26.02.2022 yildagi PQ-143-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda teri xom ashyosini chuqur qayta ishlash asosida undan yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor charm-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishni jadallashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2026-yilga qadar charm-poyabzal, jun va moʻynachilik mahsulotlari eksportini 2,8 baravarga koʻpaytirish boʻyicha choralarni amalga oshirish Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasining ustuvor vazifasi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida xom ashyo resurslaridan samarali foydalanish, sifat koʻrsatkichlarini oshirish, kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, tashqi bozorlardagi targʻibotni kuchaytirish va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Fargʻona, Xorazm va Toshkent viloyatlari hokimliklari hamda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasining tuman (shahar)larda terini qayta ishlashga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarini hamda tayyor charm-poyabzal va moʻyna mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarini (keyingi oʻrinlarda — kichik sanoat zonalari) tashkil qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash uchun 2022-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan 90 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) loyiha-smeta hujjatlariga asosan tashqi infratuzilmani qurish-taʼmirlash uchun mablagʻlar yetishmagan loyihalar boʻyicha ularni qurish-taʼmirlash bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiya va gaz tarmoqlari boʻyicha — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va uning hududiy filiallari hamda “Hududgaztaʼminot” AJ oʻz mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik va oqova suv tarmoqlari hamda avtomobil yoʻllari boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlarining qarorlariga asosan tegishlilik boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur kichik sanoat zonalarini tashkil etish boʻyicha tegishli Hukumat qarorini qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklarida umumiy qiymati 60 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyasi ochilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur kredit liniyasi tijorat banklaridan kelib tushgan talabnomalarga asosan Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 2022 — 2025-yillar uchun tasdiqlangan xarajatlari doirasida moliyalashtiriladi;
(4-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-oktabrdagi PQ-331-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2023-y., 07/23/331/0770-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit liniyasi ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan tijorat banklariga ularning talabnomalariga asosan 3 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 7 yil muddatgacha yillik 3 foiz stavkada ochiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga zamonaviy yangi uskuna va texnologiyalarni xarid qilish uchun 3 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 7 yil muddatgacha yillik 5 foiz stavkada kreditlar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (S. Umurzakov) bir oy muddatda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining masʼullarini biriktirgan holda, 2022 — 2026-yillarda charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari dasturlarini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va “Oʻzcharmsanoat” uyushmasining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari maʼqullansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Charm-poyabzal, moʻynachilik sohasi korxonalari va chorva mollarini soʻyish va terini qayta ishlovchi tashkilotlar uchun koʻzda tutilgan soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni 2023-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvarga qadar uzaytirish;
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PF-4-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2026-y., 06/26/4/0043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha quyidagilar uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz miqdorda undirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchining yalpi tushumida bolalar, ayollar va sport poyabzallari, sunʼiy (eko) charm, furnitura, poyabzal qoliplari va tagliklari ishlab chiqarishdan tushgan tushumning ulushi hisobot davri yakuni boʻyicha kamida 60 foizni tashkil qilgan ishlab chiqaruvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yalpi tushumining umumiy hajmida poyabzallar, charm-attorlik mahsulotlari va moʻynadan tayyorlangan buyumlar eksportidan tushgan tushumning hajmi 80 foizni tashkil qilgan ishlab chiqaruvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) charm-poyabzal va moʻynachilik sohasi korxonalari tomonidan xorijdan jalb qilinadigan dizayner, texnolog va marketolog mutaxassislarining oylik ish haqi bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini, biroq Toshkent shahrida joylashgan korxonalar uchun 1 ming AQSH dollari ekvivalentidan, respublikaning boshqa hududlaridagilar uchun esa 2 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdordagi qismini “Oʻzcharmsanoat” uyushmasining Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlaridan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi va “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi bilan birgalikda charm-poyabzal tarmogʻi mahsulotlarining tashqi bozorlardagi targʻibotini kuchaytirish maqsadida, tarmoqdagi salohiyatli tadbirkorlarni jalb qilgan holda:
