10.06.2026 yildagi PQ-219-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati hududlarini kompleks rivojlantirish va aholi turmush darajasini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyatining olis va chekka hududlarini manzilli rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyati uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, mavjud zaxira imkoniyatlarini ishga solish orqali yuqori iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish, yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish, ijtimoiy obyektlar holatini yaxshilash va qurilish ishlarini jadallashtirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu qarorning maqsadlari 2026-yilda Samarqand viloyatining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Narpay, Paxtachi, Pastdargʻom tumanlarida va Kattaqoʻrgʻon shahrida ishsizlik darajasini 4-3 foizgacha va kambagʻallik darajasini 2,5 — 2 foizgacha tushirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Ishtixon, Narpay, Nurobod, Kattaqoʻrgʻon, Oqdaryo, Paxtachi, Toyloq va Qoʻshrabot tumanlarida eksport hajmini oʻrtacha 20 foizga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Samarqand shahri, Nurobod va Samarqand tumanlarida joylashtirish vositalari sonini 850 taga va ulardagi oʻrinlar sonini 20 mingtaga, turizm xizmatlari hajmini 750 million AQSH dollariga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Bulungʻur, Jomboy, Kattaqoʻrgʻon, Narpay, Nurobod, Payariq, Paxtachi, Urgut va Qoʻshrabot tumanlari hamda Kattaqoʻrgʻon shahrida bozor xizmatlari va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 barobargacha oshirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Samarqand viloyatining olis va chekka hududlarini manzilli rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Bulungʻur, Narpay, Oqdaryo tumanlari boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Uzagrostar xolding” kompaniyasi, “Turonbank” ATB bilan birgalikda 2026-yil 30-iyunga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Misrdan 250 ming dona kartoshka mini-tuganagini olib kelib, Bulungʻur tumanida koʻpaytirish ishlarini boshlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Niderlandiyadan 4 ming tonna urugʻlik uchun kartoshkani olib kelib, fermer xoʻjaliklariga ustamasiz yetkazib berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Samarqand viloyati hokimligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-avgustga qadar Oqdaryo tumanida 100 gektar yer maydonida mini-tuganak ekib, olingan 4 ming tonna super-super elita kartoshka urugʻi belgilangan tartibda dehqonlarga bepul tarqatilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Samarqand viloyati hokimligi viloyatda parrandachilik sohasini rivojlantirish va parranda genetikasi maktabini yaratish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Bulungʻur tumanida Xitoy Xalq Respublikasidagi hamkorlar bilan birgalikda qiymati 50 million AQSH dollariga teng boʻlgan yiliga 100 ming bosh ishlab chiqarish quvvatiga ega naslchilik korxonasini ishga tushirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Oqdaryo, Qoʻshrabot va Samarqand tumanlarida niderlandiyalik investorlar bilan hamkorlikda 20 million AQSH dollari qiymatidagi yillik ishlab chiqarish quvvati 800 ming dona naslli joʻja yoʻnalishidagi korxona faoliyatini yoʻlga qoʻyishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Narpay tumanining 100 gektar yer maydonida yuqori qoʻshilgan qiymatli sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan sanoat zonasini tashkil etish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda 2026 — 2028-yillarda Samarqand viloyatida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) sanoat zonasi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish uchun Yaponiyaning 10 ta yirik kompaniyalarini jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) jami 500 million AQSH dollari qiymatidagi, shundan “Oʻzsanoatqurilishbank” AJ 200 million AQSH dollari, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi 200 million AQSH dollari hamda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi 100 million AQSH dollari qiymatidagi loyihalarni amalga oshirishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Samarqand viloyati hokimligi Suv xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Narpay tumani hududidan oʻtgan Narpay kanali boʻyidagi 2 kilometr hududda xizmat koʻrsatish va aholi dam olish maskanlarini tashkil etish uchun yer uchastkalarini lotlarga boʻlib, elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Mikrokreditbank” ATB, AT “Aloqabank”, “Uzagrostar xolding” kompaniyasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Narpay tumanida qulupnaychilik maktabini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, qulupnaychilik maktabi aholini oʻz tomorqalaridan samarali foydalanish, serdaromad ekin turlarini yetishtirish, mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash va qadoqlashning zamonaviy usullarini oʻrgatishga ixtisoslashgan markaz sifatida faoliyat yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Samarqand viloyati hokimligi uch oy muddatda 5 million AQSH dollari miqdoridagi xalqaro moliya institutlarining grant mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan 2026-2027-yillarda viloyatning 25 ta mahallasidagi 3 mingta xonadonni qulupnaychilikka ixtisoslashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Mikrokreditbank” ATB Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda sunʼiy intellektdan foydalangan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Narpay tumanida loyihaviy yondashuv asosida mahallalar ixtisoslashuvini chuqurlashtirsin va ularning solishtirma ustunliklarini tahlil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) mahallalarning oʻsish va rivojlanish nuqtalarini aniqlagan holda mahsulot yetishtirish, tovar ishlab chiqarish, ularni sotish bozorlarini topish tajribasini yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Paxtachi, Pastdargʻom, Toyloq, Urgut va Qoʻshrabot tumanlari hamda Kattaqoʻrgʻon shahri boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2026-2027-yillar