T/r | Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyat manbalari va ularning oqibatlari | Xavfli tabiiy va texnogen jarayonlarning yuzaga kelish xavfi darajasi | Masʼul vazirlik va idoralar |
1. Xavfli geofizik hodisalar |
1. | Respublikada va chegaradosh hududlarda magnitudasi (zilzila quvvati) Rixter oʻlchovi boʻyicha 5,0 va undan yuqori boʻlgan zilzila va undan yuqori boʻlgan, favqulodda vaziyatlarga olib keladigan (aholining oʻlimi va jarohatlanishi, bino va inshootlar buzilishi, hayot faoliyati tizimlari izdan chiqishi va boshqalar) zilzila tahdidi | doimiy, yuqori | Fanlar akademiyasi Gʻ.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti |
2. Xavfli geologik hodisalar |
2. | Transport va kommunikatsiyalar, iqtisodiyot obyektlari va aholi punktlariga jiddiy zarar yetkazuvchi koʻchki, agʻdarilmalar, tosh qulashi va tuproq surilmalari roʻy berishi tahdidi | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | “Oʻzbekgidrogeologiya” DM geologik monitoring xizmati |
3. | Muhandislik inshootlari buzilishiga va maʼlum darajada moddiy zarar yetkazuvchi, suv bosishi yoki namlanishi hisobidan gruntlarda notekis zichlanish deformatsiyani yuzaga keltiruvchi, gilli, loyli yoki lyossimon gruntlarda choʻkish tahdidi | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | “Oʻzbekgidrogeologiya” DM geologik monitoring xizmati |
3. Meteorologik va agrometeorologik xavfli jarayonlar |
4. | Inshoot va sanoat konstruksiyalariga qisman talafot yetkazuvchi, transport qatnovini qiyinlashtiradigan, qishloq xoʻjaligi daraxt va ekinlariga zarar yetkazuvchi kuchli shamol esishi (15 — 24 m/s tezlikdagi), oʻta kuchli shiddatli shamol (25 — 33 m/s tezlikdagi) yoki halokatli dovul esishi (33 m/s tezlikdan yuqori) tahdidi | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Gidrometeorologiya xizmati agentligi |
5. | Meteorologik ilgʻashni 500 metrgacha ogʻirlashtiruvchi, transportlar orasida avariyalarni yuzaga keltiruvchi, jiddiy zarar keltirib chiqaruvchi katta hajmdagi chang va qumlarni olib keluvchi chang yoki qum boʻronlarining esishi (15 m/s va undan yuqori tezlikdagi) tahdidi | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Gidrometeorologiya xizmati agentligi |
6. | Qishloq xoʻjaligi daraxtlari va ekinlariga, sanoat inshootlari va konstruksiyalariga shikast va moddiy zarar yetkazuvchi yirik doʻl yogʻishi (15 mm va undan katta diametrdagi) tahdidi | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Gidrometeorologiya xizmati agentligi |
7. | Iqtisodiyot obyektlari va aholi punktlari zararlanishi bilan bogʻliq sel-toshqin oqimlari hosil boʻlishi, moddiy zarar yetkazuvchi kuchli yomgʻir (davomiyligi 12 soatda 30 mm va undan koʻp), kuchli jala (davomiyligi 1 soatda 15 mm va undan koʻp), kuchli, surunkali yomgʻir yogʻishi (yogʻin miqdori 48 soat ichida 100 mm va undan koʻp) boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Gidrometeorologiya xizmati agentligi |
8. | Koʻrishni chegaralovchi, transport harakatini qiyinlashtiruvchi, muhandislik tarmoqlari va turar joylarga zarar yetkazuvchi, qor koʻchkisi hodisalarini yuzaga keltiruvchi kuchli qor yogʻishi (12 soatda 20 sm va undan koʻp) yoki qorning kuchli yopishqoqligi (35 mmgacha va undan koʻp), qor koʻchkilari boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Gidrometeorologiya xizmati agentligi |
9. | Transport harakatiga, aeroportlarning uchish yoʻlagiga, yaylovlar va ekin maydonlariga xavf soluvchi, tuman tushishi yoki yomgʻir tomchilarining muzlashi, yer yuzasining diametri 19 — 30 mmgacha muzlashi (yaxmalak) boʻyicha tahdid | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Gidrometeorologiya xizmati agentligi |
10. | Odamlar hayotiga xavf tugʻdiruvchi va iqtisodiyot obyektlaridagi texnologik jarayonlar buzilishiga sabab boʻluvchi davomli kuchli sovuq havo haroratining -20 °S dan pasayishi va kuchli jazirama havo haroratining +43 °S dan yuqori boʻlishi boʻyicha tahdid | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Gidrometeorologiya xizmati agentligi |