(7-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarda charm-poyabzal, charm-attorlik, jun va moʻynachilik mahsulotlarini saqlash va sotishga moʻljallangan yirik ulgurji savdo omborlari va savdo uylarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
charm-poyabzal tarmogʻi mahsulotlari bilan xalqaro koʻrgazmalarda qatnashish orqali mahalliy mahsulotlarni xorijda keng targʻib qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili bir marotaba (bahor va kuz mavsumida) “UzCharmExpo” Xalqaro charm, poyabzal va moʻyna koʻrgazma-yarmarkasini tashkil etish;
(7-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, respublikaning mazkur sohalardagi imkoniyatlari va salohiyatini keng yoritish ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorsing va franchayzing asosida xorijiy hamkorlarni jalb qilishni kengaytirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, terini yigʻish, toʻliq hisobini yuritish va toʻliq qayta ishlashga yoʻnaltirishni ragʻbatlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarning teri xom ashyosini yigʻish va tayyorlash faoliyati oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir tuman kesimida aholi zich yashaydigan mahallalarda chorva mollarini soʻyish va teri xom ashyosini yigʻib olish boʻyicha kichik mobil xizmatlar yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir tuman kesimida aholi zich yashaydigan mahallalarda chorva mollarini soʻyish va teri xom ashyosini yigʻib olish boʻyicha kichik mobil xizmatlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha “manzilli loyihalar dasturi”ni ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veterinariya-sanitariya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga javob bermagan holda faoliyat koʻrsatayotgan kushxonalar va chorva mollarini soʻyish maydonchalarini xatlovdan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatlov natijalari asosida kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taqdimnomalar kiritsin, noqonuniy faoliyat yuritayotgan kushxonalar va qassoblar faoliyatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan meʼyorlarga moslash boʻyicha tegishli choralarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veterinariya-sanitariya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga javob bermagan holda faoliyat koʻrsatayotgan kushxonalar va qassoblarga nisbatan javobgarlik choralarini kuchaytirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi bilan birgalikda Fargʻona viloyati Margʻilon shahri “Orol boʻyi” mahallasi tajribasi asosida oʻz hududidagi kosibchilik rivojlangan kamida beshtadan mahallani tanlab olgan holda kosiblar faoliyatini kengaytirish boʻyicha manzilli loyihalar dasturlarini ishlab chiqib, ularning amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, kosiblar faoliyatini kengaytirish boʻyicha loyihalarga imtiyozli kreditlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-55-son qaroriga muvofiq, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari hamda “Hunarmand” uyushmasi aʼzolariga nisbatan koʻzda tutilgan shartlarda ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda charm-poyabzal sanoati korxonalarining xorijiy va mahalliy mutaxassislari bilan birgalikda Fargʻona viloyatidagi Fargʻona transport va servis texnikumida poyabzal va charm buyumlarini loyihalash va modellashtirish, ishlab chiqarish texnologiyasi va jihozlari yoʻnalishida oʻquv va amaliyot kurslari tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi bilan birgalikda Fargʻona viloyati tajribasi asosida kichik sanoat zonalari tashkil etilayotgan hududlardagi faoliyat yuritayotgan kasb-hunar kollejlari va texnikumlarda charm, moʻyna xom ashyosi va jun tayyorlash, jun, qorakoʻl va sunʼiy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish yoʻnalishlarida oʻquv va amaliyot kurslari tashkil etilishini yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi 2022-yildan boshlab Turkiyaning Egey, Buyuk Britaniyaning Nortgempton, Rossiya Federatsiyasining A.N. Kosigin nomidagi Rossiya davlat sanʼat, dizayn va texnologiya universiteti va Sankt-Peterburg davlat sanoat texnologiyalari va dizayn universiteti, Belarus Respublikasining Vitebsk davlat texnologiya universitetida charm-poyabzal sohasi uchun mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha taʼlim grantlarini jalb qilish va taʼlim dasturlarini amalga oshirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda charm-poyabzal va moʻynachilik sohalari boʻyicha rivojlangan davlatlarda tan olingan xalqaro standartlar va sertifikatlar roʻyxatini shakllantirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda unda belgilangan vazifalarning ijrosini yoritib borish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 26-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-143-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.12-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.13-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.14-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-fevraldagi PQ-143-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida xom ashyo resurslaridan samarali foydalanish, sifat koʻrsatkichlarini oshirish, kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, tashqi bozorlardagi targʻibotni kuchaytirish va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Ijro uchun masʼullar

