20.05.2022 yildagi 276-son
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatli usullarini amaliyotga joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunining eng yaxshi takliflarni tanlash va tender xarid qilish tartib-taomillarini majburiy tartibda elektron shaklda o‘tkazish to‘g‘risidagi talabi 2022-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kirganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuniga (keyingi o‘rinlarda — Qonun) muvofiq davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
38. Elektron do‘kon vositasidagi davlat xaridlari Qonunning 5-bobi hamda ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
39. Elektron do‘kon vositasidagi davlat xaridi Qonunning 49-moddasida belgilangan mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi.
40. Ishtirokchi tomonidan elektron do‘konda joylashtirilgan taklifda Qonunning 50-moddasida qayd etilgan ma’lumotlar va tovarni yetkazib berish muddati ko‘rsatiladi.
47. Auksion vositasidagi davlat xaridlari Qonunning 6-bobi va ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
48. Auksion vositasidagi davlat xaridi Qonunning 52-moddasida belgilangan mezonlar bir vaqtning o‘zida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi.
57. Tanlash vositasidagi davlat xaridlari Qonunning 7-bobi va ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
58. Tanlash vositasidagi davlat xaridi Qonunning 56-moddasida belgilangan shartlar bir vaqtning o‘zida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi.
59. Tanlashni o‘tkazishda xarid komissiyasi Qonunning 20 va 57-moddalarida belgilangan tartibda shakllantiriladi va tarqatib yuboriladi.
Bunda majburiy mezonlar belgilanishida Qonunning 34-moddasiga muvofiq ishtirokchilarga nisbatan raqobatni cheklovchi talablar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
106. Tender vositasidagi davlat xaridlari Qonunning 8-bobiga, ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
107. Tender vositasidagi davlat xaridi Qonunning 64-moddasida belgilangan shartlar bir vaqtning o‘zida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi.
108. Tenderni o‘tkazishda xarid komissiyasi Qonunning 20 va 65-moddalarida belgilangan tartibda shakllantiriladi va tarqatib yuboriladi.
Bunda majburiy mezonlar belgilanishida Qonunning 34-moddasiga muvofiq ishtirokchilarga nisbatan raqobatni cheklovchi talablar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
198. Mazkur Nizomning 197-bandida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar Reyestrga yagona yetkazib beruvchi sifatida kiritish haqidagi ariza bilan vakolatli organga murojaat etishlari mumkin.
mazkur Nizomning 199-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni (ma’lumotlarni, axborotlarni) to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etish;

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ishtirokchi

Elektron do‘konga o‘z ofertasini o‘n besh ish kuniga joylashtiradi.

Ixtiyoriy ravishda

2-bosqich

Davlat buyurtmachisi

Elektron do‘konda ishtirokchilarning ofertalarini o‘rganish yo‘li bilan o‘zi uchun zarur bo‘lgan tovarni (ishni, xizmatni) tanlaydi va narx so‘rovi mexanizmidan foydalanadi.

Ixtiyoriy

3-bosqich

Davlat xaridlarining elektron tizimi

Tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchiga, shuningdek, elektron do‘konda o‘xshash tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) taklif etayotgan barcha ishtirokchilarga narxlar so‘rovi mexanizmini amalga oshirgan holda xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etish to‘g‘risida takliflarni yuboradi.

Avtomatik ravishda

4-bosqich

Takliflarni olgan ishtirokchi

Narxlar so‘rovida ishtirok etish to‘g‘risida taklif tushgandan so‘ng o‘z takliflarini berishi mumkin.

Qirq sakkiz soat ichida

5-bosqich

Davlat xaridlarining elektron tizimi

1. Ishtirokchilar tomonidan berilgan narx bo‘yicha takliflarni taqqoslashni amalga oshiradi.

2. Davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan ishtirokchining ofertasida bayon etilgan shartlarga muvofiq hamda ishtirokchilar tomonidan taklif etilgan eng past narxda shartnomani shakllantiradi.

3. T�zilgan shartnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shartnomalarning yagona reyestriga kiritadi.

4. Agar xarid qilish tartib-taomilining yakuniga ko‘ra faqat tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchigina ishtirok etgan bo‘lsa, davlat buyurtmachisi va ishtirokchi o‘rtasida elektron shaklda savdolashish imkonini yaratadi va savdolar yakuniga ko‘ra shartnomani shakllantiradi yoki xarid qilish tartib-taomilini o‘tkazilmagan deb topadi.

