01.07.2026 yildagi PQ-250-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Charm-poyabzal sanoatida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash hamda eksport salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda charm xomashyosini chuqur qayta ishlash hajmini kengaytirish, terini qayta ishlash korxonalarini zamonaviy ekologik talablarga moslashtirish, yuqori qoʻshilgan qiymatli va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Asosiy maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar 2026-2027-yillarda charm-poyabzal sanoatini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) charm mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2026-yilda 690 million detsimetr kvadratga, 2027-yilda 800 million detsimetr kvadratga olib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2026-yilda 100 million juftga, 2027-yilda 115 million juftga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) eksport hajmini 2026-yilda 110 million AQSH dollariga, 2027-yilda 150 million AQSH dollariga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2026-yilda 246 milliard soʻmga, 2027-yilda 300 milliard soʻmga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) charm-poyabzal sanoatida qoʻshilgan qiymatni 2026-yilda 860 milliard soʻm, 2027-yilda 1,2 trillion soʻmga yetkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Charm xomashyosini sifatli yigʻib olish va chuqur qayta ishlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 2026 — 2028-yillarda hududlarda charm-poyabzal sanoatini bosqichma-bosqich yirik kooperatsiyalarni tashkil qilish asosida rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) bilan birga har chorakda “yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Bosh prokuratura Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan “yoʻl xaritasi” ijrosini doimiy nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan 2026 — 2028-yillarda hududlarda mahalliy tashabbuskorlarni aniqlagan holda veterinariya-sanitariya talablariga javob beradigan teri va jun xomashyosini yigʻib olish punktlarini tashkil qilishning maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Agentlik hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining teri va jun xomashyosini yigʻib olish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini mazkur faoliyati boʻyicha 2026-yil 1-iyuldan 2029-yil 1-iyulga qadar foyda soligʻi, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Agentlik bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyozlarni qoʻllash boʻyicha Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, teri va jun xomashyosini yigʻib olish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga teri va jun xomashyosini yigʻish maqsadlariga aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun tijorat banklaridan olingan milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha foiz stavkalarining Markaziy bank asosiy stavkasidan yuqori, biroq 10 foizlik punktidan oshmagan qismi, xorijiy valyutadagi kreditlar boʻyicha foiz stavkalarining 5 foizi “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kompensatsiya qilib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-iyuldan boshlab 2028-yil 31-dekabrga qadar Yengil sanoatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) terini qayta ishlab, tayyor charm ishlab chiqaruvchi korxonalarga ishlab chiqarib, realizatsiya qilingan tayyor charmning (krast, finish) har bir detsimetr kvadrati uchun 350 soʻm miqdorida subsidiya ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) poyabzal va charm-attorlik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga ishlab chiqarishga joriy qilingan har bir yangi model uchun 1 million soʻm, biroq bir korxona uchun bir kalendar yilida 50 million soʻmdan oshmagan miqdorda subsidiya ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) poyabzal ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun import qilingan poyabzal qoliplari (kolodka, press-forma) qiymatining 50 foiz qismi, biroq bir kalendar yilida Yevropa Ittifoqi davlatlari uchun 10 ming AQSH dollari, boshqa davlatlar uchun 5 ming AQSH dollaridan oshmagan miqdorda qoplab beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) yengil sanoat korxonalari tomonidan suv tozalash inshootlarida belgilangan meʼyorlar doirasida suvni tozalash uchun xarid qilingan kimyoviy vositalar va reagentlar qiymatining 50 foiz qismi qoplab beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga yoki ularning roʻyxatga olingan savdo belgisi (brend nomi) bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy markazi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahri, shuningdek, respublikaning aholi soni 100 ming kishidan oshadigan yirik shaharlarida savdo uylari va firma doʻkonlarini tashkil etgan tadbirkorlarga dastlabki 1 yil davomida bino va maydonlarni ijaraga olish xarajatlarining 50 foiz qismi, biroq 100 million soʻmdan oshmagan miqdorda qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki 2026-yil 1-sentabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) davlat