davomida Kattaqoʻrgʻon, Narpay va Paxtachi tumanlarida aholi tomorqasi va ijara yer maydonlaridan samarali foydalanish uchun Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan mavjud moliyaviy instrumentlar doirasida har bir tuman uchun 10 milliard soʻm miqdorida mablagʻ ajratilishini taʼminlasin. Bunda ushbu mablagʻlar hisobidan samarasiz eski bogʻlarni rekonstruksiya qilish, yangilarini barpo etish hamda suv taʼminoti ogʻir boʻlgan hududlarda tomorqa va ijara yer maydonlarini sugʻorish uchun tik quduqlarni burgʻilash va quyosh panellarini oʻrnatish hamda boshqa loyihalar moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Uzagrostar xolding” kompaniyasi, Samarqand viloyati hokimligi va AT “Aloqabank” bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Paxtachi tumanining suv taʼminoti ogʻir boʻlgan “Qirguli” MFY hududidagi 28,6 gektar yer maydonida tomchilatib sugʻorish tizimi asosida pista va bodomzor plantatsiyasini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) pista va bodomzor plantatsiyasini tashkil etishga mahalliy aholini jalb etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Uzagrostar xolding” kompaniyasi, AT “Xalq banki” va Samarqand viloyati hokimligi 2026 — 2028-yillarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 300 gektar yer maydonida “in-vitro” koʻchatlaridan uzumzor, 800 gektar yer maydonida intensiv tokzor tashkil etish va 3,5 ming gektar yer maydonida, shu jumladan, Qoʻshrabot tumanining 5 ta mahallasida aholi uchun qulay va yengil shartlar asosida uzumzorni tirgakka (shpalerga) koʻtarish orqali hosildorlikni 2 barobarga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda Qoʻshrabot tumanining 18 ta mahallasidagi 1,2 mingta xonadonni uzumchilikka oʻrgatish va ularning 500 gektar yer maydonlarida, shu jumladan, tomorqalarida uzum yetishtirish uchun koʻchatlarni yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) viloyatdagi mayiz eksportini 15 million AQSH dollariga yetkazish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda 2026-2027-yillar davomida Qoʻshrabot tumanining “Oqchopsoy” MFY hududidagi oʻrmon fondi tarkibidagi 700 gektar yer maydonida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ajratilgan hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan tomchilatib sugʻorish tizimini joriy qilgan holda pistazor va bodomzorlar tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Samarqand viloyati hokimligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2026-2027-yillarda Qoʻshrabot tumanining ogʻir toifadagi “Jombuloq”, “Qoʻrgʻon”, “Qoʻshrabot”, “Kuvkalla”, “Chorloq”, “Bozorjoy” va “Qoratosh” MFYlarining infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga asosan har bir ogʻir toifadagi mahallaning “islohot dasturi”ni moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan quyidagi tadbirlarni amalga oshirish choralarini koʻrsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 22,3 km yoʻllarni qurish, elektr taʼminotini yaxshilash uchun 32 ta transformator, 108,3 km tarmoq tortish va 2 963 ta tayanch ustunlarni oʻrnatish hamda 1 dona sugʻorish tizimiga tik quduq qazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 87 ta tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish orqali 585 nafar aholini ish bilan taʼminlash va daromadlarini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda tajriba tariqasida Bulungʻur, Narpay, Payariq, Pastdargʻom, Toyloq, Urgut va Qoʻshrabot tumanlarining 100 ta xonadonlarida kooperatsiya shartnomasi asosida yengil konstruksiyali binolarda parranda boqishni tashkil etish uchun Yangi ish oʻrinlarini tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan 3 yil muddatga Samarqand viloyati hokimligi tomonidan tavsiya qilingan yetakchi tadbirkorlarga bosqichma-bosqich 30 milliard soʻmgacha foizsiz ssuda ajratsin. Bunda Samarqand viloyati hokimligi kontraktatsiya shartnomalari asosida aholi xonadonlarida binolarni jihozlash hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan naslli joʻjalarni yetkazib berish va joʻjalar yetilgandan soʻng ularni sotib olishni tashkil etishga masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Energetika vazirligi 2026-2027-yillarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Qoʻshrabot tumani “Urganji” MFY hududiga 110 kVs kuchlanishga ega “L-Gornorudnaya-1,2” havo tarmogʻidan ikki zanjirli 42 km elektr tarmogʻini tortish ishlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Chimmos massivida rejalashtirilgan 25 kVs kuchlanishga ega elektr podstansiyasini hamda 110 kVs elektr tarmogʻini qurish ishlarini yakunlasin va foydalanishga topshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Kattaqoʻrgʻon shahri “Gʻ. Machit” MFYda joylashgan Ishbilarmonlik markazi binosida Yoshlar markazi, IT markaz hamda zamonaviy kutubxonalarni tashkil etish uchun Kattaqoʻrgʻon shahri hokimligi balansiga begʻaraz oʻtkazilishini tashkil etsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) binoni mulkdor yuridik shaxs ustav kapitalidagi davlat ulushini qoldiq (balans) qiymatida kamaytirish hisobiga Kattaqoʻrgʻon shahri hokimligiga davlat mulki sifatida operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazib berish masalasi mulkdor yuridik shaxsning tegishli boshqaruv organida koʻrib chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) mulkdor yuridik shaxs ustav kapitalidagi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazilgan ulushlarning balans (qoldiq) qiymati summasi “Oʻzmilliybank” AJ, “Asakabank” AJ va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBlar tomonidan davlat ulushi boʻyicha hisoblangan dividendlar hisobidan qoplab berilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) bino Kattaqoʻrgʻon shahri hokimligiga oʻtkazilgandan soʻng mulkdor yuridik shaxs belgilangan tartibda tugatilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Jomboy tumani “Soʻxmon” MFY Mirzo Ulugʻbek hududidagi 23,6 gektar yer maydoni mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi tarkibiga oʻtkazilsin. Bunda ushbu hududda import oʻrnini bosuvchi va eksportbop mahsulot ishlab