Avtomatik ravishda

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Davlat buyurtmachisi

1. Toq sonli va kamida besh nafar a’zodan iborat tarkibda xarid komissiyasini tuzadi.

2. Xarid komissiyasining har bir a’zosiga va mas’ul kotibiga davlat xaridlarining elektron tizimida shaxsiy kabinet ochadi.

3. Tanlash o‘tkazish haqidagi e’lon, tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjati loyihasi matnini ishlab chiqadi va xarid komissiyasiga kelishish uchun elektron shaklda kiritadi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Xarid komissiyasi

Tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjatlarini qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ko‘rib chiqadi va kelishadi.

Zaruratga ko‘ra

3-bosqich

Davlat buyurtmachisi

Xarid komissiyasi bilan kelishilgan tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjatlarini ERI bilan tasdiqlaydi.

Zaruratga ko‘ra

4-bosqich

Davlat buyurtmachisi

Tasdiqlangan tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjatlari, shuningdek, tanlash o‘tkazish haqidagi e’lonni davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiradi.

Takliflarini qabul qilish muddati tugashidan kamida besh ish kuni oldin

5-bosqich

Ishtirokchi

Tanlash bo‘yicha elektron taklifni o‘zining shaxsiy kabineti orqali taqdim etadi.

E’londa ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmay

6-bosqich

Davlat xaridlarining elektron tizimi

1. Tanlash taklifi ishtirokchilar, xarid komissiyasi mas’ul kotibi va a’zolari va boshqa shaxslar tomonidan ko‘rilishiga yo‘l qo‘ymaydi, bundan ushbu taklifni taqdim etgan ishtirokchi mustasno.

2. Ishtirokchi taklif etayotgan narxning boshlang‘ich narxga muvofiqligini va elektron maydonlarning to‘ldirilganligini hamda biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi.

3. Ishtirokchi tomonidan taklif etilayotgan narx boshlang‘ich narxdan yuqori bo‘lsa, shuningdek, to‘ldirilishi majburiy bo‘lgan maydonlar to‘ldirilmagan bo‘lsa yoki biriktirilishi majburiy bo‘lgan fayllar mavjud bo‘lmasa, rad etish sababini ko‘rsatgan holda ishtirokchining taklifini rad etadi.

Tanlash takliflarini ochish muddati yetib kelgunga qadar

7-bosqich

Davlat xaridlarining elektron tizimi

Ishtirokchilar tomonidan joylashtirilgan va ularning tanlash takliflarini tashkil etuvchi elektron hujjatlarni xarid komissiyasi mas’ul kotibi va a’zolariga ko‘rish imkoniyatini beradi.

Takliflarni qabul qilish muddati tugagandan so‘ng darhol

8-bosqich

Xarid komissiyasining mas’ul kotibi

1. Biriktirilgan fayllardagi ma’lumotlarning ishtirokchining tanlash taklifida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligini tekshiradi.

2. Tanlash taklifi tegishli tarzda rasmiylashtirilganligi yoki rasmiylashtirilmaganligi bo‘yicha qarorni uning asoslangan sabablari bilan tasdiqlash uchun xarid komissiyasiga kiritadi.

Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda

9-bosqich

Davlat xaridlarining elektron tizimi

Ishtirokchining tanlash taklifi talablarga mos kelmaganligi to‘g‘risidagi qarorni ishtirokchining shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Qaror qabul qilingan kunda

10-bosqich

Davlat xaridlarining elektron tizimi

Tanlash taklifining miqdoriy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan, narx qismini baholaydi.

Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda

11-bosqich

Xarid komissiyasi

Miqdor ko‘rsatkichlariga ega bo‘lmagan taklifning texnik qismining mezonlari (ekspert mezonlari) bo‘yicha ishtirokchilarning takliflarini ovoz berish orqali taqqoslashni amalga oshiradi va baholaydi.

Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda

12-bosqich

Davlat xaridlarining elektron tizimi

1. Tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlardan kelib chiqib:

tanlash taklifining texnik va narx qismlarini baholashni hisobga olgan holda eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchini (ball usulidan foydalanganda);

tanlash takliflarining texnik qismini baholash natijalariga ko‘ra tanlashda ishtirok etishni davom ettirishga ruxsat berilgan ishtirokchilar orasidan eng past narxni taklif etgan ishtirokchini (eng past narx usulidan foydalanganda) g‘olib sifatida aniqlaydi.

2. Ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar bir xil ball to‘plagan bo‘lsa (ball usulidan foydalanganda) yoki bir xil narx taklif qilgan bo‘lsa (eng past narx usulidan foydalanganda), tanlash taklifini barchadan oldin joylashtirgan ishtirokchini g‘olib deb topadi.

3. Tanlash takliflarini ko‘rib chiqish hamda baholash natijalarini avtomatik ravishda shakllanadigan dastlabki elektron bayonnomada qayd etadi.

Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda

13-bosqich

Xarid komissiyasi a’zolari

Dastlabki elektron bayonnomani ERIdan foydalangan holda imzolaydi.

Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda

14-bosqich

Davlat xaridlarining elektron tizimi

Dastlabki elektron bayonnomani muhokama uchun joylashtiradi.

Dastlabki bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan e’tiboran ikki ish kunida

15-bosqich

Xarid komissiyasi

1. Agar ikki ish kuni ichida tanlash ishtirokchilari tomonidan tanlash o‘tkazish natijalari bo‘yicha e’tirozlar tushmagan bo‘lsa, bu to‘g‘risida tegishli elektron bayonnomani rasmiylashtiradi.

2. Tanlash o‘tkazish natijalari bo‘yicha tanlash ishtirokchilaridan e’tirozlar tushganda ushbu e’tirozlarni ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.

Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda

16-bosqich

Davlat buyurtmachisi

G‘olib deb topilgan ishtirokchi bilan elektron shaklda shartnoma tuzadi.

G‘olib aniqlangan vaqtdan boshlab o‘n ish kunida

17-bosqich

Davlat xaridlarining elektron tizimi

Tuzilgan shartnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Shartnomalarning yagona reyestriga joylashtiradi.

Av�omatik ravishda

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Davlat buyurtmachisi

1. Toq sonli va kamida yetti nafar a’zodan iborat tarkibda xarid komissiyasini tuzadi.

2. Xarid komissiyasining har bir a’zosiga va mas’ul kotibiga davlat xaridlarining elektron tizimida shaxsiy kabinet ochadi.

3. Tender o‘tkazish haqidagi e’lonning, tender bo‘yicha xarid qilish hujjatining va shartnoma loyihasining matnini ishlab chiqadi va xarid komissiyasiga kelishish uchun elektron shaklda kiritadi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Xarid komissiyasi

Tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarini qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ko‘rib chiqadi va kelishadi.

Zaruratga ko‘ra

3-bosqich

Davlat buyurtmachisi

Xarid komissiyasi bilan kelishilgan tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarini ERI bilan tasdiqlaydi.

Zaruratga ko‘ra

4-bosqich

Davlat buyurtmachisi

Tasdiqlangan tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari, shuningdek, tender o‘tkazish haqidagi e’lonni davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiradi.

Takliflarini qabul qilish muddati tugashidan kamida o‘n ikki ish kuni oldin va ko‘pi bilan o‘ttiz ish kuni oldin

5-bosqich

Ishtirokchi

Tender taklifini elektron taklif ko‘rinishida o‘zining shaxsiy kabineti orqali taqdim etadi.

E’londa ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmay

6-bosqich

Davlat xaridlarining elektron tizimi

1. Tender taklifi ishtirokchilar, xarid komissiyasi mas’ul kotibi va a’zolari va boshqa shaxslar tomonidan ko‘rilishiga yo‘l qo‘ymaydi, bundan ushbu taklifni taqdim etgan ishtirokchi mustasno.

2. Ishtirokchi taklif etayotgan narxning boshlang‘ich narxga muvofiqligini va elektron maydonlarning to‘ldirilganligini hamda biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi.

3. Ishtirokchi tomonidan taklif etilayotgan narx boshlang‘ich narxdan yuqori bo‘lsa, shuningdek, to‘ldirilishi majburiy bo‘lgan maydonlar to‘ldirilmagan bo‘lsa yoki biriktirilishi majburiy bo‘lgan fayllar mavjud bo‘lmasa, rad etish sababini ko‘rsatgan holda ishtirokchining taklifini rad etadi.

Tender takliflarini ochish muddati yetib kelgunga qadar

 

7-bosqich

Davlat xaridlarining elektron tizimi

1. Ishtirokchilar tomonidan joylashtirilgan va ularning tender takliflarini tashkil etuvchi elektron hujjatlarni xarid komissiyasi mas’ul kotibi va a’zolariga ko‘rish imkoniyatini beradi.

