06.05.1998 yildagi 194-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.05.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NORMATIV HUJJATLARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Lizing operatsiyalarini oʻtkazishda bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish va bojxona nazoratini amalga oshirish tartibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Buxgalteriya hisobi va hisobotida lizing operatsiyalarini aks ettirish tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri
Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 6-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
194-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
6-maydagi 194-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lizing operatsiyalarini oʻtkazishda bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish va bojxona nazoratini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 19-dekabrdagi 556-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va lizing operatsiyalari boʻyicha yuklarni bojxonada oʻz vaqtida rasmiylashtirishni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Lizing operatsiyalari boʻyicha yuklarni bojxonada rasmiylashtirish, asosan, eksport-import operatsiyalarini oʻtkazishda qoʻllaniladigan umumiy ravishda belgilangan sxema boʻyicha hech qanday toʻsiqlarsiz va mazkur Tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Lizing kontraktlari boʻyicha tovarlarni eksport qilish qonunchilik bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Eksport qiluvchi yuklarni transport vositalariga ortish boshlangunga qadar bojxona organlariga mustaqil ravishda yoki mazkur uchastkaga xizmat koʻrsatadigan bojxona brokeri orqali barcha hujjatlarni (Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlarida, shu jumladan, vakil qilingan bankda va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasida roʻyxatdan oʻtkazilgan kontraktni, tovarning kelib chiqish sertifikatini, muvofiqlik sertifikati va transport-tashish hujjatlarini), agar belgilangan namunadagi yukning bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish uchun qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bojxona brokeri yoki deklarant, yuklar, hujjatlar tegishli tekshiruvdan oʻtkazilgandan soʻng, belgilangan namunada yukning bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtiradi va uni barcha boshqa hujjatlar bilan birga bojxona organi xodimiga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lizing obyekti sifatida olib ketiladigan tovarlarga bojxona toʻlovlarini hisoblash belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Lizing obyektini olib ketish chogʻida bojxona toʻlovlarini toʻlash uning bojxona qiymatining toʻlangan qismi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshirilib (lizing toʻlovlari), bank hujjatlari bilan tasdiqlanadi. Keyinchalik bojxona toʻlovlari lizing toʻlovlari kelib tushishiga koʻra 20 kun mobaynida toʻlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21-maydagi 168-sonli qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2002-y., 10-son, 78-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bojxona organi xodimi hujjatlarni, yuklarni va deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqdim etilgan axborotning ishonchliligini tekshiradi. U yuk ortishga tayyorlab qoʻyilgan transport vositalarini, ularning bojxona organlari tomonidan qoʻyiladigan talablarga muvofiqligini ham puxta tekshiradi, shundan soʻng yuklarni ortishga ruxsat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yuklar bojxona nazoratida ortiladi. Yuklar transport vositalariga ortib boʻlingach, yuklarni muhofaza qilish maqsadida, bojxona organi xodimi yukni joʻnatuvchi ishtirokida transport vositasining tegishli joylariga bojxona belgisini qoʻyishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan toʻldirilgan yukning bojxona deklaratsiyasi, bojxona posti nazoratchisi tomonidan tegishli tekshirishdan oʻtkazilgandan soʻng, qonunchilik bilan belgilangan tartibda bojxona nuqtai nazaridan rasmiylashtiriladi. Bojxona tekshiruvidan oʻtgan eksport qilinayotgan tovar (yuk)ning transport-tashish hujjatlariga bojxona postining “Bojxona yuki” va “Chiqarishga ruxsat etilgan” yozuvli tamgʻalari qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bojxona nuqtai nazaridan toʻgʻri rasmiylashtirilgan va yoki bojxona belgisi boʻlgan, yoxud bojxona organining ruxsati bilan joʻnatuvchi belgisi ostida kelayotgan yuk ortilgan transport vositalari oʻz yoʻnalishi boʻyicha joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Lizing beruvchi nomiga import boʻyicha keluvchi tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda deklarant yoki bojxona brokeri ularni yoʻl-transport hujjatlari va kontrakt (shartnoma) bilan birga bojxona organiga taqdim etadi, bunda kontrakt (shartnoma) qonunchilik bilan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida, vakil qilingan bankda va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tovarni lizing boʻyicha eksport qilish (eksport lizingi) uni vaqtincha olib