chiqarishga moʻljallangan loyihalarni joylashtirish, 90 million AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb qilish va 1 mingta ish oʻrni yaratish nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Samarqand viloyati hokimligining boshqaruv samaradorligini oshirish maqsadida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni boʻyicha I toifali hududlar doirasida Samarqand viloyati hokimligi boshqaruv apparatiga budjet hisobidan 8 ta qoʻshimcha shtat birligi ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Turizm va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. “Oʻzbekiston — xavfsiz turistik yoʻnalish” targʻibot kampaniyasini boshlash maqsadida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2026-yil 1-iyundan boshlab har yilning iyun — avgust oylarida “Ochiq turizm mavsumi” dasturi eʼlon qilinadi va uning doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekiston Respublikasiga yangi reyslarni tashkil etgan xorijiy va mahalliy aviatashuvchilarga xarajatlarning bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi va har bir jalb qilingan xorijiy turist uchun 100 AQSH dollari miqdorida subsidiya toʻlanadi. Bunda ushbu aviatashuvchilar Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan aeroportlarning xizmatlaridan foydalanganda ularga 20 foiz miqdorida chegirma beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan turoperatorlar tomonidan salohiyatli xorijiy davlatlardan jalb qilingan har ming nafar xorijiy turist uchun ularga 5 ming AQSH dollari miqdorida subsidiya ajratiladi. Turizm qoʻmitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantiruvchi subsidiyalarni berish tartibini ishlab chiqsin va salohiyatli xorijiy davlatlar roʻyxatini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) turoperatorlik va mehmonxona xizmatlari boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻining 50 foizi keshbek tarzida qaytariladi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda qoʻshilgan qiymat soligʻining 50 foizini qaytarib berish tizimini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Transport vazirligi Turizm qoʻmitasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil oxiriga qadar turizm uchun yuqori imkoniyatga ega Vena, Kopengagen, Bryussel, Lion, Barselona, Singapur, Osaka, Gonkong va boshqa shaharlardan yangi aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Belgilansinki, sayyohlar oqimini yanada oshirish maqsadida xalqaro marketing va targʻibot tadbirlarini amalga oshirish uchun Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) har biri ijtimoiy tarmoqlarda 5 million nafardan ortiq kuzatuvchiga ega 50 nafar xorijiy blogerga Oʻzbekistonga kelishi uchun yetti kunlik bepul turistik dasturlar taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) dunyodagi yirik onlayn sayyohlik platformalarida Oʻzbekistonga sayohat targʻiboti bilan bogʻliq xarajatlar qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm qoʻmitasi bir oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan ishlarni amalga oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Samarqand viloyati hokimligi Samarqand shahrining Imom Moturidiy yodgorlik majmuasida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan ushbu yodgorlik majmuasi qarshisidan oqib oʻtuvchi “Shaar” kollektori boʻylab uzoq yillardan buyon foydalanib kelinayotgan noqonuniy, eski, arxitektura va shaharsozlik talablariga javob bermaydigan 125 ta obyektning yer uchastkalarini qonunda oʻrnatilgan tartibda olib qoʻyib, aholini boshqa hududga koʻchirish orqali yashash sharoitlarini yaxshilash choralarini koʻrsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Samarqand viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) bir hafta muddatda talab etiladigan mablagʻ ajratish uchun tegishli hujjatlarni Respublika kompensatsiya jamgʻarmasiga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Imom Moturidiy yodgorlik majmuasiga olib boradigan koʻchalar atrofida milliy uslubda xizmat koʻrsatish va hunarmandchilik shoxobchalari, piyodalar uchun yoʻlaklar qurish hamda mavjud ochiq zovurni yopiq-yotiq zovurga almashtirgan holda hududda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan zararlarning oʻrnini qoplash uchun pul mablagʻlarini Respublika kompensatsiya jamgʻarmasiga ajratishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Samarqand viloyati hokimligi, Turizm qoʻmitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-2027-yillarda mazkur qarorning 2-ilovasida koʻrsatilgan Samarqand shahrining “eski shahar” tarixiy markazi 13 ta koʻchasida milliy va tarixiy qiyofani saqlab qolgan hamda piyodalar hududiga aylantirgan holda turizm va xizmat koʻrsatish obyektlarini barpo etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin. Bunda ushbu koʻchalarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mahallalar hududida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi, avtomobil yoʻllari taʼmirlanadi, piyodalar yoʻlaklari, sayilgohlar va dam olish maydonchalari quriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) mahalliy aholi hordiq chiqarishi va sayr qilishi uchun kichik dam olish maskanlari tashkil etiladi, xonadonlarni mehmon uylariga aylantirish va milliy hunarmandchilik markazlarini tashkil etish, hududda turistik xizmat turlarini kengaytirish boʻyicha choralar koʻriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) mahalliy va xorijiy mehmonlar uchun zamonaviy restoranlar, ovqatlanish nuqtalari, milliy taomlar tayyorlash maskanlaridan iborat gastroturistik majmualar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Samarqand shahrining 13 ta koʻchasida tegishli infratuzilmani tashkil etish hamda aholi va turistlar uchun yanada qulayliklar yaratish boʻyicha xarajatlar ushbu qarorning 40-bandida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. “Ohalik-Oqboʻyro-Mironqul” turistik-rekreatsion zonasi hududida joylashgan Samarqand davlat texnika universiteti (23,2 gektar) hamda Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga (4,8 gektar) tegishli boʻlgan oromgohlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga berilib, 2026-yil oxiriga qadar belgilangan tartibda samarali foydalanish va (yoki) investorlarga realizatsiya qilish uchun bir oy muddatda “Ohalik-Oqboʻyro-Mironqul” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi”ga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Samarqand viloyati hokimligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasida boshqarish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasini saqlash hamda uning atrof hududlarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish departamentiga homiylik mablagʻlarini jamlash uchun alohida gʻazna hisob raqami ochib, uning nizomini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Energetika vazirligi bir oy muddatda Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi uchun tashkil etilgan transformator podstansiyalarini “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufiga oʻtkazish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-dekabrdagi “Samarqand viloyatining turizm va transport salohiyatidan samarali foydalanish, viloyatni “Samarqand — Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi” konsepsiyasi asosida rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-455-son qarorining 3-bandi “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisida 2026-yil 1-yanvarga qadar hamda 2024-yil 12-yanvardagi “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-9-son Farmoni 14-bandi “a” kichik bandida 2026-yil 1-martga qadar ayrim tovarlarni bojxona boji toʻlashdan ozod qilish boʻyicha imtiyozlar koʻzda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, bojxona bojini toʻlashdan ozod qilish boʻyicha mazkur bandda koʻrsatilgan imtiyozlar va ularning shartlari imtiyozlarning amal qilish muddati tugagan sanaga qadar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasini amalda kesib oʻtgan tegishli tovarlarga nisbatan 2026-yil yakuniga qadar toʻliq tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Samarqand shahri hokimligi huzurida “Samarqand shahar yoshlar innovatsion jamoat parkini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) tashkil etilsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Samarqand shahri Oʻzbekiston koʻchasi “Navbahor” MFY 63-uy manzilida joylashgan Samarqand shahar yoshlar innovatsion jamoat parkining 5,4 gektar maydonidagi yer uchastkasi doimiy foydalanish huquqi bilan, ushbu yerda joylashgan bino va inshootlar operativ boshqarish huquqi bilan Direksiyaga oʻtkazib beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Direksiyaning nizomi, tashkiliy tuzilmasi va shtatlar jadvali Samarqand viloyati hokimi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Direksiya jamoat parkining konsepsiyasi, parkni tashkil etishdan koʻzlangan asosiy maqsad va vazifalardan kelib chiqib, oʻziga tegishli bino va inshootlarni aniq ijtimoiy vazifalarni, ixtisoslashuvi va iqtisodiy maqsadga muvofiqligini hisobga olgan holda tasarruf etish huquqisiz toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga beradi va ijara toʻlovlarini qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Direksiyani saqlash xarajatlari jamoat parki bino va inshootlarini ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish va qurilish ishlarini jadallashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Samarqand viloyati hokimligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) tramvay transportida yoʻlovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “Samarqandyoʻlovchitrans” davlat muassasasi tomonidan Samarqand shahri Gagarin koʻchasi 23-uy manzilida qurilayotgan avtosaroydagi obyektlar uchun 25 milliard soʻm yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Jomboy tumanidan oʻtgan temir yoʻl ostidan avtotransport va piyodalar uchun oʻtish yoʻlini qurish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vazirligi bir oy muddatda Samarqand shahridagi tramvay transportida yoʻlovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish boʻyicha qaror loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati hokimligi mazkur bandning “b” va “v” kichik bandlarida belgilangan tadbirlarni ushbu qarorning 40-bandida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Transport vazirligi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda 2026-2027-yillarda, shu jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablagʻlari hisobidan Samarqand viloyati jamoat transportini rivojlantirish uchun olib kelinayotgan avtobuslar va elektrobuslar umumiy soni 500 taga yetkazilishini taʼminlasin. Bunda avtobuslar va elektrobuslarni Samarqand viloyati hokimligi Transport vazirligi bilan birgalikda muntazam jamoat transportiga talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlar, shu jumladan, viloyatning tuman va shaharlari oʻrtasidagi muntazam avtobus yoʻnalishlari boʻyicha taqsimlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Renovatsiya asosida amalga oshiriladigan “Yangi Oʻzbekiston” massivlari hududlarida huquqni belgilovchi hujjatlari boʻlmagan uy-joylarda amalda yashab kelayotgan fuqarolar bilan xususiy investorlar oʻrtasida notarial tasdiqlangan kelishuv tuzilgan taqdirda, istisno tariqasida, mazkur uy-joylar joylashgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-sentabrdagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-135-son Farmonining 3-ilovasida koʻrsatilgan shartlarga muvofiq birlashtirish dalolatnomasi tarkibiga kiritilgan holda xususiy investorga oʻtkazishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Samarqand viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda Samarqand shahrining renovatsiya asosida koʻp kvartirali uy-joylar qurilishi boshlangan Kimyogarlar qoʻrgʻonini zamonaviy va aholi uchun qulay qiyofaga keltirish boʻyicha master rejasini viloyat mahalliy budjetining qoʻshimcha manbai hisobidan ishlab chiqsin va kelishilgan holda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ikki oy muddatda Bulungʻur tumanida qurilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivi hududini kengaytirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Samarqand viloyati hokimligi 2026-yil yakuniga qadar