06.09.2024 yildagi PF-135-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6243-son Farmoni bilan boshlangan yer munosabatlari sohasidagi islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi:
(1-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida — 1 yil davomida hamda Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki toʻlovni oʻn besh ish kunida amalga oshirish sharti bilan;
(1-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa aholi punktlarida — 5 yil davomida, 4- va 5-toifalardagi tumanlarda esa 10 yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki toʻlovni oʻn besh ish kunida amalga oshirish sharti bilan;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) barcha turdagi yer uchastkalarining (qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari bundan mustasno) qiymati oʻn besh ish kunida toʻliq toʻlangan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi, bundan boshlangʻich narxi 50 foizdan ortiqqa pasaytirilgan holda realizatsiya qilingan yer uchastkalari mustasno;
(1-bandning “b” kichik bandii Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yer uchastkalari eng yaxshi taklifni tanlash asosida baholovchi tashkilot aniqlaydigan bozor qiymatida Vazirlar Mahkamasi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri realizatsiya qilinganda, ushbu yer uchastkasi uchun quyidagi shakllardan birida hisob-kitob qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining qiymatini bevosita toʻlash, shu jumladan, ushbu bandga muvofiq boʻlib-boʻlib toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining qiymatini talabgor tomonidan tashkil etilgan (tashkil etiladigan) xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga 1-ilovada belgilangan shartlar asosida davlat ulushi sifatida kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga sanoat zonalari, aholi punktlari hududlarining qismlari, xususan, yangi barpo etiladigan koʻp kvartirali va yakka tartibdagi uy-joy massivlari, savdo va xizmat koʻrsatish majmualari hududlarini (keyingi oʻrinlarda — yangi massivlar) shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishlariga 2-ilovada belgilangan asosiy shartlarga muvofiq loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida jalb qilish huquqi berilsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha tashkilotlari yangi massiv barpo etiladigan hududni tanlash, yer uchastkalarini qurilish uchun tayyor holatga keltirish, hududni zonalashtirish va uning master rejasini ishlab chiqish, yer uchastkalarini lotlarga boʻlgan holda “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn auksion savdolarida realizatsiya qilish ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi massiv hududlarini shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishlariga loyiha tashkilotlarini jalb qilish boʻyicha xarajatlarning 30 foizigacha qismi (avans toʻlovi) tegishlicha tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalari va Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, qolgan qismi esa, loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilgan taqdirda, ushbu yangi massivdagi yer uchastkalarini realizatsiya qilishdan mazkur jamgʻarmalarga tushgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, xususiy investorlar tashabbusi bilan yangi massivlarni barpo etishda yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar 3-ilovada nazarda tutilgan asosiy shartlarga muvofiq rasmiylashtiriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy investorga tegishli yer uchastkalari hamda ular oraligʻida joylashgan koʻp kvartirali uylarga tutash yerlar va umumiy foydalanishdagi yerlar Koʻchmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasi asosida yagona yer uchastkasiga birlashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasida xususiy investorga tegishli boʻlgan yer uchastkalarining jami maydoni hamda koʻp kvartirali uylarga tutash yerlar va umumiy foydalanishdagi yerlarning jami maydoni alohida koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasi xususiy investorga birlashtirilgan yer uchastkasida qurilish sohasida ruxsat beruvchi hujjatlarni olish uchun vakolatli organlarga murojaat qilish huquqini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlashtirilgan yer uchastkasi hududida loyihalashtiriladigan va quriladigan obyektlar egallaydigan jami yer maydoni Koʻchmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasida xususiy investorga tegishliligi koʻrsatilgan yer uchastkalarining jami maydonidan oshmasligi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlashtirilgan yer uchastkasi hududida qurilishi rejalashtirilgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari kelishilganidan keyin, ularga asosan Koʻchmas mulkni boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasi rasmiylashtiriladi, unda xususiy investorga tegishli boʻladigan yer uchastkalarining, koʻp kvartirali uylarga tutash yerlarning va umumiy foydalanishdagi yerlarning yangi chegaralari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Farmonning 2-bandida nazarda tutilgan hollarda yangi massivlar, qoida tariqasida, boʻsh turgan yer uchastkalari oʻrnida tashkil etiladi, bunda loyiha yangi massiv