30.06.2026 yildagi 349-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazishni takomillashtirish va davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti (keyingi o‘rinlarda — Reglament) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya talablari va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiyadan o‘tkazishni, shu jumladan, Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoxud “e-akkreditatsiya” axborot tizimi orqali tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya, takroriy akkreditatsiya, akkreditatsiya sohasini kengaytirish, qisqartirish va davriy baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash, to‘xtatish (tiklash) va tugatish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasi Adliya vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-sentabrdan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari, YIDXP yoxud “e-akkreditatsiya” axborot tizimi orqali ko‘rsatilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ushbu qarorga muvofiq davlat xizmati ko‘rsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 30-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
349-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 349-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MA’MURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Ma’muriy reglament (keyingi o‘rinlarda — Reglament) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) muvofiqlikni baholash organlari faoliyatini akkreditatsiyadan o‘tkazish va davriy baholash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya — muvofiqlikni baholash organlarining muayyan faoliyat sohasida muvofiqlikni baholashga doir ishlarni bajarishga vakolatliligini akkreditatsiya organi tomonidan rasman tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya belgisi — akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektlarning akkreditatsiya maqomini ko‘rsatish maqsadida ular qo‘llashi uchun mo‘ljallangan Markaz tomonidan beriladigan belgi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya bo‘yicha baholovchi — muvofiqlikni baholash organini baholash uchun akkreditatsiya organi tomonidan tayinlangan, mazkur faoliyatni mustaqil ravishda yoki baholash guruhi tarkibida amalga oshiradigan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya bo‘yicha texnik ekspert — akkreditatsiya organi tomonidan tayinlangan, akkreditatsiya bo‘yicha baholovchi rahbarligida ishlaydigan, baholanayotgan akkreditatsiya sohasida maxsus bilimlarga yoki ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va mustaqil baholashni amalga oshirmaydigan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya komissiyasi — Markaz huzurida tashkil etiladigan komissiya bo‘lib, akkreditatsiya talablari va shartlariga oid ishlar natijalarini ko‘rib chiqish hamda ushbu Reglamentda nazarda tutilgan tegishli qarorlarni qabul qilish uning asosiy vazifasi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt — milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiyadan o‘tkazilgan muvofiqlikni baholash organi va metrologiya xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya sohasi — faoliyatning muayyan sohasi bo‘lib, unda akkreditatsiya uchun akkreditatsiya obyektining yoxud akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektning vakolatliligi tasdiqlanadi yoki tasdiqlangan bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma — akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektning akkreditatsiyaning belgilangan sohasidagi ishlarni bajarishga vakolatliligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya uchun ariza beruvchi (keyingi o‘rinlarda — akkreditatsiya obyekti) — akkreditatsiya uchun ariza bergan muvofiqlikni baholash organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya komissiyasi — akkreditatsiya organining akkreditatsiyadan o‘tkazish, akkreditatsiyadan o‘tkazishni rad etish, akkreditatsiyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, akkreditatsiya sohasini kengaytirish va qisqartirishga doir qarorlari bo‘yicha apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish hamda qarorlar qabul qilish maqsadida akkreditatsiya organi huzurida tuziladigan komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash guruhi rahbari — zimmasiga baholash jarayoniga rahbarlik qilish uchun umumiy mas’uliyat yuklangan va Markaz tomonidan vakolat berilgan baholovchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash — akkreditatsiyaning aniq bir sohasi uchun normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, standartlar va akkreditatsiya tartib-taomillarini belgilovchi hujjatlar asosida akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt vakolatli ekanini aniqlash maqsadida Markaz tomonidan amalga oshiriladigan jarayon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davriy baholash — akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt faoliyatining akkreditatsiya davrida belgilangan talablarga muvofiqligini akkreditatsiya davrida qayta baholash tartib-taomili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy akkreditatsiya tizimi reyestri — akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektlar, shuningdek, akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomalarning joriy maqomi haqidagi rasmiy axborot bazasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlikni baholash organi — muvofiqlikni baholashga oid faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“e-akkreditatsiya” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) — muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya jarayonlari amalga oshiriladigan axborot tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Akkreditatsiya talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar akkreditatsiyaning umumiy talab va shartlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya obyektlari yoki akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektlarining vakolati va baholashga qo‘yilgan talablarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, standartlar va akkreditatsiya tartib-taomillarini belgilovchi hujjatlarga majburiy rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektlarning samarali faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida (shu jumladan, ijara huquqlari asosida) taalluqli bo‘lgan bino va inshootlar, texnik-texnologik hamda apparat-dasturiy vositalarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy etilgan va amaldagi menejment tizimining mavjudligi hamda akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt faoliyatida uning talablariga rioya etish, ularga o‘zgartirishlarni kiritishda amaldagi menejment tizimining yaxlitligini saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malakasi akkreditatsiya jarayonida Markaz tomonidan baholanadigan va akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasida malakali mutaxassislarning shtat birligida mavjudligi, ularning o‘zaro almashinuvchanligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasiga muvofiq hujjatlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya obyektlari va akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektlar tomonidan ushbu Reglamentning 