11. | Ijtimoiy va iqtisodiy zarar yetkazuvchi, avtomobil va temir yoʻllarda harakat toʻxtatilishiga olib keluvchi, avariyalarni keltirib chiqaruvchi va 100 metrgacha masofani ilgʻashni qiyinlashtiruvchi qalin tuman boʻyicha tahdid | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Gidrometeorologiya xizmati agentligi |
12. | Oʻsimliklarning nobud boʻlishiga olib keluvchi va atmosfera yogʻinlari taqchilligini yuzaga keltiruvchi agrometeorologik (atmosfera) qurgʻoqchilik, suv resurslarining taqchilligi boʻyicha tahdid | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Gidrometeorologiya xizmati agentligi |
13. | Aholi turar joylari, bino va inshootlar, odamlar va hayvonlarni yashin urishi bilan kechadigan atmosferadagi kuchli elektr razryadga ega boʻlgan chaqmoq (momaqaldiroq) boʻyicha tahdid | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Gidrometeorologiya xizmati agentligi |
4. Gidrologik xavfli hodisalar |
14. | Aholi turar joylarining suv bosishi bilan roʻy beradigan shugalar (mayda muz parchalari), muzlik oʻzanlari kengayishi, qorlar toʻxtovsiz erishi, jala yomgʻirlari oqibatida hosil boʻladigan sel oqimlari va suv toshqinlari boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Gidrometeorologiya xizmati agentligi |
15. | Ochiq suv havzalariga yaqin joylashgan iqtisodiy obyektlar va aholi turar joylarini suv bosishi bilan bogʻliq boʻlgan kanal va daryolarda toʻsiqlarning hosil boʻlishi (toʻliq muzlashi oqibatida ochiq suv havzalarining toʻsilishi) boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Gidrometeorologiya xizmati agentligi |
16. | Moddiy zarar yetkazuvchi, aholi punktlari va iqtisodiyot obyektlariga xavf soluvchi, daryo oʻzani yonlari va chuqurlikda vertikal yemirilishi boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | “Oʻzbekgidrogeologiya” DM geologik monitoring xizmati |
17. | Halokatli sel va suv toshqinlariga sabab boʻluvchi togʻlardagi dambalar va suv ombori toʻgʻonlari yorilishi boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Suv xoʻjaligi vazirligi |
5. Gidrogeologik xavfli hodisalar |
18. | Grunt suvlari sathining koʻtarilishi oqibatida hayot faoliyatining buzilishi boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi |
19. | Chuchuk yerosti suvlari zaxirasining ifloslanishi yoki tugashi oqibatida hayot faoliyatining buzilishi, odamlarning zaharlanishi yoki suv taqchilligi bilan bogʻliq tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi |
6. Odamlarning yuqumli kasalliklar bilan kasallanishi |
20. | Odamlarning oʻlimiga sabab boʻluvchi yoki ularga zarar yetkazuvchi (oʻlat, vabo, sariq isitma, Qrim-Kongo gemorragik isitmasi, kuydirgi) oʻta xavfli yuqumli kasalliklar boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi |
21. | Aholi turar joylarida virusli yuqumli kasalliklarning (gripp, OʻIK, virusli gepatit, OITS va boshqalar) epidemik tarqalishi boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi |
22. | Yuqumli kasalliklarning davlat chegarasidan kirish holati bilan bogʻliq (pandemiya) kasalliklarning yuzaga kelishi boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi |
23. | Hayvon (it, mushuk va boshqalar)larning odamlarni tishlashi (chaqishi) holatlarining koʻpayishi boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi |
7. Odamlarning zaharlanishi bilan bogʻliq hodisalar |
24. | Sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilish oqibatida odamlarning zaharlanishi bilan bogʻliq tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi |
25. | Zararlangan yoki ifloslangan suvlarni isteʼmol qilish oqibatida zaharlanish yoki oʻtkir ichak infeksiyasining yuzaga kelishi boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi |
26. | Odamlarning toksik moddalardan (tabiiy gaz, is gazi, ogʻir gazlar va boshqalar) zaharlanishi boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Energetika vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Hududgaztaʼminot” AJ |
8. Qishloq xoʻjaligi hayvonlarining yuqumli kasalliklari |
