Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida
Bayonnoma
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitimga qoʻshimcha kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Turkmaniston Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
2013-yil 25-noyabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimning (keyingi oʻrinlarda — Bitim) 16-moddasiga muvofiq,
ikki davlat oʻrtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istagini bildirgan holda,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda
Tomonlar Bitimni unga ilova hisoblanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv milliy markazi bilan Turkmaniston Mudofaa vazirligining Fuqaro mudofaasi va qutqaruv ishlari Bosh boshqarmasining Favqulodda vaziyatlar va qutqaruv ishlari boshqarmasi oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik hamda axborot almashinuvi boʻyicha Yoʻriqnoma bilan toʻldirishga kelishib oldilar.
2-modda
Mazkur Bayonnoma Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi hamda Bitimning 17-moddasida nazarda tutilgan tartibda kuchga kiradi.
Mazkur Bayonnoma Bitimning amal qilishi toʻxtatilgan paytdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotadi.
Toshkent shahrida 2025-yil 17-noyabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, turkman va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Mazkur Bayonnoma qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.
(imzolar)
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitimga qoʻshimcha kiritish haqidagi Bayonnomaga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv milliy markazi bilan Turkmaniston Mudofaa vazirligi Fuqaro mudofaasi va qutqaruv ishlari Bosh boshqarmasining Favqulodda vaziyatlar va qutqaruv ishlari boshqarmasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik va axborot almashinuvi boʻyicha
YOʻRIQNOMA
1. Umumiy qoidalar
1.1. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv milliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Oʻzbekiston Respublikasi FVV FVBMM) bilan Turkmaniston Mudofaa vazirligining Fuqaro muhofazasi va qutqaruv ishlari Bosh boshqarmasining Favqulodda vaziyatlar va qutqaruv ishlari boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Turkmaniston MV FMQIBBFVQIB) oʻrtasida oʻzaro hamkorlik va axborot almashinuvini tashkil etish boʻyicha Yoʻriqnoma transchegaraviy hududlarda favqulodda vaziyatlar xavfida yoki ular yuzaga kelganda axborot almashinuvi va oʻzaro hamkorlik qilish tartibini belgilashni tashkil etish, shuningdek, ularga birgalikda tezkor javob qaytarish maqsadida ishlab chiqilgan.
1.2. Turkmaniston MV FMQIBBFVQIB va Oʻzbekiston Respublikasi FVV FVBMM navbatchi smenalari (keyingi oʻrinlarda — NS) oʻrtasidagi oʻzaro axborot hamkorligining asosiy shakllari Tomonlar davlatlarining chegara oldi hududlarida tabiiy, texnogen va ekologik xarakterdagi favqulodda vaziyatlar xavfi yoki ularning yuzaga kelishi toʻgʻrisidagi tezkor axborotlarni uzatish hamda qabul qilish hisoblanadi.