xaridlarida ishtirok etadigan korxonalarga mahsulot ishlab chiqarishda kooperatsiya asosida mahalliy charm xomashyosi va butlovchilardan foydalanish darajasi, yaratilgan ish oʻrinlari soni, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazgan savdo belgisi va brendiga koʻra qoʻshimcha ball berish va 15 foizgacha narx preferensiyasi taqdim etish tartibi joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) davlat buyurtmachilari uchun davlat xaridlari elektron tizimi orqali xarid qilinadigan maxsus poyabzallarning davlat xaridlari tavsifida muvofiqlik sertifikati toʻgʻrisidagi axborotni joylashtirish talabi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Charm-poyabzal sanoat zonalarini tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agentlik, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining Agentlik huzurida 7 ta shtat birligidan iborat, ustav fondi 23 million AQSH dollari boʻlgan masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida Charm-poyabzal sanoat zonalarini boshqarish direksiyasini (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) tashkil etish va 2-ilovaga muvofiq uning asosiy vazifalarini belgilash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mazkur qarorning 3-ilovasiga muvofiq Toshkent viloyati Ohangaron tumani va Andijon viloyati Shahrixon tumanlarida tashkil etilgan charm-poyabzal sanoat zonalari egallagan yer uchastkalari Direksiyaga ijara huquqi asosida ajratiladi va ushbu yerlarni boshqarish funksiyasi Direksiyaga yuklatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Direksiyaning yagona taʼsischisi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisoblanadi va Direksiya Agentlik tomonidan ishonchli boshqaruv huquqi asosida boshqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi charm-poyabzal sanoat zonasi hamda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida joylashgan teri va junni qayta ishlash korxonalari uchun zamonaviy suv tozalash inshootlarini barpo etishga Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan 2026-2027-yillarda 360 milliard soʻm miqdorida mablagʻlar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur suv tozalash inshootlarini qurish boʻyicha buyurtmachi etib “Oʻzsuvtaʼminot” AJ belgilanadi hamda mazkur inshootlar 2028-yil 1-yanvarga qadar foydalanishga topshirilib, Direksiya balansiga bepul oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ikki oy muddatda terini qayta ishlash korxonalarida suv tozalash inshootlarini xalqaro talablarga moslashtirish va barpo etish boʻyicha manzilli roʻyxatni shakllantirib, unga kiritilgan loyihalarni 2026 — 2028-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida moliyalashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilansinki, charm-poyabzal tarmogʻida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, loyihalarda ulushdor boʻlib qatnashish va aylanma mablagʻlarni toʻldirish maqsadlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-maydagi “Charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik tarmoqlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-181-son qarori bilan ajratilishi belgilangan 33 million AQSH dollar miqdoridagi mablagʻlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 10 million AQSH dollari Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 2035-yil 31-dekabrgacha qaytarish sharti bilan 2026-2027-yillarda Jamgʻarmaga quyidagi maqsadlarda korxonalarga tijorat banklari orqali kredit ajratish uchun yoʻnaltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) investitsiya loyihalarini moliyalashtirish maqsadlari uchun 10 yil muddatga, shundan 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavkada (Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi marjasi 3,5 foiz, bank marjasi 1,2 foiz va Agentlik xarajatlari 0,3 foiz);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun yillik 3,5 foiz stavkada (Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi marjasi 2,5 foiz, bank marjasi 1,2 foiz va Agentlik xarajatlari 0,3 foiz) 36 oy muddatgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 23 million AQSH dollari Direksiya ustav fondiga junni qayta ishlash va charm-poyabzal ishlab chiqarish loyihalari doirasida tadbirkorlar talablari asosida ishlab chiqarish bino hamda inshootlarini qurish va Direksiya bilan kelishilgan grafik asosida 7 yil muddatgacha tadbirkorlarga qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash asosida sotish uchun yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Agentlikning 2026-yil 1-iyuldan 2029-yil 1-iyulga qadar Direksiya hamda Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanidagi “Charm-poyabzal kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi” MCHJni foyda soligʻi, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Agentlik bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyozlarni qoʻllash boʻyicha Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Belgilab qoʻyilsinki, Direksiyani saqlash va ish haqi xarajatlari 2026 — 