hududidagi yer uchastkalarini davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan yagona yer uchastkasiga birlashtirish orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Farmonning 3-bandida nazarda tutilgan hollarda yangi massivlar, qoida tariqasida, oldindan boʻsh boʻlmagan yer uchastkalari oʻrnida tashkil etiladi, bunda loyiha yangi massiv hududidagi yer uchastkalarini xususiy investor egaligidagi yagona yer uchastkasiga birlashtirish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi, ijara huquqi va doimiy foydalanish huquqi bilan yangidan ajratishda (realizatsiya qilishda) 4-ilovada belgilangan asosiy shartlar asosida mazkur yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlari majburiy ravishda koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan obyektni foydalanishga topshirish davriga teng boʻlgan, biroq uch yildan koʻp boʻlmagan muddatda yer soligʻi stavkasi 50 foiz miqdorida qoʻllanadi, bundan Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida joylashgan yer uchastkalari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish uchun sarflangan muddat, shuningdek, davlat organlari va mansabdor shaxslarning sud tomonidan qonunga xilof deb topilgan xatti-harakatlari (harakatsizligi) natijasida oʻtkazib yuborilgan muddat obyektni foydalanishga topshirish muddatidan chegirib tashlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlariga rioya qilinmaganda, tuman (shahar) hokimligi tomonidan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni bekor qilish va yer uchastkasini boshqa shaxsga realizatsiya qilish uchun elektron onlayn auksionga chiqarish toʻgʻrisida sudga majburiy tartibda daʼvo arizasi kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qaroriga asosan yer uchastkasini takroran realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar hisobidan ushbu yer uchastkasiga boʻlgan huquqi bekor qilingan shaxsga mazkur yer uchastkasini olish uchun haqiqatda toʻlagan mablagʻlari qaytarib beriladi, bunda yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash va auksion oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar chegirib qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer fondining barcha toifalari va yer turlari, shu jumladan, oldindan mavjud va yangidan ajratiladigan (realizatsiya qilinadigan) yer uchastkalari uchun yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatoriga muvofiq asosiy, shartli ravishda ruxsat berilgan va yordamchi turlarda belgilanadi, bunda yer uchastkasida joylashgan kapital qurilish obyektidan foydalanish maqsadi yer uchastkasining ruxsat etilgan foydalanish turiga muvofiq boʻlishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turi yer uchastkalarini berishda (realizatsiya qilishda), ularni baholash, auksion savdolari uchun boshlangʻich narxini aniqlashda, qurilish sohasida ruxsat beruvchi xususiyatga ega hujjatlarni rasmiylashtirishda, ijtimoiy va infratuzilma obyektlariga yuklamani hisoblashda, soliq stavkalariga oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllashda va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda inobatga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olishga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda ijtimoiy va infratuzilma obyektlariga qoʻshimcha yuklamani kompensatsiya qilish sharti bilan yoʻl qoʻyiladi, bunda ushbu toʻlovlar Toshkent shahrida 2027-yil 1-yanvarga qadar huquqiy eksperiment doirasida kiritilgan qurilish hajmining har bir kub metri uchun undiriladigan toʻlovlar shaklida olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha) hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi (qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha) ruxsat etilgan foydalanish turini belgilash va oʻzgartirish masalalarida vakolatli organlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari A.J. Ramatov, J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 6-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-135-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-sentabrdagi PF-135-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasining qiymatini xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga kiritishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ASOSIY SHARTLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maxsus iqtisodiy zonalarda investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun, shuningdek, qiymati 10 million AQSH dollari ekvivalentidan ortiq boʻlgan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri yer uchastkasi ajratilganda, ushbu yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqining baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanadigan bozor qiymati xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga davlat ulushi sifatida kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yer uchastkasining qiymati talabgor tomonidan tashkil etilgan (tashkil etiladigan) xoʻjalik jamiyatining (masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat, aksiyadorlik jamiyati) ustav fondiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xoʻjalik jamiyatining ustav fondidagi davlat ulushini boshqaruvchi boshqa davlat organining ulushi yoxud