Samarqand shahrining “Temiryoʻl orti” hududida renovatsiya asosida qurilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivining bosh rejasiga muvofiq zaxira hududlarda yoki rejalashtirilgan obyektlarning ixtisosligini oʻzgartirish orqali ushbu massiv aholisi uchun sport majmualari (suv havzalari, tennis kortlari, kichik stadionlar) va madaniyat maskanlari (kichik kinoteatr, madaniyat markazi, musiqa va sanʼat maskanlari) tashkil etish choralarini koʻrsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Qishloqqurilishloyiha” loyiha-qidiruv instituti ikki hafta muddatda davlat va nodavlat sport majmualari hamda madaniyat maskanlari tashkil etiladigan yer uchastkalari va notijorat maydonlar joylashuvini belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bir oy muddatda “Temiryoʻl orti” hududi bosh rejasi loyihasiga muvofiq davlat sport majmualari, madaniyat maskanlari va boshqa obyektlar tashkil etiladigan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ balansidagi boʻsh turgan va samarasiz foydalanilayotgan yer uchastkalari hamda bino-inshootlarni Samarqand shahri hokimligiga balans qiymati boʻyicha oʻtkazib berishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki oy muddatda davlat sport majmualari hamda madaniyat maskanlarini tashkil etish hamda bosh rejada nazarda tutilgan elektr taʼminoti inshooti (podstansiya)ni qurish uchun zarur pul mablagʻlarini ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Quyidagilarga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2026 — 2028-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida barpo etiladigan infratuzilma obyektlari uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan Samarqand shahri “Temir yoʻl orti” hududida renovatsiya asosida amalga oshiriladigan “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida kommunikatsiya tarmoqlarini tonnel usulida qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) mazkur qarorning 40-bandida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan Samarqand shahri “Choʻponota” suv inshootidan yoʻnaltirilgan ichimlik suv tarmogʻining Zarafshon shohkoʻchasidan Andijon koʻchasigacha mavjud boʻlgan ichimlik suv tarmogʻini almashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2026-yil 1-iyuldan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda xususiylashtiriladigan davlat koʻchmas mulk obyektlarini realizatsiya qilish shartlari mazkur obyektlardan kelgusida foydalanish ixtisosligini belgilash maqsadida tegishli shaharlar hokimlari bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Moliyaviy resurslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi “Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport tizimini barqaror rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-398-son qaroriga asosan Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va taʼmirlash jamgʻarmasi tarkibida Samarqand viloyati hokimligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va taʼmirlash hududiy jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — hududiy jamgʻarma) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Belgilansinki, tegishli moliya yillari davomida Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha iqtisod qilingan mablagʻlar Samarqand viloyati hokimining qaroriga asosan Samarqand viloyatidagi dolzarb loyihalarni moliyalashtirish uchun hududiy jamgʻarma orqali yoʻnaltiriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) dolzarb loyihalarning roʻyxati Samarqand viloyati hokimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda shakllantiriladi va tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) iqtisod qilingan mablagʻlar hududiy jamgʻarmaga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) har oy yakuni boʻyicha Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar roʻyxati Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligi tomonidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklarining taklifiga asosan mazkur qarorning 37-38-bandlarida nazarda tutilgan tartibda faoliyat yurituvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari huzurida faoliyat yurituvchi hududiy jamgʻarmalarni tashkil etish vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir hafta muddatda Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va taʼmirlash jamgʻarmasi va uning hududiy jamgʻarmalarining daromadlari hamda mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Samarqand viloyatida sanoat loyihalarini zarur infratuzilma bilan taʼminlash, ijtimoiy soha obyektlarini qurish, avtomobil yoʻllari, ichimlik suv hamda oqova suv tarmoqlari holati va elektr taʼminotini yaxshilash, irrigatsiya va drenaj tarmoqlarini qurish va taʼmirlash hamda servis va renovatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Samarqand viloyati hokimligiga 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 100 million AQSH dollari ekvivalentida milliy valyutada yillik 7 foiz stavkada kredit mablagʻlari ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mazkur qarorning 40-bandida koʻzda tutilgan mablagʻlar 2028-yildan boshlab 2028 — 2032-yillarda teng ulushlarda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga Samarqand viloyati mahalliy budjetidan har yilgi budjet parametrlarida nazarda tutilgan holda qaytariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Samarqand viloyati hokimligi tomonidan shakllantirilgan infratuzilma obyektlarining manzilli roʻyxati Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashida maʼqullanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev hamda Samarqand viloyati hokimi A.M. Boboyev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 10-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-219-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-iyundagi PQ-219-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jomboy tumani “Soʻxmon” MFY Mirzo Ulugʻbek hududidan “Urgut” erkin iqtisodiy zonasiga oʻtkazilayotgan yer maydoni chegaralarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIFI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hudud manzili va chegaralari

