12.06.2026 yildagi 306-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

Ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat korxonalarida autsorsing xizmatlarini tashkil etish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-sentabrdagi 596-son qaroriga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ etib belgilangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorserlar Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq xarid qilish tartib-taomillari natijalariga koʻra aniqlanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab davlat xaridlari elektron tizimlarida Autsorsing xizmatlarini tashkil etish boʻyicha maxsus sahifa (keyingi oʻrinlarda — maxsus sahifa) ishga tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat korxonalarida autsorsing xizmatlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorserlarni aniqlash, shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorsing xizmatlarini tashkil etish va oʻtkazishda korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorser va buyurtmachining huquqlari va majburiyatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorsing xizmatini koʻrsatish ustidan nazorat va monitoring qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat korxonalarida autsorsing asosida bajarilishi lozim boʻlgan funksiya va xizmatlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi F-59-son farmoyishi bilan tasdiqlangani inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro etuvchi hokimiyat organlarida autsorsingga oʻtkazish uchun ustuvor yoʻnalishlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ijro etuvchi hokimiyat organlarining birinchi rahbarlari autsorsingga oʻtkazilgan funksiyalarning amalga oshirilishi ustidan nazoratni toʻliq taʼminlash boʻyicha shaxsan javobgar etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro etuvchi hokimiyat organlari muntazam ravishda autsorsingga oʻtkazilgan funksiyalarning ijrosi samaradorligini oshirish boʻyicha autsorserlarga uslubiy yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorsing tizimiga oʻtish munosabati bilan iqtisod qilingan mablagʻlar, birinchi navbatda, ijro etuvchi hokimiyat organlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilashga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Autsorsing xizmatlaridan foydalanuvchi ijro etuvchi hokimiyat organlari autsorsing xizmatlari joriy etilishi munosabati bilan boʻshatilgan shtat birliklarini qisqartirish boʻyicha choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yil 15-iyulga qadar maxsus sahifa ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari 2026-yil 1-sentabrdan boshlab oʻzlari rahbarlik qilayotgan tashkilotlar tomonidan maxsus sahifa orqali autsorsing xizmatlari boʻyicha davlat xaridlari amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror qabul qilingan kundan boshlab, yangi autsorsing xizmatlarining barchasi mazkur qaror talablari asosida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror kuchga kirgunga qadar tuzilgan autsorsing xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomalar, agar ularda oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ularning amal qilish muddati tugagunga qadar yoxud qonunchilikda belgilangan tartibda oʻzgartirilgunga yoki bekor qilingunga qadar oʻz kuchini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlik va idoralar autsorsing xizmatlari sohasiga oid oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 12-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
306-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 306-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat korxonalarida autsorsing xizmatlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat korxonalarida funksiyalarni (keyingi oʻrinlarda — funksiyalar) autsorsing shartlari asosida tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom talablari ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan organlardan boshqa davlat organlari uchun tavsiyaviy xususiyatga ega hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Autsorsingga beriladigan davlat funksiyalari Vazirlar Mahkamasining “Davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish tizimini joriy qilish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 23-sentabrdagi 596-son qarori va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq tanlab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Autsorsing xizmatlarini tashkil etish ochiqlik va shaffoflik, tomonlarning huquq va majburiyatlariga rioya qilish, shuningdek, korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish tamoyillariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorsing — ijro etuvchi hokimiyat organlari, ularning hududiy boʻlinmalari hamda tizim tashkilotlarining funksiyalari lozim darajada bajarilishi ustidan davlat nazorati mexanizmlarini joriy etgan holda shartnoma asosida autsorserga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisi — ijro etuvchi hokimiyat organlari, ularning hududiy boʻlinmalari, tizim tashkilotlari hamda davlat korxonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorser — xarid qilish tartib-taomillari yakunlari boʻyicha gʻolib deb topilgan autsorsing xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyekti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Autsorsing