davlat organi ishtirokida tashkil etilgan boshqa xoʻjalik jamiyatining ulushi (ushbu jamiyatning ustav fondidagi davlat ulushini oshirgan holda) sifatida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga kiritish nazarda tutilgan yer uchastkasi davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yer uchastkasining qiymati ustav fondiga kiritilgan paytdan boshlab yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi xoʻjalik jamiyatiga tegishli boʻladi va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yer uchastkasining qiymati shaklidagi davlat ulushi xoʻjalik jamiyati ustav fondining 49 foizidan oshmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xoʻjalik jamiyati yangi tashkil etilgan yoki yer uchastkasining qiymati shaklidagi ulush ustav fondining 49 foizidan oshib ketgan taqdirda, muassislarga ustav fondining 51 foizdan ortiq qismini boshqa manbalar hisobidan amalda shakllantirish uchun taʼsis hujjatlarida kelishilgan, olti oydan uch yilgacha boʻlgan muddat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu majburiyat bajarilmagan taqdirda, yer uchastkasi unda barpo etilgan bino va inshootlar bilan birga (agar mavjud boʻlsa) davlat egaligiga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xoʻjalik jamiyatining ustav fondidagi ishtirokchilarning birgalikda faoliyat olib borishi shartlari investitsiya bitimida nazarda tutilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yer uchastkasining qiymati shaklida xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga kiritilgan davlat ulushi, agar boshqa muassislar tomonidan uni imtiyozli sotib olish rad etilgan taqdirda, investitsiya bitimida nazarda tutilgan muddatda (qoida tariqasida uch yildan keyin) qonunchilikda belgilangan tartibda ommaviy savdolar orqali xususiylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha hollarda yer uchastkasining qiymati hisobiga shakllantirilgan ulush mazkur ulushni sotish paytida baholangan qiymatida sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-sentabrdagi PF-135-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi massivlar hududlarini shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishlariga loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida jalb qilishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ASOSIY SHARTLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sanoat zonalari, aholi punktlari hududlarining qismlari, xususan yangi barpo etiladigan koʻp kvartirali va yakka tartibdagi uy-joy massivlari, savdo va xizmat koʻrsatish majmualari hududlarini (keyingi oʻrinlarda — yangi massivlar) shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishlariga Vazirlar Mahkamasi qarori bilan hududning master rejasini ishlab chiquvchi tashkilotlar uchun belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan, shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash boʻyicha kamida uch yillik tajribaga ega boʻlgan tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — loyiha tashkilotlari) eng yaxshi takliflarni tanlash asosida jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Eng yaxshi takliflarni tanlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda har bir yangi massiv uchun alohida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Eng yaxshi takliflarni tanlash vositasidagi davlat xaridi toʻgʻrisidagi axborot maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining rasmiy veb-saytiga tanlash oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonni va tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarini joylashtirish yoʻli bilan hamda ommaviy axborot vositalari orqali maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Loyiha tashkilotlari oʻz tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida quyidagi vazifalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachining talabiga koʻra yangi massiv barpo etiladigan hududni tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi massiv hududiga kiritiladigan yer uchastkalarining roʻyxatini shakllantirish, yangi massiv hududining chegaralarini belgilash ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududni zonalashtirish va shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlarni, xususan, hududning master-rejasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarini realizatsiya qilishdan oldin ularni qurilish uchun tayyor holatga keltirish boʻyicha zarur ishlar hajmini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarini lotlarga boʻlgan holda “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn auksion savdolarida realizatsiya qilish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu asosiy shartlarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-avgustdagi “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3895-son qarorida nazarda tutilgan “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari direksiyalari zimmasiga yuklangan vazifalarni hamda shartnomada nazarda tutilgan boshqa ishlarni bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yangi massivlarni barpo etish, buning uchun loyiha tashkilotlarini jalb qilish tuman (shahar) hokimligining taklifiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Loyiha tashkiloti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi massiv hududini rejalashtirish va qurish boʻyicha hujjatlar — batafsil rejalashtirish loyihasi, qurish loyihasi, master-rejani (keyingi oʻrinlarda — shaharsozlik hujjatlari)ni ishlab chiqadi, vakolatli organlardan qurilish sohasidagi ruxsat beruvchi hujjatlar olinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi massiv hududini boʻshatish va qurilish uchun tayyorlash ishlarini tashkil qiladi, bunda ayrim jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli koʻchmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalarini yangi massiv hududiga kiritish zarur boʻlgan taqdirda, ular bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari oʻrtasida ixtiyoriy kelishuv asosida yer uchastkasiga va boshqa koʻchmas mulklarga boʻlgan huquqlardan haq evaziga ixtiyoriy voz kechish toʻgʻrisida shartnoma tuzilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini hudud chegaralariga qadar, ichki muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini har bir lot chegarasiga qadar olib kelish ishlarini rejalashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga mazkur bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan xarajatlarni amalga oshirishning iqtisodiy jihatdan samaradorligi haqida oʻz tavsiyalarini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yangi massiv hududi chegaralariga qadar qurish xarajatlarini boshqa manbalar hisobidan qoplash nazarda tutilgan hollarda, ushbu xarajatlar loyiha tashkilotining xarajatlari tarkibiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yangi massiv hududidagi boʻsh yer uchastkalarining qiymati loyiha tashkiloti yoki Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi tomonidan jalb qilingan tashkilot tomonidan oldindan baholanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yer uchastkalarining oldindan baholangan qiymati va keyinchalik elektron onlayn auksion savdolari orqali sotilgan qiymati oʻrtasidagi ijobiy yoki salbiy saldoga qarab loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilganligiga baho beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yangi massiv hududidagi yer uchastkalarining kamida 60 foizi shaharsozlik hujjatlari asosida lotlarga boʻlingan holda qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn auksion savdolari orqali realizatsiya qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur asosiy shartlarning 6-bandida nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish uchun tegishlicha tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalari va Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 30 foizgacha avans toʻlovi toʻlashga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarajatlarning qolgan qismi ushbu yangi massiv hududidagi yer uchastkalarini realizatsiya qilishdan yuqorida koʻrsatilgan jamgʻarmalarga tushgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur asosiy shartlarning 6-bandida nazarda tutilgan xarajatlar summasi yangi massiv hududidagi yer uchastkalarining oldindan baholangan qiymati va keyinchalik elektron onlayn auksion savdolari orqali sotilgan qiymati oʻrtasidagi ijobiy saldo miqdoridan oshgan taqdirda, loyiha tashkilotiga shartnoma summasi tegishli miqdorga kamaytirilgan holda toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Loyiha tashkiloti bilan tuzilgan shartnomada bajarilgan ishlar (koʻrsatilgan xizmatlar) uchun mukofot puli nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mukofot puli miqdori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma summasining 10 foizidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi massiv hududidagi yer uchastkalarining oldindan baholangan qiymati va keyinchalik elektron onlayn auksion savdolari orqali sotilgan qiymati oʻrtasidagi ijobiy saldoning 10 foizidan, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 5 foizidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-sentabrdagi PF-135-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy investorlar tashabbusi bilan barpo etiladigan yangi massivlar hududidagi yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni rasmiylashtirishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ASOSIY SHARTLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xususiy investorlar tomonidan quyidagi yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni birlashtirish orqali sanoat zonalari, aholi punktlari hududlarining qismlari, xususan, koʻp kvartirali va yakka tartibdagi uy-joy massivlari, savdo va xizmat koʻrsatish majmualari (keyingi oʻrinlarda — yangi massivlar) barpo etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy investorga mulk huquqi, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, doimiy foydalanish va uzoq muddatli ijara huquqi bilan tegishli boʻlgan yer uchastkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli yer uchastkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uylar joylashgan yerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uylarga tutash hamda umumiy foydalanishdagi yerlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xususiy investor yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni quyidagi shartnomalar asosida olishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulkning oldi-sotdi shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulkni ayirboshlash shartnomasi, shu jumladan, mavjud obyektni kelgusida quriladigan obyekt bilan almashtirishni nazarda tutuvchi, garov bilan taʼminlangan ayirboshlash shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga tegishli yer uchastkasi oʻrnida rejalashtirilgan yangi obyektni qurish va uni tasarruf qilish huquqini yuridik va jismoniy shaxslarning oʻzida qoldirish toʻgʻrisida shartnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur shartnomalar taraflar tomonidan oʻzaro kelishuv va manfaatdorlik asosida tuziladi hamda notarial tasdiqlanadi, ushbu shartnomalarni tuzishda taraflarga davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan har qanday shaklda taʼsir koʻrsatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuridik va jismoniy shaxslar hamda xususiy investor oʻrtasidagi shartnoma obyekti mulkdorga mulk huquqi bilan tegishli boʻlgan va ushbu huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan quyidagi koʻchmas mulklar boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlar — Yer kodeksining 22-moddasiga muvofiq, ushbu obyektlar joylashgan yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, doimiy foydalanish va uzoq muddatli ijara huquqi bilan birga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uydagi turar va noturar joylar — joy mulkdorlarining har biri bilan kelishuvga erishilgan va shartnomalar tuzilgan taqdirda, ushbu koʻp kvartirali uy joylashgan yer uchastkasiga doimiy foydalanish huquqi bilan birga (bundan koʻp kvartirali uylarga tutash hamda umumiy foydalanishdagi yerlarga boʻlgan huquqlar mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat organlari va muassasalariga, davlat korxonalari, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlariga tegishli yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni xususiy investorga oʻtkazish davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi, bundan mazkur asosiy shartlarda nazarda tutilgan aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlariga va ular ustidagi obyektlarga boʻlgan huquqlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tegishli huquqlar ushbu asosiy shartlarda belgilangan tartibda xususiy investor tasarrufiga oʻtgan yerlar Koʻchmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasi (keyingi oʻrinlarda — birlashtirish dalolatnomasi) asosida yagona yer uchastkasiga birlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda birlashtirilayotgan barcha yer uchastkalarini ushbu yerlarga boʻlgan huquq turi, yer uchastkasi va unda qurilgan obyektning turi, obyektning qurilishi tugallangan yoki tugallanmaganligidan qatʼi nazar, yagona yer uchastkasiga birlashtirishga yoʻl quyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Birlashtirish dalolatnomasini tuzishda xususiy investorga tegishli yer uchastkalari oraligʻida joylashgan (ushbu yerlar bilan toʻliq oʻrab olingan) quyidagi yerlar ham yagona yer uchastkasi hududiga kiritiladi (Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 149-son qaroriga asosan Toshkent shahri hokimining qarori bilan renovatsiya loyihasi amalga oshiriladigan renovatsiya hududi chegarasiga kiritilgan yerlar bundan mustasno):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uylar atrofidagi (uylarga tutash) yer uchastkalari (Yer kodeksining 63-moddasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari (Yer kodeksining 64-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu yerlardan doimiy foydalanish huquqi (agar mavjud boʻlsa) birlashtirish dalolatnomasi rasmiylashtirilgan kundan tugagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida har bir yangi massivda mazkur asosiy shartlarning 6-bandiga asosan yagona yer uchastkasi hududiga kiritiladigan koʻp kvartirali uylar atrofidagi va umumiy foydalanishdagi yer uchastkalarining jami maydoni mazkur asosiy shartlarning 3-bandiga asosan olingan yer uchastkalari jami maydonining 35 foizidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Birlashtirish dalolatnomasi koʻp kvartirali uylar atrofidagi hamda umumiy foydalanishdagi yer uchastkalarini doimiy foydalanish uchun ajratish toʻgʻridagi mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini (agar mavjud boʻlsa) bekor qilish (oʻzgartirish) uchun ham asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Birlashtirish dalolatnomasiga kiritilgan yer uchastkalarini toʻliq kesib oʻtgan liniyali obyektlar — muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari (elektr, gaz, aloqa, suv va kanalizatsiya tarmoqlari, yoʻllar) ularni saqlovchi tashkilotlar bilan kelishilgan holda xususiy investor hisobidan koʻchiriladi yoki oʻz oʻrnida qoldirgan holda yangi massiv hududini batafsil rejalashtirish loyihasi asosida qayta rekonstruksiya qilinib (taʼmirlanib), balansda saqlovchiga qaytadan topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Birlashtirish dalolatnomasida xususiy investorga tegishli boʻlgan yer uchastkalarining jami maydoni hamda koʻp kvartirali uylarga tutash yerlar va umumiy foydalanishdagi yerlarning jami maydoni kvadrat metrlarda va foizda alohida-alohida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Birlashtirish dalolatnomasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan, birlashtirish dalolatnomasida koʻrsatilgan yer maydoni hududidagi yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish davrini koʻrsatgan holda birlashtirilgan yer uchastkasiga 49 yilgacha ijara huquqini belgilagan holda tuman (shahar) hokimi va xususiy investor oʻrtasida yer ijarasi shartnomasini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlashtirilgan yer uchastkasida qurilish sohasida ruxsat beruvchi hujjatlarni olish uchun vakolatli organlarga murojaat qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Birlashtirilgan yer uchastkasi hududida loyihalashtiriladigan va quriladigan obyektlar egallaydigan jami yer maydoni birlashtirish dalolatnomasida xususiy investorga tegishliligi koʻrsatilgan yer uchastkalarining jami maydonidan oshmasligi, yangi loyihaga koʻra koʻp kvartirali uylarga tutash yerlarning va umumiy foydalanishdagi yerlarning maydoni esa, birlashtirish dalolatnomasida koʻrsatilgan koʻp kvartirali uylarga tutash yerlar va umumiy foydalanishdagi yerlarning maydonidan kam boʻlmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol uchun: yangi massiv barpo etish rejalashtirilgan hudud maydoni — 5 gektar. Shundan 3,3 gektarini bino va inshootlar ostidagi yerlar, qolgan 1,7 gektarini (34 foizini) koʻp kvartirali uylar atrofidagi va umumiy foydalanishdagi yerlar tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yangi massivning batafsil rejalashtirish va qurish loyihasida ham kamida 1,7 gektar (34 foiz) koʻp kvartirali uylarga tutash yerlar va umumiy foydalanishdagi yerlar nazarda tutilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Birlashtirilgan yer uchastkasi hududida qurilishi rejalashtirilgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari kelishilganidan keyin, ularga asosan Koʻchmas mulkni boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasi (keyingi oʻrinlarda — boʻlish dalolatnomasi) rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Boʻlish dalolatnomasida xususiy investorga tegishli yer uchastkalarining, shu jumladan, koʻp kvartirali uylar joylashadigan yer uchastkalarining, shuningdek, koʻp kvartirali uylarga tutash yerlar va umumiy foydalanishdagi yerlarning maydoni va yangi chegaralari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Boʻlish dalolatnomasi unda koʻrsatilgan chegaralarga muvofiq koʻp kvartirali uylar joylashgan yer uchastkalari, koʻp kvartirali uylar atrofidagi (tutash) yer uchastkalari hamda umumiy foydalanishdagi yer uchastkalariga doimiy foydalanish huquqini ushbu Farmonga 4-ilovaning 12-bandida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish va tegishlicha koʻp kvartirali uy mulkdorlariga va foydalanuvchi tashkilotlarga topshirish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yangi massiv hududiga kiritilgan yerlardagi koʻp yillik dov-daraxtlar birlashtirish dalolatnomasi tuzilishidan oldin Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi organlari tomonidan hisobga olinadi va raqamlanadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududdagi jami koʻp yillik daraxtlar soni va yashil hududlar maydoni kamaymasligi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
batafsil rejalashtirish va qurish loyihasida 10 yil va undan oldin ekilgan daraxtlarni kesish nazarda tutilmasligi va qurilish davrida ushbu dov-daraxtlarga zarar yetkazilmasligi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 yil ichida ekilgan daraxtlarni yangi massiv hududi ichida boshqa joyga koʻchirishga har bir daraxt oʻrniga shu turdagi 10 ta yangi koʻp yillik daraxtni yangi massiv hududining oʻzida ekish va ularni kamida besh yil parvarishlash sharti bilan ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-sentabrdagi PF-135-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi ajratilgan yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalash, qurilishni boshlash, qurilishni yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlarini belgilashning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ASOSIY SHARTLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan va davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yer uchastkalarini mulk huquqi, ijara huquqi va doimiy foydalanish huquqi bilan ajratishda (realizatsiya qilishda) ushbu yer uchastkasida ruxsat etilgan foydalanish turiga muvofiq barpo etiladigan bino va inshootlar soni va turi majburiy ravishda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yangi ajratilgan yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalash, qurilishni boshlash, qurilishni yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlari yer uchastkasini ajratish (realizatsiya qilish) toʻgʻrisidagi hujjatlarda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaruratga koʻra, ushbu muddatlar yer uchastkasini ajratish (realizatsiya qilish) toʻgʻrisidagi hujjatga ilova qilinadigan reja-grafikda belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Muddatlarni belgilashda yer uchastkasida barpo etiladigan obyektni foydalanishga topshirish muddati yer uchastkasi ajratilgan sanadan boshlab quyidagi muddatlardan oshmasligi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining maydoni 0,1 gektargacha boʻlganda — 2 yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining maydoni 0,1 gektardan 1 gektargacha boʻlganda — 3 yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining maydoni 1 gektardan 10 gektargacha boʻlganda — 4 yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining maydoni 10 gektardan ortiq boʻlganda — 5 yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida ushbu hujjatlar asosida quriladigan obyektlarni foydalanishga topshirish boʻyicha boshqa muddatlar belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan obyektni foydalanishga topshirish davriga teng boʻlgan, biroq uch yildan koʻp boʻlmagan muddatda yer soligʻi stavkasi 50 foiz miqdorda qoʻllanadi, bundan Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida joylashgan yer uchastkalari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bino va inshootlar oʻz vaqtida foydalanishga topshirilmagan taqdirda, ushbu soliq imtiyozi summasi Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblangan holda toʻliq undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur asosiy shartlarda nazarda tutilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar qonunchilikka muvofiq boshqa shaxsga oʻtkazilishi (qayta ijaraga berilishi) yoki garovga qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bino va inshootlarni loyihalash, qurilishni boshlash, qurilishni yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlari oʻzgarmaydi, ushbu muddatlarga rioya qilinishini taʼminlash majburiyati yer uchastkasiga boʻlgan huquq va majburiyatlarning yangi egasiga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bitta yer maydonida bir nechta bino va inshootlar qurish nazarda tutilgan taqdirda, mazkur asosiy shartlarda nazarda tutilgan talablar har bir bino va inshoot uchun alohida-alohida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Loyihalash, qurilishni boshlash, qurilishni yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlariga rioya qilinmaganda, tuman (shahar) hokimligi tomonidan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni bekor qilish va yer uchastkasini boshqa shaxsga realizatsiya qilish uchun elektron onlayn auksionga chiqarish toʻgʻrisida sudga majburiy tartibda daʼvo arizasi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sud qaroriga asosan yer uchastkasini takroran realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar hisobidan ushbu yer uchastkasiga boʻlgan huquqi bekor qilingan shaxsga mazkur yer uchastkasini olish uchun haqiqatda toʻlagan mablagʻlari (navbatdagi auksionda tushgan mablagʻdan oshmagan miqdorda) qaytarib beriladi, bunda yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash va auksion oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar chegirib qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasi hududini avvalgi holatga qaytarish, qurilgan obyektlarni buzish va hududni tozalash yer uchastkasiga boʻlgan huquqi bekor qilingan shaxs hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat organlari va mansabdor shaxslarning sud tomonidan qonunga xilof deb topilgan xatti-harakatlari (harakatsizligi) natijasida, shu jumladan, qurilish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish jarayonida oʻtkazib yuborilgan muddat obyektni foydalanishga topshirish muddatidan chegirib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Fors-major hollari yuz berganda mazkur asosiy shartlarda nazarda tutilgan muddatlar sud tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Barcha holatlarda quyidagi yer uchastkalari ularda barpo etiladigan obyektlarni qurib bitkazish va foydalanishga qabul qilish muddatiga ijara huquqi bilan ajratiladi (realizatsiya qilinadi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uylar quriladigan va unga tutash yer uchastkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qurilib, davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga topshiriladigan obyektlar quriladigan yer uchastkalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur asosiy shartlarda nazarda tutilgan yer uchastkalarida qurilgan obyektni foydalanishga qabul qilish boʻyicha ruxsatnoma, yer uchastkasiga boʻlgan huquq turidan qatʼi nazar, quyidagi yer uchastkalariga nisbatan doimiy foydalanish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkalari, shu jumladan, mazkur Farmon kuchga kirguniga qadar doimiy foydalanish huquqidan boshqa huquqlar bilan tegishli yer uchastkalarida qurib foydalanishga topshirilgan koʻp kvartirali uylar joylashgan va ularga tutash yer uchastkalariga nisbatan — koʻp kvartirali uy mulkdorlari nomiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qurilib, davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga topshiriladigan obyektlar egallagan yerlarga nisbatan — tegishli davlat organi, muassasasi, korxonasi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi nomiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-sentabrdagi PF-135-son Farmoniga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Ijro uchun masʼullar

1.

“Shaharsozlik renovatsiyasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini kiritish.

Qonun loyihasi

Bir oy

Adliya vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

2.

Quyidagilarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi “Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlarining yagona klassifikatorini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarorini qabul qilish:

Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatori;

Ilgari hisobga olingan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizom;

Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini belgilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti;

Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti;

Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olishning maʼmuriy reglamenti.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

Bir hafta

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qoʻchqorov, A. Ramatov, J. Xodjayev)

3.

Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etilishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini kiritish.

Qonun loyihasi

Ikki oy

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qoʻchqorov, A. Ramatov, J. Xodjayev)

4.

Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turidan kelib chiqqan holda koʻchmas mulkni ommaviy baholash tartibini joriy etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi

Bir hafta

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qoʻchqorov)

5.

Auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalarining boshlangʻich narxini belgilashda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turidan kelib chiqqan holda oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllashga oʻtish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi,

Amaliy chora tadbirlar

Bir oy

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

6.

Qurilish sohasida ruxsat beruvchi xususiyatga ega hujjatlarni yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini hisobga olgan holda rasmiylashtirish tartibini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

Bir oy

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

7.

Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq yer soligʻi stavkalariga oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllash.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

Ikki oy

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Soliq qoʻmitasi

8.

Koʻchmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash hamda koʻchmas mulkni boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlariga oʻzgartirishlar kiritish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

Ikki oy

Kadastr agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

9.

Ruxsat etilgan foydalanish turi oʻzgartiriladigan yer uchastkasida loyihalashtiriladigan obyekt uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish vaqtida muhandislik tarmoqlariga ulanishning texnik shartlaridan va boshqa koʻrsatkichlardan kelib chiqib, ijtimoiy va infratuzilma obyektlariga qoʻshimcha yuklama miqdorini aniqlash va ushbu yuklamani kompensatsiya qilish manbalarini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

Uch oy

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Energetika vazirligi,

Kadastr agentligi

10.

Foydalanilmayotgan obyektlarni ishga tushirishni jadallashtirish, boʻsh turgan obyektlardan oqilona foydalanish hamda ular negizida zamonaviy ishlab chiqarishlarni va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

Bir oy

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qoʻchqorov, J. Xodjayev),

Soliq qoʻmitasi

11.

Ushbu Farmon talablari asosida Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

Qonun loyihasi

Bir oy

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

12.

Qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

Ikki oy

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

13.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari, qurilish, kadastr idoralari va boshqa tashkilotlar xodimlari uchun yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatorini qoʻllash boʻyicha oʻquv seminarlari tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil sentabr — dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Kadastr agentligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: zaruratga koʻra normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining turlariga oʻzgartirish kiritilishi, ular birlashtirilishi va ajratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-sentabrdagi PF-135-son Farmoniga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-33-son Farmoni 3-bandining “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a) koʻp qavatli uy-joylar qurish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha oʻtkazilgan elektron onlayn-auksion gʻoliblariga lot qiymatini qonunchilikda belgilangan tartibda boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida”gi PF-101-son Farmonining 2-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksion orqali sotishda qonunchilikda belgilangan tartibda boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) toʻrtinchi xatboshidan “va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyundagi “Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-153-son Farmonining 4-bandi beshinchi xatboshisidan “yer maydonlari va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy tumanlarida tadbirkorlikni rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-264-son qarorining 1-bandi toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“jismoniy va yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalariga ijara huquqini elektron onlayn-auksionda sotib olish qiymatini qonunchilikda belgilangan tartibda boʻlib toʻlash imkoniyatini yaratish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-noyabrdagi “Qashqadaryo viloyatining togʻli-rekreatsion hududlarida zamonaviy xizmat koʻrsatish va turizm obyektlarini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-376-son qarorining 6-bandi uchinchi xatboshisidagi “10 yil muddatda teng ulushlarda” soʻzlari “qonunchilikda belgilangan tartibda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-39-son qarorining 4-bandi “b” kichik bandidan “va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi “Xorazm viloyatida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-89-son qarorining 31-bandi uchinchi xatboshisidan “va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-162-son qarorining 6-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “a” kichik banddan “va sotib olish toʻlovlarining 15 foizini uch oy muddatda, qolgan qismini 10 yilgacha muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2024-y., 06/24/135/0696-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)