25.03.1994 yildagi 161-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YEVROOSIYO” OʻZBEKISTON — ROSSIYA AKSIONERLIK KORPORATSIYASINING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlaridan hamda xom ashyo resurslaridan toʻlaroq foydalanish, oʻzaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi korxonalarining toʻgʻridan-toʻgʻri xoʻjalik aloqalarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining bir qator korxonalari, birlashmalari, uyushmalari va konsernlarining Rossiya Federatsiyasining xoʻjalik tuzilmalari bilan birgalikda ilova*ga muvofiq tarkibda “Yevroosiyo” Oʻzbekiston—Rossiya aksionerlik korporatsiyasini tashkil etish haqidagi tashabbusi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsern faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri quyidagilar hisoblanishiga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksionerlik korxonalarini xom ashyo va moddiy-texnika resurslari bilan ustuvor tartibda taʼminlash, sarmoyalarning muomalada boʻlishini jadallashtirish asosida ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish maqsadida xoʻjalik aloqalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar konyunkturasini oʻrganish va mavjud boʻsh quvvatlar bilan qoʻshimcha ravishda mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida, Rossiya Federatsiyasida va chet elda sanoatga, qishloq xoʻjaligiga, qurilishga, transportga va faoliyatning noishlab chiqarish sohalariga investitsiyalarni jalb qilishni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼsis yigʻilishi bilan korporatsiya tuzilmasi tasdiqlanganligi, uning rahbar organlari saylanganligi hamda ustav fondi tashkil etilganligi, unda aksiyalarning 60 foizi yuridik shaxslarniki, 40 foizi — jismoniy shaxslarniki ekanligi, aksiyalar Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida 50 foizdan taqsimlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, korporatsiyaning respublika hududidagi faoliyati “Oʻzbekiston Respublikasida xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻgʻrisida”, “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar toʻgʻrisida”gi qonunlarga va amaldagi boshqa normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi “Yevroosiyo” korporatsiyasini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni belgilangan tartibda amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga belgilangan tartibda hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlar ochishda “Yevroosiyo” korporatsiyasiga yordam koʻrsatish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Yevroosiyo” korporatsiyasini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatning qatnashchisi sifatida roʻyxatga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “Yevroosiyo” korporatsiyasini hukumat telefoni va teleks aloqasi bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻrta Osiyo Temir yoʻl boshqarmasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi “Yevroosiyo” korporatsiyasining transport xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi buyurtmanomalari bajarilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va ularning hududiy boʻlinmalari “Yevroosiyo” korporatsiyasiga eksport-import operatsiyalari bilan bogʻliq hujjatlarning belgilangan tartibda, oʻz vaqtida rasmiylashtirilishiga koʻmaklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gogol koʻchasi, 102-uydagi binoni “Yevroosiyo” korporatsiyasiga ijaraga bersin, binoni qayta taʼmirlash korporatsiya mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat-aksionerlik qurilish korporatsiyasi bilan birgalikda “Yevroosiyo” korporatsiyasiga bazalarni ijaraga berish masalasini koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining tegishli majmuilariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 25-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161-son