30.04.2025 yildagi PQ-155-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining raqamli ekotizimini zamon talablariga mutanosib ravishda maqsadli raqamli yechimlar asosida yangi bosqichga olib chiqish, jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng tatbiq etish, “markaz — hudud — mahalla” yagona texnologik yondashuvini joriy etish va axborot makonida raqamlashtirish jarayonlari natijadorligini yanada oshirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Ustuvor yoʻnalishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar ichki ishlar organlari tizimini 2025 — 2027-yillarda raqamli transformatsiya qilishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ichki ishlar organlarining barcha axborot infratuzilmasini, xususan, axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari va maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarini sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida yagona tizimga birlashtirgan holda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi faoliyati samaradorligini yanada oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ichki ishlar organlari sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etishga masʼul boʻlinmalarning faoliyatini yagona boshqaruv tizimi va ishlash mexanizmlari asosida muvofiqlashtirish, ular tarkibida yuqori malaka va intellektual salohiyatga ega mutaxassislardan iborat boʻlgan “raqamli jamoa”ni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) jinoyatlar va maʼmuriy huquqbuzarliklar statistikasini inson omilisiz yuritish, kriminogen vaziyat va jinoyatchilik holatini, shu jumladan, hududlar va huquqbuzarliklar turlari kesimidagi tahlillarni avtomatlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlarini agregatsiya qilish, qayta ishlash va ulardan foydalanish jarayonini toʻliq raqamlashtirish, shuningdek, ichki ishlar organlari tizimida axborot xavfsizligi samaradorligini zamon talablariga mos ravishda taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Ichki ishlar organlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ustuvor loyihalar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Hududiy ichki ishlar organlarida raqamli infratuzilmani shakllantirish boʻyicha ustuvor loyihalar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida koʻrsatilayotgan xizmatlarni maqbullashtirish orqali aholiga davlat xizmatlarini proaktiv va kompozit shakllarda koʻrsatish dasturi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Ichki ishlar organlari faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish va rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Vazirlik va idoralarning ichki ishlar organlari axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalariga uzatiladigan maʼlumotlari roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Raqamlashtirish va axborot xavfsizligini taʼminlashda yagona boshqaruv mexanizmi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash boshqarmasi, Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar bosh markazi hamda ularning hududiy boʻlinmalari negizida Ichki ishlar vazirligi Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) va uning hududiy boʻlinmalari tashkil etilsin hamda zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ichki ishlar organlari faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etishda yagona texnologik yondashuvni taʼminlash hamda ushbu vazifalarni bajarishda barcha boʻlinmalarning muvofiqlashtirilgan faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan yechimlarni tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ichki ishlar organlarining axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish hamda texnik qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, barcha axborot tizimlari, dasturiy taʼminotlar va maʼlumotlar bazalarida axborot xavfsizligini taʼminlash, xavflarni tahlil qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) ichki ishlar organlari tomonidan koʻrsatilayotgan elektron davlat xizmatlarini takomillashtirish, ularning sifatini oshirish hamda foydalanuvchilar uchun qulayliklarni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) raqamli texnologiyalar yordamida huquqiy statistika hamda maxsus hisob maʼlumotlarini jamlash, saqlash va yuritish, integrallashgan maʼlumotlar banki faoliyatini taʼminlash, shuningdek, arxiv hujjatlarining markazlashgan hisobini yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, Departamentning bevosita rahbari ichki ishlar vazirining oʻrinbosari hisoblanadi va uning zimmasiga Departamentga qoʻyilgan vazifalarning samarali amalga oshirilishi (natijadorligi) boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sinov tariqasida Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari tuzilmalarida Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari - Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika xizmati boshligʻi lavozimi joriy etilsin hamda tumanlararo raqamli texnologiyalar boʻlinmalari faoliyati yoʻlga qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ichki ishlar vazirligi (Z. Kurbanov) 2025-yil davomida Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar organlarida mazkur qarorga muvofiq joriy etilayotgan tashkiliy-shtat tuzilmasi natijadorligini baholab borsin hamda 2026-yil 1-mayga qadar respublikaning boshqa hududlarida ham ushbu amaliyotni bosqichma-bosqich davom ettirish boʻyicha asoslantirilgan taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti toʻgʻrisidagi nizom 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*6-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Raqamli transformatsiya jarayonida hamkorlik va isteʼdodli yoshlarning startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ichki ishlar vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda ichki ishlar organlari tizimida 2025 — 2027-yillarda raqamli transformatsiya jarayonlarini samarali tashkil etish va amalga oshirishda Departament va uning hududiy boʻlinmalariga har tomonlama amaliy yordam koʻrsatish maqsadida 7-ilovaga muvofiq tartibda Ichki ishlar vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Raqamli loyihalar ofisi faoliyatini yoʻlga qoʻysin. Bunda Raqamli texnologiyalar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Raqamli loyihalar ofisiga tegishlicha malakali ekspert va mutaxassislarni biriktiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) oʻz imkoniyat va resurslari bilan ichki ishlar organlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, xodimlarda raqamli kompetensiyalarni shakllantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash borasida tashkiliy-texnik jihatdan amaliy yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) sunʼiy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish boʻyicha ustuvor loyihalarni toʻlaqonli amalga oshirishda har tomonlama koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ichki ishlar vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Departament va uning hududiy boʻlinmalariga Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda raqamli texnologiyalar sohasida malakali mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-park) va uning hududiy filiallari rezidentlarini ilgʻor startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun akseleratsiya va inkubatsiya dasturlariga hamda startap studiyalarga Birlashgan Arab Amirliklari tajribasi asosida jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) akseleratsiya va inkubatsiya dasturlariga hamda startap studiyalar tashkil etish uchun Ichki ishlar vazirligi balansidagi binolarni ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) mavjud muammolarni bartaraf etishga moʻljallangan startap loyihalarni yaratish maqsadida iqtidorli yoshlarni jalb etgan holda xakatonlar tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov, O. Pekos) 2025 — 2027-yillarda ichki ishlar organlari tizimiga sunʼiy intellekt texnologiyalari va dasturiy mahsulotlar joriy etilishini hamda ustuvor loyihalar amalga oshirilishini muvofiqlashtirib borish uchun masʼul hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish jarayonlari, ustuvor loyihalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi har chorak yakunida ichki ishlar va raqamli texnologiyalar vazirlari huzurida tanqidiy muhokama qilib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov) Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda ikki oy muddatda Konsepsiyadan kelib chiqqan holda 2025 — 2027-yillarda ichki ishlar organlari faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin va qatʼiy ijroga qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov va raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-155-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ-155-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
USTUVOR LOYIHALAR ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Loyiha va chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbasi

Masʼul ijrochilar

I. Faoliyatga raqamli texnologiyalarni joriy etish

1.

