Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MASALALARI TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish toʻgʻrisida” 1998-yil 29-avgustdagi 676-1-son qarorini, shuningdek, saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni samarali hal etish uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini joylashtirish uchun unga Toshkent shahar, Xalqlar doʻstligi maydoni, 1-uydagi maʼmuriy binoning birinchi qavati berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi PQ-4004-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2018-y., 07/18/4004/2162-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (J. Sayfiddinov):
Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash va uni zarur tashkiliy va kompyuter texnikasi, ofis va maxsus mebel, boshqa anjomlar bilan jihozlash uchun tegishli mablagʻlar;
3 ta yengil avtomobil va ikkita mikroavtobusga limit ajratsin.
5. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Markaziy saylov komissiyasini telefon va telefaks, shu jumladan, hukumat telefon aloqasi bilan taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi PQ-4004-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2018-y., 07/18/4004/2162-son)
7. Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadigan boshqa hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Hukumat qarorlari, davlat hokimiyati mahalliy organlarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasining davlatlararo shartnoma va boshqa majburiyatlari bir nusxada majburiy ravishda yuboriladigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin.
8. Toshkent shahar hokimligi (K. Toʻlaganov) Markaziy saylov komissiyasining boshqa shaharlardan kelgan, doimiy asosda ishlaydigan aʼzolari yashashlari uchun 3 ta xizmat kvartirasi ajratsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 9-sentabr,
387-son