga qoʻshib olib borish imkonini beruvchi oʻzgaruvchan jadvalli ish joylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qarori bilan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan har qanday ish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ ShAXSLAR UChUN ISh JOYLARINING ENG KAM MIQDORINI BELGILASh ShARTLARI VA TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash toʻgʻrisidagi takliflar mehnat, ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya tuman (shahar) boʻlimi tomonidan shakllantiriladi hamda mazkur tuman (shahar) hududida joylashgan har bir korxona boʻyicha tegishli qaror qabul qilish uchun hokimlikka kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir aniq korxona boʻyicha ish joylarining eng kam miqdorini barpo etish boʻyicha takliflar kiritishda mehnat organlari tomonidan korxonaning kasb-hunar tuzilmasi va uning faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari albatta hisobga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlar uchun ish joylarining eng kam miqdorini barpo etish toʻgʻrisida takliflar kiritishda nogironlarni reabilitatsiya qilishning mintaqaviy dasturlari koʻrsatkichlari hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar boʻyicha ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdori sonini belgilash xokimning qarori asosida amalga oshiriladi, ushbu qaror kalendar yil boshlanishidan kamida uch oy oldin ish beruvchilar eʼtiboriga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokimning qarorida (shakli ilova qilinmoqda) ish joylari soni, ularning nomi, ish joylariga qoʻyiladigan sanitariya - gigiyena talablari, shuningdek shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda korxonaga va uning rahbariga nisbatan qoʻllaniladigan jazolar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun kvotalanadigan ish joylarining belgilangan miqdoridan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar ishga joylashtirilganligi uchun ragʻbatlantirish choralari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Nogironlar uchun barpo etiladigan yoki ajratiladigan ish joylarining eng kam miqdori oldin qabul qilingan nogironlar hisobga olingan holda xodimlarning roʻyxatdagi oʻrtacha sonining kamida uch foizi miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun korxonalar tomonidan barpo etiladigan yoki ajratiladigan ish joylarining eng kam soni aniq korxonalarning salohiyatidan, ularning moliyaviy ahvolidan, shuningdek shaxslarning mazkur toifalarini ishga joylashtirishning prognoz ehtiyojlaridan kelib chiqib belgilanadi. Bunda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun, nogironlardan tashqari, barpo etiladigan (ajratiladigan yoki band qilib qoʻyiladigan) ish joylari sonini ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar toifasiga (nogironlardan tashqari) tegishli boʻlgan oldin qabul qilingan xodimlarni hisobga olgan xolda xodimlarning roʻyxatdagi oʻrtacha sonining toʻrt foizidan ortiq belgilamaslik tavsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun barpo etilgan yoki ajratilgan ish joylariga ishga joylashtirish ish beruvchi tomonidan tuman (shahar) mehnat boʻlimining yoʻllanmasi boʻyicha yoki mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Nogironlarning jamoat tashkilotlari, ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish markazlari, aholining ijtimoiy himoyaga eng muhtoj guruhlari manfaatlarini ifodalovchi boshqa tashkilotlar ishga joylashishga muhtoj shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishga joylashtirishni taʼminlaydigan tuman (shahar) mehnat boʻlimlariga yuborish orqali shaxslarning koʻrsatib oʻtilgan toifalarini ishga joylashtirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda aytib oʻtilgan tashkilotlar mehnat organlariga aniq korxonalar boʻyicha ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash toʻgʻrisida takliflar kiritish, shuningdek mehnat organlardan har bir korxonada ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdori va xususiyati haqidagi zarur maʼlumotlarni hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun barpo etilgan yoki ajratilgan ish joylaridan mavjud boʻsh ish joylari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun belgilangan ish joylarining eng kam miqdoriga muvofiq barpo etilgan (band qilib qoʻyilgan yoki ajratilgan) ish joylarini qisqartirish yoki tugatishga korxona kasaba uyushmasi tashkiloti (yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organining, mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) boʻlimlari bilan kelishilgan holda joylardagi davlat hokimiyati qaroriga koʻra, shuningdek nogironlar uchun ish joylarining eng kam miqdori hisobiga barpo etilgan (ajratilgan yoki band qilib qoʻyilgan) ish joylarini tutatishga esa bundan tashqari, nogironlar jamiyatining mahalliy boʻlimi bilan maslahatlashuvdan keyin yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Texnologiyadagi oʻzgarishlar, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish, xodimlar sonining oʻzgarishiga olib kelgan ish hajmlarining qisqarishi bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirishda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining belgilangan eng kam miqdori hisobiga ishga joylashtirilgan shaxslar uchun, basharti ushbu shaxslar soni joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan miqdordan oshmasa, ish joylari ustuvor tartibda saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ ShAXSLARNI ISh BILAN TAʼMINLAShDA ISh BERUVChILARNING MAJBURIYATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ish beruvchilar mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan shaxslarni ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun joylardagi davlat hokimiyati organi tomonidan belgilangan ish joylarining eng kam miqdori hisobiga ishga joylashtirishga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun belgilangan ish joylarining eng kam miqdori hisobiga barpo etilgan (ajratilgan yoki band qilib qoʻyilgan) ish joyiga mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) boʻlimlarining yoʻllanmasi boʻyicha, mazkur shaxslar mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan toifaga tegishli boʻlgan taqdirda ish bilan taʼminlashni rad etsa, ish beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy javobgar boʻladi, — korxona rahbariga eng kam oylik ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda maʼmuriy jarima solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(13-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ish beruvchi yil boshlanishidan kamida 10 kun oldin ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining eng kam umumiy miqdorining kamida 25 foizi tayyor boʻlishini taʼminlashga majburdir, bu haqda mehnat organi yil boshlangunga qadar xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining belgilangan eng kam miqdori hisobiga ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining qolgan qismini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) ish beruvchi tomonidan kalendar yilning birinchi choragi davomida taʼminlanadi, bu haqda mehnat organi birinchi chorak tamom boʻlgandan keyin 10 kundan kechikmay xabardor qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining belgilangan eng kam miqdori hisobiga ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylari tayyorligi toʻgʻrisida axborot bermaslik, shuningdek ish joylarining amalda tayyor emasligi ham mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan joylardagi davlat hokimiyati organining qarorini bajarmaslik sifatida qaraladi va qonun hujjatlarida belgilangan jarima jazolari solinishiga olib keladi.
(14-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining belgilangan eng kam miqdori hisobiga tashkil etilgan (ajratilgan yoki band qilib qoʻyilgan) ish joyi ilgari ushbu ish joyini egallab turgan shaxs bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi munosabati bilan boʻshagan taqdirda, korxona 10 kun muddatda mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) boʻlimlarini yangidan ochilgan boʻsh ish joyidan xabardor qilishga majburdir.
Keyingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining ushbu korxona uchun belgilangan eng kam miqdori hisobiga nogironlarni ishga joylashtirish uchun oʻz korxonasida ish joylari tashkil etish yoki ajratish imkoniyati boʻlmagan taqdirda ish beruvchilar boshqa korxonalardan tegishli ish joylarini ijaraga olishlari yoki ularni boshqa korxonalarda oʻz mablagʻlari hisobiga barpo etishlari yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni kasanachilik bilan taʼminlashlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir necha korxona mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) boʻlimlari bilan kelishgan xolda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirish uchun shartnoma asosida birlashishlari va oʻz hisobidan ixtisoslashtirilgan korxonalar, uchastkalar (sexlar) tashkil etishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
(16-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu hollarda tashkil etilgan ish joylari soni ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun mazkur korxonaga belgilangan ish joylarining eng kam miqdori hisobiga hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdorini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) boʻyicha joylardagi davlat hokimiyati organlarining qarorlarini bajarmagan ish beruvchilar ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasiga har bir barpo etilmagan ish joyi uchun bir xodimga toʻgʻri keladigan yillik oʻrtacha ish haqi miqdorida jarima toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdorini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) boʻyicha joylardagi davlat hokimiyati organlarining qarorlarini bajarmaganlik uchun ish beruvchi tomonidan jarima toʻlanishi ish beruvchini ish joylarining belgilangan miqdorini barpo etishdan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Nogironlar uchun ish joylarining belgilangan eng kam miqdorini barpo etmagan (ajratmagan yoki band qilib qoʻymagan) korxonalardan undirilgan jarimalar ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi tomonidan ustun darajada aholining mazkur toifasi (nogironlar) uchun yangi ish joylari barpo etish, shu jumladan nogironlarning ixtisoslashtirilgan korxonalarini barpo etish uchun sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining belgilangan miqdori hisobiga ish joylari barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) boʻyicha joylardagi davlat hokimiyati organlarining qarorlari bajarilishi ustidan nazorat mehnat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining belgilangan miqdori hisobiga ish joylari barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) boʻyicha joylardagi davlat hokimiyati organlarining qarorlari bajarilmagan taqdirda mehnat organi tomonidan ish beruvchilarning mansabdor shaxslari bajarishi majburiy boʻlgan tegishli koʻrsatma tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ ShAXSLAR UChUN ISh JOYLARI BARPO ETUVChI ISh BERUVChILARGA IMTIYOZLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Nogironlar uchun ish joylarining belgilangan eng kam miqdoridan ortiqcha nogironlar uchun ish joylari barpo etgan ish beruvchilar Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda soliq solish boʻyicha imtiyozlarga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Joylardagi davlat hokimiyati organlari oʻz vakolati doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining belgilangan miqdori hisobiga ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ortiqcha ish joylari barpo etgan korxonalar uchun imtiyozlar belgilashlari, shu jumladan ishlab chiqarish uchastkalari (sexlar). tashkil etish uchun noturar joy binolarini birinchi navbatda ajratishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun joylardagi davlat hokimiyati organi tomonidan belgilangan ish joylari miqdoridan ortiqcha ish joylari barpo etgan ish beruvchilar ushbu ish joylarini barpo etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) boʻlimlari bilan tuzilgan shartnoma asosida Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga qoplash huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining belgilangan eng kam miqdoridan ortiqcha ish joylari barpo etishga ish beruvchi tomonidan sarflangan xarajatlarni qisman qoplashga Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasidan pul mablagʻlari Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilangan hamda Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan tartibda ajratiladi
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
__________tuman (shahar) hokimligining ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎‎‎199___yil “____”______________ №‎