Ichki ishlar vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalariga nomzodlarni qabul qilish, oʻquv jarayonini elektron shaklga oʻtkazish va doimiy monitoring qilib borish boʻyicha “E-kadr” tizimini takomillashtirish orqali “Raqamli taʼlim” platformasini yaratish.

1. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.

2025-yil iyun 

Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

Ichki ishlar vazirligi

(Z. Kurbanov, D. Nazarmuxamedov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Umarov)

2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.

2025 yil avgust 

3. Axborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga sinov tariqasida joriy etish.

2026 yil yanvar 

4. Tizimni toʻliq ishga tushirish.

2026 yil mart

2.

Ichki ishlar organlarining faoliyatiga ovoz asosida shaxsni identifikatsiya qilish imkonini beradigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish.

1. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.

2025-yil sentabr

Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

Ichki ishlar vazirligi

(Z. Kurbanov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi 

(O. Umarov)

2. Apparat-dasturiy taʼminot va server qurilmalarini xarid qilish.

 2026-yil yanvar

3. Axborot tizimini sinovdan oʻtkazish va ishga tushirish.

2026-yil aprel

3.

Ichki ishlar organlarining ichki axborot tizimlari foydalanuvchilarini identifikatsiya qilish tizimini joriy etish.

1. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.

2025-yil iyun

Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

Ichki ishlar vazirligi

(Z. Kurbanov)

2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.

2025-yil sentabr

3. Tizimni ishga tushirish.

2026-yil fevral

4.

Ichki ishlar organlarida tashqi va ichki integratsiyalarni yagona nuqta orqali amalga oshirish boʻyicha Ichki ishlar vazirligining “Integratsion shlyuzi” tizimini joriy etish.

1. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.

2025-yil iyun

Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

Ichki ishlar vazirligi
(Z. Kurbanov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi 

(O. Umarov)

2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.

2025-yil avgust

3. Axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

2026-yil yanvar

5.

Ichki ishlar organlarida mavjud barcha texnik vositalarning hisobini yuritish boʻyicha “Raqamli texnik hisob” axborot tizimini yaratish.

1. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.

2025-yil avgust

Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

Ichki ishlar vazirligi
(Z. Kurbanov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Umarov)

2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.

2026-yil yanvar

3. Axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

2026-yil sentabr

6.

Raqamli texnologiyalar sohasida jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan pulli xizmatlar roʻyxatini tasdiqlash.

1. Raqamli texnologiyalar sohasida jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatiladigan pulli xizmatlar roʻyxati va toʻlovlar miqdorini ishlab chiqish.

2025-yil sentabr

-

Ichki ishlar vazirligi

(A. Tashpulatov, Z. Kurbanov)

2. Koʻrsatiladigan pulli davlat xizmatlari roʻyxati hamda toʻlovlar miqdorini, zaruratga koʻra tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda tasdiqlash.

2025-yil oktabr

II. Raqamli infratuzilmani modernizatsiya qilish

7.

Ichki ishlar vazirligi Maʼlumotlarni qayta ishlash yagona markazini tashkil etish.

Bunda Maʼlumotlarni qayta ishlash yagona markazini qoʻriqlanadigan obyektlar binolarida joylashtirish choralarini koʻrish.

1. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.

2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.

3. Apparat-dasturiy taʼminotni xarid qilish.

4. Maʼlumotlarni qayta ishlash yagona markazini qoʻriqlanadigan obyektlar binolarida joylashtirib, apparat-dasturiy taʼminotni ushbu binolarga oʻrnatish.

2025-2026-yillar

Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

Ichki ishlar vazirligi

(Z. Kurbanov)

8.

Ichki ishlar organlari tarmoqlarini modernizatsiyalash.

1. Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati va hududiy boshqarmalar (bosh boshqarmalar) uchun zarur qurilmalarni xarid qilish va oʻrnatish.

2. Tuman (shahar) ichki ishlar organlari, mahalla huquq-tartibot maskanlari va tayanch punktlari uchun zarur qurilmalarni xarid qilish va oʻrnatish.

2025 — 2027-yillar

Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

Ichki ishlar vazirligi

(Z. Kurbanov)

9.

Hududiy ichki ishlar organlari bilan doimiy aloqani taʼminlash uchun raqamli trank radioaloqa tizimini yanada takomillashtirish.

1. Zaruriy dasturiy-texnik qurilmalarni oʻrnatilgan tartibda xarid qilish.

2. Dasturiy-texnik qurilmalarni oʻrnatish va ishga tushirish.

2025-2026-yillar

Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

Ichki ishlar vazirligi

 (Z. Kurbanov)

III. Raqamli infratuzilmaning axborot xavfsizligini taʼminlash, maʼlumotlarni himoyalash va tahdidlarning oldini olish

10.

Ichki ishlar vazirligining tarkibiy va hududiy tuzilmalarida axborot xavfsizligiga tahdid bilan bogʻliq holatlarni aniqlash va ularni bartaraf etish, maʼlumotlar chiqib ketishining oldini olishni monitoring qilish kompleks tizimlarini joriy etish.