ketish hisoblanadi. Tovarni vaqtincha olib ketish muddati lizing kontraktiga koʻra lizing muddatiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib ketilgan lizing tovari qaytarib olib kelinganda u import tovar hisoblanmaydi va undan bojxona poshlinalari hamda yigʻimlar olinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy lizingda, lizing obyekti lizing oluvchi mulkiga oʻtgandan keyin, lizing obyekti “eksport” bojxona rejimi ostiga olinadi. Bunda ilgari toʻlangan bojxona toʻlovlari eksport qilishda toʻlanadigan bojxona toʻlovlari summasiga hisoblanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21-maydagi 168-sonli qaroriga muvofiq uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2002-y., 10-son, 78-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bojxona organi xodimi hujjatlarning, yukning bojxona deklaratsiyasining ishonchliligini, shuningdek, tovarlarning mavjudligini tekshiradi va ularni bayon qilingan bojxona tartibiga muvofiq bojxona nuqtai nazaridan rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organiga taqdim etiladigan hujjatlarda, tovarlarda nomuvofiqliklar aniqlangan hollarda bunday tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish vaqtida amalda boʻlgan bojxona qonunchiligiga muvofiq chora-tadbirlar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
6-maydagi 194-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxgalteriya hisobi va hisobotida lizing operatsiyalarini aks ettirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Tartib Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksiga muvofiq va Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 19-dekabrdagi 556-son qarori asosida ishlab chiqilgan. U lizing operatsiyalarini hisobga olishda va ular boʻyicha hisobotlarda qoʻllash uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lizing oluvchi korxonada lizing operatsiyalarini hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya lizingida lizing mulki lizing oluvchi tomonidan aktiv sifatida hisobga olinadi va amortizatsiya qilinadi, lizing boʻyicha qarz esa majburiyat tariqasida passiv boʻyicha aks ettiriladi, lizingga beriladigan asosiy vositalarni lizing beruvchi va lizing oluvchi oʻrtasida kelishilgan jadal amortizatsiya qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lizing munosabatlarida lizing oluvchiga qatʼiy summadagi lizing toʻlovi maʼlum qilinadi. U aktivning kontrakt qiymatidan, uning mulkiy sugʻurtasi, texnika xizmati koʻrsatish boʻyicha xarajatlardan, soliqlar, poshlinalar va boshqalardan, shuningdek lizing stavkasi (kredit uchun foiz stavkasi)dan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lizing obyektini kirim qilish “Uzoq muddat bilan ijaraga olinadigan asosiy vositalar” 03-schyoti debeti boʻyicha “Ijara majburiyatlari” 97-schyot korrespondensiyasida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amortizatsiya Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq hisoblab yoziladi. Amortizatsiyani hisoblab yozish quyidagi buxgalteriya qaydi bilan rasmiylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Asosiy ishlab chiqarish” 20-schyot debeti. (“Davr xarajatlari” 26-schyoti va asosiy vositalarni ishlatish joyiga bogʻliq holda boshqa schyotlar). “Uzoq muddat bilan ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirishi” 02-2-schyot krediti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lizing stavkalariga oid lizing toʻlovlarini hisoblab yozish “Foyda va zararlar” 80-schyot debeti va “Foizlar boʻyicha ijara majburiyatlari” 97-2-schyot krediti boʻyicha aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlarning lizing beruvchiga toʻlanishiga koʻra “Foizlar boʻyicha ijara majburiyatlari” 97-2-schyoti pul mablagʻlarini hisobga olish schyotlari boʻlgan korrespondensiyaga debet qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy qarzni undirish (aktivning kontrakt qiymatini toʻlash) quyidagi buxgalteriya qaydlari bilan rasmiylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hisoblab yozishda: “Asosiy qarz boʻyicha ijara majburiyatlari” Dt 97-1-schyoti — “Turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” Kt 76-schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) toʻlashda: “Turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” Dt 76-schyoti — pul mablagʻlarini hisobga olish Kt schyotlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning amal qilish muddati tugagach lizing obyektlari “Asosiy vositalar” 01-schyoti debetiga va “Uzoq muddat bilan ijaraga olingan asosiy vositalar” 03-schyoti kreditiga kontrakt qiymati boʻyicha, “Uzoq muddat bilan ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirishi” 02-2-schyoti debetiga va “Oʻz asosiy vositalarining eskirishi” 02-1-schyoti kreditiga kirim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar lizing sotib oluvchi sotib olish huquqini lizing shartnomasi muddati tugagungacha amalga oshirsa, u holda aktivning kontrakt qiymati qismi boʻyicha muddatidan oldin hisoblab yozilgan toʻlovlar “Kelgusi davrlar xarajatlari” 31-schyotiga (keyinchalik lizing