1-ILOVA
T/r | Ma’lumot va hujjatlar nomi | Mas’ul davlat organlari va tashkilotlar |
1. | Yo‘qolgan ashyoning topilmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma | Adliya vazirligi |
2. | Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan so‘ralayotgan axborot va (yoki) hujjat mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma | |
3. | Manzil bo‘yicha yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilganlar to‘g‘risida ma’lumotnoma | Ichki ishlar vazirligi |
4. | Fuqaro yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida qayd varag‘i | |
5. | Avtotransport vositasiga nisbatan taqiq mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma | |
6. | Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
7. | Tibbiyot muassasalarida davolanish uchun berilgan imtiyozli yo‘llanmalar va ularning nusxalari | |
8. | Tuberkulyoz kasalligi bo‘yicha hisobda turish yoki turmasligi bo‘yicha ma’lumotnoma | |
9. | 083 shakldagi tibbiy ma’lumotnoma | |
10. | 063 shakldagi tibbiy ma’lumotnoma | |
11. | Davlat ekologik ekspertiza xulosasi | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi |
12. | Ekologik auditorning malaka sertifikati va uning nusxasi | |
13. | Elektron onlayn auksion bayonnomasi | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
14. | Xo‘jalik jamiyatining to‘lovga qobiliyatsizligi (bankrotligi) to‘g‘risida ma’lumot | |
15. | Alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma | |
16. | Baholovchining malaka sertifikati va nusxasi | |
17. | Rieltorlarning malaka sertifikati va nusxasi | |
18. | Davlat ulushi mavjud korxona tomonidan ishlab chiqarilgan avtomototransport vositasiga beriladigan elektron hisob-ma’lumot | “O‘zavtosanoat” AJ |
19. | Soliq organlarida hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari to‘g‘risida ma’lumot | Soliq qo‘mitasi |
20. | Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari ro‘yxatda turganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma | Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi |
21. | Sportchining sportchi pasporti nusxasi | Sport vazirligi |
22. | Sportchilar uchun sportchining razryadi va unvonlari ma’lumotnomasi | |
23. | Talabalar turar joyiga joylashish uchun berilgan yo‘llanmalar va ularning nusxalari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
24. | Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha milliy sertifikat va uning nusxasi | |
25. | Ilmiy daraja yoki ilmiy unvon olganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar | |
26. | Tasdiqlangan baholar (o‘zlashtirish) tabeli yoki maktabning 9-sinfini tamomlamaganligi to‘g‘risida tasdiqlangan ma’lumotnoma (9-sinf doirasida eksternat tartibida imtihonda qatnashish uchun) | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi |
27. | 9-sinfdan keyin majburiy o‘rta ta’limni yakunlamaganligi to‘g‘risida tasdiqlangan ma’lumotnoma | |
28. | Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish uchun yo‘llanma va uning nusxasi | |
29. | Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tarbiyalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumot | |
30. | Barcha fanlardan (tegishli umumta’lim va maxsus fanlardan) bilish darajasini aniqlash bo‘yicha milliy sertifikat va uning nusxasi |
2-ILOVA
T/r | Shaxsga doir ma’lumot nomi | Ma’lumotlarni taqdim etishga mas’ul vakolatli organ |
1. | Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumot | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
2. | Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumot | |
3. | Davlat tibbiyot muassasasida hisobda turganligi to‘g‘risida ma’lumot | |
4. | Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida ma’lumot | Ichki ishlar vazirligi |
5. | Biometrik pasport (ID karta) ma’lumotlari | |
6. | Haydovchilik guvohnomasi ma’lumotlari | |
7. | Yashash joyi va turgan joyi to‘g‘risida ma’lumot | |
8. | O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi to‘g‘risida ma’lumot | |
9. | Nomida mavjud bo‘lgan avtotransport vositalari to‘g‘risida ma’lumot | |
10. | Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami haqida ma’lumot | |
11. | Xorijga chiqish biometrik pasporti to‘g‘risida ma’lumot | |
12. | Talaba o‘qish joyidan ma’lumot (oliy ta’lim muassasasidan) | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
13. | Shaxsning ta’lim olganligi to‘g‘risida ma’lumotlar (o‘rta maxsus, kasb-hunar, professional va oliy ta’lim) | |
14. | Shaxsning umumiy o‘rta ta’lim olganligi to‘g‘risida ma’lumot (shahodatnoma ma’lumotlari) | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi |
15. | Nomiga rasmiylashtirilgan litsenziya, ruxsatnoma va xabarnomalar to‘g‘risida ma’lumot | Adliya vazirligi |
16. | Yakka tartibdagi tadbirkorligi to‘g‘risida ma’lumot | |
17. | Ish staji va ish joyi to‘g‘risida ma’lumot | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