1. Loyiha-texnik hujjatlarini tasdiqlash.

2025-yil sentabr

Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

Ichki ishlar vazirligi

(Z. Kurbanov)

2. Tizimlarni xarid qilish yuzasidan shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.

2025-yil noyabr

3. Zarur server va dasturiy taʼminotni barcha hududiy ichki ishlar organlariga oʻrnatish.

2026-2027-yillar

11.

Ichki ishlar organlari tizimida foydalanuvchilar ishchi stansiyalarida axborot xavfsizligi tahdidlaridan himoyalash tizimlarini joriy etish.

1. Loyiha-texnik hujjatlarini tasdiqlash.

2025-yil syentyabr

Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

Ichki ishlar vazirligi

(Z. Kurbanov)

2. Tizimlarni xarid qilish yuzasidan shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.

2025-yil dekabr

3. Zarur server va dasturiy taʼminotni Ichki ishlar vazirligi va hududiy ichki ishlar organlariga oʻrnatish.

2026-2027-yillar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.Huquqiy munosabatlarning predmeti va tartibga solish sohasidan kelib chiqib, chora-tadbirlarni amalga oshirish shakllari, moliyalashtirish manbalari oʻzgarishi, chora-tadbirlar esa birlashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ikki va undan koʻp bandlar birlashtirilganda, ijro muddati sifatida birlashayotgan bandlar uchun koʻrsatilgan eng kechki muddat belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ-155-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy ichki ishlar organlarida raqamli infratuzilmani shakllantirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
USTUVOR LOYIHALAR ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Loyiha va chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbasi

Masʼul ijrochilar

I. Raqamli texnologiyalarni joriy qilish

1.

Profilaktika inspektorlarini xizmat joylaridan uzilmagan holda faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida “Onlayn yoʻriqnoma” dasturiy-texnik taʼminotini joriy etish.

1. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish hamda ekspertizadan oʻtkazish.

2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.

3. Tizimni Samarqand va Buxoro viloyatlarida sinov tariqasida amaliyotga joriy etish.

4. Dasturiy-texnik taʼminotni respublikada toʻliq joriy etish.

2025-2026-yillar

Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

Ichki ishlar vazirligi

(Z. Kurbanov)

2.

Hududiy ichki ishlar organlarida korporativ tarmoqlarni hamda foydalanuvchilarni markazlashgan holda boshqarish va nazorat qilish tizimlarini joriy etish.

Zaruriy dasturiy-texnik, server hamda dasturiy taʼminotlarni joriy etish.

2025-yil oktabr

Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

Ichki ishlar vazirligi

(Z. Kurbanov)

3.

Fuqarolar, xodimlar ichki ishlar organlari binolariga kirib chiqishini nazorat qilish maqsadida hududiy ichki ishlar organlarida turniket tizimini joriy etish.

1. Loyihaoldi oʻrganishni oʻtkazish va texnik hujjatlarni tasdiqlash.

2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.

3. Zaruriy qurilmalarni oʻrnatish.

4. Tizimni amaliyotga joriy etish.

2025-2026-yillar

Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

Ichki ishlar vazirligi

(Z. Kurbanov)

II. Raqamli infratuzilmani tashkil etish

4.

Raqamli infratuzilma toʻxtovsiz ishlashini hamda tezkor aloqani taʼminlash maqsadida zaxira optik tarmoqlarni joriy qilish.

1. Optik tarmoqlar va ulardagi xizmatlarni xatlovdan oʻtkazish.

2025-yil sentabr

Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

Ichki ishlar vazirligi

(Z. Kurbanov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Umarov)

2. Zaxira optik tarmoqlarni joriy etish.

2026 yil fevral

5.

Hududlarda lokal va korporativ tarmoqlarni modernizatsiya qilish.

1. Loyihaoldi oʻrganish oʻtkazish va texnik hujjatlarni tasdiqlash.

2. Zarur tarmoq qurilmalarini oʻrnatish.

2025-2026-yillar

Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

Ichki ishlar vazirligi

(Z. Kurbanov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Umarov)

III. Axborot va maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash

6.

Konfidensial maʼlumotlar chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan dasturiy taʼminotni joriy etish.

1. Loyihaoldi oʻrganish oʻtkazish va texnik hujjatlarni tasdiqlash.

2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.

3. Zaruriy dasturiy-texnik qurilmalarni xarid qilish va oʻrnatish.

2025-2026-yillar

Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

Ichki ishlar vazirligi

(Z. Kurbanov)

7.

Korporativ tarmoq server va ishchi stansiyalarida markazlashgan antivirus kompleks tizimlarini joriy etish.

1. Loyihaoldi oʻrganish oʻtkazish va texnik hujjatlarni tasdiqlash.

2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.

3. Zaruriy dasturiy-texnik qurilmalarni xarid qilish va oʻrnatish.

2025-2026-yillar

Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

Ichki ishlar vazirligi

(Z. Kurbanov)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Huquqiy munosabatlarning predmeti va tartibga solish sohasidan kelib chiqib, chora-tadbirlarni amalga oshirish shakllari, moliyalashtirish manbalari oʻzgarishi, chora-tadbirlar esa birlashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ikki va undan koʻp bandlar birlashtirilganda, ijro muddati sifatida birlashayotgan bandlar uchun koʻrsatilgan eng kechki muddat belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ-155-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida koʻrsatilayotgan xizmatlarni maqbullashtirish orqali aholiga davlat xizmatlarini proaktiv va kompozit shakllarda koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

2025-yilda erishiladigan koʻrsatkichlar

(xizmat koʻrsatish soni)

I. Ichki ishlar organlari tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy etish

1.

“Avtotransport vositasini jarima maydonchasidan chiqarish” davlat xizmatini elektron shaklga oʻtkazish.

1. Davlat xizmatini elektron koʻrinishga oʻtkazish boʻyicha reglament ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil iyun 

Ichki ishlar vazirligi

(Z. Kurbanov),

Adliya vazirligi

(N. Muxammadiyev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Umarov)

1 000 ta

2. Elektron davlat xizmatini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ishga tushirish.

2025-yil iyul

2.

“Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni bir manzildan ikkinchi manzilga turgan joyi boʻyicha doimiy roʻyxatga olish” davlat xizmatini elektron shaklga oʻtkazish.

1. Davlat xizmatini elektron koʻrinishga oʻtkazish boʻyicha reglament ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil iyun

Ichki ishlar vazirligi
(Z. Kurbanov),

Adliya vazirligi

(N. Muxammadiyev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi
(O. Umarov)

100 ta

 2. Elektron davlat xizmatini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ishga tushirish.

2025-yil sentabr

3.

“Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya” davlat xizmatini elektron shaklga oʻtkazish.

1. Davlat xizmatini elektron koʻrinishga oʻtkazish boʻyicha reglament ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil iyun

Ichki ishlar vazirligi

(Z. Kurbanov),

Adliya vazirligi

(N. Muxammadiyev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi
(O. Umarov)

-

2. Elektron davlat xizmatini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ishga tushirish.

2025-yil avgust

4.

“Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish uchun ruxsatnoma” davlat xizmatini elektron shaklga oʻtkazish.

1. Davlat xizmatini elektron koʻrinishga oʻtkazish boʻyicha reglament ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil iyun

Ichki ishlar vazirligi

(Z. Kurbanov),

Adliya vazirligi

(N. Muxammadiyev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Umarov)

-

2. Elektron davlat xizmatini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ishga tushirish.

2025-yil avgust

5.

“Portlovchi materiallarni olib kirish, sotib olish, saqlash, shuningdek, avtomobil va temir yoʻl transportida tashish uchun ruxsatnoma” davlat xizmatini elektron shaklga oʻtkazish.

1. Davlat xizmatini elektron koʻrinishga oʻtkazish boʻyicha reglament ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Elektron davlat

2025-yil iyun

Ichki ishlar vazirligi

(Z. Kurbanov),

Adliya vazirligi

(N. Muxammadiyev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Umarov)

-

 xizmatini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ishga tushirish.

2025-yil avgust

6.

Fuqaroning doimiy manzilini hamda unga tegishli koʻchmas mulkda doimiy roʻyxatdan oʻtgan yashovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotni tahrirlash.

1. Davlat xizmatini elektron koʻrinishga oʻtkazish boʻyicha reglament ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil sentabr

Ichki ishlar vazirligi

(Z. Kurbanov),

Adliya vazirligi

(N. Muxammadiyev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Umarov)

 

2. Elektron davlat xizmatini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ishga tushirish.

2025-yil noyabr

7.

“Ommaviy tadbirlar oʻtkazish uchun ruxsatnoma” davlat xizmatini elektron shaklga oʻtkazish.

1. Davlat xizmatini elektron koʻrinishga oʻtkazish boʻyicha reglament ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil iyul

Ichki ishlar vazirligi

(Z. Kurbanov),

Adliya vazirligi

(N. Muxammadiyev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Umarov)

 

 2. Elektron davlat xizmatini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ishga tushirish.

2025-yil sentabr

II. Davlat xizmatlarini proaktiv va kompozit shakllarda taqdim etish

8.

Davlat raqam belgilarini saqlovga qoʻyish muddati tugayotgani haqida Yagona portal orqali xabarnoma va foydalanuvchining telefon raqamiga SMS xabar yuborish.

Fuqaro auksion orqali yutib olgan davlat raqam belgilari imtiyozli ravishda bir yillik muddatga saqlovga qoʻyilgan boʻlsa, muddat tugashidan 10 kun oldin mobil telefoniga SMS xabar yuborish.

2025-yil avgust

Ichki ishlar vazirligi

(Z. Kurbanov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Umarov)

50 ta

9.

Avtotransport vositasining texnik koʻrikdan oʻtishi uchun Yagona portal orqali xabarnoma va foydalanuvchining telefon raqamiga SMS xabar yuborish.

Texnik koʻrikdan oʻtish lozim boʻlgan fuqarolarga 10 kun oldin SMS xabar yuborish.

2025-yil sentabr

Ichki ishlar vazirligi

(Z. Kurbanov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Umarov)

100 ta

10.

Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilganligi uchun jarima solinganda Yagona portal orqali xabarnoma va foydalanuvchining telefon raqamiga SMS xabar yuborish.

Fuqaroga jarima haqida tezkor xabar berish.

2025-yil iyun

Ichki ishlar vazirligi

(Z. Kurbanov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Umarov)