18, 31-bandlarda, shuningdek, 9 — 11-boblarida ko‘rsatilgan tartiblarga hamda akkreditatsiya sohasidagi xalqaro tashkilotlarning hujjatlarida belgilangan talablarga va mezonlarga rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektni akkreditatsiyadan o‘tkazish va o‘z faoliyatida belgilangan talablarga rioya etishi uchun qo‘shimcha shartlar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mahsulotlarni sertifikatlash organi sifatida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya obyektining ishlab chiqaruvchi, sotuvchi va iste’molchilardan mustaqilligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholanayotgan obyektning texnik reglament va standartlarida belgilangan majburiy ko‘rsatkichlarning aksariyat qismi aniqlashini ta’minlaydigan, belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan o‘z sinov laboratoriyasining (markazi) mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholanayotgan obyekt majburiy ko‘rsatkichlarining yetishmayotgan qismi aniqlashini ta’minlovchi akkreditatsiyadan o‘tkazilgan boshqa sinov laboratoriyalari (markazlari) bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) inspeksiya organi sifatida akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasida mahsulotning muvofiqligini baholash uchun tegishli texnika vositalari va asbob-uskunalar yoki laboratoriyaning mavjudligi (zarur hollarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xizmatlar, jarayonlar, menejment tizimlari, xodimlarni sertifikatlash organining baholanayotgan tarafdan mustaqilligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sinov, kalibrlash va tibbiyot laboratoriyalari (markazlari):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlar, sinash va kalibrlash usullari (uslubiyatlari) talablariga muvofiq bo‘lgan ishlab chiqarish binolari va atrof-muhit sharoitlarining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasiga muvofiq sinovlar o‘tkazilishini va (yoki) o‘lchashlar bajarilishini ta’minlaydigan sinash, o‘lchash vositalari, standart namunalar va sinash asbob-uskunalarining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiyadan o‘tkazilgan laboratoriyalar sinov bayonnomalarining (ishlab chiqarishdagi laboratoriyalar ichki ehtiyojlari uchun o‘tkazgan sinovlari bundan mustasno) axborot tizimida ro‘yxatga olingan holda rasmiylashtirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriyalararo solishtirish sinovlari hamda o‘lchash vositalarini kalibrlash natijalari, shuningdek, malaka testlari o‘tkazilgani.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan ikki va undan ortiq muvofiqlikni baholash xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan sohada davlat organlari va tashkilotlari sinov laboratoriyalari va sertifikatlash organlarini tashkil etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Akkreditatsiyadan o‘tkazilgan sinov, kalibrlash, tibbiyot laboratoriyalari (markazlari) amaldagi akkreditatsiya sohasiga muvofiq o‘zi qo‘llayotgan sinov va o‘lchash vositalaridan, standart namunalardan va sinash asbob-uskunalaridan foydalanish va (yoki) ularni qo‘llash huquqlarining akkreditatsiyadan o‘tishga talabgor bo‘lgan akkreditatsiya obyektlari foydasiga berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va (yoki) Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Akkreditatsiya obyektlarini ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tkazish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya obyekti Markaz tomonidan belgilangan shakl bo‘yicha Markazga Reglamentning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarni ilova qilgan holda, Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoxud axborot tizimi orqali ariza (keyingi o‘rinlarda — buyurtma) beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya obyekti zarur ma’lumotlarni buyurtmaga kiritgandan so‘ng undagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya obyekti YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtma axborot tizimlari orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, har kuni 24 soat davomida akkreditatsiya obyekti tomonidan yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda buyurtma ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari Markazga kelib tushganda, navbatdagi ish kuni buyurtmaning Markazga tushgan va u tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Akkreditatsiya obyekti buyurtmaga quyidagi hujjatlar va ma’lumotlarni ilova qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya sohasi loyihasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya obyektlarining vakolati va baholash talablarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar va akkreditatsiya tartib-taomillarini belgilovchi hujjatlarga rioya qilingani yuzasidan o‘zini-o‘zi baholash anketasi (chek-list);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sifat bo‘yicha qo‘llanma va menejmenti tizimi tartib-tamoyil hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot, xizmatlar, jarayonlar, menejment tizimlari, xodimlarni sertifikatlash organlari va inspeksiya organi uchun qo‘shimcha ravishda — xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, sertifikatlash (inspeksiyadan o‘tkazish) tartibi to‘g‘risidagi hujjat va inspeksiya organi tomonidan qo‘llanadigan (zarur hollarda) texnika vositalari va asbob-uskunalar haqidagi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinov, kalibrlash va tibbiyot laboratoriyalari (markazlari) uchun qo‘shimcha ravishda — laboratoriya, xodimlar va ular tomonidan qo‘llanadigan sinash, o‘lchash vositalari hamda sinov uskunasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Akkreditatsiya obyektidan ushbu Reglamentning 8-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya obyekti o‘z ixtiyoriga ko‘ra akkreditatsiya obyektiga aloqador qo‘shimcha hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Buyurtma tahlili natijasida buyurtma bilan birga taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarda noto‘g‘ri, yolg‘on yoki qalbaki ma’lumotlar ko‘rsatilganda yoki Reglamentning 8-bandida belgilangan barcha zarur hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilmagan taqdirda, bir ish kunidan kechikmay akkreditatsiya obyektiga hujjatlar puxta ishlab chiqish uchun qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar buyurtmaning tahlili natijasida akkreditatsiya obyektini baholashga jalb etilishi mumkin bo‘lgan tegishli baholovchi va texnik ekspertlar boshqa akkreditatsiya obyektlarini baholash jarayonlariga jalb etilgan bo‘lsa, Markaz bu haqida akkreditatsiya obyektida dastlabki baholash jarayonlarini amalga oshirish muddatlari to‘g‘risida yozma xabar berib, unda tomonlarga qulay bo‘lgan muddat taklif etilishi lozim. Bunda taklif etiladigan muddat uch oydan oshmasligi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmaning tahlili natijasi ijobiy bo‘lganda, shuningdek, ushbu bandning ikkinchi xatboshisida keltirilgan hollarda dastlabki baholash jarayonlarini amalga oshirish muddatlari kelishib olinganidan so‘ng, ikki ish kunidan kechikmay hujjatlar ekspertizasi bo‘yicha shartnoma tayyorlanadi va akkreditatsiya obyektiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya obyekti davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortish huquqiga ega. Akkreditatsiya obyekti davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning buyurtmasi ko‘rilmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun to‘lov to‘langach, uch ish kuni davomida Markaz tomonidan malakasi baholangan va ro‘yxatga olingan baholovchilar hamda texnik ekspertlardan iborat baholash guruhi shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Baholash guruhi tarkibi akkreditatsiya obyektining asoslangan takliflarini inobatga olgan holda, u bilan kelishib olinganidan so‘ng taqdim etilgan akkreditatsiya obyekti hujjatlari ekspertizadan o‘tkaziladi. Ekspertizadan o‘tkazish muddati o‘n besh ish kunidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish natijasida akkreditatsiya talablari va shartlariga nomuvofiqliklar aniqlansa, Markaz joyning o‘zida baholashni davom ettirmaslik yuzasidan qaror qabul qiladi. Bunda qabul qilingan qaror natijalari va ularning asoslari akkreditatsiya obyektiga yozma ravishda xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Akkreditatsiya obyekti aniqlangan kamchiliklar to‘g‘risida xabar qabul qilgandan so‘ng to‘rt oydan oshmaydigan muddatda ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmasa, akkreditatsiyadan o‘tkazishga berilgan buyurtma bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya obyekti aniqlangan kamchiliklar to‘g‘risida xabarni qabul qilgandan so‘ng keyingi akkreditatsiya jarayonini amalga oshirishni rad etish huquqiga ega va bu haqida Markazni yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza natijalari ijobiy bo‘lganda, Markaz tomonidan joyning o‘zida baholash uchun shartnoma tayyorlanadi va akkreditatsiya obyektiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Joyning o‘zida baholashni o‘tkazish uchun shartnomaga muvofiq, to‘lov to‘langach, baholash guruhi tomonidan baholanishi kerak bo‘lgan faoliyat turlari, baholash ishlari bajariladigan joylar, baholash sanasi, baholash guruhi tarkibi va uning vazifalarini qamrab oluvchi baholash rejasi ishlab chiqiladi hamda akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt bilan kelishib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Akkreditatsiya obyektining yoki akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektning akkreditatsiya talablari va shartlariga muvofiqligini hamda akkreditatsiya obyekti so‘ralgan funksiyalarni bajara olish qobiliyatini baholash baholash guruhining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Akkreditatsiya obyektini yoki akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektni joyning o‘zida baholash muddatlari ularning faoliyati xususiyatlarini, shuningdek, ularni ixtisoslashtirilgan (laboratoriya, tashxis, metrologiya, metodologik, ishlab chiqarish va texnologik) baholash zaruratini hisobga olgan holda Markaz tomonidan aniqlanadi. Bunda akkreditatsiya obyektini baholash muddati o‘n ish kunidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Baholash ishlari tasdiqlangan rejaga muvofiq o‘tkaziladi. Baholash rejasini Markaz rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan shaxs tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Baholash guruhi akkreditatsiya obyektining yoki akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektining akkreditatsiya sohasiga kiritilgan har bir so‘ralgan faoliyat yo‘nalishini baholaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt joyning o‘zida baholash ishlari uchun shart-sharoitlar, shu jumladan, baholash guruhiga zarur ma’lumot, yozuvlar va hujjatlardan (shu jumladan, ichki audit natijalaridan) foydalanish, binolarga kirish hamda xodimlar malakasini baholash imkoniyatini yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar malakasi ularning shaxsiy kartalarini o‘rgangan holda so‘ralgan sohadagi malakasi, tayyorgarligi, ma’lumotini, muvofiqlikni baholash bo‘yicha ko‘nikmalarini namoyish qilishini kuzatish va suhbatdan o‘tkazish orqali baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholash guruhi laboratoriyalararo solishtirma sinovlar natijalarini hamda o‘lchash vositalarini kalibrlash natijalari, shuningdek, so‘ralgan sohalarda malaka testlari o‘tkazilishini talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarkibiga akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt kiradigan yuridik shaxsda sertifikatlangan menejment tizimining mavjudligi akkreditatsiya obyekti uchun bu boradagi akkrreditatsiya talablari va shartlari bajarilganining tasdig‘i bo‘la olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Joyning o‘zida baholash ishlarini bajarish uchun shart-sharoit yaratib berilmagan holatda, baholash guruhi rahbari Markazga tegishli bildirgi taqdim etishi shart, Markaz uning asosida baholash ishlarini bir oydan oshmaydigan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya obyekti ko‘rsatilgan muddatda joyning o‘zida baholash ishlari uchun shart-sharoit yaratib bermasa, akkreditatsiyadan o‘tkazishga berilgan buyurtma bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Baholash yakunlari bo‘yicha baholash guruhining baholash davomida aniqlangan nomuvofiqliklarni (ular mavjud bo‘lganda) o‘z ichiga olgan hisoboti (keyingi o‘rinlarda — hisobot) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot baholash guruhi a’zolari tomonidan imzolanadi va akkreditatsiya obyektining yoki akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektning vakolatli vakiliga tanishish uchun taqdim etiladi. Bunda akkreditatsiya obyektining yoki akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektning vakolatli vakili o‘zining alohida fikrini (zarurat bo‘lganda) yozma ravishda ifodalashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot ikki nusxada tuziladi, uning bir nusxasi akkreditatsiya obyektining yoki akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektning vakolatli vakiliga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Baholash guruhi ijobiy hisobot rasmiylashtirgan taqdirda (nomuvofiqlik mavjud bo‘lmaganda), uch ish kuni mobaynida hisobotni Akkreditatsiya komissiyasining tegishli qarorini qabul qilish uchun Markazga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Baholash vaqtida nomuvofiqliklar aniqlansa, akkreditatsiya obyekti nomuvofiqliklarni bartaraf etishga doir harakatlar rejasini ishlab chiqadi va Markazga taqdim etadi. Bunda nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati baholash bo‘yicha hisobot rasmiylashtirilgan sanadan boshlab to‘rt oydan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Akkreditatsiya obyekti tomonidan harakatlar rejasini bajarish to‘g‘risidagi ma’lumotlar va nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmasa, baholash guruhi rahbari hisobotni ilova qilgan holda, akkreditatsiya bo‘yicha ishlarni tugatish to‘g‘risida Markazga bildirgi taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Markaz harakatlar rejasini bajarish to‘g‘risidagi ma’lumot va nomuvofiqliklar bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlarni qabul qilgan sanadan boshlab o‘n ish kuni mobaynida baholash ishlarini bajargan baholash guruhi tomonidan akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektda nomuvofiqliklar amalda bartaraf etilgan holatini zarur bo‘lsa, joyning o‘ziga borgan holda o‘rganishni ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan ma’lumot va tasdiqlovchi hujjatlar nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun yetarli bo‘lmasa, Markaz nomuvofiqliklarni bartaraf etishga berilgan muddat doirasida qo‘shimcha ma’lumot so‘rashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Baholash guruhi nomuvofiqliklarning amalda bartaraf etilgan holatini o‘rganish natijalari bo‘yicha yakuniy hisobotni rasmiylashtiradi va uch ishi kuni mobaynida Markazga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Markaz hisobotni qabul qilgan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida akkreditatsiya komissiyasi majlisida uning ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi. Akkreditatsiya komissiyasi tarkibi Markaz direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Quyidagilar akkreditatsiyani rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibida belgilangan barcha zarur hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya obyekti tomonidan ko‘rsatilgan ma’lumotlarda noto‘g‘ri ma’lumot mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya obyektining akkreditatsiya natijalariga ko‘ra ariza berilgan akkreditatsiya sohasidagi muvofiqlikni baholash ishlarini bajarishga vakolatliligi tasdiqlanmagan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan nomuvofiqliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etmaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiyani rad etish to‘g‘risida boshqa asoslar, shu jumladan, maqsadga muvofiqsizlik sabablari bo‘yicha qaror qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning uchinchi xatboshisiga muvofiq akkreditatsiya obyekti tomonidan taqdim etilgan haqiqiy holatlar to‘g‘risidagi hujjatlar va ma’lumotlar aksi isbotlanmaguniga qadar ishonchli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazda taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar haqiqiyligiga shubha paydo bo‘lgan taqdirda, akkreditatsiya obyektidan qo‘shimcha ma’lumotlarni talab etmagan holda, Markaz ularning ishonchliligini mustaqil ravishda va o‘z hisobidan tekshirish uchun choralar ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Akkreditatsiya komissiyasi tomonidan ijobiy qaror qabul qilinsa, Markaz va akkreditatsiya obyekti o‘rtasida akkreditatsiyadan keyingi shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiyadan keyingi shartnomada quyidagilar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz va akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, shu jumladan, guvohlik baholash, muvofiqlikni baholash ishlari yakunlangandan keyingi ularning natijadorligini o‘rganish va ogohlantirishsiz tashrif orqali baholab borish, muvofiqlikni baholash ishlarining bajarilishi yuzasidan o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot taqdim etish shartlari hamda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya belgisini qo‘llash shartlari va Milliy akkreditatsiya tizimi reyestri raqamidan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya qilingan subyektni davriy baholashni amalga oshirish shartlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Markaz o‘zining rasmiy veb-saytida Milliy akkreditatsiya tizimi reyestri (keyingi o‘rinlarda — reyestr), shuningdek, baholovchilar va texnik ekspertlar ro‘yxatini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr Markaz tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr tanishish uchun ochiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrni shakllantirish va yuritish tartibi Markaz tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Markaz va akkreditatsiya qilingan subyekt o‘rtasida akkreditatsiyadan keyingi shartnoma imzolangandan so‘ng, akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan holda elektron shaklda shakllantirilib, besh yil muddatga beriladi hamda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektning YIDXP yoxud axborot tizimidagi shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma reyestrda davlat tilida yuritiladi va tanishish uchun ochiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektning yozma so‘roviga asosan ingliz yoki rus tiliga tarjima qilingan holda qog‘oz shaklida asliga to‘g‘riligini tasdiqlovchi muhr bosilib taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektlar o‘zining faqat akkreditatsiya sohasi tatbiq etiladigan muvofiqlikni baholash ishlariga nisbatan akkreditatsiyadan o‘tkazilganligi to‘g‘risida akkreditatsiya belgisini va (yoki) Milliy akkreditatsiya tizimi reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqamiga havola (keyingi o‘rinlarda — matnli havola) to‘g‘ri va haqqoniy qo‘llanishiga hamda o‘tkazilgan muvofiqlikni baholash ishlari ishonchliligiga javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Akkreditatsiya komissiyasi salbiy qaror qabul qilganda, Markaz akkreditatsiyani rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida akkreditatsiya obyektiga yoki akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektga YIDXP yoxud axborot tizimi orqali bu to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtma Davlat xizmatlari markazi orqali berilganda rad etish to‘g‘risidagi qaror haqidagi xabarnoma akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektning elektron pochta manziliga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiyadan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan Markaz huzuridagi apellyatsiya komissiyasiga yoki sud tartibida shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida to‘rt oy oldin takroriy akkreditatsiyaga buyurtma taqdim etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt vakolatini baholashga qo‘yiladigan talablarni tartibga soluvchi standartlar yangi qabul qilinsa, akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektda o‘tkazilgan baholashning ijobiy natijasi bilan akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma amaldagi akkreditatsiya muddatiga qayta rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ushbu Reglamentning 34-bandiga asosan takroriy akkreditatsiya basharti akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt akkreditatsiyaning amal qilish muddati tugashidan kamida to‘rt oy oldin ariza bergan bo‘lsa, ushbu subyektning avvalgi faoliyati natijalari hisobga olingan holda, mazkur Reglamentning 3-bobida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tegishli xalqaro standart talablari bo‘yicha avval baholangan amaldagi menejment tizimiga va akkreditatsiya sohasiga o‘zgartirishlar kiritmaganligi yuzasidan ma’lumotlar taqdim etilganda, takroriy akkreditatsiyadan o‘tkazish mazkur Reglamentning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazmasdan, joyining o‘zida baholash ishlari amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar takroriy akkreditatsiya o‘tkazish natijasida akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektda akkreditatsiya talablari va shartlariga nomuvofiqlik aniqlansa, uning akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomasining amal qilishi ushbu Reglamentning 48-bandida belgilangan muddatga, biroq akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani amal qilish muddatini inobatga olgan holda to‘xtatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Akkreditatsiya sohasini kengaytirish va qisqartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Akkreditatsiya sohasini kengaytirish ishlari akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt arizasi bo‘yicha ushbu Reglamentning 7 — 26, 32 — 33-bandlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektning akkreditatsiya sohasi akkreditatsiya komissiyasining qarori bilan quyidagilar asosida qisqartiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektning akkreditatsiya sohasini qisqartirish to‘g‘risidagi arizasiga ko‘ra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt faoliyatini davriy baholash natijalariga ko‘ra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohlik baholashga yoki muvofiqlikni baholash bo‘yicha ko‘nikmalarni namoyish qilishni kuzatishga sharoit yaratilmaganda (sharoit yaratilmagan soha yo‘nalishiga nisbatan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Akkreditatsiya sohasi qisqartirilsa, Markaz tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektning akkreditatsiya sohasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Davriy baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Davriy baholash ishlari akkreditatsiyadan keyingi shartnoma asosida ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq joyning o‘ziga borib amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi davriy baholash ishlari akkreditatsiya sanasidan keyin o‘n ikki oydan kechikmay o‘tkaziladi. Keyingi davriy baholash ishlari har chorak uchun oldindan Markaz rahbari tomonidan tasdiqlanadigan davriy baholash reja-jadvaliga muvofiq davriy, biroq avvalgi davriy baholash ishlari o‘tkazilgan vaqtdan boshlab yigirma to‘rt oydan kechikmay (mahsulotni sertifikatlash organlari uchun o‘n ikki oydan kechikmay) o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Yigirma to‘rt oy davriylik muddati quyidagi shartlar bajarilsa belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avvalgi davriy baholash natijalariga ko‘ra akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma amal qilishi to‘xtatilmagan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiyadan o‘tkazilgan qilingan subyekt faoliyati bo‘yicha shikoyatlar bo‘lmagan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt faoliyati bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring ijobiy natijalar bergan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Akkreditatsiya qilingan subyekt faoliyati bo‘yicha rejadan tashqari davriy baholash akkreditatsiya talablari va shartlari, shu jumladan, akkreditatsiya belgisidan foydalanish buzilganligi to‘g‘risida hujjatlar bilan tasdiqlangan yozma murojaat Markazga tushganda, akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektdan haq undirilmagan va baholash rejasi kelishilmagan holda bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Davriy baholash ishlarini bajarish ushbu Reglamentning 14 — 18, 20-bandlariga muvofiq tartibda bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davriy baholash davomida Markaz akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektlar tomonidan akkreditatsiya belgisini va (yoki) matnli havolalarni qo‘llashning to‘g‘riligini ham o‘rganadi. Akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektlar tomonidan akkreditatsiya belgisini qo‘llash qoidalari Markaz tomonidan ISO/IEC 17011 xalqaro standarti talablariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Baholash guruhi uch ish kuni mobaynida Markazga bajarilgan davriy baholash ishlari to‘g‘risida hisobot taqdim etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Markaz davriy baholash ishlari to‘g‘risidagi hisobotni qabul qilgandan keyin besh ish kuni mobaynida uning akkreditatsiya komissiyasi majlisida ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya sohasini qisqartirish (oxirgi baholash ishlari davomida aniqlangan nomuvofiqliklar takroran aniqlanganda, nomuvofiqliklarga takroran yo‘l qo‘yilgan soha akkreditatsiya sohasidan chiqariladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya a’zolarining katta qismi baholash guruhi hisobotiga qo‘shilmagan taqdirda, akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektning akkreditatsiya talablari va shartlariga muvofiqligini haq olmasdan qo‘shimcha baholash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya komissiyasining qarori u qabul qilingandan keyin akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektga bir ish kunidan kechikmay yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish (tiklash) yoki tugatish ushbu Reglamentning 6-7-boblarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish haqidagi qarori yuzasidan Markaz huzuridagi apellyatsiya komissiyasiga yoki sud tartibida shikoyat qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish (tiklash)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi Markaz tomonidan akkreditatsiya komissiyasi qaroriga ko‘ra quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini aniq sabablarini ko‘rsatgan holda bir kalendar yil ichida bir marotaba to‘xtatib turish haqidagi ariza bilan murojaat qilganida (davriy baholash reja-jadvaliga kiritilgan holatlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya talablari va shartlari buzilishi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt tomonidan akkreditatsiyadan keyingi shartnoma qoidalariga rioya etilmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi to‘rt oydan oshmaydigan muddatda to‘xtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ma’lumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay, reyestrda qayd etiladi va akkreditatsiya qilingan subyektga yozma ravishda xabar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi akkreditatsiya komissiyasining qabul qilgan qarori to‘g‘risida ma’lumot reyestrda qayd etilgan sanadan boshlab to‘xtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya qilingan subyekt akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tiklangunga qadar akkreditatsiya belgisi va (yoki) matnli havolani qo‘llashi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma ushbu Reglament 47-bandining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikkinchi xatboshisiga muvofiq to‘xtatilganda, akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt guvohnoma amal qilishini tiklash uchun uning amal qilishi to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlarni bartaraf etilgani yuzasidan tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, Markazga yozma murojaat qilishi va uni o‘rganib chiqish uchun shart-sharoit yaratib berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz taqdim etilgan hujjatlar asosida guvohnomaning to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlarni zarur bo‘lsa, joyning o‘zga borgan holda o‘rganadi va uning natijalari bo‘yicha akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani amal qilishini akkreditatsiya komissiyasi qaroriga ko‘ra tiklaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar o‘rganish natijalariga ko‘ra akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt tomonidan akkreditatsiya talablari va shartlariga rioya qilmaslik holatlari aniqlansa yoki o‘rganish uchun shart-sharoit yaratib berilmasa, Markaz akkreditatsiya komissiyasi qaroriga ko‘ra akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tiklashni rad etadi hamda ularni bartaraf etish uchun ushbu Reglamentning 48-bandi birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan muddatni beradi. Bunda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt mazkur bandning b) kichik bandida belgilangan tartibga ko‘ra tegishli choralar ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uchinchi va to‘rtinchi xatboshlarga muvofiq to‘xtatilganda, akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqadi va Markazga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning a) va b) kichik bandlariga ko‘ra, akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlarni bartaraf etish muddati akkreditatsiya komissiyasining qaroriga asosan Markaz tomonidan belgilangan muddatdan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt tomonidan harakatlar rejasini bajarish haqidagi ma’lumot va nomuvofiqliklar bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmasa, baholash guruhi rahbari Markazga akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish kerakligi xususida bildirgi taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Nomuvofiqliklarning bartaraf etilgan holatlari ushbu Reglamentning 24-25-bandlariga muvofiq o‘rganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Markaz baholash guruhi tomonidan yakuniy hisobot taqdim etilgandan so‘ng besh ish kuni mobaynida tegishli qaror qabul qilish uchun akkreditatsiya komissiyasining majlisida uning ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Akkreditatsiya komissiyasining qarori u qabul qilingan kundan e’tiboran uch ish kundan kechikmay, Markaz tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklash haqidagi ma’lumotlar reyestrda qayd etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish haqida ariza bilan murojaat qilsa (baholash jarayonida yoki baholash guruhining hisoboti rasmiylashtirilgandan so‘ng ariza taqdim etish holatlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs (akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt) tugatilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt tomonidan guvohnoma amal qilishining to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlar Markaz tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya sohasi buzilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma soxta hujjatlar va ma’lumotlardan foydalangan holda olingani aniqlangan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Reglamentning 48-bandiga asosan akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi to‘xtatilgan davrda, akkreditatsiya belgisi va (yoki) matnli havola qo‘llanganlik holatlari aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi akkreditatsiya komissiyasining qaroriga ko‘ra Markaz tomonidan tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ma’lumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay reyestrda qayd etiladi va akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektga yozma ravishda xabar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomasining amal qilishi akkreditatsiya komissiyasining qabul qilingan qarori haqidagi ma’lumot reyestrda qayd etilgan sanadan boshlab tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Reglament 55-bandning to‘rtinchi — yettinchi xatboshilariga muvofiq akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda, shuningdek, 44-bandning oltinchi xatboshisiga asosan akkreditatsiya sohasi qisqartirilganda akkreditatsiya uchun takroriy ariza bu haqida tegishli qaror qabul qilingan sanadan kamida olti oydan keyin beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish haqidagi ma’lumotlar Reyestrda qayd etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Akkreditatsiya belgisidan foydalanishning monitoringini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Akkreditatsiya belgisidan foydalanish monitoringi akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektlar tomonidan akkreditatsiya belgisidan va (yoki) matnli havolalardan foydalanish qoidalariga rioya qilishning holatini o‘rganish asosida akkreditatsiyadan keyingi shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektlardan vaqti-vaqti bilan so‘raladigan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan sohada ularning faoliyati to‘g‘risidagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchilarning akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektlari xizmatlari sifatidan qoniqishi to‘g‘risidagi so‘rov natijalarini iste’molchilar bilan qayta aloqa orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning so‘rovi bo‘yicha nazorat organlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlarni tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Monitoring natijalari bo‘yicha Markaz uch ish kuni mobaynida akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektlarni ular tomonidan tegishli choralar ko‘rish uchun monitoring natijalari to‘g‘risida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda monitoring natijalari bo‘yicha Markaz tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektlarga nisbatan biron-bir chora ko‘rilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring natijalaridan davriy baholash davomida foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Markaz xizmatlariga haq to‘lash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Markaz tomonidan akkreditatsiya sohasidagi quyidagi xizmatlar uchun haq undiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar ekspertizasi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektni baholash uchun (shu jumladan, guvohlik baholash, muvofiqlikni baholash ishlari yakunlangandan keyingi ularning natijadorligini o‘rganish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektni davriy baholash uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya sohasini dolzarblashtirish uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektlar tomonidan akkreditatsiya sohasidagi Markaz xizmatlariga ularning natijalaridan qat’i nazar haq to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Markaz tomonidan akkreditatsiya sohasidagi quyidagi xizmat turlari bo‘yicha haq undirilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizalar tahlili uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldin berilgan (amaldagi) akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish (tiklash) yoki tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya sohasini qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt faoliyatini rejadan tashqari davriy baholashni va ogohlantirishsiz tashrifni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Reglamentning 69-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan materiallar dolzarblashtirilgani uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Ushbu Reglamentda nazarda tutilgan xizmatlar uchun to‘lovlar Markazning sarflangan vaqt va xizmat safarlari xarajatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sarflangan