2028-yillarda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan, 2029-yildan boshlab Direksiyaga tegishli bino va inshootlar hamda yer uchastkalarini ijaraga berish, sotish yoki qiymatini boʻlib toʻlash shartlari asosida sotish, suv tozalash inshootlarini ekspluatatsiya qilishdan olinadigan daromadlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agentlik Oʻzbekiston-Koreya oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparki bilan birgalikda 2026-yil 1-oktabrdan boshlab hududlarda “Dizayner-modelyerlar maktabi”, “Marketologlar maktabi” va “Texnologlar maktabi” tayyorlov kurslarini tarmoqdagi mutaxassis va ishchilar, kasanachi va kosiblar uchun davriy ravishda tashkil etib borsin. Bunda qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish maqsadida xorijiy professor-oʻqituvchilar, trener va ekspertlarni jalb etish bilan bogʻliq xarajatlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2026 — 2027-yillarda Toshkent viloyati Ohangaron tumani va Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi charm-poyabzal sanoat zonalari hamda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi jun va terini qayta ishlash korxonalari uchun tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (yoʻl, suv, elektr va gaz tarmoqlari) bilan taʼminlashga 80 milliard soʻm ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) mazkur qarorning 10-bandi hamda mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan mablagʻlarni ikki oy muddatda 2026-yilda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilish-pudrat ishlariga ajratish boʻyicha 2026 — 2028-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga oʻzgartirishlar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) mazkur qarorning 6-bandida nazarda tutilgan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari uchun Agentlik soʻroviga asosan 2026-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Jamgʻarmaga mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin va kelgusi yillarda ushbu shartlarda mablagʻlar ajratilishini budjet parametrlarini shakllantirishda nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bosh prokuratura (Kasimov) mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq hududlarda teri va jun xomashyosini yigʻib olish punktlarini tashkil qilishning maqsadli koʻrsatkichlari ijrosi sifatli va oʻz vaqtida taʼminlanishi ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatsin hamda har chorakda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Charm xomashyosini chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi elektron tizimini tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish asosida mazkur qarorning 7-bandida nazarda tutilgan tartibni 2026-yil 1-sentabrga qadar joriy qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Direksiyaning ustav fondini bosqichma-bosqich shakllantirish uchun 23 million AQSH dollarini Agentlik soʻrovi asosida sanoat zonalari va hududlarda Direksiya ulushdor sifatida ishtirok etayotgan loyihalar “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DMdan ekspertizadan oʻtkazilgandan soʻng bir oy muddatda ajratib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari munosib mehnat sharoitlarini yaratish, maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal bilan taʼminlash borasida mehnat xavfsizligi va gigiyenasi talablariga rioya etilishiga qaratilgan chora-tadbirlarni olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Agentlik Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur qarorning 6-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan kompensatsiya toʻlovlari uchun toʻqimachilik, junni qayta ishlash, charm-poyabzal, gilamchilik va ipakchilik sohalari boʻyicha 1 metr kub suvni tozalash uchun talab etiladigan kimyoviy vositalar va reagentlar turlari hamda ularning maksimal miqdorlarini belgilashni nazarda tutuvchi texnik reglamentni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Toshkent va Andijon viloyati hokimliklari Agentlik hamda Kadastr agentligi bilan birgalikda mazkur qarorning 3-ilovasiga muvofiq yer maydonlari Direksiyaga belgilangan tartibda oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi hunarmand, kasanachi, kosib, yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning malakasini Oʻzbekiston-Koreya oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparkida oshirish hamda ishlab chiqarishni sanoatlashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Soliq qoʻmitasi Bojxona qoʻmitasi va Agentlik bilan birgalikda charm mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar tomonidan tovarlar importida toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini oʻzaro hisobga olinishini yoʻlga qoʻyish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori N.Q. Xolmurodov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-250-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026 — 2028-yillarda hududlarda teri va jun xomashyosini yigʻib olish punktlarini tashkil qilishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar

Soni

shundan

Masʼullar

2026-yil

2027-yil

 

 

Jami

63

24

39

 

Teri yigʻish punkti

44

19

25

Jun yigʻish punkti

19

5

14

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

7

3

4

F. Ermanov — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi,

A. Shamuratov — Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari,

Lavozimi boʻyicha“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi

Teri yigʻish punkti

4

2

2

Jun yigʻish punkti

3

1

2

2.

Andijon viloyati

4

1

3

Sh. Abduraxmonov — viloyat hokimi,

A. Toʻlanov — viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari,

Lavozimi boʻyicha“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi

Teri yigʻish punkti

3

1

2

Jun yigʻish punkti

1

0

1

3.

Buxoro viloyati

5

2

3

B. Zaripov — viloyat hokimi,

B. Axmedov — viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari,

Lavozimi boʻyicha“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi

Teri yigʻish punkti

3

1

2

Jun yigʻish punkti

2

1

1

4.

Jizzax viloyati

5

2

3

U. Mustafoyev — viloyat hokimi,

Z. Azimov — viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari,

Lavozimi boʻyicha“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi

Teri yigʻish punkti

3

1

2

Jun yigʻish punkti

2

1

1

5.

Qashqadaryo viloyati

5

2

3

M. Azimov — viloyat hokimi,

A. Qodirov — viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari,

Lavozimi boʻyicha“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi

Teri yigʻish punkti

4

2

2

Jun yigʻish punkti

1

0

1

6.

Navoiy viloyati

5

2

3

N. Tursunov — viloyat hokimi,

R. Sulaymonov — viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari,

Lavozimi boʻyicha“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi

Teri yigʻish punkti

3

1

2

Jun yigʻish punkti

2

1

1

7.

Namangan viloyati

5

2

3

Sh. Abdurazakov — viloyat hokimi,

Z. Baxriddinov — viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari,

Lavozimi boʻyicha“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi

Teri yigʻish punkti

4

2

2

Jun yigʻish punkti

1

1

8.

Samarqand viloyati

4

1

3

A. Boboyev — viloyat hokimi,

Sh. Buranov — viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari,

Lavozimi boʻyicha“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi

Teri yigʻish punkti

3

1

2

Jun yigʻish punkti

1

0

1

9.

Surxondaryo viloyati

6

3

3

U. Qosimov — viloyat hokimi,

Sh. Rajabov — viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari,

Lavozimi boʻyicha“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi

Teri yigʻish punkti

4

2

2

Jun yigʻish punkti

2

1

1

10.

Sirdaryo viloyati

3

1

2

E. Turdimov — viloyat hokimi,

F. Kushakov — viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari,

Lavozimi boʻyicha“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi

Teri yigʻish punkti

2

1

1

Jun yigʻish punkti

1

0

1

11.

Toshkent viloyati

5

2

3

Z. Mirzayev — viloyat hokimi,

O. Tursunov — viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari,

Lavozimi boʻyicha“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi

Teri yigʻish punkti

4

2

2

Jun yigʻish punkti

1

0

1

12.

Fargʻona viloyati

5

2

3

X. Bozarov — viloyat hokimi,

M. Ubaydullayev — viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari,

Lavozimi boʻyicha“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi

Teri yigʻish punkti

4

2

2

Jun yigʻish punkti

1

0

1

13.