10 mln ta

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ-155-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish va rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KONSEPSIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ichki ishlar organlari faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish va rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-358-son qarori talablaridan kelib chiqib ichki ishlar organlarida sunʼiy intellekt texnologiyalari, raqamli texnologiyalar hamda robototexnikani qoʻllashning maqsadi, vazifalari, asosiy yoʻnalishlari, tamoyillari va mexanizmini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsepsiya ichki ishlar organlari faoliyatida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tashkil etish va huquqiy tartibga solishda idoraviy va normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishning tashkiliy va innovatsion asosi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Konsepsiyaning maqsadi, vazifalari va tamoyillari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Konsepsiyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarining davlat xizmatlari koʻrsatish sohasini sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sunʼiy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish uchun mutaxassislarni tayyorlash, kadrlarning malakasini muntazam oshirish hamda maxsus oʻquv dasturlari, seminar-treninglar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sunʼiy intellekt usullaridan foydalangan holda ichki ishlar organlarida kiberxavfsizlikni taʼminlash, maʼlumotlar bazalari, telekommunikatsiya tarmoqlariga boʻladigan har qanday ruxsatsiz kirishlarni oldindan aniqlash va ularning oldini olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Konsepsiyaning vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishni tashkil etish va rejalashtirishning normativ-huquqiy tartibga solinishini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida maʼlumotlarni qayta ishlash uchun ichki ishlar organlari texnik infratuzilmasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari xodimlarining jinoyatchilikka qarshi kurashishda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat xavfsizligini taʼminlashda sunʼiy intellekt texnologiyalari, raqamli texnologiya va robototexnikani keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va rivojlantirish orqali joriy infratuzilmani maqbullashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanib ichki ishlar organlari xodimlarining mehnat samaradorligini oshirish hamda bu orqali tashkiliy-shtat taʼminotini maqbullashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarining tezkor-profilaktik va davlat xizmatlari koʻrsatish faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha malakali kadrlar tayyorlash, xodimlar malakasini oshirish, ushbu jarayonga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sunʼiy intellekt texnologiyalarini ichki ishlar organlari faoliyatida keng qoʻllash boʻyicha bevosita ichki ishlar organlari tizimida, idoralararo, shuningdek, xalqaro hamkorlik qilish uchun zaruriy sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat xavfsizligini taʼminlashda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va uni tatbiq etish choralarini koʻrish, sohada xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Konsepsiyani amalga oshirishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaffoflik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik mustaqillik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy, ilmiy-amaliy asoslanganlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarayonlarning yaxlitligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ichki ishlar vazirligining Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti mazkur Konsepsiyani amalga oshirish va nazorat qilishga bevosita masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash subyektlari va tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ichki ishlar vazirligining sohaviy xizmatlari va hududiy boʻlinmalari, shuningdek, taʼlim muassasalari sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllashning subyektlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ichki ishlar organlari faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etishda quyidagi tashkiliy choralar koʻrilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud axborot-tahliliy taʼminot tizimining texnologik infratuzilmasini, idoraviy telekommunikatsiya va maʼlumotlarni uzatish tizimini kengaytirish, yaxlit dasturiy-texnik komplekslarni ommalashtirish orqali sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etishga texnik tayyorgarlik koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllashga oid bilimlarni shakllantirish uchun taʼlim muassasalarida ushbu texnologiyalardan foydalanish boʻyicha sharoitlar yaratish, sunʼiy intellekt sohasida ixtisoslashgan taʼlim muassasalari va ilmiy-texnika institutlari bilan hamkorlikda Raqamli kompetensiyalar va innovatsiya markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanib, tezkor-profilaktik va xizmat koʻrsatish koʻrsatkichlari hamda mehnat unumdorligini oshirish, kunlik takrorlanadigan funksiyalar va xizmatlar, ayniqsa, jarayonlarda inson omilini cheklaydigan yaxlit avtomatlashtirish tizimlarni joriy etish hisobiga amaldagi tashkiliy-shtat tuzilmalarini bosqichma-bosqich maqbullashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Konsepsiyaning asosiy yoʻnalishlari va bosqichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar Konsepsiyaning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarni yigʻish, saqlash va qayta ishlashda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish (Big Data);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklarning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izidan” fosh etishga xizmat qiluvchi geoaxborot tizimida makon, vaqt, holat, qilmish, obyekt, predmet va shaxsni oʻzaro bogʻlovchi tahliliy va prognoz modellarini yaratish (Real-time Intelligence Crime Analytics System, Domain Awareness System);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaziyat va holat ssenariysining tahlili va prognozi asosida boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish (Intelligent Information Decision Support System);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli kriminalistika sohasida tadqiqotlar olib borish va tergov qilish jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish (Digital forensics);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv kameralarida qayd etilgan tasvirlarni real vaqt rejimida profayling tahlil qilish (Profiling analysis) orqali shaxsning jinoiy xulq-atvorini prognozlash mexanizmini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga xizmat koʻrsatish, ekspert-kriminalistika va tezkor-profilaktik faoliyatda robototexnika imkoniyatlaridan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ichki ishlar organlari faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish va uni rivojlantirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bosqich — yaqin istiqbolda (2025 — 2027-yillarda) joriy etiladigan sunʼiy intellekt texnologiyalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy va kriminogen vaziyatni prognozlash maqsadida katta hajmdagi (Big Data) maʼlumotlarni, shu jumladan, jinoyatchilik darajasi, ijtimoiy taranglik holatlarini tahlil qilish (maʼlumotlarni mashinaviy oʻqitish algoritmlari asosida tahlil qilish texnologiyalari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarlikning oldini olish, jinoyatlarni “issiq izidan” fosh etishga xizmat qiluvchi geoaxborot tizimida makon, vaqt, holat, qilmish, obyekt, predmet va shaxsni oʻzaro bogʻlovchi tahliliy va prognoz modellarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foto va videotasvirdagi predmetlar va boshqa holatlarni kompyuter nigohi (Computer Vision) usulidan foydalangan holda idrok etuvchi (aniqlovchi) texnologiyalarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nutqni aniqlash va sintez qilish, shu jumladan, ovozli yordamchilar, mijozlarga avtomatik ovozli xizmat koʻrsatish texnologiyalarini (ogʻzaki nutqni mashinada oʻqiladigan formatga aylantiradigan texnologiyalar) joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavsiya berish va qaror qabul qilishda qoʻllab-quvvatlashning “aqlli” tizimlari (maʼlumotlar asosida mustaqil qarorlar qabul qilish algoritmlari)ni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv kameralarida qayd etilgan tasvirlarni real vaqt rejimida profayling qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat va hodisalar haqidagi xabarlarni qayd etish va hisobini yuritish, hisob-qayd faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chuqur oʻrganish algoritmlariga asoslangan maʼlumotlarni tahlil qilish texnologiyalari (prognozlash (prediktiv) tahlil tizimlari)ni yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bosqich — uzoq istiqbolda (2027-yil va keyingi yillar) joriy etiladigan sunʼiy intellekt texnologiyalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat xavfsizligini taʼminlashda sunʼiy intellekt bilan jihozlangan avtonom dronlardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voqealarni modellashtirish orqali sodir boʻlishi mumkin boʻlgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni virtual shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olishda hamda elektron davlat xizmatlarini koʻrsatishda robototexnika komplekslarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayonida oʻquv dasturlari boʻyicha avtomatlashtirilgan tarzda oʻqitishni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat hujjatlarini avtomatik ravishda rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson miyasi bilan taqqoslanadigan va hissiyotlarni aks ettirish qobiliyatiga ega sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamoat xavfsizligini taʼminlashda quyidagi sunʼiy intellekt yechimlarini ishlab chiqish va qoʻllash koʻzda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlar va huquqbuzarliklar haqidagi xabarlarni qabul qilish va qayta ishlashning markazlashtirilgan “102” avtomatlashtirilgan tizimi, videomonitoring tizimlari va navigatsiya tizimi (sunʼiy yoʻldosh) maʼlumotlari va boshqa texnologiyalarning oʻzaro uygʻunlashgan imkoniyatlari asosida sunʼiy intellekt yordamida kuch va vositalarni boshqarish tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