18. | Turar joyning maydoni to‘g‘risida ma’lumot | Kadastr agentligi |
19. | Nomidagi ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risida ma’lumot | |
20. | Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi to‘g‘risida ma’lumot | Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
21. | Fuqaroning “Temir daftar”ga kiritilgani haqida ma’lumot | |
22. | Fuqaroning “Yoshlar daftari”ga kiritilgani haqida ma’lumot | Yoshlar ishlari agentligi |
23. | Soliq va yig‘imlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumot | Soliq qo‘mitasi |
24. | Ish haqi to‘g‘risida ma’lumot | |
25. | O‘zini o‘zi band qilganligi to‘g‘risida ma’lumot | |
26. | Fuqaroning “Ayollar daftari”ga kiritilgani haqida ma’lumot | Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi |
27. | To‘langan pensiyalar (nafaqalar) miqdori to‘g‘risida ma’lumot | Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
28. | Pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjudligi haqida ma’lumot | |
29. | Ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumot | Majburiy ijro byurosi |
30. | O‘zbekiston Respublikasidan chiqishga vaqtincha cheklov qo‘yilganligi haqida ma’lumot |
3-ILOVA
T/r | Davlat xizmati nomi | Joriy etish muddati | Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun mas’ul vakolatli organ |
1. | Xususiy bandlik agentliklari reyestriga kiritish | 2025-yil dekabr | Migratsiya agentligi |
2. | Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalarida mutaxassislarni sertifikatlash | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi | |
3. | Sud eksperti sifatida nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan sud ekspertlarining kasbiy layoqatini tasdiqlovchi sertifikat olgan shaxslarni yagona reyestrga kiritish | Adliya vazirligi | |
4. | Davlat o‘rmon fondi uchastkalarini ilmiy tadqiqot, madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanishga berishni kelishish | 2026-yil mart | O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi |
5. | Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini hisobga olish | Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi | |
6. | Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish | ||
7. | Identifikatsiyalashdan o‘tkazilgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish | ||
8. | Avtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish kurslarini tugatganlik haqidagi sertifikatni berish | Transport vazirligi | |
9. | Avtomobilda xalqaro tashuvchining kasbiy mahorat sertifikatini berish | ||
10. | Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish | 2026-yil avgust | Texnik jihatdan tartibga solish agentligi |
11. | O‘lchash vositalarini davlat sinovidan o‘tkazish | ||
12. | O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish | ||
13. | O‘lchash vositalarini kalibrlashdan o‘tkazish | ||
14. | O‘lchash vositalari, sinov vositalari, standart namunalar va o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik tekshiruvi natijalarini e’tirof etish | ||
15. | Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish | ||
16. | Gidrometeorologik ma’lumotlarni berish | Gidrometeorologiya xizmati agentligi | |
17. | Xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga charter reyslarni tashkil qilish xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun mablag‘lar ajratish | Turizm qo‘mitasi | |
18. | Xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etish uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish | ||
19. | Yuridik shaxslarni vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish | Bojxona qo‘mitasi | |
20. | Ilmiy va innovatsion faoliyat yurituvchi subyektlarni ro‘yxatdan o‘tkazish | Innovatsion rivojlanish agentligi |
4-ILOVA
T/r | Davlat xizmati nomi | Davlat xizmati ko‘rsatish muddati | Vakolatli organ | |
umumiy | tezlash-tirilgan | |||
1. | Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyati uchun litsenziya berish | 7 ish kuni | 4 ish kuni | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi |
2. | Ko‘priklar va tunnellarni loyihalashtirish, qurish va ularni ta’mirlash faoliyati uchun litsenziya berish | 10 ish kuni | 5 ish kuni | |
3. | Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyat uchun litsenziya berish | 14 ish kuni | 10 ish kuni | |
4. | Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun litsenziya berish | 7 ish kuni | 3 ish kuni | |
5. | Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma berish | 10 kun | 5 ish kuni | Ichki ishlar vazirligi |
6. | Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish | 2 ish kuni | 4 ish soati | Adliya vazirligi |
7. | Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish | 4 ish kuni | 4 ish soati | |
8. | Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan arxiv ma’lumotnomalarini berish | 2 ish kuni | 1 ish kuni | |
9. | Ish haqini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasini berish | 20 ish kuni | 10 ish kuni | |
10. | Ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasini berish | 5 ish kuni | 3 ish kuni | |
5-ILOVA
T/r | Chora-tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Moliyalashtirish manbasi | Ijro muddati | Mas’ul ijrochi |
1. | Mazkur Farmonga 2-ilovadagi ma’lumotlarni saqlovchi axborot tizimlarini “Raqamli hukumat” tizimiga integratsiya qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2025-yil oktabr | Mazkur Farmonga 2-ilovada belgilangan mas’ul vazirlik va idoralar, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. | Mazkur Farmonga 2-ilovada belgilangan ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP)da jismoniy shaxslarning shaxsiy kabinetida aks ettirish. | Amaliy chora-tadbirlar | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2025-yil noyabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
3. | “Litsenziya” axborot tizimi va Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimida axborot va maslahat xizmatlari sun’iy intellekt vositasida ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish. | Amaliy chora-tadbirlar | Adliya vazirligi mablag‘lari | 2026-yil iyun | Adliya vazirligi |
4. | YIDXPda axborot va maslahat xizmatlari sun’iy intellekt vositasida ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish. | Amaliy chora-tadbirlar | Raqamli texnologiyalar vazirligi mablag‘lari | 2026-yil iyun | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
5. | “Yagona darcha” bojxona axborot tizimida axborot va maslahat xizmatlari sun’iy intellekt vositasida ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish. | Amaliy chora-tadbirlar | Bojxona qo‘mitasi mablag‘lari | 2026-yil iyun | Bojxona qo‘mitasi |
6. | Jismoniy shaxslarni yagona identifikatsiya tizimida (OneID) ro‘yxatdan o‘tkazishda, shuningdek foydalanuvchi kabinetini tiklashda muqobil tarzda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face ID) tartibini yo‘lga qo‘yish. | Amaliy chora-tadbirlar | Raqamli texnologiyalar vazirligi mablag‘lari | 2025-yil oktabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
7. | Davlat xizmatlari markazlariga YIDXPdagi barcha davlat xizmatlarini ko‘rsatish huquqini berish bo‘yicha tegishli texnik imkoniyatni yaratish. | Amaliy chora-tadbirlar | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2025-yil oktabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi |
8. | Avtomototransport vositasi mulkdorining ma’lumotlari o‘zgarganda mulkdorning xohishiga ko‘ra avtomototransport vositasini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha arizalarni kompozit tarzda ichki ishlar organlariga yuborishni yo‘lga qo‘yish. | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2025-yil oktabr | Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi |
9. | YIDXP, davlat xizmatlari markazlari va “Litsenziya” axborot tizimi orqali berilgan arizalar asossiz ravishda rad etilganda, fuqarolarning murojaatlari va adliya organlarining tegishli xulosasiga asosan davlat xizmati uchun undirilgan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning vakolatli organlarga yo‘naltirilgan qismini vakolatli organlar tomonidan fuqarolarga qaytarib berish tartibini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2025-yil noyabr | Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
10. | Avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda quyidagi hujjatlarni vakolatli organlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali olishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan axborot tizimlarini integratsiya qilish: avtomototransport vositasining oldi-sotdi shartnomalari va boshqa notarial tasdiqlangan bitimlar; “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ tomonidan berilgan auksion bayonnomalari; davlat ulushi mavjud korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan avtomototransport vositalariga beriladigan elektron hisob-ma’lumotlar; avtomototransport vositasi mulkdorining ma’lumotlari (jismoniy shaxs F.I.O., yuridik shaxs nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, manzili) o‘zgarganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar. | Amaliy chora-tadbirlar | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2025-yil noyabr | Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “O‘zavtosanoat” AJ |
11. | Tibbiy ko‘rik natijalari tibbiyot muassasalari tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga real vaqt rejimida kiritilishini ta’minlash. Bunda: | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2025-yil noyabr | ||
Sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan OIV/OITS, psixik, narkologik, tanosil va sil kasalliklari bo‘yicha tibbiy ko‘rik natijalarini majburiy tartibda faqatgina “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimlariga kiritish tartibi joriy etiladi; | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi | |||
“Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimlarini “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi. | Amaliy chora-tadbirlar | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi | |||
12. | Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bog‘liq bo‘lgan sud qarorlarini ular qonuniy kuchga kirgan kuni ushbu qarorni qabul qilgan sud organi tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga elektron tizim orqali yuborish hamda sudda ko‘rib chiqilayotgan dalolatnoma yozuvlarini axborot tizimidan yuklab olish orqali qarorlarni o‘zaro bog‘lash tartibini joriy etish. Bunda: | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2025-yil noyabr | ||
sudning nikohdan ajratish haqidagi qarorlari qonuniy kuchga kirgan kunning o‘zida avtomatik ravishda “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga elektron shaklda, nikohdan ajrashayotgan shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqami hamda dalolatnoma yozuvi raqami (ID) asosida yuborilishi; | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Adliya vazirligi, Oliy sud | |||
nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi sud joylashgan joydagi tuman (shahar) FHDY organi tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida avtomatik ravishda shakllantirilishi hamda sud qarori nusxasi nikohdan ajralganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga tenglashtirilishi; | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Adliya vazirligi, Oliy sud | |||
nikoh bekor qilinganligini qayd etganlik uchun undiriladigan davlat boji sudning qaroriga asosan er-xotinning har ikkalasidan yoki ularning biridan belgilangan tartibda Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan undirilishini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Adliya vazirligi, Oliy sud | |||
Oliy sud axborot tizimi “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga integratsiya qilish orqali nikohdan ajrashish bilan bog‘liq barcha jarayonlarni dalolatnoma yozuvi raqamiga (ID) bog‘lash hamda barcha instansiya sudida ish ko‘rib chiqilayotganligi jarayonlarini va natijasi bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan qarorlarni “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga yuborish amaliyotini joriy etish. | Amaliy chora-tadbirlar | Oliy sud, Adliya vazirligi | |||
13. | O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari tomonidan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd qilish, o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish bilan bog‘liq barcha harakatlarni faqatgina “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida amalga oshirilishini ta’minlash. | Amaliy chora-tadbirlar | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2025-yil noyabr | Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi |
14. | Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning turar joyi, o‘qish joyi, ish joyi va lavozimidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Raqamli hukumat” tizimi orqali Mudofaa vazirligiga taqdim etib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2025-yil noyabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi |
15. | Avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasida avtomototransport vositasi mulkdorining manzilini ko‘rsatish talabini bekor qilish yuzasidan avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi shakliga tegishli o‘zgartirish kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2025-yil noyabr | Ichki ishlar vazirligi |
16. | Mazkur Farmonga 4-ilovada belgilangan davlat xizmatlarini ariza beruvchilarning xohishiga ko‘ra tezlashtirilgan tartibda ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish. | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2025-yil noyabr | Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
17. | Mazkur Farmonga 1-ilovadagi ma’lumotlarni saqlovchi axborot tizimlarini “Raqamli hukumat” tizimiga integratsiya qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | Ijrochi mablag‘lari | 2025-yil noyabr | Mazkur Farmonga 1-ilovada belgilangan mas’ul vazirlik va idoralar, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
18. | “Vakolat.uz” platformasidan foydalanish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2025-yil noyabr | Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
19. | Korxona direktori hamda bosh buxgalteri ishga qabul qilingani, ular axborot tizimlarida korxona direktori hamda bosh buxgalteri sifatida belgilanganini identifikatsiya qilishni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali amalga oshirish. Bunda, davlat xizmatlari markazlari tomonidan yuridik shaxslarga elektron raqamli imzo kalitlarini berish tizimi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga integratsiya qilinadi. | Amaliy chora-tadbirlar | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2025-yil dekabr | Soliq qo‘mitasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi |
20. | Axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda mazkur Farmonga 1-ilovada belgilangan ma’lumotlarni “Raqamli hukumat” tizimi orqali ushbu tizim foydalanuvchilariga taqdim etib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | Raqamli texnologiyalar vazirligi mablag‘lari | 2025-yil dekabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
21. | “Vakolat.uz” platformasini ishlab chiqish. Bunda quyidagilarni ta’minlash: jismoniy shaxslar tomonidan davlat xizmatlaridan foydalanish va davlat xizmati natijalarini olish uchun o‘z ixtiyoriga ko‘ra “Vakolat.uz” platformasida boshqa shaxslarga ishonchnomalarni rasmiylashtirish, o‘zgartirish va bekor qilish; yuridik shaxslar tomonidan o‘z ixtiyoriga ko‘ra “Vakolat.uz” platformasida ishonchnomalarni rasmiylashtirish, o‘zgartirish va bekor qilish; notarial shaklda rasmiylashtirilgan hamda “Vakolat.uz” platformasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan rasmiylashtirilgan ishonchnomalarning haqiqiyligini onlayn rejimda tekshirish; “Vakolat.uz” platformasini “Raqamli hukumat” tizimini yagona identifikatsiya tizimi bilan integratsiya qilish hamda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan vakolat berilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida elektron davlat xizmatlaridan foydalanish; “Vakolat.uz” platformasini YIDXP hamda “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | Adliya vazirligi mablag‘lari | 2025-yil dekabr | Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
22. | “Davlat xizmatlari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimida Davlat xizmatlari yagona reyestrini yuritish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2025-yil noyabr | Adliya vazirligi |
23. | Adliya vazirligining “Davlat funksiyalari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi bazasida “Davlat xizmatlari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot modulida Davlat xizmatlari yagona reyestrini doimiy tarzda yangilanadigan hamda dolzarbligi ta’minlanadigan shaklda elektron shaklda yuritilishini yo‘lga qo‘yish. | Amaliy chora-tadbirlar | Adliya vazirligi mablag‘lari | 2025-yil dekabr | Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
24. | Tuman (shahar) adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari va yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarini yagona adliya bo‘limlari sifatida qayta tashkil etish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2026-yil may | Adliya vazirligi |
25. | Quyidagi davlat xizmatlarini o‘zaro kompozit tarzda ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish: fuqarolarning ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumot; fuqarolarning narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumot; shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i holati haqida ma’lumot; hisoblangan ish haqi summalari haqida ma’lumot; mehnat faoliyatini tasdiqlash haqida ma’lumot. | Amaliy chora-tadbirlar | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2026-yil fevral | Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
26. | Aholi va tadbirkorlik subyektlarining interaktiv kiosklar orqali davlat xizmatlaridan foydalanish ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan manzilli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | Adliya vazirligi mablag‘lari | Doimiy | Adliya vazirligi |
27. | Davlat-xususiy sheriklik asosida oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishdagi talablarni Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma talablariga o‘zaro muvofiqlashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2026-yil mart | Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi |
28. | Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish: davlat xizmatlari ko‘rsatishda muddat buzilishiga yo‘l qo‘yilganda ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi qarorlarni avtomatlashtirilgan tartibda rasmiylashtirish; davlat xizmatlari ko‘rsatishda arizalarni asossiz rad etish va boshqa qonun buzilishi holatlari uchun (bundan muddat buzilishi holatlari mustasno) jazo choralarini kuchaytirish; davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun turli javobgarlikni nazarda tutuvchi normalarni o‘zaro muvofiqlashtirish; Adliya vazirligi Davlat xizmatlari ko‘rsatilishini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘iga va tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llash vakolatini berish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2026-yil mart | Adliya vazirligi |
29. | Loyiha-qidiruv ishlarini amalga oshirish sifatini tubdan takomillashtirish. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi: markazlashtirilgan manbalar, davlat organlari va korxonalari mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan qurilish obyektlari uchun loyiha-tadqiqot ishlari qiymatini aniqlash tartibini Hukumat qarori darajasida belgilash; loyiha-tadqiqot ishlarining muddatlarini maqbullashtirish; markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurishda mualliflik nazoratini amalga oshirishda to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2026-yil may | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
30. | Bino (inshoot) va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalarni bino-inshootlar va ularning qismlarining kadastr raqamiga bog‘lagan holda elektron yuritishni yo‘lga qo‘yish. | Amaliy chora-tadbirlar | Favqulodda vaziyatlar vazirligi mablag‘lari | 2026-yil iyun | Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
31. | Bino (inshoot) va xonalarning sanitariya-epidemiologiya talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalarni bino-inshootlar va ularning qismlarining kadastr raqamiga bog‘lagan holda elektron yuritishni yo‘lga qo‘yish. | Amaliy chora-tadbirlar | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi mablag‘lari | 2026-yil iyun | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
32. | Obyektlar va faoliyat turlari bo‘yicha sanitariya-epidemiologiya talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa berish tartibini takomillashtirish. Bunda: obyektlar va faoliyat turlari bo‘yicha sanitariya-epidemiologiya talablari tizimlashtiriladi; sanitariya-epidemiologiya talablari mavjud bo‘lmagan obyektlar va faoliyat turlari bo‘yicha tegishli xulosalar berishga yo‘l qo‘yilmaydi; sanitariya-epidemiologiya xulosalari obyektlarning kadastr raqamiga bog‘lagan holda beriladi; obyektning ixtisoslashishi o‘zgartirilmagan, qayta qurilmagan yoki rekonstruksiya qilinmaganda, mazkur obyektga nisbatan qaytadan sanitariya-epidemiologiya xulosalarini olish talab etilmaydi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2026-yil iyul | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Adliya vazirligi |
33. | Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalariga bo‘lgan huquqlarni hisobga olishning elektron reyestrlarini shakllantirish hamda ulardagi ma’lumotlarni mashinada o‘qiladigan formatda raqamlashtirish. Shuningdek, mulk va unga nisbatan huquqlar elektron reyestrini yuritish bo‘yicha axborot tizimi ishlab chiqilishini, barcha mulklarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, mulkka nisbatan unikal identifikatsiya raqami shakllantirilishini hamda huquq egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga soliq to‘lovchi yuridik shaxslarning identifikatsiya raqamlari va jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqamlari biriktirilishini yakunlash. | Amaliy chora-tadbirlar | Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi mablag‘lari | 2026-yil dekabr | Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi |
34. | Attraksionlar va ko‘tarish inshootlari (minora kranlari)ga bo‘lgan huquqlarni hisobga olishning elektron reyestrlarini shakllantirish hamda ulardagi ma’lumotlarni mashinada o‘qiladigan formatda raqamlashtirish. Shuningdek, mulk va unga nisbatan huquqlar elektron reyestrini yuritish bo‘yicha axborot tizimi ishlab chiqilishini, barcha mulklarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, mulkka nisbatan unikal identifikatsiya raqami shakllantirilishini hamda huquq egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga soliq to‘lovchi yuridik shaxslarning identifikatsiya raqamlari va jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqamlari biriktirilishini yakunlash. | Amaliy chora-tadbirlar | Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi mablag‘lari | 2026-yil dekabr | Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi |
35. | Kemalarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olishning elektron reyestrlarini shakllantirish hamda ulardagi ma’lumotlarni mashinada o‘qiladigan formatda raqamlashtirish, mulk va unga nisbatan huquqlar elektron reyestrini yuritish bo‘yicha axborot tizimi ishlab chiqilishini, shuningdek, barcha mulklarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, mulkka nisbatan unikal identifikatsiya raqami shakllantirilishini hamda huquq egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga soliq to‘lovchi yuridik shaxslarning identifikatsiya raqamlari va jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqamlari biriktirilishini yakunlash. | Amaliy chora-tadbirlar | Transport vazirligi mablag‘lari | 2026-yil dekabr | Transport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
36. | Mazkur Farmonga 3-ilovada belgilangan davlat xizmatlari bo‘yicha ma’muriy reglament loyihalarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | Mazkur Farmonga 3-ilovada belgilangan davlat xizmatlarini joriy etish muddatlaridan ikki oy oldin | Mazkur Farmonga 3-ilovada belgilangan davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun mas’ul vakolatli organlar |
6-ILOVA