Xorazm viloyati

4

1

3

J. Raximov — viloyat hokimi,

A. Davletov — viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari,

Lavozimi boʻyicha“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi

Teri yigʻish punkti

3

1

2

Jun yigʻish punkti

1

0

1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Charm-poyabzal sanoat zonalarini boshqarish direksiyasining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agentlik hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan manzilli dastur asosida tayanch korxonalarni rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladigan charm-poyabzal sanoat zonalarining bosh rejasini Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan kelishib, tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Charm-poyabzal sanoat zonalari faoliyatini boshqarish, loyiha tashabbuskorlari tomonidan oʻz zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xorijiy va mahalliy investorlarni izlash va jalb etish, sanoat zonalari hududida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, yoʻl-transport infratuzilmalarini barpo etishda buyurtmachi funksiyasini bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Charm-poyabzal tarmogʻida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida bino va inshootlar qurish uchun loyiha qiymatining 30 foizigacha miqdorda ulushdor sifatida keyinchalik oʻz ulushini sotish sharti bilan 7 yil muddatgacha ishtirok etish, yer maydonlarini qayta ijaraga berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda investitsiyaviy loyihalar boʻyicha hujjatlarni “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” davlat muassasasidan kompleks ekspertizadan oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Charm-poyabzal sanoat zonalari va hududlardagi suv tozalash inshootlari ekspluatatsiyasi va modernizatsiyasini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Charm-poyabzal sanoat zonalari faoliyatini va hududlardagi obyektlarni tezkor boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Charm-poyabzal sanoat zonalarini boshqarish direksiyasiga ijara huquqi asosida oʻtkaziladigan yer uchastkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Yerdan foydalanuvchi nomi

Kontur raqami

Jami yer maydoni, ga

1.

Andijon viloyati

Shahrixon tumani Yangi Vaxim mavzesi hududi

“Andijon viloyati sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi

99q

7,8

2.

Toshkent viloyati

Ohangaron tumani Ubayd mavzesi hududi

“Toshkent viloyati sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi

1182q

15,7

1184q

20,0

Jami

43,5

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Charm xomashyosini chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish samaradorligini oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Hududlarda veterinariya-sanitariya talablariga javob beradigan teri va jun xomashyosini yigʻib olish punktlarini tashkil qilish.

1. Xomashyo yigʻish punktlarini tashkil qilish uchun yer maydonlarini aniqlash.

2026-yil 1-avgust

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Aniqlangan yer maydonlarini xomashyo yigʻish punktlarini tashkil qilish uchun belgilangan tartibda elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish.

2026-yil 1-sentabr

3. Xomashyo yigʻish bilan shugʻullanuvchi korxonalarni aylanma mablagʻ bilan taʼminlash.

Doimiy

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

4. Xomashyo yigʻish punktlari va terini qayta ishlash korxonalari oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyish.

2026-2027-yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

5. Teri va jun xomashyosi nobudgarchiligining oldini olish boʻyicha ommaviy axborot vositalarida targʻibot ishlarini tashkil etish.

Doimiy

2.

Charm-poyabzal tarmogʻida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va korxonalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish.

Charm-poyabzal tarmogʻida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, loyihalarda ulushdor boʻlib qatnashish va aylanma mablagʻlarni toʻldirish maqsadlari uchun Yengil sanoatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 10 mln AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratish.

2026-2027-yillar

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi,

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

3.

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi huzurida Charm-poyabzal sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi faoliyatini tashkil etish.

1. Charm-poyabzal sanoat zonalarini boshqarish direksiyasini tashkil etish va uni ishonchli boshqaruv huquqi asosida Yengil sanoatni rivojlantirish agentligiga oʻtkazish.

2026-yil 1-avgust

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi

2. Toshkent viloyati Ohangaron tumani va Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi charm-poyabzal sanoat zonalari yer uchastkalarini Direksiyaga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish va roʻyxatdan oʻtkazish.

2026-yil 1-sentabr

Kadastr agentligi,

Toshkent va Andijon viloyati hokimliklari

4.

Teri va junni qayta ishlash korxonalari uchun zamonaviy suv tozalash inshootlarini barpo etish ishlarini moliyalashtirish.

Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi charm-poyabzal sanoat zonasida hamda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida tashkil etiladigan teri va junni qayta ishlash korxonalari uchun zamonaviy suv tozalash inshootlarini barpo etishga Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan 2026-2027-yillarda 360 milliard soʻm mablagʻ ajratish.

2026-2027-yillar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

5.

Teri va junni qayta ishlash korxonalari uchun zamonaviy suv tozalash inshootlarini barpo etish.

1. Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi charm-poyabzal sanoat zonasida hamda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida tashkil etiladigan teri va junni qayta ishlash korxonalari uchun zamonaviy suv tozalash inshootlarini barpo etish.

2. Barpo etilgan suv tozalash inshootlarini belgilangan tartibda Charm-poyabzal sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi balansiga bepul oʻtkazib berish.