xizmatlarini tashkil etish boʻyicha maxsus sahifa (keyingi oʻrinlarda — maxsus sahifa) — autsorserlarni aniqlash boʻyicha xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishga moʻljallangan davlat xaridlari elektron tizimining tarkibiy qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi (keyingi oʻrinlarda — ishtirokchi) — davlat buyurtmachisiga autsorsing asosida xizmat koʻrsatish hamda ushbu Nizomga muvofiq eng yaxshi takliflarni tanlash (keyingi oʻrinlarda — tanlash) va tenderda ishtirok etish istagini bildirgan tadbirkorlik subyekti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Autsorsing xizmati quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorserni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi holatlariga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorser tomonidan funksiyalarning sifatli bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisining funksiyalarini bajarish bilan band boʻlgan xodimlar sonini (shtatini) qisqartirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Nizom talablari autsorsing xizmatlaridan foydalanuvchi davlat buyurtmachilariga, shuningdek, autsorsing xizmatlarini koʻrsatuvchi Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti yoki norezidenti boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi, bundan Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Autsorserni tanlash, shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Autsorser davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ishtirokchilarga nisbatan quyidagi talablar qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti sifatida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorsingga beriladigan funksiyalar yoʻnalishida kamida olti oy faoliyat olib borgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorsing shartnomasini bajarish uchun zarur texnik, moliyaviy, moddiy, yetarli ish tajribasiga ega boʻlgan malakali kadrlar hamda boshqa resurslarga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchining sud qarorlari boʻyicha bajarilmagan majburiyatlari mavjud emasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Autsorserni tanlash va shartnoma tuzish ishlari maxsus sahifa orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tanlashni (tenderni) oʻtkazishda Xarid komissiyasini shakllantirish, maxsus sahifa orqali autsorserni tanlash va shartnoma tuzish Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tanlashda (tenderda) korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik hamda jamoatchilik nazoratini taʼminlash maqsadida tanlash (tender) oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunida koʻrsatilgan axborotlardan tashqari, quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksiyani autsorsing shartlari asosida amalga oshirish boʻyicha samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komplayens-nazorat boʻlinmasi (yoki ushbu vazifa yuklatilgan masʼul shaxs) bilan bogʻlanish uchun maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik nazorati subyektlari oʻz fikrlarini bildirishlari va takliflar kiritishlari uchun davlat buyurtmachisining rasmiy veb-sayti (shu jumladan, “Call-markaz”) va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tanlash (tender) natijalari yuzasidan kelib tushgan shikoyatlar Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya yoki sud tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tanlash (tender) natijalari boʻyicha qarorlar Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya yoki sud tomonidan bekor qilingan taqdirda, autsorserni qayta tanlash (tender) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tanlash (tender) yakunida ishtirokchilar teng ball toʻplagan taqdirda, qoʻshimcha mezon sifatida ustuvorlik quyidagilarga beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchi tadbirkorlik subyektlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida A, B va S toifalariga kiruvchi tadbirkorlik subyektlariga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ijro etuvchi hokimiyat organi va davlat korxonalari autsorsingga oʻtkazilayotgan funksiya boʻyicha uning maqsadi, oʻziga xos xususiyatlari hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarni hisobga olgan holda, tegishli samaradorlikning asosiy koʻrsatkichlarini (KPI) ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻlchovli boʻlishi — koʻrsatkichlar ularga erishishni baholash imkonini beradigan aniq, obyektiv va qatʼiy oʻlchanadigan miqdoriy va sifat koʻrsatkichlari bilan belgilanishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erishsa boʻladigan boʻlishi — koʻrsatkichlar amaliy, real va mavjud resurslar hamda tashkiliy imkoniyatlarga mos boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaffof boʻlishi — erishiladigan koʻrsatkichlar davlat buyurtmachisi va autsorser uchun ochiq boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