2. Tender taklifining malaka, texnik va narx qismlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar tender taklifining oldingi qismi baholanishi yakunlangandan so‘ng ketma-ketlik bilan oshkor qilinishini ta’minlaydi.

Takliflarni qabul qilish muddati tugagandan so‘ng darhol

8-bosqich

Xarid komissiyasining mas’ul kotibi

1. Biriktirilgan fayllardagi ma’lumotlarning ishtirokchining tender taklifida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligini tekshiradi.

2. Tender taklifi tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarining talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi bo‘yicha qarorni uning asoslangan sabablari bilan tasdiqlash uchun xarid komissiyasiga kiritadi.

Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran qirq besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda

9-bosqich

Davlat xaridlarining elektron tizimi

Tender taklifining miqdoriy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan, narx qismini baholaydi.

Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran qirq besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda

10-bosqich

Xarid komissiyasi

Miqdor ko‘rsatkichlariga ega bo‘lmagan taklifning texnik qismining mezonlari (ekspert mezonlari) bo‘yicha ishtirokchilarning takliflarini ovoz berish orqali taqqoslashni amalga oshiradi va baholaydi.

Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran qirq besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda


11-bosqich

Davlat xaridlarining elektron tizimi

1. Tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlardan kelib chiqib:

tender taklifining texnik va narx qismlarini baholashni hisobga olgan holda eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchini (ball usulidan foydalanganda);

tender takliflarining texnik qismini baholash natijalariga ko‘ra tenderda ishtirok etishni davom ettirishga ruxsat berilgan ishtirokchilar orasidan eng past narxni taklif etgan ishtirokchini (eng past narx usulidan foydalanganda) g‘olib sifatida aniqlaydi.

2. Ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar bir xil ball to‘plagan bo‘lsa (ball usulidan foydalanganda) yoki bir xil narx taklif qilgan bo‘lsa (eng past narx usulidan foydalanganda), tender taklifini barchadan oldin joylashtirgan ishtirokchini g‘olib deb hisoblaydi.

3. Tender takliflarini ko‘rib chiqish hamda baholash natijalarini avtomatik ravishda shakllanadigan elektron bayonnomada qayd etadi.

Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran qirq besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda

12-bosqich

Xarid komissiyasi a’zolari

Elektron bayonnomani ERIdan foydalangan holda imzolaydi.

Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran qirq besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda

13-bosqich

Davlat buyurtmachisi

G‘olib deb topilgan ishtirokchi bilan elektron shaklda shartnoma tuzadi.

G‘olib aniqlangan vaqtdan boshlab o‘n ish kunida

14-bosqich

Davlat xaridlarining elektron tizimi

Tuzilgan shartnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Shartnomalarning yagona reyestriga joylashtiradi.

Avtomatik ravishda

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Korporativ buyurtmachisi

1. Toq sonli va kamida yetti nafar a’zodan iborat tarkibda xarid komissiyasini tuzadi.

2. Xarid komissiyasining har bir a’zosiga va mas’ul kotibiga davlat xaridlarining elektron tizimida shaxsiy kabinet ochadi.

3. Hadli kelishuv orqali xaridlarni amalga oshirish haqidagi e’lonning, xarid qilish hujjatlarining, hadli kelishuv va shartnoma loyihasining matnini ishlab chiqadi va xarid komissiyasiga kelishish uchun elektron shaklda kiritadi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Xarid komissiyasi

Xarid qilish hujjatlarini qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ko‘rib chiqadi va kelishadi.

Zaruratga ko‘ra

3-bosqich

Korporativ buyurtmachisi

Xarid komissiyasi bilan kelishilgan xarid qilish hujjatlarini ERI bilan tasdiqlaydi.

Zaruratga ko‘ra

4-bosqich

Korporativ buyurtmachisi

Xarid qilish hujjatlari, hadli kelishuv va shartnoma loyihasi, shuningdek, hadli kelishuv orqali xaridlar o‘tkazish haqidagi e’lonni davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiradi.

Takliflarini qabul qilish muddati tugashidan kamida o‘n ikki ish kuni oldin va ko‘pi bilan o‘ttiz ish kuni oldin

5-bosqich

Ishtirokchi

Hadli kelishuv taklifini elektron taklif ko‘rinishida o‘zining shaxsiy kabineti orqali taqdim etadi.