2026-2027-yillar

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi,

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

6.

Charm-poyabzal sanoat zonalari va korxonalari uchun tashqi muhandislik infratuzilmasini barpo etish loyihalarini moliyalashtirish.

Toshkent viloyati Ohangaron tumani va Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi charm-poyabzal sanoat zonalari hamda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi jun va terini qayta ishlash korxonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (yoʻl, suv, elektr va gaz tarmoqlari) bilan taʼminlashga 80 milliard soʻm mablagʻ ajratish.

2026-2027-yillar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

7.

Terini qayta ishlash korxonalarida suv tozalash inshootlarini xalqaro talablarga moslashtirish va barpo etish boʻyicha manzilli roʻyxatni ishlab chiqish.

1.Terini qayta ishlash korxonalarida suv tozalash inshootlarini xalqaro talablarga moslashtirish va barpo etish boʻyicha manzilli roʻyxatni shakllantirish.

2. Manzilli roʻyxatga kiritilgan loyihalarni 2026 — 2028-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida moliyalashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil 1-sentabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

8.

Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Soliq kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

(a) teri va jun xomashyosini yigʻib olish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini foyda soligʻi, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashdan ozod etish;

(b) Charm-poyabzal sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi hamda Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanidagi Charm-poyabzal kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasini foyda soligʻi, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etish.

2026-yil 1-oktabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Soliq qoʻmitasi,

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

9.

Yengil sanoat korxonalarida sanoat ishlab chiqarishida hosil boʻladigan suvni tozalash ishlarini takomillashtirish.

Toʻqimachilik, junni qayta ishlash, charm-poyabzal, gilamchilik va ipakchilik tarmogʻi korxonalarida 1 metr kub suvni tozalash uchun talab etiladigan kimyoviy vositalar va reagentlar turlari hamda ularning maksimal miqdorlarini belgilashni nazarda tutuvchi texnik reglamentni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil 1-oktabr

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi,

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi,

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

10.

Charm-poyabzal tarmogʻida kadrlarni tizimli tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish orqali kadrlar zaxirasini shakllantirib borish.

1. Korxonalarda dizayner-modelyer, marketolog, texnolog va boshqa mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash.

Doimiy

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

2. “Dizayner-modelyerlar maktabi”, “Marketologlar maktabi” va “Texnologlar maktabi” tayyorlov kurslari oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

2026-yil 1-noyabr

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti,

Oʻzbekiston-Koreya oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparki

3. Oʻzbekiston-Koreya oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparkida malaka oshirish, qayta tayyorlash kurslari va amaliy treninglarni tashkil etish.

Doimiy

11.

Davlat xaridlarida mahalliy charm-poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ulushini oshirish.

1. Davlat buyurtmachilari va mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokida charm-poyabzal va charm-attorlik mahsulotlarining ishlab chiqarish imkoniyatlari, mahsulotlar tavsifi, sifati va boshqa xususiyatlari, shuningdek, davlat xaridlaridagi imkoniyatlar yuzasidan amaliy uchrashuv va treninglar tashkil qilib borish.

Har chorakda

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi,

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi,

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

2. Davlat xaridlarida mahalliy charm-poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ulushini 80 foizga yetkazish.

2026-2027-yillar

12.

Tayyor mahsulotlarning ichki va tashqi bozorlarda sotuv hajmini kengaytirish.

1. Poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy dilerlari tomonidan aholi soni 100 ming kishidan oshadigan yirik shaharlarda savdo uylari va firma doʻkonlarini tashkil etish.

2026-2027-yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi,

Manfaatdor tashkilotlar

2. Davlat ishtirokidagi korxonalar uchun davlat xaridlari elektron tizimida xarid qilinadigan maxsus poyabzallarning davlat xaridlari tavsifida muvofiqlik sertifikati toʻgʻrisidagi axborotni joylashtirish talabini joriy etish.

2026-yil 1-oktabr

3. Ichki bozorda realizatsiya qilinadigan poyabzal mahsulotlariga majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy qilish.

2028-yil 1-yanvar

Soliq qoʻmitasi,

“Asl belgisi” MAT

13.