27. | Hayvonlarning ommaviy qirilib ketishiga olib keluvchi qishloq xoʻjaligi hayvonlarining ekzotik va oʻta xavfli yuqumli kasalliklarga chalinishi boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi |
28. | Hayvonlarning ommaviy qirilib ketishiga olib keluvchi enzootiya, epizootiya va panzootiya boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi |
9. Qishloq xoʻjaligi ekinlarining kasalliklar va zararkunandalar bilan zararlanishi |
29. | Qishloq xoʻjaligi ekinlarining ommaviy nobud boʻlishiga sabab boʻladigan progressiv epifitotiya boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi |
30. | Oʻsimliklarning kasalliklari hamda zararkunandalarining ommaviy tarqalishi boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi |
10. Quruqlik holatining oʻzgarishi bilan bogʻliq vaziyatlar |
31. | Iqtisodiyot obyektlari va aholi turar joylariga jiddiy xavf soluvchi foydali qazilmalarni qazib olishda yuzaga keladigan koʻchkilar va yer sathining halokatli oʻpirilishi boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | “Oʻzbekgidrogeologiya” DM geologik monitoring xizmati |
32. | Iqtisodiyot obyektlari va aholi turar joylariga botqoqlashgan, shoʻrlangan, yemirilgan tuproqli keng hududlarda tuproqlarning uzluksiz degradatsiyalanishi boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi |
33. | Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon hayvonlarining kasallanishi hamda qirilib ketishiga olib keluvchi, odamlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf soluvchi, tuproq qatlamlari (gruntlarni) va sanoatda ishlab chiqariladigan, tarkibida ogʻir metallar boʻlgan, radionuklid, neft mahsulotlari shuningdek pestitsid hamda boshqa zaharli kimyoviy moddalar bilan zaharlanishi boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi |
34. | Atrof tabiiy muhitni ifloslanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan qattiq foydali qazilma konlari, shlam va chiqindi toʻplanadigan obyektlardagi radioaktiv, toksik, kimyoviy va boshqa xavfli chiqindilar bilan bogʻliq avariya holatlari boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ, tashkilot rahbarlari |
11. Atmosfera (havo muhiti)ning holati va tarkibining oʻzgarishi bilan bogʻliq vaziyatlar |
35. | Tabiiy omillar (boʻronlar, quyunlar, jala, surunkali yomgʻirlar, momaqaldiroq, sel oqimlari va qor koʻchkisi, suv toshqini, suv bosishi, kuchli qor yogʻishi, kuchli sovuq va issiq, qurgʻoqchilik va boshqalar)ning anomal faollashuvini yuzaga keltiruvchi antropogen faoliyat taʼsirida iqlim yoki ob-havoning keskin oʻzgarishi boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Gidrometeorologiya xizmati agentligi |
36. | Aholining hayot faoliyatiga taʼsir etishi bilan odamlarning xastalanishi va sogʻligʻi yomonlashuviga olib keluvchi atmosferada ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan meʼyordan maʼlum darajada oshishi boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Gidrometeorologiya xizmati agentligi |
37. | Aholi hayot faoliyatiga taʼsir etishi bilan odamlar xastalanishi va sogʻligʻi yomonlashuviga olib keluvchi, shaharlardagi shovqin darajasining ruxsat etilgan meʼyordan oshishi boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi |
38. | Radiatsion fon darajasining meʼyoridan oshishi boʻyicha tahdid | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi |
12. Gidrosferadagi holatlarning oʻzgarishi bilan bogʻliq vaziyatlar (suv muhiti) |
39. | Odamlar va hayvonlarning kasallanishi, sogʻligʻi yomonlashuvi va hayot faoliyati buzilishiga olib keluvchi suv manbalarining tugagani yoki ifloslangani sababli ichimlik suvi yetishmovchiligi yoki tugashi boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi |
13. Transportdagi avariya va halokatlar |
40. | Temir yoʻl va yuk transport vositalari orqali tashiladigan kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalarning tarqalishi yoki toʻkilishi bilan bogʻliq avariyalar boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Transport nazorati inspeksiyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ |
41. | Temir yoʻl obyektlariga jiddiy zarar yetishi va odamlarning jarohatlanishi va oʻlimiga sabab boʻluvchi avariyalar hamda transport harakatining toʻxtab qolishiga olib keluvchi tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ |
42. | Metropoliten obyektlariga jiddiy zarar yetishi va metro transportida odamlarning jarohatlanishiga sabab boʻluvchi avariyalar boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | “Toshkent metropoliteni” AJ, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
43. | Aholi turar joylari va aeroportlardagi qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borilishi talab etiladigan, havo kemalarining shikastlanishi yoki buzilishiga, yoʻlovchilar jarohatlanishiga olib keluvchi aviatsiya halokatlari boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Transport vazirligi Aviatsiya hodisalari va insidentlarni tekshirish boʻlimi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi |
44. | Odamlarning jarohatlanishi va oʻlimiga sabab boʻluvchi (jumladan, xavfli yonuvchi, portlovchi va zaharli moddalar tashilishi holatlari va boshqalar) yoʻl-transport hodisalari boʻyicha tahdid | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Ichki ishlar vazirligi |
45. | Ishlab chiqarish xodimlarining jarohatlanishi yoki oʻlimiga olib keluvchi, kon-ruda sanoatida va koʻmir shaxtalarida avariyalar, gaz va neft mahsulotlarining tarqalishi, toʻkilishi, otilishiga olib keluvchi neft va gaz obyektlaridagi (kon, shaxta) avariyalar boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi |
14. Potensial xavfli obyektlardagi avariyalar |
46. | Odamlarning jarohatlanishi yoki oʻlimi bilan bogʻliq sanoat korxonalari va kommunikatsiyalaridagi, yengil yonuvchi va portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish, qayta ishlash obyektlaridagi yongʻin (portlash)lar boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi |
47. | Ishlab chiqarish xodimlarining jarohatlanishi yoki oʻlimi bilan bogʻliq yer osti va togʻ inshootlari, shaxtalardagi yongʻin (portlash), qulash boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi |
48. | Odamlar jarohatlanishi va zaharlanishi bilan bogʻliq ijtimoiy — maishiy va madaniy ahamiyatdagi, turar joy, bino va inshootlarida yuz beruvchi yongʻinlar boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
49. | Odamlar jarohatlanishi yoki oʻlimiga olib keluvchi biologik obyektlarda xavfli moddalarning tarqalishi va yongʻin (portlash)lar boʻyicha tahdid | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Tashkilotlar rahbarlari |
50. | Ishlab chiqarish xodimlari va aholining jarohatlanishi yoki oʻlimiga olib keluvchi kimyoviy xavfli obyektlardagi avariyalar tahdidi | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | “Oʻzkimyosanoat” AJ |
51. | Odamlarning jarohatlanishi yoki oʻlimi bilan bogʻliq radiatsion xavfli obyektlardagi avariyalar tahdidi | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi |
52. | Odamlarning jarohatlanishi va zaharlanishiga olib keluvchi qishloq xoʻjaligi obyektlari va maydonlaridagi yongʻinlar hamda avariyalar boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
53. | Odamlar jarohatlanishi va oʻlimiga olib keluvchi yangi qurilayotgan, rekonstruksiya va mukammal taʼmirlanayotgan obyektlardagi avariyalar tahdidi | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
54. | Odamlar jarohatlanishi va oʻlimiga olib keluvchi, aholi punktlarining elektr energiyasidan uzilishi bilan bogʻliq energetika obyektlaridagi avariyalar boʻyicha tahdid | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Energetika vazirligi, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi |
55. | Odamlar jarohatlanishi va oʻlimiga olib keluvchi diniy muassasalardagi avariyalar boʻyicha tahdid | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Din ishlari boʻyicha qoʻmita |
56. | Odamlar va hayvonlarning jarohatlanishi va oʻlimiga olib keluvchi oʻrmonzorlar, qir-adirliklar va choʻllardagi yongʻinlar boʻyicha tahdid | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi |
57. | Odamlar jarohatlanishi va oʻlimiga yoki hayot faoliyatining izdan chiqishiga olib keluvchi portlovchi moddalarni tashish, saqlash, ishlab chiqarish va qayta ishlash jarayonidagi avariyalar boʻyicha tahdid | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, Bojxona qoʻmitasi |
15. Atrof-muhitdagi ruxsat etilgan meʼyor(REM)dagi zararli moddalarining meʼyoridan oshib ketishi |
58. | Odamlarning hayoti va sogʻligʻiga xavfli taʼsir etuvchi, oʻrtacha regional fonning 100 karra ortishi natijasidagi REM qayd etilmagan moddalar uchun texnogen moddalarning tarkibi, fitotoksik nuqtai nazardan 50 REM va undan koʻp yoki sanitar toksikologik nuqtai nazardan yoki 10 REM va undan ortiq fitotoksik, 50 REM va undan koʻp konsentratsiyadagi pestitsid tarkibli yuqori ekstremal ifloslanuvchi grunt/tuproqlarda ruxsat etilgan konsentratsiyaning oshishi boʻyicha tahdid | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Gidrometeorologiya xizmati agentligi |
16. Radioaktiv moddalarning tashlanishi bilan bogʻliq avariya holatlari |
59. | Ekologik muhitni murakkablashtiruvchi, shuningdek, odamlar hayoti va sogʻligʻiga xavf soluvchi radioaktiv moddalarni tashish, saqlash va undan foydalanishda roʻy berishi mumkin boʻlgan avariyalar boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, tashkilot rahbarlari |
60. | Odamlar hayoti va sogʻligʻiga xavf soluvchi meʼyordan yuqori boʻlgan sanksiyalanmagan ionlashtiruvchi nurlanish manbalarining aniqlanishi bilan bogʻliq avariya boʻyicha tahdid | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Bojxona qoʻmitasi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, tashkilot rahbarlari |
61. | Odamlar hayoti va sogʻligʻiga xavf soluvchi yadro energetikasi obyektlarida radioaktiv moddalarning tarqalishi bilan bogʻliq avariya holatlari boʻyicha tahdid | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Atom energiyasi agentligi, Fanlar akademiyasi Yadro fizika instituti, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi |
62. | Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududlariga xavf soluvchi transchegaraviy yadroviy yoki radiatsiyaviy ifloslanish xavfi boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi |
17. Bino, inshootlar va togʻ jinslarining qulashi |
63. | Texnologik avariyalarga olib keluvchi va ishlab chiqarishni toʻxtatishga sabab boʻluvchi, xodimlar hayotiga xavf soluvchi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish ahamiyatidagi bino va inshootlarning qulashi bilan bogʻliq tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
64. | Odamlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf soluvchi ijtimoiy-maishiy, madaniy va turizm ahamiyatidagi inshootlarning qulashi boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
65. | Togʻ ishlarini toʻxtatuvchi yoki avariyalarni yuzaga keltiruvchi, xodimlar hayoti va sogʻligʻiga xavf soladigan karyerlar va konlarda togʻ jinslarining qulashi boʻyicha tahdid | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi |
18. Elektr taʼminoti tizimlardagi avariya holatlari |
66. | Odamlar hayoti va sogʻligʻiga xavf soluvchi, jihozlar buzilishiga, odamlar jarohatlanishi va oʻlimiga olib keluvchi, elektr energiyasi ishlab chiqarishni toʻxtatuvchi, sanoat obyektlari va aholi punktlarida 18 soat va undan koʻp muddatda elektr taʼminoti oʻchishiga sabab boʻluvchi atom elektr stansiyalari, gidroelektrostansiyalar, issiqlik elektrostansiyalaridagi va issiqlik markazlaridagi avariyalar boʻyicha tahdid | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Energetika vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, Atom energiyasi agentligi |
67. | Aholi punktlari hamda muhim ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obyektlarida 18 soat va undan koʻp muddatda elektr energiyasi taʼminoti oʻchishiga sabab boʻluvchi yoki aholi va hududlarga xavf soluvchi muqobil elektr stansiyalaridagi (quyosh, shamol va boshqalar) avariyalar boʻyicha tahdid | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Energetika vazirligi |
