28.04.2026 yildagi 208-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 30-apreldagi 155-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan elektron murojaat qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqittt yuzasidan murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-iyundan boshlab avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Ioʻl harakati xavfsizligi xizmatiga (keyingi oʻrinlarda — YHXX) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki YHXXning mobil ilovasi (keyingi oʻrinlarda — mobil ilova) yoxud davlat xizmatlari markazlari orqali elektron murojaat qilish imkoniyati yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan YHXXga anʼanaviy (ogʻzaki yoki yozma) tarzda murojaat qilishlari ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 31-mayga qadar avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan elektron murojaat qilish uchun zarur boʻlgan axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Uzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 28-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
208-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 208-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi (keyingi oʻrinlarda — mobil ilova) yoxud davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Reglament Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (keyingi oʻrinlarda — Kodeks) 291-moddasining birinchi qismi “a” kichik bandi hamda uchinchi qismida koʻrsatilgan holatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kodeksning 291-moddasi birinchi qismi “a” kichik bandi hamda uchinchi qismida koʻrsatilgan asoslarga koʻra jarima maydonchasiga joylashtirilgan avtomototransport vositalarini ularni ushlab turish sababi bartaraf etilgunga yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilgunga qadar saqlab turishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati va uning hududiy boʻlinmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat qiluvchi — avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan YIDXP yoki davlat xizmatlari markazi yoxud mobil ilova orqali elektron murojaat qilayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat qiluvchining maʼlumotlari — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan joyi va sanasi, pasporti (ID-kartasi) seriyasi va raqami, JSHSHIR, yashash manzili, yuridik shaxsning nomi, STIR, joylashgan yeri (pochta manzili).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan YIDXP yoki davlat xizmatlari markazlari yoxud mobil ilova orqali vakolatli organga ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq elektron shaklda murojaat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan elektron murojaat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Murojaat qiluvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP yoki mobil ilovadan roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlar YIDXP yoki mobil ilova orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda murojaatlar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari yuborilganda, navbatdagi ish kuni murojaatlarning vakolatli organga yuborilgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Murojaat qiluvchi YIDXP yoki mobil ilova orqali murojaat qilganda, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng murojaat qiluvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (“One-ID” va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Soʻrovnomaga kiritilgan murojaat qiluvchi maʼlumotlarining haqqoniyligi vakolatli organ tomonidan avtomatlashtirilgan tizim orqali tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat qiluvchining maʼlumotlari haqqoniyligi tasdiqlangan takdirda, vakolatli organ tomonidan bir ish kuni ichida murojaat qiluvchiga murojaati koʻrib chiqish uchun qabul qilingani toʻgʻrisidagi xabarnoma YIDXP yoki mobil ilova orqali avtomatik ravishda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomada avtomototransport vositalarining davlat raqami belgisi, avtomototransport vositalarini boshqarish vakolatini beruvchi tegishli hujjatlari hamda qoʻshimcha hujjatlardagi (avtomototransport vositasini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi va boshqalar) maʼlumotlar notoʻgʻri koʻrsatilgan taqdirda, vakolatli organ tomonidan bir ish kuni ichida murojaat qiluvchiga soʻrovnomadagi xatoliklarni bartaraf etish uchun besh ish kunidan iborat muddat berilgani toʻgʻrisidagi xabarnoma YIDXP yoki mobil ilova orqali avtomatik ravishda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddatda soʻrovnomadagi xatoliklar bartaraf etilmagan takdirda, soʻrovnomani koʻrib chiqish rad etiladi va bu haqda murojaat qiluvchiga YIDXP yoki mobil ilova orqali avtomatik tarzda javob qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vakolatli organ murojaatni koʻrib chiqish jarayonida murojaat qiluvchining avtomototransport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish sabablari va ushlab turish asoslari bartaraf etilganini yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilib, qonuniy qaror qabul qilinganini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatni koʻrib chiqish natijasiga koʻra, murojaat qiluvchining avtomototransport vositasini jarima maydoniga joylashtirish asoslari va ushlab turish asoslari bartaraf etilgani yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilib, qonuniy qaror qabul qilingani tasdiqlanganda, murojaat qiluvchiga YIDXP yoki mobil ilova orqali bir ipt kuni ichida avtomototransport vositasini jarima maydonchasidan olib chiqish mumkinligi haqida xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatni koʻrib chiqish davomida murojaatda koʻrsatilgan avtomototransport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish sabablari va ushlab turish asoslari bartaraf etilmagan yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilmagan boʻlsa, bu hakda murojaat qiluvchiga xabarnoma YIDXP yoki mobil ilova orqali bir ish kuni ichida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Murojaat qiluvchi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan shikoyat berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq maʼmuriy xuquqbuzarlikka oid ish hujjatlari (qarorlar) bekor qilingan taqdirda, mazkur ish boʻyicha yetkazilgan zararni qoplash masalasi yuzasidan tegishli sudga murojaat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Murojaat qiluvchi vakolatli organ xodimlarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avgomogotransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Murojaat qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs

1. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi orqali roʻyxatdan oʻtadi yoxud davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi.

2. Elektron shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi (unga ilova qilinadigan hujjatlarning elektron shaklini ilova qilgan holda) va tasdiqlaydi.

Xohishiga

koʻra

2-bosqich

YIDXP,

mobil ilova

Soʻrovnomani tegishli Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga yuboriladi.

Avtomatik

ravishda

3-bosqich

Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati

1. Soʻrovnomaga kiritilgan murojaat qiluvchining maʼlumotlari haqqoniyligi va toʻliqligini tekshiradi.

2. Soʻrovnomada murojaat qiluvchi haqidagi maʼlumotlar notoʻgʻri koʻrsatilgan taqdirda, murojaat qiluvchiga soʻrovnomadagi xatoliklarni bartaraf etish uchun xabarnoma yuboradi.

1 ish

kunida

4-bosqich

Murojaat qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs

Soʻrovnomada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi.

5 ish kunida

5-bosqich

Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati

Murojaatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha  shakllantirilgan elektron xabarnoma ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboradi.

1 ish

kunida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilish boʻyicha

SOʻROVNOMA

I. Jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot

1. F.I.O.

2. Tugʻilgan joyi va sanasi:

3. Pasport (ID-karta) seriyasi va raqami:

4. Yashash manzili:

5. JSHSHIR:

6. Telefon raqami:

7. Elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa):

II. Yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot

1. Yuridik shaxsning nomi:

2. STIR:

3. Joylashgan yeri (pochta manzili):

4. Telefon raqami:

5. Elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa):

III. Murojaat haqida maʼlumot

1. Transport vositasining davlat raqami belgisi:

2. Transport vositasini boshqarish vakolatini beruvchi tegishli hujjatlar (haydovchilik guvohnomasi, transport vositasini qayd etish guvohnomasi, sugʻurta polisi, ishonchnoma, yoʻl varaqasi va boshqalar):

3. Qoʻshimcha hujjatlar (transport vositasini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi va boshqalar):

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2026-y., 09/26/208/0428-son)