I. Mavjud xom ashyo resurslari va ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish

1.

Terini chuqur qayta ishlash va tayyor charm ishlab chiqarish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.

Terini qayta ishlash korxonalarining modernizatsiya darajasini oshirish;

Terini qayta ishlash korxonalari hamda ixtisoslashtirilgan soʻyish korxonalari oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish.

2022 — 2024-yillar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

II. Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini hamda sifat koʻrsatkichlarini oshirish

2.

2022 — 2025-yillarda charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida:

yuqori qoʻshilgan qiymatli;

import oʻrnini bosuvchi;

jundan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish.

Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida umumiy qiymati 1,0 mlrd AQSH dollariga teng 490 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish. Buning uchun:

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tegishli tijorat banklari, Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

mazkur qaror hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-fevraldagi PQ-4982-son qaroriga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq loyihalarni moliyalashtirish masalalarini hal qilish;

2022 — 2025-yillarda tarmoq jadvallari asosida

Shu jumladan,

2022-yilda 218 mln dollarlik 118 ta;

2023-yilda 242 mln dollarlik 121 ta.

2024-yilda 265 mln dollarlik 124 ta.

2025-yilda 279 mln dollarlik 127 ta.

zarur infratuzilma bilan taʼminlash (yoʻl, elektr energiyasi, gaz, suv taʼminoti, kanalizatsiya tarmoqlari va h.k.);

2022 — 2025-yillarda tarmoq jadvallari asosida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida amalga oshirilishida yuzaga keladigan boshqa muammolarni tezkorlik bilan bartaraf qilish boʻyicha tizimli monitoring olib borish.

doimiy

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

3.

Hududlarda klaster usulida terini chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarini tashkil qilish.

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi (Nukus tumani), Andijon (Shahrixon va Oltinkoʻl tumanlari), Buxoro (Buxoro tumani), Jizzax (Jizzax shahri), Qashqadaryo (Qarshi shahri), Namangan (Namangan shahri va Uychi tumani), Samarqand (Urgut va Samarqand tumanlari), Surxondaryo (Angor tumani), Fargʻona (Margʻilon va Qoʻqon shaharlari), Xo?azm (Hazorasp tumani) va Toshkent viloyatlarida (Yuqori Chirchiq tumani va Nurafshon shahri) klaster usulida terini chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarini tashkil qilish boʻyicha tegishli Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

2022-yil 10-mart

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Fargʻona, Xorazm va Toshkent viloyatlari hokimliklari

2. Kichik sanoat zonalarining tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini tashkil etish bilan bogʻliq tadbirlarga zarur mablagʻlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish hamda hisob-kitoblar boʻyicha maʼlumotlarni Moliya vazirligiga kiritish;

2022-yil 15-aprel

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyatlar hokimliklari, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish boʻyicha injiniring kompaniyasi” unitar korxonasi, “Mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi

3. Taqdim etilgan hisob-kitoblarga asosan kichik sanoat zonalari tashqi infratuzilmasini qurish-taʼmirlash ishlarini bajarish uchun mablagʻlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalariga ajratish;

Loyiha-smeta hujjatlarida koʻrsatilgan muddatlarda

Moliya vazirligi

4. Mablagʻlar ajratilganidan soʻng kichik sanoat zonalari tashqi infratuzilmasini qurish-taʼmirlash ishlarini bajarish.

Loyiha-smeta hujjatlarida koʻrsatilgan muddatlarda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari

4.

Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalaridagi ishlab chiqaruvchi korxonalarni xalqaro standartlar boʻyicha sertifikatlashni kengaytirish orqali tayyor mahsulotlarning MDH va Yevropa mamlakatlariga eksportini koʻpaytirish.

1. Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalari boʻyicha rivojlangan davlatlarda tan olingan xalqaro standartlar roʻyxatini shakllantirish.

2022-yil aprel

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

2. Roʻyxatda koʻrsatilgan xalqaro standartlar boʻyicha sertifikatlash kompaniyalari bilan aloqa oʻrnatib, sertifikatlash talablarini chuqur oʻrganib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarning har bir bosqichini koʻrsatgan holda qoʻllanma ishlab chiqish hamda har bir ishlab chiqaruvchiga yetkazib, tushuntirish ishlarini olib borish.

2022-yil may

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, Tashqi ishlar vazirligi

3. Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida mahsulot ishlab chiqaruvchi har bir korxona bilan manzilli ishlash orqali 2022-yilda kamida 10 ta, 2023-2024-yillarda esa 40 tadan korxonaning rivojlangan mamlakatlarda tan olingan standartlardan biri boʻyicha sertifikatlanishini taʼminlash hamda u boʻyicha xarajatlarni kompensatsiya qilish.

2022 — 2024-yillar

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi

4. Rivojlangan davlatlarda tan olingan standart boʻyicha sertifikatlangan har bir ishlab chiqaruvchining tijorat takliflarini shakllantirish, MDH va Yevropa mamlakatlaridan xorijiy xaridorlar topish orqali ularning har biri tomonidan yiliga qoʻshimcha ravishda oʻrtacha 1 mln dollarlik eksport amalga oshirilishini taʼminlash.

2024-yil yakuniga qadar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

5.

Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalaridagi ishlab chiqaruvchi korxonalarda tayyor mahsulot sifatini nazorat qilish va sifat menejmenti tizimini joriy etish.

1. Respublikadagi charm-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda tayyor mahsulot sifatini nazorat qilish va sifat menejmenti tizimini joriy etish holatini oʻrganish.

2022-yil may

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

2. Sifatni nazorat qilish va sifat menejmenti tizimi boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish. Buning uchun:

xorijiy kompaniyalar bilan “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi hamda uning tarkibidagi korxonalar oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish;

sifatni nazorat qilish va sifat menejmenti tizimi boʻyicha xalqaro tajribani zarur hollarda joyiga borgan holda oʻrganish.

2022-yil iyun

3. Xalqaro tajribadan kelib chiqib, mahalliy charm-poyabzal va moʻyna mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun sifatni nazorat qilish va sifat menejmenti tizimiga oid qoʻllanmani yaratish.

2022-yil may

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

4. Mahalliy charm-poyabzal va moʻyna mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga mazkur tizim boʻyicha taqdimot oʻtkazib, tushuntirish ishlarini olib borish.

Doimiy ravishda

5. Sifatni nazoratni qilish va sifat menejmenti tizimini joriy etish istagida boʻlgan ishlab chiqaruvchilar roʻyxatini shakllantirib, ular bilan manzilli ish tashkil etish orqali amaliy yordam koʻrsatib borish.

Doimiy ravishda

6. Sifatni nazorat qilish va sifat menejmenti tizimini kamida 200 ta mahalliy korxona faoliyatiga joriy qilib, ularning har biri tomonidan yiliga kamida 100 ming AQSH dollariga teng eksport amalga oshirilishini taʼminlash.

2024-yil yakuniga qadar

III. Charm-poyabzal va moʻyna mahsulotlarining tashqi bozorlardagi targʻibotini kuchaytirish

6.

Xorijiy davlatlarda charm-poyabzal, charm-attorlik, jun va moʻynachilik mahsulotlarini saqlash va sotishga moʻljallangan yirik ulgurji savdo omborlari va savdo uylarini tashkil qilish.

1. Savdo omborlari va savdo uylari tashkil etish uchun qulay va salohiyatli chet davlatlar roʻyxatini shakllantirish.

2022-yil mart

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

2. Mazkur sohalardagi salohiyatli tadbirkorlar bilan birgalikda shakllantirilgan roʻyxat asosida xorijiy davlatlarda yirik savdo omborlari va savdo uylari ochish choralarini koʻrish.