Raqamlar konturi

Yer maydoni

(ga)

23,6 gektar yer maydonining koordinatalari

Jomboy tumani “Soʻxmon” MFY, Mirzo Ulugʻbek hududi:

shimol tomondan — sanoat korxonalari hududi;

sharq tomondan — fermer xoʻjaliklari hududi;

janub tomonidan — “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududi;

gʻarb tomondan — sanoat korxonalari hududi.

227, 228, 218, 219q

23,6

1-nuqta 39°43'17.36''C 67°8'12.59''B

2-nuqta 39°42'56.76''C 67°8'3.02''B

3-nuqta 39°42'55.48''C 67°8'1.96''B

4-nuqta 39°42'56.09''C 67°12'47.86''B

5-nuqta 39°42'57.82''C 67°7'55.91''B

6-nuqta 39°43'6.28''C 67°7'49.41''B

7-nuqta 39°43'8.17''C 67°7'48.46''B

8-nuqta 39°43'4.91''C 67°7'36.42''B

9-nuqta 39°43'5.83''C 67°7'35.90''B

10-nuqta 39°43'7.62''C 67°7'35.29''B

11-nuqta 39°43'9.10''C 67°7'35.15''B

12-nuqta 39°43'10.54''C 67°7'35.62''B

13-nuqta 39°43'10.67''C 67°7'45.45''B

14-nuqta 39°43'9.38''C 67°7'47.97''B

15-nuqta 39°43'9.00''C 67°7'48.19''B

16-nuqta 39°43'10.22''C 67°7'52.33''B

17-nuqta 39°43'10.82''C 67°7'52.85''B

18-nuqta 39°43'11.69''C 67°7'53.28''B

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-iyundagi PQ-219-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand shahri tarixiy markazining milliy va tarixiy qiyofani saqlab qolgan hamda piyodalar hududiga aylantirgan holda turizm va xizmat koʻrsatish obyektlari barpo etiladigan koʻchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Koʻcha nomi

MFY

Aholi

Xonadonlar

Mehmonxonalar

Mehmon uylari

1.

Zargaron

“Koʻkmasjit”

1 951

452

10

16

2.

Qoʻshhovuz,

8-mart (Namuna),

Islom Karimov,

Koʻkmasjit,

Imom al-Buxoriy,

Bibixonim,

Chorraha

“Qoʻsh hovuz”

3 134

570

12

16

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

Muborak

“Muborak”

2 175

409

1

17

10.

Buxoro

Vobkent

Akademik Valixoʻjayev

“Dari Zanjir”

2 354

447

2

14

11.

12.

13.

Gʻijduvon

“Urgutiy”

4 023

804

4

11

Jami

13,6 ming

2 682

29

74

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-iyundagi PQ-219-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5278-son qaroriga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududi tarkibiga kiruvchi yangi hududlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud va uning chegaralari

Maydoni

(ga)

Samarqand viloyati boʻyicha

1.

Bulungʻur tumani, “Gʻoʻbdin” MFY hududi:

shimoliy tomondan — “M-39” avtomagistrali;

sharqiy tomondan — “Vitis Dominius” MCHJ XK hududi;

janubiy tomondan — “Gʻoʻbdin” kichik sanoat zonasi hududi;

gʻarbiy tomondan — aholi yashash punkti hududi.

20,0

2.

Bulungʻur tumani, “Gʻoʻbdin” MFY hududi:

65,0

shimoliy tomondan — “SAMARKAND SNIPALA” X/K va “SOCHAK GʻOʻBDIN CHORVASI” MCHJ hududi

sharqiy tomondan — “AGROMONOLIT” MCHJ hududi;

janubiy tomondan — mahalliy ichki avtomobil yoʻli;

gʻarbiy tomondan — mahalliy ichki avtomobil yoʻli.

3.

Bulungʻur tumani, “Gʻoʻbdin” MFY hududi:

35,0

shimoliy tomondan — “Kattaqishloq” mahalla fuqarolar yigʻini hududi;

sharqiy tomondan — Samarqand-Toshkent temir yoʻl muhofaza zonasi chegara chizigʻigacha;

janubiy tomondan — Bulungʻur tuman hokimligi zaxira yer maydonlari;

gʻarbiy tomondan — Bulungʻur tuman hokimligi zaxira yer maydonlari.

4.

Jomboy tumani, “Nazar” MFY hududi:

shimoliy tomondan — “Nazar” MFY hududi;

sharqiy tomondan — “Nazar” MFY hududi;

janubiy tomondan — “Firdavs qurilish xizmati”, “Qora Gavhar Oybek”, “Jomboy qurilish” va “Damir qurilish servis” MCHJlar hududi;

gʻarbiy tomondan — Jomboy tumani kichik sanoat zonasi hududi.

13,8

5.

Jomboy tumani, “Nazar” MFY hududi:

shimoliy tomondan — “Oʻzagrologistiss Senters” va “Diyora NDA” MCHJ hamda “Nazar” MFY hududi;

sharqiy tomondan — “Jomboy oltin dalalari” va “Otabek Davurov” fermer xoʻjaliklari hamda “Soʻxmon” MFY hududi;

janubiy tomondan — “Toshkent-Buxoro-Termiz” temir yoʻli;

gʻarbiy tomondan — “Nazar” MFY hududi.

84,56

6.

Jomboy tumani, “Soʻxmon” MFY hududi:

shimoliy tomondan — MCHJ shaklidagi “BMAX BUILDING MATERIALS” qoʻshma korxonasi va “Diyora NDA” O.K hududi;

sharqiy tomondan — “Soʻxmon” MFY hududi;

janubiy tomondan — “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining hududi tarkibiga kiruvchi “Nazar” mavzesidagi yer maydonlari;

gʻarbiy tomondan — “Diyora NDA” O.K hududi.

23,6

7.

Ishtixon tumani, “Koʻtarma” MFY hududi:

shimoliy tomondan — Oqdaryo qirgʻoq mintaqasi yerlari hududi;

sharqiy tomondan — Oqdaryo qirgʻoq mintaqasi yerlari hududi;

janubiy tomondan — “Zarband meva eksport” MCHJ hududi;

gʻarbiy tomondan — “Orziqul” va “Meros” fermer xoʻjaliklari hududi.

21,46

8.

Narpay tumani, “Tepa” MFY hududi:

shimoliy tomondan — “Odiljon Farrux” fermer xoʻjaligi hududi;

sharqiy tomondan — “Oromgoh” kichik sanoat zonasi va “Oytoʻla” fermer xoʻjaligi hududi;

janubiy tomondan — “M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomagistrali;

gʻarbiy tomondan — “Tepa” MFY hududining ichki yoʻllari.

8,3

9.

Oqdaryo tumani, “Chorbogʻ-2” MFY hududi:

shimoliy tomondan — dala yoʻli, zax ariq, “Rasul Goldin Gren” fermer xoʻjaligi hududi;

sharqiy tomondan — “Rasul Goldin Gren” fermer xoʻjaligi hududi;

janubiy tomondan — Samarqand viloyati Davlat oʻrmon xoʻjaligi hududi;

gʻarbiy tomondan — “Agro Bravo chorvasi” fermer xoʻjaligi hududi.

11,5

10.

Oqdaryo tumani, “Dahbed” MFY hududi:

shimoliy tomondan — “Iqbol” fermer xoʻjaligi hududi;

sharqiy tomondan — “Kelajak” fermer xoʻjaligi hududi;

janubiy tomondan — “Saidjon Ferdavs paradays” fermer xoʻjaligi hududi;

gʻarbiy tomondan — Dahbed qoʻrgʻoni.

9,9

11.

Payariq tumani, “Choshtepa” MFY hududi:

shimoliy tomondan — “Umidjon Saxovati” fermer xoʻjaligi;

sharqiy tomondan — “4P-49 Samarqand-Payariq” avtomobil yoʻli;

janubiy tomondan — “Singapur Samarqand” MCHJ va “Umidjon Saxovati” fermer xoʻjaligi hududi;

gʻarbiy tomondan — “Dilshod Maxamatov” XK va “Orzu” MCHJ hududi.

8,8

12.

Toyloq tumani, “Xoʻjaqishloq” MFY hududi:

shimoliy tomondan — “Sarichashma Jumabozor” fermer xoʻjaligi hududi;

sharqiy tomondan — “Muhiddin Husniddin bogʻlari” fermer xoʻjaligi hududi;

janubiy tomondan — namunaviy uy-joy va maktab hududi;

gʻarbiy tomondan — “Akbarxon Dadaxon dalalari” fermer xoʻjaligi hududi.