shartnomasining ilgari belgilangan muddati mobaynida xarajatlarni hisobga olish schyotlariga teng miqdorda hisobdan chiqargan holda) yoki tashkilot ixtiyorida qoladigan foydaga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lizing beruvchi korxonada lizing operatsiyalarini hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarni kirim qilishda tegishli schyotlar: “Oʻrnatishga berilgan asbob-uskunalar” 07-schyoti, “Asosiy vositalar” 01-schyoti, “Kapital qoʻyilmalar” 08-schyoti “Yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” 60-schyotlari boʻlgan korrespondensiyaga debet qilinadi. Toʻlovning amalga oshirilishiga koʻra “Yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” 60-schyoti debet qilinadi va pul mablagʻlarini hisobga olish schyotlari kredit qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarni lizing shartlarida lizing oluvchi korxonaga berish lizing beruvchining buxgalteriya hisobida quyidagi qaydlar bilan aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) lizingga berilgan aktivlar kontrakt qiymati summasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sotilgan va boshqa chiqib ketgan asosiy vositalar” Dt 47-schyoti — “Asosiy vositalar” Kt 01-schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ularni ishlatish davrida hisoblangan eskirish summasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻz asosiy vositalarining eskirishi” Dt 02-1-schyoti — “Sotilgan va boshqa chiqib ketgan asosiy vositalar” Kt 47-schyoti (ushbu qayd lizing aktivini takroriy berishda amalga oshiriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) lizingning butun davri uchun belgilangan lizing toʻlovlari summasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tushumga nisbatan ijara majburiyatlari” Dt 09-schyoti — “Sotilgan va boshqa chiqib ketgan asosiy vositalar” Kt 47-schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) nazarda tutilayotgan daromad natijasi (47-schyot aylanmalari oʻrtasidagi farq) summasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sotilgan va boshqa chiqib ketgan asosiy vositalar” Dt 47-schyoti — “Kelgusi davrlar daromadlari” Kt 83-schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) har oyda tushadigan lizing toʻlovi summasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlarini hisobga olish Dt schyoti — “Tushumga nisbatan ijara majburiyatlari” Kt 09-schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kelgusi davrlar daromadlari” Dt 83-schyoti — “Foyda va zararlar” Kt 80-schyoti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lizing shartnomasi amal qiladigan davrda aktiv egasi hisoblanuvchi lizing beruvchi lizing obyektini oʻzi sugʻurta qilishi yoki mulkni sugʻurta qilish boʻyicha vazifasini lizing oluvchiga yuklashi mumkin. Ikkinchi holatda sugʻurta boʻyicha barcha xarajatlarni va ushbu operatsiyalarni hisobga olishni lizing oluvchi amalga oshiradi, mazkur xarajatlarni amalga oshirish uchun unda mablagʻ yetishmagan taqdirda lizing beruvchi lizing oluvchi bilan kelishgan holda sugʻurta boʻyicha xarajatlarni toʻlashni lizing shartnomasining butun davriga taqsimlaydi, bu ham oʻziga xos mablagʻ bilan taʼminlash hisoblanadi. Sugʻurta holati boshlanganda lizing beruvchi lizing oluvchiga sugʻurta toʻlovining olingan summasini oʻtkazadi yoki uni, lizing toʻlovini kamaytirgan holda, oʻzida qoldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lizing oluvchi korxonada oʻrnatishni talab qiluvchi asbob-uskunalar boʻyicha lizing operatsiyalarini hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrnatishni talab qiluvchi asbob-uskunalar boʻyicha lizing operatsiyalari buxgalteriya hisobida quyidagi qaydlar bilan aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lizing boʻyicha olingan asbob-uskunalarning kontrakt qiymati lizing oluvchining “Oʻrnatishga berilgan asbob-uskunalar” 07-schyotiga “Ijara majburiyatlari” 97-schyoti boʻlgan korrespondensiyaga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrnatish xarajatlari “Kapital qoʻyilmalar” 08-schyoti debetiga tegishli schyotlar krediti boʻlgan korrespondensiyaga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asbob-uskunalarning oʻrnatishga berilishiga koʻra qiymat “Oʻrnatishga berilgan asbob-uskunalar” 07-schyoti kreditidan “Kapital qoʻyilmalar” 08-schyoti debetiga koʻchiriladi. Oʻrnatish tugallangach shartnomaning amal qilish muddati tugagungacha asbob-uskunalar qiymati “Kapital qoʻyilmalar” 08-schyoti kreditidan “Uzoq muddat bilan ijaraga olinadigan asosiy vositalar” 03-schyoti debetiga yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning amal qilish muddati tugagandan keyin asbob-uskunalarni kirim qilishda ularning qiymati “Uzoq muddat bilan ijaraga olinadigan asosiy vositalar” 03-schyoti debetiga yoki “Kapital qoʻyilmalar” 08-schyotiga (agar ularni oʻrnatish shartnomaning amal qilish muddatigacha tugallanmagan boʻlsa) hamda “Uzoq muddat bilan ijaraga olinadigan asosiy vositalarning eskirishi” 02-2-schyoti debetiga va “Oʻz asosiy vositalarining eskirishi” 02-1-schyoti kreditiga yoziladi.
Keyingi tahrirga qarang.