19. Hayot faoliyatini taʼminlashning kommunal tizimlaridagi avariya holatlari |
68. | Aholi hayot faoliyatining izdan chiqishi, odamlar hayoti va sogʻligʻiga xavf soluvchi, ifloslantiruvchi moddalarning atrof-muhitga tarqalishi bilan bogʻliq oqova suv tizimlaridagi avariyalar boʻyicha tahdid | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
69. | Aholi hayot faoliyatining izdan chiqishi, odamlar hayoti va sogʻligʻiga xavf soluvchi, ichimlik suvi va issiqlik taʼminoti tizimlaridagi avariyalar boʻyicha tahdid | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
70. | Aholi hayot faoliyatining izdan chiqishiga sabab boʻluvchi, isteʼmolchilarning gaz taʼminotidan uzilishi bilan bogʻliq magistral va kommunal gaz quvurlaridagi avariyalar boʻyicha tahdid | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | “Oʻztransgaz” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ |
20. Aloqa va telekommunikatsiya tizimlaridagi avariya holatlari |
71. | Korxona, tashkilot, muassasalar va aholi punktlarining maʼlum muddatga (12 soat va undan koʻp) aloqa va xabar berish tizimidan oʻchishiga sabab boʻluvchi, telekommunikatsiya tarmoqlaridagi avariyalar boʻyicha tahdid | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
21. Sanoat, oqova suvlarini tozalash inshootlarida avariya holatlari |
72. | Odamlar sogʻligʻiga va atrof tabiiy muhitga zarar keltiruvchi hamda ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishi bilan bogʻliq, sanoat korxonalaridagi oqova suvlarni tozalovchi inshootlardagi avariyalari boʻyicha tahdid | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ |
73. | Odamlar sogʻligʻiga va atrof tabiiy muhitga zarar keltiruvchi, ifloslantiruvchi moddalarning atmosfera havosiga chiqarilishi bilan bogʻliq, gazni tozalash obyektlaridagi avariyalar boʻyicha tahdid | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | “Oʻzbekneftgaz” AJ |
22. Gidrodinamik avariyalar |
74. | Qishloq xoʻjaligi maydonlari, transport va kommunikatsiyalar, iqtisodiy va ijtimoiy obyektlar, shuningdek, aholi yashash joylarini suv bosish xavfini keltirib chiqaruvchi, suv omborlari dambalari, shlyuzlar va boshqa gidrotexnika inshootlarining shikastlanishi yoki energetik maqsadda yigʻilgan suvlarning avariyaviy chiqib ketishi boʻyicha tahdid | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Suv xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ |
75. | Togʻ ishlarini toʻxtatuvchi, xodimlarning hayotiga xavf soluvchi, gilli massalar, pulpalar, oqma loylarni yuzaga kelishi, shuningdek, foydali qazilma konlarni suv bosishi boʻyicha tahdid | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi |
76. | Iqtisodiy va ijtimoiy obyektlar hamda aholi punktlarida suv bosishi xavfini keltirib chiqaruvchi, kanal va daryo qirgʻoqlari yemirilishi boʻyicha tahdid | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Suv xoʻjaligi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi |
23. Neft-gaz sanoat komplekslari tizimida avariya holatlari |
77. | Odamlarning (shu jumladan, ishlab chiqarish xodimlarining) zaharlanishi va jarohatlanishiga olib keluvchi, ochiq neft va gaz fontanlarining yuzaga kelishi, burgʻilash uskunalaridagi, faol va toʻxtatilgan neft-gaz quduqlarida avariyalar boʻyicha tahdidlar | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | “Oʻzbekneftgaz” AJ, Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi |
78. | Odamlarning (shu jumladan, ishlab chiqarish xodimlarining) zaharlanishi va jarohatlanishiga, neft-gaz chiqishi (tarqalishi)ga olib keluvchi, neft saqlash omborlari va neft bazalaridagi avariyalar boʻyicha tahdid | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | “Oʻzbekneftgaz” AJ, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi |
24. Suvdagi baxtsiz hodisalar |
79. | Odamlarning jarohatlanishi va ularning oʻlimi bilan bogʻliq suvda yuz beradigan hodisalar boʻyicha (hovuzlarda, istirohat bogʻlaridagi ochiq suv havzalarida, kanallarda, koʻllarda, daryolarda) tahdid | yuqori, oʻrtacha, moʻtadil | Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi |