Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.1994 14.06.1991 yildagi 287-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.1994
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RespublikasiDA ChET EL INVESTITSIYaLARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1994-yil 5-maydagi 1053-XII-son “Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalarini amalga oshirishning huquqiy va tashkiliy asoslarini hamda tartibini belgilab beradi. Qonun chet el kapitaliga kafolatlarni ta’minlab beradi, O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligini rivojlantirishga, respublika iqtisodiyotining jahon iqtisodiy sistemasiga qo‘shilishiga ko‘maklashish maqsadida chet elning moliyaviy, moddiy, intellektual va boshqa resurslarini, xorijning zamonaviy texnologiyasi va boshqaruv sohasidagi tajribasini jalb etishga va ulardan samarali foydalanishga qaratilgandir.
(Kirish qismi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bo‘lim. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Chet ellik investorlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajnabiy yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajnabiy fuqarolar, fuqarolarning uyushmalari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet elda doimiy yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari chet ellik investorlar bo‘lishlari mumkin.
(1-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Chet el investitsiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari deganda tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga chet ellik investorlar qo‘shadigan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va intellektual boyliklar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday boyliklar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablag‘lari, aniq maqsadli bank omonatlari, ulushlar, aksiyalar, sug‘urta polislari va boshqa qimmatbaho qog‘ozlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘char va ko‘chmas mol-mulkdan (binolar, inshootlar, asbob-uskunalar va boshqa moddiy boyliklardan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mualliflik huquqlaridan kelib chiqadigan mulkiy va mulkka oid bo‘lmagan huquqlar va boshqa intellektual boyliklaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining, uning yuridik shaxslari va fuqarolarning egaligidan yerdan, mol-mulkdan hamda tabiiy boyliklardan foydalanishga chet ellik investorlar sotib olgan ijara huquqidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zga boyliklardan iborat bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Chet el investitsiyalarini amalga oshirish shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi va SSR Ittifoqining yuridik shaxslari hamda fuqarolari bilan birgalikda barpo etilgan korxonalar, banklar, sug‘urta kompaniyalari va boshqa tashkilotlarda ulush qo‘shib qatnashish;
(3-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
butunlay chet ellik investorlarga qarashli bo‘lgan korxonalar, banklar, sug‘urta kompaniyalari va boshqa tashkilotlarni barpo qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar sotib olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil ravishda yoki yuridik va jismoniy shaxslar ishtirokida mulkiy huquqlarni, shu jumladan yerdan va tabiiy resurslardan foydalanish, shuningdek ijara asosida foydalanish huquqlarini sotib olish yo‘li bilan investitsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.
(3-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar deganda chet ellik investorlarning ulushbay ishtirokidagi (qo‘shma korxonalar) va butunlay chet ellik investorlarga qarashli korxonalar ( chet el korxonalari) tushuniladi. Bunday korxonalar O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan har qanday shakllarda amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Chet el investitsiyalarining huquqiy rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari davlat-huquqiy himoyasi bilan ta’minlanadilar. Chet el investitsiyalarining huquqiy rejimi O‘zbekiston Respublikasining shunga o‘xshash korxonalari, tashkilotlari va fuqarolari uchun belgilangan tegishli rejimga qaraganda noqulay bo‘lishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotning nufuzli tarmoqlariga yo‘llanadigan chet el investitsiyalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qo‘shimcha imtiyozlar belgilashi mumkin.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Faoliyat turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan taqiqlanmagan va bunday korxonalarning ustavlarida nazarda tutilgan maqsadlarga javob beradigan faoliyatning har qanday turini amalga oshirishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq litsenziya olish kerak bo‘lgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanish uchun chet ellik investor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi belgilab beradigan tartibda litsenziya olishi shart.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bo‘lim. ChET ELLIK INVESTORLARNING HUQUQLARI VA VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Chet ellik investorlarning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Chet ellik investor amalga oshiriladigan investitsiyalarning hajmini, turini, yo‘nalishini mustaqil belgilaydi hamda investitsiyalarni amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarni o‘z xohishiga ko‘ra jalb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Chet ellik investor investitsiya obyektlari va natijalariga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda uning tashqarisida takroriy investitsiyalar hamda savdo operatsiyalari natijalariga O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va xalqaro huquq normalariga muvofiq egalik qilishga, ulardan foydalanishga va ularni tasarruf qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investorning qaroriga binoan investitsiyalarga, ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish huquqi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin. Uqtirib o‘tilgan huquqlarni o‘tkazish vaqtida tomonlarning o‘zaro munosabatlari shartnomalar asosida tartibga solinadi.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonunining 6 va 7-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Chet ellik investorlarning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investorlar investitsiya faoliyatini amalga oshirish chog‘ida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan qonunlarga rioya etishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq soliqlar to‘lashlari, valyuta ajratmalari va o‘zga to‘lovlarni amalga oshirishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarida sanitariya-gigiyena, ekologiya va O‘zbekiston Respublikasi qonunlaridan kelib chiqadigan o‘zga talablarga rioya etilganligi xususida ekspertiza xulosasini olishlari shart.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bo‘lim. ChET EL INVESTITSIYaLARINING KAFOLATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi respublika hududida investitsiya faoliyati amalga oshirilayotganda chet ellik investorlarning huquqlari hamma tomonidan e’tirof etilgan xalqaro huquq normalariga muvofiq himoya qilinishiga kafolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining keyin qabul qilingan qonunlari investitsiyalash sharoitlarini yomonlashtirgan taqdirda chet el investitsiyalariga nisbatan o‘n yildan ortiq bo‘lmagan muddat davomida investitsiyani ro‘yobga chiqarish paytida amal qilib turgan qonunlar qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining davlat idoralari chet ellik investorlarning huquqlarini kamsituvchi normativ hujjatlar qabul qilgan taqdirda, ularga yetkazilgan zarar ana shu idoralar tomonidan sud yo‘li bilan to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat idoralari va ularning mansabdor shaxslari chet ellik investorlarning O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq holda amalga oshirayotgan xo‘jalik faoliyatiga aralashishga haqli emas.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonunining 6 va 8-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Natsionalizatsiya va rekvizitsiya qilinishdan kafolat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari natsionalizatsiya qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari rekvizitsiya qilinmasligi kerak, tabiiy ofat, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar bundan mustasno. Rekvizitsiya qilish haqidagi qarorni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qabul qiladi. Shunaqa hollarda chet ellik investorga to‘lanadigan tovon puli boshqalarga to‘lanadigan tovon puli bilan bab-baravar bo‘lishi lozim.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonunining 6 va 9-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Foydani va pulni chet el valyutasida o‘tkazilishining kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investorlarga ularning qonuniy faoliyat natijasida olgan foydasi va boshqa pullarining chet elga o‘tkazilishi kafolatlanadi.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonunining 6 va 10-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Foydani tasarruf etish kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investorlarning O‘zbekiston Respublikasida olgan foydasi respublika hududida takror investitsiya qilinishi yoki mulk egasining ixtiyoriga ko‘ra o‘zgacha tarzda foydalanilishi mumkin. Chet ellik investorlar respublika banklarida istalgan valyutada yuritiladigan hisob raqamlariga hech qanday cheklashsiz ega bo‘lishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investorlar o‘z hisob raqamlaridagi so‘mlardan valyuta oldi-sotdisining ruxsat etilgan shakllari doirasida qaror topadigan kurslar bo‘yicha chet el valyutasi xarid qilib olishda foydalanishlari mumkin.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonunining 6 va 11-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bo‘lim. ChET EL INVESTITSIYaLARI IShTIROKIDA KORXONALAR BARPO ETISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Qo‘shma korxona tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shma korxonalar yangi yuridik shaxs tashkil etish yo‘li bilan yoki chet ellik investorning O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatib turgan korxonada ulush sotib olishi yo‘li bilan barpo etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni chet ellik investor va O‘zbekiston Respublikasidagi korxona egasi qabul qiladilar.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonunining 6 va 12-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Qo‘shma korxonaning ustav fondiga ulush qo‘shish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shma korxonaning ustav fondiga har bir qatnashchining ulush qo‘shish muddatlari, hajmlari, bu ulushni qo‘shish va baholash tartibi ta’sis hujjatlarida nazarda tutiladi. Qo‘shma korxonaning qatnashchilari tomonidan korxona ustav fondiga ulush sifatida qo‘shiladigan mol-mulkning qiymati qatnashchilar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shma korxonaning qatnashchilari ushbu korxonaning ta’sis hujjatlarida belgilangan muddatlarda korxona ustav fondiga ulush to‘liq o‘tkazilishini ta’minlashlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shma korxona ro‘yxatga olinganidan keyin bir yil o‘tgach har bir qatnashchi tomonidan ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan ulushning 50 foizi ustav fondiga o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lmasa, ushbu qo‘shma korxonani ro‘yxatga olgan idora korxonani ro‘yxatga olinmagan deb topadi va uni qo‘shma korxonalarning reyestridan chiqaradi. Qo‘shma korxona reyestrdan chiqarilganligi to‘g‘risidagi axborot matbuotda e’lon qilinadi.
(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonunining 6 va 13-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Chet el korxonasini ochish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir yoki bir nechta chet el investori O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el korxonasini O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ochishi mumkin.
(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonunining 6 va 14-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni ro‘yxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ro‘yxatga olinishi lozim va u ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab yuridik shaxs huquqiga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi xabar matbuotda e’lon qilinadi.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonunining 6 va 15-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bo‘lim. ChET EL INVESTITSIYaLARI IShTIROKIDAGI KORXONALAR FAOLIYATINING UMUMIY QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Filiallar va vakolatxonalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona ushbu Qonun talablariga rioya etgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lmagan filiallar, vakolatxonalar va boshqa alohida bo‘linmalar ochishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning filiallari, vakolatxonalari va boshqa alohida bo‘linmalari ochilishi mumkin.
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonunining 6 va 16-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Korxonalarning xo‘jalik uyushmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ixtiyoriy asoslarda O‘zbekiston Respublikasi hududida uyushmalar, konsernlar, konsorsiumlar va boshqa birlashmalar tuzishlari mumkin.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonunining 6 va 17-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Valyuta bilan o‘z xarajatlarini o‘zi qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning chet el valyutasidagi barcha xarajatlari ularning o‘z valyuta tushumlari hisobidan, shuningdek chet el valyutasini olishning O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ruxsat etilgan boshqa manbalari hisobidan ta’minlanishi kerak. Ularning valyuta bilan o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashi tashkil etilayotgan birlashmalar, konsorsiumlar va boshqa tashkiliy strukturalar doirasida ham ta’minlanishi mumkin.
(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Mahsulotni eksport va import qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni litsenziyasiz eksport qilishga va o‘zining ishlab chiqarish ehtiyojlari hamda ichki bozorda realizatsiya qilish uchun mahsulot import qilishga haqlidir. O‘zi ishlab chiqargan, eksportga yetkazib beriladigan mahsulotni hamda o‘zining ehtiyojlari uchun korxona tomonidan import qilinadigan mahsulotni aniqlash tartibini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tovar yaratilishining jahon amaliyotiga monand qoidalari asosida belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zi ishlab chiqargan mahsulotni eksport qilishdan olingan valyuta tushumlari belgilangan soliqlar va ajratmalar to‘langanidan keyin to‘liq korxonaning tasarrufida qoladi.
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonunining 6 va 18-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Boj olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investorning qo‘shadigan hissasi sifatida O‘zbekiston Respublikasiga olib kelinadigan mol-mulk bojxona poshlinalari to‘lashdan ozod qilinadi va unga import solig‘i solinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning ajnabiy xodimlari O‘zbekiston Respublikasiga o‘z ehtiyojlari uchun olib kiradigan mol-mulk bojxona poshlinalari to‘lashdan ozod qilinadi.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Sug‘urta
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning mol-mulkini va tavakkal harakatini sug‘urta qilish uning xohishiga qarab amalga oshiriladi.
(22-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Soliq solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, shuningdek chet ellik investorlar O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq soliqlar va boshqa to‘lovlar to‘laydilar. Soliqlarga doir qonunlarda nazarda tutilgan imtiyozlardan tashqari ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi soliq sohasida qo‘shimcha imtiyozlar berishi mumkin.
(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonunining 6 va 19-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar faoliyatini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari talablariga rioya etishini nazorat qilish bo‘yicha maxsus vazifalarni bajaruvchi soliq va boshqa davlat idoralari o‘z vakolatlari doirasida nazorat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar mazkur idoralarga nazorat qilish uchun o‘z faoliyatlari to‘g‘risida zarur axborot beradilar. Nazorat qiluvchi idora tijorat siri saqlanishini ta’minlashi shart. Tijorat sirini oshkor qilish qonun bilan ta’qib etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish maqsadida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq inspeksiyasi bunday tekshirishni o‘tkazish uchun vakil qilgan auditor tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonunining 6 va 20-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Hisobga olish va hisobot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida belgilangan tartibda hisob va hisobotni olib boradi.
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Majburiyatlarning ta’minlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona o‘ziga qarashli mol-mulkdan o‘zining barcha turdagi majburiyatlarini, shu jumladan qarz mablag‘larini jalb etishni ta’minlovchi sifatida foydalanishi mumkin. Uning binolarga, inshootlarga, asbob-uskunalarga nisbatan mulkiy huquqlari, shuningdek boshqa mulkiy huquqlari o‘z majburiyatlarini ta’minlovchi sifatida amal qilishi mumkin, yerga va boshqa tabiat resurslariga egalik qilish hamda ulardan foydalanish huquqi bundan mustasno.
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Intellektual mulk
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar korxona hujjatlari bilan tasdiqlangan topshiriqlarga muvofiq yaratilayotgan intellektual mulk obyektlari xususida o‘z xodimlari bilan shartnomalar tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasidagi chet el korxonalari va qo‘shma korxonalar ixtirolarga patent olish hamda sanoat namunalarini joriy etishni O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yilgan tartibda amalga oshiradilar.
(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonunining 6 va 21-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Mehnat munosabatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonada ishlab chiqarish va mehnat munosabatlari, shu jumladan ishga yollash va ishdan bo‘shatish, mehnat va dam olish rejimi, mehnatga haq to‘lash shartlari, kafolatlar va tovonlar jamoa shartnomasi (bitimi) va (yoki) yakka tartibdagi mehnat shartnomalari (kontraktlari) bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoa va (yoki) yakka tartibdagi mehnat shartnomalarida ko‘zda tutilgan shartlar ushbu korxona xodimlarining ahvolini O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan shartlarga qaraganda yomonlashtirish mumkin emas.
(28-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Ajnabiy xodimlarni jalb etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning ishchi va xizmatchilari, ma’muriyati, nazorat kengashi a’zolari tarkibiga ajnabiy fuqarolar kirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning ajnabiy xodimlari mehnatiga haq to‘lashga, ularga otpuskalar berishga, ularning pensiya ta’minotiga doir masalalar har bir xodim bilan yakka tartibda tuzilgan mehnat shartnomalarida (bitimlarida) hal etilishi lozim. Bu xodimlar oladigan ish haqlarini va qonuniy yo‘l bilan topilgan boshqa daromadlarini chet davlatlarga o‘tkazishlari mumkin.
(29-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonunining 6 va 22-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Ijtimoiy sug‘urta va ta’minot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning xodimlarini ijtimoiy sug‘urta qilish va ularning ijtimoiy ta’minoti (ajnabiy xodimlarning pensiya ta’minotidan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona ajnabiy xodimlarning pensiya ta’minoti uchun ana shu xodimlar doimiy istiqomat qiluvchi mamlakatning tegishli fondlariga valyutada to‘lovlar o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona O‘zbekiston Respublikasi xodimlarining va chet ellik xodimlarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha ajratmalarni hamda O‘zbekiston Respublikasi xodimlarining pensiya ta’minotiga ajratmalarni amaldagi qonunlarga muvofiq to‘laydi.
(30-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonunining 6 va 23-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Qo‘shma korxonaning fondlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shma korxonalarda ularning faoliyati, jamoani ijtimoiy rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash uchun zaxira fondi va boshqa fondlar yaratiladi. Zaxira fondi ustav fondining 25 foizigacha miqdorda tuziladi. Zaxira fondi har yili ham rubl, ham chet el valyutasida pul ajratish hisobiga tashkil etiladi. Zaxira fondiga yillik ajratmalarning miqdori va valyutaning turi qo‘shma korxona tomonidan mustaqil belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa fondlarning ro‘yxati, ularni tuzish va xarajat qilish tartibi qo‘shma korxona tomonidan mustaqil tarzda belgilanadi.