natijaga yoʻnaltirilgan boʻlishi — koʻrsatkichlar autsorserga oʻtkazilayotgan funksiyaning maqsadlariga erishishni taʼminlashi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli boʻlishi — koʻrsatkichlarga erishish uchun aniq, real va asoslangan vaqt davri belgilanishi hamda belgilangan vaqt oraligʻida bajariladigan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat korxonalari autsorsingga oʻtkazilayotgan har bir funksiya boʻyicha namunaviy samaradorlikning asosiy koʻrsatkichlarini (KPI) tasdiqlaydi va har yili 1-fevralga qadar maxsus sahifada eʼlon qilib borilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Autsorsing xizmatini koʻrsatish boʻyicha shartnoma davlat buyurtmachisi va autsorser oʻrtasida bir moliya yili uchun elektron shaklda tuziladi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Autsorsing shartnomasi autsorser tomonidan majburiyatlar toʻliq bajarilishi hamda samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha baholash natijalaridan kelib chiqib, Xarid komissiyasining ijobiy qaroriga koʻra bir yilgacha uzaytirilishi mumkin, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno. Bunda shartnomani faqat bir marta uzaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Koʻrsatilgan xizmatlar hisob-kitobi shartnoma oylik summasining 15 foizi oldindan oʻtkazib berilgach, qolgan 85 foizi haqiqatda koʻrsatilgan xizmatlar hajmi va sifatidan kelib chiqib, hisobot oyidan keyingi oyning yakuniga qadar amalga oshiriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorsing shartnomasiga kiritiladigan autsorserga nisbatan minimal talab va majburiyatlar ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan tasdiqlanadigan samaradorlik koʻrsatkichlariga (KPI) muvofiq shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro etuvchi hokimiyat organi va davlat korxonalari tomonidan tasdiqlanadigan minimal majburiy samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) autsorsing shartnomasining ajralmas qismi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisi va autsorser oʻrtasidagi hisob-kitob koʻrsatilgan xizmatlarning samaradorlik koʻrsatkichlaridan (KPI) kelib chiqib, baholash natijalariga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Agar qonunchilik hujjatlarida yoki autsorsing shartnomasida autsorserning shartnomada koʻrsatilgan ishni shaxsan oʻzi bajarish majburiyatlari kelib chiqmasa, autsorser oʻz majburiyatlarining bir qismini bajarish uchun boshqa shaxslar (subautsorserlar)ni jalb qilishga haqli. Bunda autsorser subautsorserlar bilan tuzilgan shartnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni u tuzilgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida davlat buyurtmachisini xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subautsorser davlat buyurtmachisining autsorsing shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun autsorser oldida javobgar boʻladi, davlat buyurtmachisi oldida esa, autsorser oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligining oqibatlari uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subautsorsing shartnomasi fuqarolik qonunchiligi qoidalari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Autsorser tomonidan shartnomani bajarishga jalb etiladigan subautsorser ushbu Nizomning 8-bandida ishtirokchilarga qoʻyilgan talablarga mutanosib tarzda javob berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Autsorser subautsorserni jalb etishdan oldin uning ushbu talablarga javob berishini mustaqil ravishda tekshiradi va tasdiqlovchi hujjatlarni davlat buyurtmachisining talabi boʻyicha taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat xaridlarini amalga oshirish jarayoni yakunlanmagan yoki tanlash (tender) oʻtkazilmagan deb hisoblangan taqdirda, shuningdek, autsorser bilan shartnoma bekor qilinganda, ushbu davlat buyurtmachilarida autsorser aniqlangunga qadar belgilangan tartibda funksiya anʼanaviy usulda tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat buyurtmachisi xodimlar bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Autsorsing shartnomasiga oʻzgartirish kiritish, uni bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Autsorsing shartnomasiga quyidagi hollarda davlat buyurtmachisi va autsorser oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sudgacha va sud tartibida oʻzgartirish kiritilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma qiymati va ish hajmi 10 foizgacha oshganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma qiymati oʻzgarmasdan ish hajmi 10 foizgacha oshganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilishi lozim boʻlgan ish hajmi oʻzgarmasdan shartnoma qiymati 10 foizgacha oshganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yoki har ikki tarafning majburiyatlari hajmi oʻzgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorsing xizmatini koʻrsatish davriyligi oʻzgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fors-major holatlarida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda shartnomaning qiymati oshishi bilan bogʻliq oʻzgarishlar iqtisodiyot va moliya organlarining xulosalari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Autsorsing shartnomasining qiymatiga quyidagi hollarda oʻzgartirish kiritilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma boʻyicha koʻrsatiladigan ish/xizmatlar narxi oʻzgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma boʻyicha autsorser oʻz majburiyatlarining bir qismini bajarishni davlat buyurtmachisi bilan kelishgan holda rad etganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Autsorsing shartnomasi boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan ish hajmiga quyidagi hollarda