2. Axborot almashish tartibi
2.1. Axborot almashinuvi Oʻzbekiston Respublikasi FVV FVBMM va Turkmaniston MV FMQIBBFVQIB oʻrtasida amalga oshiriladi.
2.2. NS Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston hududida favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelganligi (yuzaga kelish xavfi) toʻgʻrisida (rivojlanish jarayoni, ularni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar haqida) quyidagi masalalar borasida axborot almashadilar:
qoʻshni davlat hududiga xavfli moddalar chiqarilganligi;
radiatsiyaviy avariya holati, shuningdek, yadroviy, radiatsiyaviy materialni tashish (ekspluatatsiya qilish) vaqtida yoki uni saqlash chogʻida yuz bergan hodisalar toʻgʻrisida;
quruqlik (tuproq, yer osti boyliklari) holati, atmosfera (havo muhiti) tarkibi va xossalari, gidrosfera holati (suv omborlari, suv oqimlari, yer usti va yer osti suvlarining yuqori darajada ifloslanishi, sizot suvlari sathining koʻtarilishi) oʻzgarishining salbiy oqibatlari yuzaga kelganligi yoki yuzaga kelishi xavfi toʻgʻrisida;
oʻzining yoki chegaradosh davlat hududidagi tabiiy ekotizimlarda yongʻinlar yuzaga kelganligi toʻgʻrisida;
davlatlarning oʻz hududida yoki boshqa davlat hududida bedarak yoʻqolgan fuqarolari toʻgʻrisida (aniq maʼlumotlar);
favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha harakatlarga tayyorgarlik koʻrish, avariya-qutqaruv ishlarini va ularni tugatish boʻyicha boshqa ishlarni amalga oshirish, shuningdek, jabrlangan aholining hayotini birinchi navbatda taʼminlash toʻgʻrisida;
avariya-qutqaruv ishlarini oʻtkazish uchun tezkorlik bilan jalb etilishi mumkin boʻlgan kuchlar va vositalarning tayyorligi toʻgʻrisida (tegishli soʻrovnoma olinganda);
boshqa favqulodda vaziyatlar va hodisalar toʻgʻrisida (kelishuvga koʻra).
2.3. NSning oʻzaro hamkorlik koʻnikmalarini oshirish yoʻnalishlaridan biri hududiy NSni jalb qilgan holda oʻtkaziladigan qoʻshma mashgʻulotlarda ishtirok etish hisoblanadi.
2.4. 2.2. bandda koʻrsatilgan maʼlumotlar olinganda darhol NS oʻzaro xabardor qilinadi.
NSning uzatiladigan axboroti tegishli ravishda mazkur idora rahbariyati bilan oldindan kelishib olinadi.
3. Axborot almashishni tashkil etishga doir asosiy talablar
3.1. Favqulodda vaziyatlar (hodisalar) boʻyicha axborot almashish va yuzaga kelayotgan vaziyatga aniqlik kiritish mavjud axborot-kommunikatsiya resurslari va aloqa kanallaridan (telefon, faks, elektron pochta, telegrammalar, videokonferensaloqa (VKA) va boshqalar) foydalangan holda, shuningdek, umumiy foydalanishdagi Internet tarmogʻi orqali kecha-kunduz rus tilida amalga oshiriladi.
3.2. NS oʻrtasida axborot almashish tartibi, maʼlumotlarni uzatish usuli va shakli oʻzgarganda, axborot uzatishni taʼminlash va uni himoya qilish usullari boʻyicha qarorlar tegishli texnik mutaxassislar tomonidan ishchi tartibda kelishiladi va mazkur Yoʻriqnomaga qoʻshimcha bilan tasdiqlanadi.
4. Tezkor boshqaruv organlarining rekvizitlari
4.1. Soʻralgan zarur xizmat maʼlumotlariga nisbatan barcha zarur va ishonchli maʼlumotlarni eng qisqa muddatlarda olish imkonini beruvchi axborot hamkorligi quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:
Turkmaniston tomonidan — Turkmaniston MV FMQIBBFVQIB (744000, Ashxobod sh., Galkinish koʻchasi, 4-uy) tezkor navbatchi — telefon: +99312409911, +99312409912; faks:+99312409525; e-mail: cdrod.tkm@gmail.com;
Oʻzbekiston tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi FVV FVBMM (100084, Toshkent sh., Kichik halqa yoʻli koʻchasi, 4-uy) tezkor navbatchi — telefon: +998712348720, +998712391685; faks: +998711506299; e-mail: odcuks(@fvv.uz.
Oʻzbekiston Respublikasi FVV FVBMM va Turkmaniston MV FMQIBBFVQIB oʻzgarishlar yuzaga kelishiga qarab, masʼul vakillar, oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish boʻyicha aloqada boʻlgan shaxslar va VKA tashkil etish boʻyicha texnik mutaxassislar roʻyxatlarini almashadilar.