09.09.1998 yildagi 387-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.09.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish toʻgʻrisida” 1998-yil 29-avgustdagi 676-1-son qarorini, shuningdek, saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni samarali hal etish uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini joylashtirish uchun unga Toshkent shahar, Xalqlar doʻstligi maydoni, 1-uydagi maʼmuriy binoning birinchi qavati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markaziy saylov komissiyasining qaroriga koʻra Komissiya aʼzolarining 6 nafari, shu jumladan, rais, rais oʻrinbosari va kotibning doimiy asosda ishlashiga rozilik berilganligi, shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi kotibiyatining shtatlar jadvali 14 nafar masʼul xodimdan iborat etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markaziy saylov komissiyasining maqomi, moddiy-maishiy va tibbiy taʼminot shart-sharoitlariga koʻra:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi raisini — Oliy Majlis raisining oʻrinbosariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rais oʻrinbosarini — Oliy Majlis qoʻmitasi raisiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi kotibini — Oliy Majlis qoʻmitasi raisining oʻrinbosariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi aʼzolarini — Oliy Majlis qoʻmitasi aʼzolariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi apparati xodimlarini — Oliy Majlis apparatining tegishli xodimlariga tenglashtirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (J. Sayfiddinov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash va uni zarur tashkiliy va kompyuter texnikasi, ofis va maxsus mebel, boshqa anjomlar bilan jihozlash uchun tegishli mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 ta yengil avtomobil va ikkita mikroavtobusga limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Markaziy saylov komissiyasini telefon va telefaks, shu jumladan, hukumat telefon aloqasi bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Markaziy saylov komissiyasini respublikada nashr etiladigan matbuot asarlari va huquqiy masalalar boʻyicha kitob mahsulotlarining nazorat nusxalarini (bir nusxa) bepul oladigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadigan boshqa hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Hukumat qarorlari, davlat hokimiyati mahalliy organlarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasining davlatlararo shartnoma va boshqa majburiyatlari bir nusxada majburiy ravishda yuboriladigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshkent shahar hokimligi (K. Toʻlaganov) Markaziy saylov komissiyasining boshqa shaharlardan kelgan, doimiy asosda ishlaydigan aʼzolari yashashlari uchun 3 ta xizmat kvartirasi ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 9-sentabr,

387-son