E’londa ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmay

6-bosqich

Davlat xaridlarining elektron tizimi

1. Hadli kelishuv taklifi ishtirokchilar, xarid komissiyasi mas’ul kotibi va a’zolari va boshqa shaxslar tomonidan ko‘rilishiga yo‘l qo‘ymaydi, bundan ushbu taklifni taqdim etgan ishtirokchi mustasno.

2. Ishtirokchi taklif etayotgan narxning boshlang‘ich narxga muvofiqligini va elektron maydonlarning to‘ldirilganligini hamda biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi.

3. Ishtirokchi tomonidan taklif etilayotgan narx boshlang‘ich narxdan yuqori bo‘lsa, shuningdek, to‘ldirilishi majburiy bo‘lgan maydonlar to‘ldirilmagan bo‘lsa yoki biriktirilishi majburiy bo‘lgan fayllar mavjud bo‘lmasa, rad etish sababini ko‘rsatgan holda ishtirokchining taklifini rad etadi.

Hadli kelishuv takliflarini ochish muddati yetib kelgunga qadar

7-bosqich

Davlat xaridlarining elektron tizimi

Ishtirokchilar tomonidan joylashtirilgan va ularning hadli kelishuv takliflarini tashkil etuvchi elektron hujjatlarni xarid komissiyasi mas’ul kotibi va a’zolariga ko‘rish imkoniyatini beradi.

Takliflarni qabul qilish muddati tugagandan so‘ng darhol

8-bosqich

Xarid komissiyasining mas’ul kotibi

1. Biriktirilgan fayllardagi ma’lumotlarning ishtirokchining hadli kelishuv taklifida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligini tekshiradi.

2. Hadli kelishuv taklifi xarid qilish hujjatlarining talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi bo‘yicha qarorni uning asoslangan sabablari bilan tasdiqlash uchun xarid komissiyasiga kiritadi.

Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran qirq besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda

9-bosqich

Davlat xaridlarining elektron tizimi

Hadli kelishuv taklifining miqdoriy ko‘rsatkichlarini baholaydi.

Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran qirq besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda

10-bosqich

Xarid komissiyasi

Miqdor ko‘rsatkichlariga ega bo‘lmagan taklifning texnik qismining mezonlari (ekspert mezonlari) bo‘yicha ishtirokchilarning takliflarini ovoz berish orqali taqqoslashni amalga oshiradi va baholaydi.

Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran qirq besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda

11-bosqich

Davlat xaridlarining elektron tizimi

1. Xarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq bo‘lgan ishtirokchilarni aniqlaydi.

2. Xarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq bo‘lgan ishtirokchilarning soni uchtadan kam bo‘lgan taqdirda, hadli kelishuv bo‘yicha xarid qilish tartib-taomilini bo‘lib o‘tmagan deb hisoblaydi.

3. Hadli kelishuv takliflarini ko‘rib chiqish hamda baholash natijalarini avtomatik ravishda shakllanadigan birinchi bosqichning elektron bayonnomasida qayd etadi.

Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran qirq besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda

12-bosqich

Xarid komissiyasi a’zolari

Elektron bayonnomani ERIdan foydalangan holda imzolaydi.

Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran qirq besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda

13-bosqich

Korporativ buyurtmachi

Hadli kelishuv tartib-taomilining birinchi bosqichi natijalariga ko‘ra xarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq bo‘lgan kamida uch nafar ishtirokchi bilan hadli kelishuvni imzolaydi.

G‘olib aniqlangan vaqtdan boshlab o‘n ish kunida

14-bosqich

Korporativ buyurtmachi

1. Hadli kelishuv tartib-taomilining ikkinchi bosqichida korporativ buyurtmachi shartnomani tuzish uchun birinchi bosqichdan o‘tib, hadli kelishuv tuzilgan barcha ishtirokchilarga ishtirok etish uchun davlat xaridlarining elektron tizimi orqali narx so‘rovini yuboradi.

2. Narx so‘rovi va yakuniy baholash natijalariga ko‘ra aniqlangan g‘olib bilan hadli kelishuvning umumiy summasi va amal qilish muddati doirasida shartnoma tuzadi.

Hadli kelishuvning amal qilish muddati doirasida

15-bosqich

Davlat xaridlarining elektron tizimi

Tuzilgan shartnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Shartnomalarning yagona reyestriga joylashtiradi.

Avtomatik ravishda