‎‎1. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasi asosida ish koʻrib viloyatining___________________ tumani hokimligi ______________________ uchun ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdorini xodimlarning roʻyxatdagi oʻrtacha sonining ________________ foizi miqdorida belgilaydi, bu _________ kishini tashkil etadi, shu jumladan:

‎‎— nogironlar uchun _____foiz (_____kishi);
‎‎— taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlar uchun____foiz (______kishi);
‎‎— yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda koʻp bolali ota-onalar uchun _______foiz (_____kishi);
‎‎— ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun ________ foiz (_______kishi).

‎‎2. Shaxslarning koʻrsatib oʻtilgan toifalari uchun ish joylari sanitariya-gigiyena normalariga va xodim oʻz mehnat majburiyatlarini bemalol bajarishini taʼminlaydigan mehnat sharoitlariga, shu jumladan:

‎‎______________________________________________________________________________

‎‎(ish joylariga qoʻyiladigan aniq talablar sanaladi)‎‎‎

‎‎______________________________________________________________________________
muvofiq boʻlishi kerak.‎‎
‎‎3. Band qilib qoʻyish majburiy boʻlgan kasblar va lavozimlar roʻyxati:
______________________________________________________________________________

‎‎(kasblar va lavozimlar nomi sanaladi)

______________________________________________________________________________‎‎

‎‎4. Korxonalarning rahbarlari ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining koʻrsatib oʻtilgan soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 1-dekabrdagi 504-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilangan muddatlarda va tartibda barpo etilishini (ajratilishini yoki band qilib qoʻyilishini) taʼminlasinlar. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda korxona rahbari koʻrsatib oʻtilgan nizomning 13-bandiga muvofiq maʼmuriy javobgar boʻladi, korxonaga nisbatan esa nizomning 17-bandiga muvofiq jazo jarimalari qoʻllaniladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdori mazkur qaror bilan belgilangandan ortiq barpo etilgan taqdirda korxona uchun quyidagi imtiyozlar belgilanadi:

‎‎______________________________________________________________________________‎

‎‎(imtiyozlar mazmuni koʻrsatiladi)

‎‎5. Mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boʻlimi bir hafta muddatda mazkur Qarorni 1-bandda koʻrsatilgan korxona rahbari eʼtiboriga yetkazsin hamda mazkur Qarorning bajarilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.