vaqtni hisoblab chiqish metodikasi Markaz tomonidan belgilanadi va uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Muvofiqlikni baholash organlari tomonidan akkreditatsiya sohasida ko‘rsatilgan pulli xizmatlar tushumidan ajratmalar 2 foiz miqdorida belgilanadi hamda to‘liqligicha Markazga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratma hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Markaz tomonidan masofaviy o‘rganib boriladi hamda ularning haqqoniyligi tasdiqlanmagan holatlar akkreditatsiyadan keyingi shartnoma qoidalariga rioya etilmaslik deb baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt qayta tashkil etilsa, uning nomi, yuridik manzili yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarsa, yigirma ish kuni mobaynida mazkur o‘zgartishlar haqida oldin berilgan (amaldagi) akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxasini ilova qilib, uni qayta rasmiylashtirish uchun Markazni yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Agar akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt ilgari akkreditatsiyadan o‘tkazilgan akkreditatsiya obyektining huquqiy vorisi bo‘lmasa, hujjatlarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq keyingi tartib-taomillar ushbu Reglamentning 3-bobida nazarda tutilgan tartibda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Akkreditatsiyadan o‘tgan mahsulotlar, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlarni sertifikatlash organi va inspeksiya organining nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarsa, yangi akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma akkreditatsiya o‘tkazilmay, amaldagi akkreditatsiya muddatiga rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Akkreditatsiyadan o‘tkazilgandan sinov, kalibrlash va tibbiy laboratoriya (markazi) joylashgan joy o‘zgarsa, xabarnoma kelib tushgandan keyin Markazning buyrug‘i bilan tayinlangan mas’ul guruh tomonidan ushbu akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektlarni baholash maqsadida bir ish kunida ogohlantirishsiz tashrifning ijobiy natijasiga asosan akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma amaldagi akkreditatsiya muddatiga qayta rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Yangi akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma Markaz tomonidan uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektning materiallarini dolzarblashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt materiallari quyidagi hollarda dolzarblashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektning akkreditatsiya sohasida ko‘rsatilgan texnik reglament va standartlar o‘rniga yangisi amalga kiritilsa, ularga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritilsa (qabul qilinayotgan normativ hujjatda mahsulotlarning yangi turlari, sinash (o‘lchash) usullari ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sifat bo‘yicha qo‘llanmaga va menejment tizimi tartib-tamoyil hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt xodimlarining tarkibi o‘zgarsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Akkreditatsiya materiallari dolzarblashtirilsa, akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektlar buning sabablarini ko‘rsatgan holda, o‘zgartirishlar kiritilgan hujjatlarni, shuningdek, kiritilayotgan o‘zgartirishlar yuzasidan qiyosiy tahlilni ilova qilib, Markazga ariza taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Markaz o‘n besh ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va avval tasdiqlangan hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Ushbu Reglamentning 69-bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq materiallar dolzarblashtirilgan taqdirda, akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektning akkreditatsiya sohasi yangi tahrirda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt akkreditatsiya yoki davriy baholash natijalari bo‘yicha akkreditatsiya komissiyasining unga nisbatan salbiy qarori chiqarilsa, akkreditatsiya komissiyasining qarori qabul qilingan sanadan boshlab o‘ttiz kalendar kuni mobaynida Markazga yozma shaklda apellyatsiya berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Apellyatsiya komissiyasi har bir apellyatsiyani ko‘rib chiqish uchun zaruratga ko‘ra shakllantiriladi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibi Markaz direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibini shakllantirish va tasdiqlash muddatlari apellyatsiya olingan kundan boshlab uch kundan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Apellyatsiya komissiyasining tarkibi baholovchilar, jalb qilinadigan texnik ekspertlar, shu jumladan, xalqaro ekspertlar orasidan apellyatsiya bergan akkreditatsiya obyektini yoki akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektni baholashda ishtirok etmagan va akkreditatsiya komissiyasi tarkibida bo‘lmagan Markazning kamida uch vakilidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Markaz apellyatsiya bergan akkreditatsiya obyektini yoki akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektni va baholash ishlarini bajargan guruh rahbarini apellyatsiya ko‘rib chiqiladigan sana haqida xabardor qiladi. Apellyatsiya bergan akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyekt vakili va guruh rahbari apellyatsiyani ko‘rib chiqishda ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Apellyatsiya komissiyasi berilgan apellyatsiyani ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror to‘g‘risida akkreditatsiya obyektiga yoki akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektga yozma ravishda ma’lum qiladi. Apellyatsiyani ko‘rib chiqish muddati u berilgan sanadan boshlab o‘n kalendar kundan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Ko‘rib chiqilgan apellyatsiya natijalari bo‘yicha apellyatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya komissiyasining qarorini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiyani qanoatlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Akkreditatsiya komissiyasining qarorini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya ushbu Reglament talablari buzilgan holda taqdim etilgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiyada keltirilgan sabablar tasdiqlanmasa qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Apellyatsiyani qanoatlantirish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, Markaz tomonidan akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani berish yoki akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash haqida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Markaz ikki ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi xabarnomani apellyatsiya bergan akkreditatsiya obyektiga yoki akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektga yozma shaklda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Aynan bir masala bo‘yicha apellyatsiyani takroran berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Apellyatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyati qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiyani o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Buyurtmachi

Akkreditatsiya olish uchun zarur bo‘lgan tegishli hujjatlarni tayyorlaydi.

Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoxud axborot tizimi orqali zarur hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtma taqdim etadi.

Ariza beruvchining xohishiga ko‘ra

Markaz

Buyurtma ish vaqtidan keyin yoki dam olish kunlari Markazga kelib tushganda, navbatdagi ish kuni ariza Markazga tushgan va qabul qilingan hisoblanadi.

Buyurtma kelib tushgan kunda

2-bosqich

Markaz

1. Taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar yuzasidan buyurtmani tahlil qiladi:

ijobiy natija bo‘lganda akkreditatsiya bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartnomasini tayyorlaydi va akkreditatsiya obyektiga YIDXP yoki axborot tizimi orqali taqdim etadi;

Ikki ish kuni mobaynida

hujjatlar va ma’lumotlarda — noto‘g‘ri, shu jumladan, yolg‘on yoki qalbaki ma’lumotlar ko‘rsatilganda, ularni puxta ishlab chiqish uchun akkreditatsiya obyektiga YIDXP yoki axborot tizimi orqali qaytaradi.

Bir ish kuni mobaynida

Markaz

2. To‘lov to‘langach, Markaz tomonidan malakasi baholangan va ro‘yxatga olingan baholovchilar hamda texnik ekspertlardan iborat baholash guruhini shakllantiradi.

Uch ish kuni mobaynida

3. Baholash guruhi tarkibi akkreditatsiya obyekti bilan kelishib olinganidan so‘ng taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazadi.

O‘n besh ish kuni mobaynida

4. Ekspertiza natijalari bo‘yicha kamchiliklar aniqlangan taqdirda, joyning o‘zida baholashdan avval markaz bu haqida akkreditatsiya obyektini ularni bartaraf etish yuzasidan xabardor qiladi.

Uch ish kuni mobaynida

Akkreditatsiya obyekti

5. Akkreditatsiya obyekti aniqlangan kamchiliklar to‘g‘risida xabarni qabul qilgandan so‘ng, ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi

Olti oy mobaynida (xohishiga ko‘ra)

6. Joyning o‘zida baholash uchun shart-sharoitlar ta’minlanmagan taqdirda, baholash ishlarini to‘xtatib turadi.

Bir oygacha

(xohishiga ko‘ra)

Markaz

7. Joyning o‘zida baholaydi va natijalar bo‘yicha baholash to‘g‘risidagi hisobotni rasmiylashtiradi.

O‘n ish kuni mobaynida

Baholash guruhi

8. Ijobiy hisobot rasmiylashtirilgan taqdirda uni akkreditatsiya komissiyasining majlisida ko‘rib chiqish uchun Markazga taqdim etadi.

Uch ish kuni mobaynida

3-bosqich*

Akkreditatsiya obyekti

1. Baholash guruhi tomonidan nomuvofiqliklar aniqlansa, harakatlar rejasini ishlab chiqadi va uning bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda nomuvofiqliklar bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlarni Markazga taqdim etadi.

To‘rt oy mobaynida

(akkreditatsiya obyektining xohishiga ko‘ra)

Markaz

2. Markaz harakatlar rejasini bajarish to‘g‘risidagi ma’lumot va nomuvofiqliklar bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlarni qabul qilgan sanadan boshlab o‘n ish kuni mobaynida baholashni amalga oshirgan baholash guruhi tomonidan akkreditatsiya obyektida nomuvofiqliklar amalda bartaraf etilgani holatini zarur bo‘lsa, joyning o‘ziga borgan holda o‘rganishni ta’minlaydi.

Taqdim etilgan ma’lumot va tasdiqlovchi hujjatlar nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun yetarli bo‘lmasa, nomuvofiqliklarni bartaraf etishga berilgan muddat doirasida qo‘shimcha ma’lumotni so‘raydi.

O‘n ish kuni mobaynida

Baholash guruhi

3. O‘rganish natijalari bo‘yicha baholash to‘g‘risidagi yakuniy hisobotni rasmiylashtiradi va uni akkreditatsiya komissiyasining majlisida ko‘rib chiqish uchun Akkreditatsiya markaziga taqdim etadi.

Uch ish kuni mobaynida

4-bosqich

Markaz

1. Akkreditatsiya komissiyasida baholash natijalari ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.

Besh ish kuni mobaynida

2. Ijobiy qaror qabul qilinganda Markaz bilan akkreditatsiya uchun ariza beruvchi o‘rtasida akkreditatsiyadan keyingi shartnoma tuzilgandan so‘ng QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan akkreditatsiya to‘g‘risida guvohnomani shakllantiradi va akkreditatsiya obyektiga YIDXP yoxud axborot tizimi (Davlat xizmatlari markazi orqali berilganda akkreditatsiya obyektining elektron pochta manzili) orqali yuboradi.

Uch ish kuni mobaynida

Markaz

3. Salbiy qaror qabul qilinganda akkreditatsiya obyektiga YIDXP yoxud axborot tizimi (Davlat xizmatlari markazi orqali berilganda akkreditatsiya obyektining elektron pochta manzili) orqali akkreditatsiyadan o‘tkazish rad etilgani to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.

Uch ish kuni mobaynida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davriy baholash ishlarini bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Markaz

Davriy baholashni o‘tkazishning reja-jadvali asosida:

baholash guruhi tarkibini va davriy baholash ishlarini bajarishning muddatini ko‘rsatgan holda buyruq ishlab chiqadi;

davriy baholash ishlarini bajarishning rejasini tasdiqlaydi.

Reja-jadvalga muvofiq

2-bosqich

Baholash guruhi

Joyning o‘zida baholaydi va natijalar bo‘yicha baholash to‘g‘risidagi hisobotni rasmiylashtiradi.

O‘n ish kuni mobaynida

Hisobotni akkreditatsiya komissiyasi majlisida ko‘rib chiqish uchun Markazga taqdim etadi.

Uch ish kuni mobaynida

3-bosqich

Akkreditatsiya markazi

Tegishli qaror qabul qilish uchun baholash natijalari akkreditatsiya komissiyasining majlisida ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.

Besh ish kuni mobaynida

Akkreditatsiya komissiyasining qarorini akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektga yetkazadi.

Bir ish kuni mobaynida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 349-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 24-apreldagi 349-son qarorining 3-bandi ikkinchi xatboshisi hamda qarorga 1-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi to‘g‘risidagi va O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2022-yil 11-martdagi 114-son qaroriga ilovaning 24-bandi “g” kichik bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida” 2021-yil 20-apreldagi O‘RQ-682-sonli Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 611-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Paxta mahsulotlarini sertifikatlash xizmatlarini ko‘rsatish sohasiga xususiy sektor keng jalb qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2023-yil 30-maydagi 223-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2024-yil 1-iyuldagi 371-son qaroriga ilovaning 6-bandi “b” kichik bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 24-apreldagi 349-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2024-yil 2-iyuldagi 372-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishda texnologik jarayonlarni ekologik sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2025-yil 15-apreldagi 230-son qarorining 7-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2025-yil 22-iyuldagi 456-son qaroriga ilova.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/349/0660-son)