real vaqt rejimida aniqlash va qayd etish imkoniyatiga ega “aqlli” videokuzatuv tizimlari yordamida shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlarini, qidirilayotgan shaxslarni, transport vositalarini va boshqa obyektlarni aniqlash tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati xavfsizligini nazorat qilishning “aqlli” tizimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati qoidabuzarliklarini transport vositalarining davlat raqami va piyodalarning biometrik maʼlumotlari asosida avtomatlashtirilgan video va foto qayd etish tizimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarini boshqarish huquqi uchun imtihon topshirishda bilimlarni avtomatlashtirilgan nazorat qilishning “aqlli” texnologiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari tizimida robototexnika tizimlari va robotlar uchun sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari xodimlarining asosiy vazifalarini taʼminlovchi avtomatlashtirilgan ish joylarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishni taʼminlashda quyidagi sunʼiy intellekt yechimlarini ishlab chiqish va qoʻllash koʻzda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezkor ahamiyatga ega katta hajmdagi muhim maʼlumotlarni, shu jumladan, turkumlashmagan turli xil boshqa maʼlumotlarni kompleks qayta ishlash tizimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezkor-tergov faoliyatini amalga oshirishda tasvir va nutqni aniqlash va jinoiy xatti-harakat (qilmish)ni tahlil va prognoz qilish texnologiyalari asosida qaror qabul qilish tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy xatti-harakatlar sodir etilishini kriminalistik prognozlash texnologiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyatining maʼlumotlari, shuningdek, ommabop telekommunikatsiya tarmoqlarining boshqa axborot resurslari maʼlumotlari asosida jinoiy ahamiyatga ega boʻlgan maʼlumotlarni qidirish va olish boʻyicha “aqlli” tizimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
internet va ijtimoiy tarmoqlarda firibgarlik alomatlari bor xabarlar, diniy-ekstremistik (terrorchilik) va boshqa turdagi jinoiy qilmishlar sodir etish koʻzlangan maʼlumotlarni avtomatik aniqlash va belgilangan tartibda blokirovka qilish uchun moʻljallangan “aqlli” algoritm va ularga asoslangan tizimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kriminalistik maʼlumotlar bazasida maʼlumotlarni “aqlli” qayta ishlash texnologiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3D skanerlash va matematik modellashtirish texnologiyalaridan foydalangan holda hodisa joyini koʻzdan kechirish jarayonlarini va protsessual hujjatlarni rasmiylashtirishni kompleks avtomatlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududlarida sodir etilgan bir xil turdagi jinoyatlarning fosh qilinishiga koʻmaklashuvchi yashirin qonuniyatlar, usullar va jihatlarni aniqlash boʻyicha “aqlli” tizimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DNK biologik materiallarini oʻrganish asosida insonning tashqi fenotipik belgilarini aniqlash imkonini beruvchi “aqlli” tizimlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kuch va vositalarni boshqarish, manfaatdor davlat organlari va idoralari bilan maqsadli hamkorlik qilish, turli vaziyatlarda har tomonlama asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qoʻllab-quvvatlovchi quyidagi “aqlli” tizimlar joriy etilishi koʻzda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaziyatni tezkor ravishda tahlil etish va prognozlash, qaror qabul qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “aqlli” tizim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaziyatni tezkor ravishda onlayn monitoring qilish va hodisalarga tezkor javob berish tizimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hujjat aylanishi va idoraviy ijro intizomi “aqlli” tizimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejalashtirish, prognozlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini oshirish uchun quyidagi sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng qoʻllash koʻzda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun elektron ariza berish blanklarini toʻldirishni avtomatlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlarini koʻrsatishda tasodifiy yoki qasddan qilingan noqonuniy harakatlarni aniqlash va hodisalarga javob berishni avtomatlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari ustidan shikoyat qilish tartiblarini avtomatlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Quyidagi yoʻnalishlarda sunʼiy intellekt texnologiyalarining alohida turlarini rivojlantirish koʻzda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ichki ishlar organlari faoliyatida axborotni himoyalash va kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligining IT infratuzilmasiga halokatli taʼsirlarni, shu jumladan, kompyuter hujumlarining tavsiflangan vektorlari (CAPEC, ATT&CK, OWASP, STI va boshqalar)ni aniqlash va qayta ishlash boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish texnologiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligining tarkibiy va hududiy boʻlinmalari axborot tizimlari va telekommunikatsiya tarmoqlarida ruxsatsiz harakatlarni aniqlash, hodisalarga avtomatlashtirilgan javob berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari raqamli infratuzilmasida axborot-kommunikatsiya resurslari bilan taʼminlanganlik darajasini, ularning sifati va ishonchliligini prognozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ichki ishlar organlariga xodimlar va xizmatchilarni xizmat (ish)ga qabul qilish, ular bilan ishlash, oʻqitish va malakasini oshirish jarayonlarini maqbullashtirish, normativ-huquqiy va protsessual hujjatlarni ishlab chiqish jarayonlarini tashkillashtirish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash funksiyalari bilan ichki ishlar organlari faoliyatining ilmiy-texnik taʼminotini tahlil qilish, tajriba-sinov ishlarini olib borish, ilmiy tadqiqotlarni rejalashtirish va ichki ishlar organlari ehtiyojlarini prognozlash texnologiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy ekspertiza qilishni avtomatlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning mehnat samaradorligini oshirishga qaratilgan huquqiy axborot tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlimda virtual reallik texnologiyalarini joriy etish, virtual poligonlar va simulyatsiya oʻyinlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatga nomzodlarni kasbiy-psixologik tanlash, xodimlar bilan psixologik ishlarni tashkil etish, psixofiziologik diagnostika, xodimlarni shaxsiy-kasbiy rivojlantirish va ruhiy tetiklantirish ishlari boʻyicha kadrlar taʼminoti boʻlinmalarining faoliyatini avtomatlashtiradigan “aqlli” tizimlarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixofiziologik tekshirishning texnik va texnologik vositalarini, psixodiagnostik majmualarni, shuningdek, xodimlarni reabilitatsiya qilish uskunalarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot diagnostikasida sunʼiy intellekt tizimlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) moddiy-texnika taʼminoti boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy va moliyaviy resurslar harakatini avtomatik monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarajatlarni rejalashtirish va maqbullashtirish, shu jumladan, xizmat koʻrsatish va transport taʼminotini boshqarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Konsepsiyani amalga oshirish mexanizmi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ichki ishlar vazirligi taʼlim va ilmiy muassasalarida sunʼiy intellekt sohasida fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish hamda innovatsion ishlanmalar ishlab chiqish, tajriba-sinovlar oʻtkazish ishlari shu sohadagi mahalliy va xorijiy taʼlim muassasalari, IT kompaniyalar va korxonalar bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Konsepsiyani amalga oshirish uchun Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarida quyidagi institutsional sharoitlarni yagona innovatsion platformada yaratish koʻzda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Expert hub” (bilimlar makoni) tor ixtisoslik boʻyicha ekspertlar, koʻp yillik boy tajribaga ega amaliyot xodimlari va mutaxassislar guruhi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kraudfanding — loyihalar boʻyicha vazirlik va idoralar, shuningdek, ixtisoslashgan taʼlim muassasalarining intellektual va moddiy resurslarini uygʻunlashtirish va hamkorlik qilish platformasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari xizmat faoliyatini takomillashtirish, modernizatsiya qilish hamda metodologiyasini ishlab chiquvchi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarining mutaxassislik kafedra professor-oʻqituvchilari va izlanuvchilaridan tashkil topgan maxsus ixtisoslashgan loyiha guruhi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari strategik va taktik boshqaruv, shuningdek, rahbar va xodimlarda raqamli savodxonlikni shakllantirish va rivojlantirish borasida ilmiy-metodologik tadqiqotlar olib boruvchi raqamli kompetensiya guruhi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov va aprobatsiya, shu jumladan, oʻquv-amaliy trening va ssenariylar asosida kvest mashgʻulotlar oʻtkazuvchi virtual laboratoriyalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Konsepsiyani amalga oshirish natijasida quyidagilarga erishiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligi oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlariga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali aholiga yanada qulayliklar yaratilib, xizmat koʻrsatish sifati oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali mehnat unumdorligi oshishiga erishiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud maʼlumotlar asosida yuz berayotgan hodisalar, huquqbuzarliklarni sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda tahlil qilish va kriminogen vaziyatni prognozlash imkoni yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalari, robototexnika va mashinaviy oʻqitish kabi zamonaviy texnologiyalarning keng joriy etilishi kuch va vositalarning muvofiqlashtirilgan holda harakatlanishiga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Konsepsiyani amalga oshirishning pirovard natijasi ichki ishlar organlari faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish hamda bunday texnologiyalardan foydalangan holda ichki ishlar organlari oldiga qoʻyilgan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlash hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur Konsepsiyaning amalga oshirilishiga masʼul boʻlgan mansabdor shaxslar ichki ishlar organlari faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarining keng joriy etilishi borasida zarur chora-tadbirlar belgilanishi hamda ularning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlamaganliklari uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ-155-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralarning ichki ishlar organlari axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalariga uzatiladigan maʼlumotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Maʼlumotlar nomi