(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonunining 6 va 24-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Qayta tashkil etish va tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona mustaqil ravishda yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona to‘plagan aktivlarga korxona tugatilgan vaqtda ularning real qiymati bo‘yicha soliq solinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkning qolgan qismi, agar ta’sis hujjatlarida boshqacha tartib ko‘zda tutilgan bo‘lmasa, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning qatnashchilari o‘rtasida korxona mol-mulkidagi ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda ishdan bo‘shatilayotgan xodimlarning huquq va manfaatlariga qonunlarga muvofiq rioya etish kafolatlanadi.
(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonunining 6 va 25-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Qo‘shma korxonadan chiqishda mol-mulkni taqsimlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investor qo‘shma korxonadan butunlay chiqqanda yoki bu korxona tugatilgan taqdirda korxona mol-mulkidagi o‘z ulushini bozor qiymatiga muvofiq pul yoki tovar shaklida qaytarib olish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda boshqa qatnashchilarga qo‘shma korxonadan chiqayotgan ajnabiy qatnashchining ulushini sotib olish huquqi beriladi.
(33-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonunining 6 va 26-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bo‘lim. ChET ELLIK INVESTORLARNING QIMMATBAHO QOG‘OZLARNI SOTIB OLIShI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Davlatning qimmatbaho qog‘ozlarini sotib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investor davlatning qimmatbaho qog‘ozlarini qonunlarda belgilab qo‘yilgan tartibda sotib oladi.
(34-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonunining 6 va 27-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Yuridik shaxslarning qimmatbaho qog‘ozlarini sotib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investorlar O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining aksiyalari va boshqa qimmatbaho qog‘ozlarini sotib olishga haqlidirlar. Ularni sotib olish tartibi va shartlari qonunlar bilan belgilab qo‘yiladi.
(35-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonunining 6 va 28-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII bo‘lim. ChET ELLIK INVESTORLARNING YERDAN FOYDALANISh HUQUQLARINI OLIShI, IJARA VA KONSESSIYA ShARTNOMALARI.
(VII-bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Yerdan foydalanish huquqini olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investorlarga va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga shartnoma shartlarida ko‘rsatilgan muddatga yer ijaraga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlarga egalik qilish huquqi boshqa shaxsga o‘tgan vaqtda shu obyektlar bilan birga yer uchastkasidan foydalanish huquqi ham O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilanadigan tartibda va shartlar bilan boshqa shaxsga o‘tadi.
(36-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonunining 6 va 30-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Ijara
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investorlarga mol-mulkni ijaraga berish ijaraga beruvchi tomonidan shartnomalar asosida hamda qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi.
(37-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonunining 6 va 31-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Konsessiya shartnomalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investorlarga tabiat resurslarini qidirish, olish va ulardan foydalanish hamda boshqa xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun konsessiya berish chet ellik investorlar O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvining vakolatli idoralari bilan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda tuzadigan konsessiya shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, shartnomada boshqacha hol qayd etilgan bo‘lmasa, konsessiya shartnomasi talablarini bir tomonlama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(38-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonunining 6 va 32-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII bo‘lim. NIZOLARNI QARAB ChIQISh VA XALQARO ShARTNOMALAR
(VIII-bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Nizolarni qarab chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investorlar bilan O‘zbekiston Respublikasining davlat idoralari o‘rtasidagi nizolar, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi sudlarida ko‘rilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning O‘zbekiston Respublikasi korxonalari, jamoat tashkilotlari hamda yuridik va jismoniy shaxslari bilan nizolari, investorlar bilan chet el investitsiyalari intirokidagi korxonalar o‘rtasidagi ular faoliyati bilan bog‘liq masalalarga doir nizolar O‘zbekiston Respublikasi hakamlik sudlarida, shuningdek tomonlarning kelishuviga muvofiq — xolislar tekshiruvi tartibida, shu jumladan chet elda, qarab chiqilishi lozim.
(39-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonunining 6 va 34-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Xalqaro shartnomalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ushbu Qonundagiga qaraganda boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnomaning qoidalari qo‘llaniladi.
(40-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 628-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 14-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
287-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 184-modda; 11-son, 273-modda; 1992-y., 9-son, 336-modda)