14,9

13.

Urgut tumani, “Tinchlik” MFY hududi :

shimoliy tomondan — “Vatkan” agrofirmasidan “Shahboz Meliqulov agroservis” fermer xoʻjaligigacha boʻlgan hudud;

sharqiy tomondan — “4R-47 Urgut-Bulungʻur” avtomobil yoʻli;

janubiy tomondan — “A-377 Samarqand-Ayniy” avtomobil yoʻli;

gʻarbiy tomondan — “Vatkan” agrofirmasidan “Zafar Umid Sultoni” fermer xoʻjaligi hududigacha.

20,0

14.

Urgut tumani, “Sariqtepa”, “Dehqonobod” va “Yuqori Sanchiqul” MFY hududi:

shimoliy tomondan — “Aziz Ibrohim Nurli zamini” fermer xoʻjaligi, “Mavlon Agro biznes” fermer xoʻjaligi va “Zafar Nurli zamini” fermer xoʻjaligi hududlari;

sharqiy tomondan — “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining hududi tarkibiga kiruvchi “Sariqtepa” mavzesidagi yer maydonlari;

janubiy tomondan — “Aynagul Hakim Farangizxon” fermer xoʻjaligi va “Haydarov Asliddin” fermer xoʻjaligi yer maydonlari;

gʻarbiy tomondan — “Aynagul Hakim Farangizxon” fermer xoʻjaligi yer maydonlari.

80,1

15.

Urgut tumani, “Sariqtepa” mavzesi hududi:

shimoliy tomondan — “Sariqtepa” MFY aholi yashash punkti;

sharqiy tomondan — soy hududi;

janubiy tomondan — avtomobil yoʻllari;

gʻarbiy tomondan — “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining hududi.

4,5

16.

Nurobod tumani, “Tepaqul” MFY hududi:

shimoliy tomondanA-378 “Samarqand — Qarshi” avtomobil yoʻli;

sharqiy tomondan — “Mironqul gaz servis” MCHJ va “Bahrom bobo Vafaqulov” fermer xoʻjaligi hududi;

janubiy tomondan — “Bahrom bobo Vafaqulov” fermer xoʻjaligi hududi;

gʻarbiy tomondan — “Bahrom bobo Vafaqulov” fermer xoʻjaligi hududi

40,0

Jami:

461,42

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyuldagi “Samarqand shahrida “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-233-son qarorining 8-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) birinchi xatboshidagi “7 yil” soʻzlari “9 yil” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) toʻrtinchi xatboshidagi “2026-yildan” soʻzlari “2028-yildan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-fevraldagi “Ohalik — Oqboʻyro — Mironqul” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-60-son qarorining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turistik zonadagi turistik infratuzilmani yaratish imkoniyati boʻlgan yer uchastkalari, bino va inshootlari keyinchalik samarali foydalanish va (yoki) investorlarga realizatsiya qilish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan Direksiyaga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiyaga oʻtkazilgan yer uchastkalari, bino va inshootlarini realizatsiya qilish Direksiyaning qaroriga asosan elektron onlayn auksion orqali belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turistik zona hududidagi yer uchastkalari, bino va inshootlarini realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar (savdoga chiqarish va sotish bilan bogʻliq xarajatlardan tashqari) toʻliqligicha Direksiyaga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turistik zona hududidagi yer uchastkalari, bino va inshootlarini realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar Direksiya faoliyatini moliyalashtirish hamda togʻ turizmi loyihalarini amalga oshirish, jumladan, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish va taʼmirlash chora-tadbirlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turistik zona hududidagi avtomobil yoʻllari, ichimlik va oqova suv tarmoqlarini qurish va taʼmirlash ishlari 2024 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida turizm obyektlari infratuzilmasini yaxshilash uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-392-son qaroriga 2-ilovaning “Oqdaryo tumani” boʻlimi 4-pozitsiyasi “Tadbir nomi” ustunidagi “avtoturargoh” soʻzi “logistika markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi “2026-yilda Navoiy viloyatini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-58-son qarorining 21-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21. Markaziy bank, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Navoiy viloyati hokimligining tadbirkorlik subyektlari tomonidan pardozbop toshlar qazib olish va qayta ishlash natijasida hosil boʻlayotgan sanoat chiqindilaridan sement xomashyosi, ohak, gips, yoʻlak plitalari, gazblok va boshqa turdagi tayyor qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihalarini moliyalashtirish uchun Markaziy bankning asosiy stavkasining ikki baravaridan ortiq boʻlmagan stavkada milliy valyutada kreditlar ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin. Bunda ushbu kreditlar boʻyicha foizlarning Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz punktdan yuqori, biroq 10 foiz punktdan oshmagan qismi “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan uch yil muddatgacha qoplab beriladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2026-y., 07/26/219/0588-son)