Muddati

Maʼlumot taqdim etuvchi idora

1.

Kadastr agentligining koʻchmas mulklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlari

2025-yil sentabr

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

2.

Yoʻl-transport hodisalari natijasida tan jarohati olganlik boʻyicha tibbiyot muassasalariga murojaatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

2025-yil noyabr

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi

3.

Narkologik kasalliklar roʻyxatidagi bemorlarga muqaddam berilgan haydovchilik guvohnomasi toifasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

2025-yil noyabr

4.

Ruhiy kasalliklar roʻyxatidagi bemorlarga muqaddam berilgan haydovchilik guvohnomasi toifasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

2025-yil noyabr

5.

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining “E-dalolatnoma” axborot tizimi maʼlumotlari

2025-yil oktabr

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

6.

Rasmiy ishsizlar toʻgʻrisida maʼlumotlar

2025-yil noyabr

Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

7.

Yoshlar yetakchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (“Yoshlar daftari”)

2025-yil oktabr

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi

8.

“Ayollar daftari”da turgan ayollar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

2025-yil noyabr

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oila va xotin qizlar qoʻmitasi

9.

Mahalla raislarining ish faoliyatiga oid maʼlumotlar (mahalla.ijro.uz)

2025-yil sentabr

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

10.

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimlarining tegishli maʼlumotlari

2025-yil noyabr

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi

11.

Oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (taʼlim yoʻnalishi, taʼlim turi, taʼlim shakli, toʻlov shakli)

2025-yil oktabr

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

12.