2022-yil yakunigacha

7.

Charm-poyabzal va moʻyna mahsulotlari bilan xalqaro koʻrgazmalarda qatnashish orqali mahalliy mahsulotlarni xorijda keng targʻib qilish.

Xorijiy davlatlarda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan xalqaro koʻrgazmalarda qatnashish boʻyicha mahsulot sifat koʻrsatkichlari va korxona ishlab chiqarish hajmlaridan kelib chiqib qatnashchilar reyestrini shakllantirish va ularning koʻrgazmada ishtirokini taʼminlash.

Doimiy ravishda va belgilangan muddatlarda

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

Mahalliy charm-poyabzal va moʻyna mahsulotlarini taniqli xalqaro internet savdo platformalariga chi?arishni taʼ?inlash.

Doimiy ravishda

8.

Har yili ikki marotaba (bahor va kuz mavsumida) “UzCharmExpo” Xalqaro charm, poyabzal va moʻyna koʻrgazma yarmarkasini tashkil etish.

Koʻrgazmani tashkil etish muddatlarini belgilash, ishtirokchi korxonalar roʻyxatini shakllantirish.

Koʻrgazmaga xorijiy yirik kompaniyalar, uyushmalar va tashkilotlarni keng jalb qilish.

Har yili ikki marotaba (bahor va kuz mavsumida)

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, “Uzexpomarkaz” AJ

9.

Autsorsing va franchayzing asosida xorijiy hamkorlarni jalb qilishni kengaytirish.

1. Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, respublikaning mazkur sohalardagi imkoniyatlari va salohiyatini keng yoritish ishlarini olib borish.

2022-yil may

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

2. Poyabzal va charm-attorlik mahsulotlarining xalqaro taniqli poyabzal brendlari bosh ofislariga hamkorlik qilish yuzasidan murojaat xatlari bilan birgalikda videorolik, taqdimot materiallari, bukletlar va boshqa tegishli materiallarni diplomatik kanallar orqali yuborish.

2022-yil may-iyun

3. Hamkorlikka rozilik bildirgan xalqaro taniqli poyabzal brendlari bilan muzokaralar oʻtkazib, ularning ishlab chiqarish quvvatlarini respublikada tashkil etish yoki buyurtmalarini mahalliy ishlab chiqarish quvvatlariga jalb etish masalasini muhokama etish.

doimiy

4. Tarmoqqa xorijiy investor va hamkorlarni keng jalb qilish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borish.

doimiy

IV. Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalari uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish

10.

Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalari uchun oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish.

1. Respublikaning soha rivojlangan hududlari markazlarida oʻquv amaliyot markazlarini tashkil etish.

2022-yil iyul

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

2. Tegishli yoʻnalishlarni ochish maqsadga muvofiq boʻlgan taqdirda, ularni yangi oʻquv yilidan boshlab oʻquv tizimida tashkil etish.

oʻrganish natijasiga asosan

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-fevraldagi PQ-143-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3693-son qarori 10-bandining toʻrtinchi xatboshisi “poyabzal qoliplari,” soʻzlaridan keyin “poyabzal tagliklari, ustki qismlari, jelatin,” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-sentabrdagi “Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4453-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xom ashyoni chuqur qayta ishlash asosida bozor talablaridan kelib chiqqan holda yuqori qoʻshilgan qiymatga ega toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishning 2020 — 2025-yillarga moʻljallangan maqsadli parametrlari 1-ilovaga muvofiq”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 3-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “va terini qayta ishlovchi korxonalar” soʻzlari “hamda terini qayta ishlovchi va charmdan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi tomonidan bojxona toʻlovlaridan ozod qilingan holda olib kiriladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan import asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, xom ashyolar, materiallar va furnituralar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi F-5350-son farmoyishi rus tilidagi matnining 1-bandidagi “do 1-yanvarya 2023 goda” soʻzlari “do 1-yanvarya 2026 goda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 07/22/143/0166-son; 14.10.2023-y., 07/23/331/0770-son; 15.01.2026-y., 06/26/4/0043-son; 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)