Qoʻllab-quvvatlash choralari samaradorligini tahlil qilish hamda natijadorligini oshirish yoki ularni bekor qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

1. Qoʻllab-quvvatlash choralari samaradorligi va natijadorligini, ularni koʻrishda yuzaga kelayotgan muammolarni oʻrganish.

2. Oʻrganish natijalari va qoʻllab-quvvatlash choralari boʻyicha yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Doimiy

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi,

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

14.

Oltinkoʻl tumani charm-poyabzal kichik sanoat zonasi direksiyasiga AT “Xalq banki” tomonidan ajratilgan mablagʻni qaytarish muddatini uzaytirish.

AT “Xalq banki” tomonidan Oltinkoʻl tumani charm-poyabzal kichik sanoat zonasini tashkil etish uchun Oltinkoʻl tumani charm-poyabzal kichik sanoat zonasi direksiyasiga ajratilgan 124 mlrd soʻmning qoldiq qismini qaytarish muddatini 2027-yil 31-dekabrga qadar uzaytirish.

2026-yil 1-avgust

AT “Xalq banki”,

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-fevraldagi “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-143-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ikkinchi xatboshi birinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) birinchi xatboshidagi “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi va” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) toʻrtinchi xatboshidagi “ikki” soʻzi “bir” soʻzi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 1 — 1.14-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-oktabrdagi “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida islohotlarni yanada jadallashtirish va sohaning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-331-son qarorga 3-ilovaning 9-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “Har yili ikki marotaba” hamda “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Eksportni ragʻbatlantirish agentligi” soʻzlari tegishincha “Har yili bir marotaba” hamda “Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-maydagi “Charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik tarmoqlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-181-son qarorining 1-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ikkinchi xatboshidagi “tashkil qilish” soʻzlaridan keyin “toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi korxonalari tomonidan bojxona toʻlovlaridan ozod qilingan holda olib kiriladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan import asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, xom ashyolar, materiallar va furnituralar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi F-5350-son farmoyishining rus tilidagi matnida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ob utverjdenii perechnya importiruyemogo oborudovaniya, komplektuyushix izdeliy, sirya, materialov i furnituri, ne proizvodimix v respublike, vvozimix s osvobojdeniyem ot tamojennix platejey”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 1-band hamda ilovaning nomidan “predpriyatiyami assotsiatsii ““Uzcharmsanoat”” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali charm va moʻyna xom ashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 303-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 729-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yengil sanoat korxonalarining foiz stavkasi xorijiy valyutada 7 foizdan va milliy valyutada 16 foizdan baland boʻlgan amaldagi kreditlarini Agentlikning mavjud resurslari hisobidan xorijiy valyutada qayta kreditlash”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi beshinchi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) 4-bandda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” kichik banddagi “12 oy muddatgacha xorijiy valyutada” soʻzlari “36 oy muddatgacha xorijiy valyutada” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi “Mahalliy yengil sanoat korxonalarining xalqaro yetkazib berish zanjirlarida ishtirokini kengaytirish hamda tashqi bozorlarda oʻrnini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4-son Farmonining 15-bandida nazarda tutilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “Yengil sanoat sohasida yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi PF-174-son Farmonining 11-bandi bilan ajratilgan mablagʻlar hisobidan, shu jumladan, Jamgʻarmaga jalb qilinadigan xorijiy kredit liniyalari hisobidan yengil sanoat korxonalarining foiz stavkasi xorijiy valyutada 7 foizdan baland boʻlgan amaldagi kreditlarini qayta kreditlash asosida, ularning muddatiga mutanosib ravishda, biroq 36 oydan oshmagan muddatga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi “Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-2-son Farmoni 2-bandining “d” kichik bandida koʻrsatilgan shartlar asosida kreditlar ajratiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) 13-bandning birinchi xatboshisida “Jamgʻarmaning ijro organi” soʻzlaridan keyin “rahbarining buyrugʻiga asosan shakllantirilgan komissiyalar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) 18-bandning “z” kichik bandida “malakali mutaxassislarni” soʻzlari “ishchi va mutaxassislarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)