oʻzgartirish kiritilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisi yoki autsorser tomonidan autsorsing shartnomasining qiymati oʻzgartirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma boʻyicha autsorser oʻz majburiyatlarining bir qismini bajarishni davlat buyurtmachisi bilan kelishgan holda rad etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorsing xizmatini koʻrsatish sharoitlari oʻzgarganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Autsorsing shartnomasi quyidagi hollarda bir tomonlama bekor qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorser tadbirkorlik subyekti faoliyati tugatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisining aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmasi autsorser tomonidan oʻz vaqtida bajarilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan samaradorlik koʻrsatkichlariga (KPI) erishish boʻyicha baholash natijalari 70 foizdan kam boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorser xizmat koʻrsatishdan ixtiyoriy ravishda voz kechganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Autsorsing shartnomasi bekor qilinganda qaytadan tanlash (tender) oʻtkaziladi. Bunda qaytadan tanlash (tender) oʻtkazish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Autsorser va davlat buyurtmachisining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Autsorser quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisi bilan tuzilgan shartnomani bajarish jarayonida tushuntirishlar olish uchun unga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatgan xizmatlar uchun toʻlovni shartnomada belgilangan miqdor va muddatda talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatlar tannarxining oʻzgarishi munosabati bilan shartnomaga oʻzgartirish kiritish taklifi bilan chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisidan koʻrsatilgan xizmatlarni samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha baholash natijalarini asoslab berishni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisidan shartnoma shartlarining bajarilishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma shartlariga muvofiq va (yoki) qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda shartnomani bekor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Autsorser qonunchilik hujjatlariga hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Autsorser:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma shartlariga muvofiq autsorsingga berilgan funksiyaning sifatli bajarilishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorsing xizmatini koʻrsatishda belgilangan muddatlarga rioya qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomani bajarish jarayonida davlat buyurtmachisiga uning soʻrovi boʻyicha tushuntirishlar va axborot berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari talablariga va maxfiylik tartibiga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorsing xizmatini tashkil etish va oʻtkazishda korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisiga autsorsing xizmatini amalga oshiradigan xodimlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisiga tegishli boʻlgan binoda faoliyat olib borgan taqdirda, davlat buyurtmachisining ish rejimi, maxfiylik va axborotdan foydalanish rejimi, oʻzini tutish qoidalariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorsing xizmatini koʻrsatishda texnika, yongʻin, mehnat muhofazasi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qatʼiy rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisi tomonidan shartnomada keltirilgan xizmat turlari sifati boʻyicha oʻtkaziladigan nazorat tadbirlari jarayonlariga toʻsqinlik qilmasligi va soʻralgan maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomani bekor qilish haqida davlat buyurtmachisini kamida ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirishi, ushbu muddat tugaguniga qadar esa davlat buyurtmachisining tegishli xizmatlarini uzluksiz tashkil etishni taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Autsorser zimmasiga qonunchilik hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Davlat buyurtmachisi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorser tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar boʻyicha samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) belgilangan tartibda tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha autsorsing xizmatini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorsing xizmatining sifatli koʻrsatilishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sifatini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorsing xizmatini koʻrsatishda qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini tasdiqlangan rejaga asosan nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan hollarda belgilangan tartibda shartnomani bekor qilish choralarini koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi qonunchilik hujjatlariga hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Davlat buyurtmachisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaga muvofiq belgilangan muddat va shartlar asosida autsorserga koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorserga uning soʻrovi boʻyicha tushuntirishlar va axborot berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorserning faoliyatiga aralashmagan holda, shartnoma shartlarining bajarilishini nazorat qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi zimmasiga qonunchilik hujjatlari va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Autsorsing xizmati koʻrsatilishi yuzasidan nazorat va monitoringni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Autsorsing xizmati koʻrsatilishi yuzasidan nazorat va monitoring davlat buyurtmachisi tomonidan shartnomada belgilangan shartlarda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:

autsorsing xizmati samaradorligini baholash Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-sentabrdagi 596-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisi autsorsing xizmatini baholash va nazorat qilish uchun jamoatchilik nazorati subyektlari, tegishli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat tarkibda maxsus guruh tuzishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Davlat buyurtmachisi autsorser tomonidan tashkil etilgan xizmatlarning qonunchilik hujjatlari talablariga toʻliq muvofiqligini nazorat qiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorsing xizmati koʻrsatilishi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi va soʻrovnomalar oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorser tomonidan koʻrsatiladigan xizmatni qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini oʻrganadi va tahlil qiladi, zarur hollarda, mutaxassislar jalb etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorsing xizmati boʻyicha taqdim etilgan hisobotlar va boshqa maʼlumotlarni tahlil qilish orqali autsorserlar faoliyati samaradorligini doimiy ravishda baholab boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorser tomonidan qonunchilik hujjatlari talablari va shartnoma shartlariga rioya qilinmasligi holatlari aniqlanganda, ularni bartaraf etish boʻyicha autsorserga koʻrsatmalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻziga yuklangan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Davlat buyurtmachisi tashkilotlarning komplayens-nazorat boʻlinmalari (yoki ushbu vazifa yuklatilgan masʼul shaxs) autsorsing xizmatlarini tashkil etishga masʼul boʻlgan xodimlarni manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaviy holatlarga yoʻl qoʻymasliklari ustidan doimiy nazorat olib borishga masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 306-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro etuvchi hokimiyat organlarida autsorsingga oʻtkazish uchun ustuvor yoʻnalishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

1. Bino va inshootlarni saqlash, ularga texnik xizmat koʻrsatish hamda joriy taʼmirlash ishlari, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
landshaft dizayni va hududlarni parvarishlash xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fasadlarni tozalash va yuvish xizmatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Santexnika, elektr taʼminoti, isitish va shamollatish tizimlariga xizmat koʻrsatish hamda taʼmirlash ishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Binolarni tozalash, hududlarni obodonlashtirish va sanitariya-gigiyena xizmatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kir yuvish xizmatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ovqatlantirish xizmatlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlarini koʻrsatish, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompyuter texnikasiga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqlarni boshqarish va texnik qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarni saqlash va zaxiralash (bulutli xizmatlar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Madaniy yoki sport tadbirlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Murojaatlar bilan ishlaydigan “0000” qisqa raqamli “Call-markaz” xizmatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Arxiv ishi xizmati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Transport va logistika xizmatlari, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarida yoʻlovchilarni tashish xizmatlari (misol uchun, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga olis hududlardan qatnaydigan oʻquvchilar uchun avtobuslar qatnovini tashkil etish, “IT-shaharcha”larga yoshlarni tashish xizmatlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻllarini ekspluatatsiya qilish ishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl chiziqlarini chizish, yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalarini oʻrnatish, almashtirish va ularga texnik xizmat koʻrsatish xizmatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish ishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kadrlarni oʻqitish, malaka oshirish va treninglar tashkil etish ishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Keng jamoatchilikka axborot berish (PR, media, reklama) xizmatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Laboratoriya va tahlil xizmatlari (sogʻliqni saqlash, ekologiya yoki qishloq xoʻjaligi sohalaridagi laboratoriya tahlillari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tibbiy buyumlarni zararsizlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oqava suv xizmatlari.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2026-y., 09/26/306/0560-son)