Quyidagi maʼlumotlar:

hududlar kesimida tabiiy gaz bilan taʼminlanganlik darajasi;

hududlar kesimida suyultirilgan gaz bilan taʼminlanganlik darajasi;

hududlar kesimida elektr energiya bilan taʼminlanganlik darasi;

hududlar kesimida avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchalari soni, ularning faoliyat yuritayotganligi yoki yuritmayotganligi haqidagi maʼlumotlar

2025-yil sentabr

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: amaldagi qonunchilikka muvofiq davlat axborot tizimlari va resurslarining maʼlumotlari “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi (IIP) orqali taqdim etiladi. Har bir maʼlumot almashinuvi yuzasidan alohida texnik hujjatlar ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ-155-son qaroriga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi huzurida faoliyat koʻrsatuvchi Raqamli loyihalar ofisining tarkibi va asosiy vazifalari*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Raqamli loyihalar ofisining (keyingi oʻrinlarda — Loyihalar ofisi) tarkibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalar ofisi rahbari: Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti boshligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalar ofisi hamrahbari: Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalar ofisi ishtirokchilari: Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi direktori, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-park) direktori, “UNICON.UZ” MCHJ direktori, “UZINFOCOM” MCHJ direktori, Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori (tegishlicha malakali ekspert va mutaxassislar biriktiriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalar ofisi aʼzolari: Ichki ishlar vazirligi Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamentining Raqamli transformatsiya boshqarmasi boshligʻi, sohaviy departamentlarning mutaxassislari (yoʻnalishlar boʻyicha).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Loyihalar ofisi faoliyatining maqsadi — ichki ishlar organlari tizimida 2025 — 2027-yillarda raqamli transformatsiya jarayonlarini hamda bu boradagi ustuvor loyihalar amalga oshirilishini samarali tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Loyihalar ofisi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha sohalar kesimida tarmoq rejalarini ishlab chiqish va ijro etilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari tizimiga sunʼiy intellekt imkoniyatlarini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarining telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari xodimlarining raqamli kompetensiyalarini shakllantirish, zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida bilim va malakasini oshirish mexanizmlarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Loyihalar ofisining faoliyati davri — 2025 — 2027-yillar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ichki ishlar vazirligi huzurida Raqamli loyihalar ofisi faoliyatini tashkil etish tartibi va mexanizmlari, shuningdek, uning faoliyatiga shartnoma asosida axborot texnologiyalari sohasi boʻyicha boshqa mutaxassislarni oʻrnatilgan tartibda jalb etish yuzasidan Ichki ishlar vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan qoʻshma qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ-155-son qaroriga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 10-band quyidagi mazmundagi oʻn sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda axborot texnologiyalari boʻlinmalariga xizmatga kirish istagini bildirgan axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassis nomzodlar oʻrganish bosqichidan antropometrik parametrlar tatbiq etilmagan holda sogʻligʻining umumiy xizmatga yaroqlilik darajasiga oid talabalar asosida oʻtadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn sakkizinchi va oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha oʻn toʻqqizinchi va yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 50-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“50. Ushbu Nizomning 33-bandi uchinchi xatboshisi, 47 yoki 48-bandlariga muvofiq maxsus unvonlar berilgan xodimlarga (shu jumladan mazkur Nizom kuchga kirgunga qadar xizmatga oʻtkazilgan (yuborilgan) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyishi yoki uning roziligi bilan yuborilgan), shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlardan (mehnat staji 3 yildan kam boʻlmaganda) Ichki ishlar vazirligi Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti, uning hududiy hamda sohaviy boʻlinmalariga xizmatga qabul qilingan (oʻtkazilgan, yuborilgan) xodimlarga xizmat yillari uchun foizli ustama haq belgilashda va malaka toifalarini berishda ularning ilgarigi ish joyidagi (foizli ustama toʻlash uchun belgilangan) mehnat stajlari inobatga olinadi hamda ushbu davr xodim ichki ishlar organlaridan boʻshatilgan taqdirda unga pensiya tayinlashda umumiy xizmat stajiga qoʻshib hisoblanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3989-son qarori 3-bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Belgilansinki, investitsiyaviy xarajatlar toʻliq qoplanganidan soʻng, mazkur qarorda nazarda tutilgan jarima summasining Investorga tegishli qismi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga hamda Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasiga teng ulushda yoʻnaltiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-yanvardagi “Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-22-son qaroriga 5-ilovaning “Mazmuni” ustunidagi “Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar markazining” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti Huquqiy statistika bosh markazining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 593-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Huquqiy statistika va tezkor hisob maʼlumotlar markazidan” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti Huquqiy statistika bosh markazidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida va viloyatlarda boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnoma berish sxemasining 2-bosqich “Tadbirlar” ustuni 2-bandidagi “Huquqiy statistika va tezkor hisob maʼlumotlar markazidan” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti Huquqiy statistika bosh markazidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Huquqiy statistika va tezkor hisob maʼlumotlar markazidan” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti Huquqiy statistika bosh markazidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsatnoma berish sxemasining 2-bosqich “Tadbirlar” ustuni 2-bandidagi “Huquqiy statistika va tezkor hisob maʼlumotlar markazidan” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti Huquqiy statistika bosh markazidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi 431-son qarori bilan tasdiqlangan Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida yagona elektron ish yurituv tizimi orqali maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi haqidagi nizomga 1-ilovaning 1-bosqich “Tadbirlar” ustuni 3-bandidagi “Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar markazi” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti Huquqiy statistika bosh markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-iyundagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan Mahalla huquq-tartibot maskanining namunaviy loyihasining 10-bandidagi “Huquqiy statistika va tezkor hisob maʼlumotlar markazi” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti Huquqiy statistika bosh markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga 5-ilovadagi “Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar markazi” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti Huquqiy statistika bosh markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti va uning tizimidagi jazoni ijro etish muassasalarining bino va inshootlaridan samarali foydalanish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 358-son qarorining 3-bandi “a” kichik bandining beshinchi xatboshisidagi “Ichki ishlar vazirligining Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar markazi” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti Huquqiy statistika bosh markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2025-y., 07/25/155/0412-son)