_________________________‎

_________________________‎

tuman (shahar) hokimi‎

(imzo)‎

M. Oʻ.‎

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 1-dekabrdagi 504-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar solish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oila manfaatlarini taʼminlash borasida 1998-yilda amalga oshiriladigan tadbirlar Davlat dasturi toʻgʻrisida” 1998-yil 27-yanvardagi 45-son qaroriga muvofiq va “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonun talablari ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nizom aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga jarimalar solish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonun talablarini buzganlik uchun, idoraviy boʻysunishi, mulkchilik va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, barcha ish beruvchilar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazorat va ularning bajarilishini huquqiy vositalar bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari, mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) boʻlimlari davlat mehnat huquq inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat mehnat huquq inspektorlari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi tomonidan tasdiqlangan muvofiqlashtirish rejalari asosida soliq (moliya) organlari oʻtkazadigan ayni bir vaqtdagi rejali kompleks tekshirishlar davomida, qoidaga koʻra, “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning bajarilishini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xollarda, nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi yoki uning hududiy komissiyalari bilan kelishilgan tartibda va muddatlarda nazorat tekshirishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan tekshirish oʻtkazish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan zarur hujjatlarni va boshqa axborotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlarini bartaraf etish vakolatiga ega boʻlgan mansabdor shaxslar bajarishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda jarimalar solish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasiga hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 50, 51 va 229-moddalariga muvofiq ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarni buzganlik uchun mansabdor shaxslarga quyidagi hollarda va quyidagi miqdorlarda jarimalar solinadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga eng kam miqdordagi ish joylarini barpo etish yuzasidan joylardagi davlat hokimiyati organlari qarorlarini bajarmaganlik uchun — har bir barpo etilmagan ish joyi uchun xodimning yillik oʻrtacha ish haqi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avval buyurtmanoma berilgan, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim olgan, shuningdek kasb tayyorgarligi olishga va qayta tayyorgarlik koʻrishga, malakasini oshirishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishdan bosh tortganlik uchun — ushbu xodim uchun moʻljallangan ish joyi boʻyicha yillik oʻrtacha ish haqi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mahalliy mehnat organlari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ishga yuborilgan fuqarolarni u yerda boʻsh ish joylari (boʻsh lavozimlar) boʻlgani holda ishga olishdan asossiz bosh tortganlik uchun — eng kam oylik ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majbur qilganlik uchun, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, — eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) boʻsh ish joylari (boʻsh lavozimlar)ni yashirganlik uchun — eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) har bir xodimning oʻrni boʻshayotganligi toʻgʻrisidagi (uning kasbi, mutaxassisligi, malakasi va mehnat haqi miqdorini koʻrsatgan holda) axborotlarni oʻz vaqtida mahalliy mehnat organlariga taqdim etmaganlik uchun — eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga ajratmalarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun — eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatib oʻtilgan undirilgan jarima mablagʻlari Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasini toʻldirish uchun yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat mehnat huquq inspektorlari “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonun talablarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga jarima solishda quyidagi harakatlarni amalga oshiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qonun buzilganligi haqida bayonnoma tuzadilar. Bayonnomada uning tuzilgan sanasi va joyi, davlat mehnat huquq inspektorining familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, ish joyining nomi, qonun buzilishi holatlarining mazmuni, bunga aybdor boʻlgan shaxslarning tushuntirishlari va ushbu tushuntirishlarni koʻrib chiqish natijalari, tekshirish davomida oʻrganilgan hujjatlar, aybdor shaxs qabul qilingan qaror bilan tanishtirilganligi haqidagi maʼlumotlar hamda unga qaror ustidan shikoyat qilish tartibi toʻgʻrisida tushuntirish berilganligi koʻrsatiladi. Bayonnoma davlat mehnat huquq inspektori tomonidan imzolanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qonunni buzganlik uchun jarima solish toʻgʻrisida qaror qabul qiladilar. Qarorda u qabul qilingan sana, qonun buzilishi sodir etilgan korxona (tashkilot, muassasa)ning nomi hamda ish beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, qonun talablari buzilgan holatlar, jarima solish uchun asos boʻlgan qonun va meʼyoriy hujjat nomi, jarima solinayotgan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, solinayotgan jarima miqdori, jarima oʻtkazilishi lozim boʻlgan bank muassasasi va hisob raqami, qaror bajarilganligi toʻgʻrisida Davlat mehnat huquq inspeksiyasiga maʼlumot berish lozimligi koʻrsatiladi. Qaror davlat mehnat huquq inspektori tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qonun buzilganligi haqida bayonnoma va jarima solish toʻgʻrisidagi qaror uch nusxada tuziladi. Ularning birinchi nusxalari —jarima solingan shaxsga, ikkinchi nusxalari — ish beruvchiga, agar jarima ish beruvchiga solinayotgan boʻlsa — u boʻysunadigan yuqori tashkilotga beriladi. Uchinchi nusxalari davlat mehnat huquq inspektorida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jarima solish jarayonida paydo boʻladigan huquqiy munosabatlar, shu jumladan jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish (protest berish), shikoyat (protest)ni koʻrib chiqish, chiqarilgan qaror ijrosini toʻxtatib turish, qaror ijrosi boʻyicha ish yuritish va boshqalar Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.