27.04.2026 yildagi 204-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Yuridik shaxslarni Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatishda tartib-taomillarni soddalashtirish hamda elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish koʻlamini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yuridik shaxslarni Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritish uchun Davlat xizmatlari markazlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga oʻzgartirish kiritish tartib-taomillarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritilganlik boʻyicha guvohnoma namunasini tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qarorga asosan davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi vakolatli davlat oraganlari va tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorda nazarda tutilgan davlat xizmatlari YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXPda davlat xizmatlarini koʻrsatishning har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan mazkur qarorga muvofiq davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlarini koʻrsatish tartiblarini buzganlik uchun davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazo choralarini qoʻllasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 27-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
204-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 27-apreldagi 204-son qaroriga
1-ILOVA

Yuridik shaxslarni Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) yuridik shaxslarni (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) kiritish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Reglament talablari quyidagi xizmat turlarini koʻrsatish istagida boʻlgan ariza beruvchiga nisbatan tatbiq etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchilar uchun kadrlarni tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha litsenziya olgan litsenziatlar Reyestrga avtomatik ravishda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat xizmatlari markazi va vakolatli organ oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat xizmati Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelgan holda murojaat qiladi yoki davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, Davlat xizmati markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa, mustaqil ravishda Reglamentga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlari ushbu soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumot va hujjatlar “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchidan soʻrovnomada koʻrsatilmagan maʼlumotlar va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ariza toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, Face-ID, mobil-ID, daktiloskopiya va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, arizani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza koʻrib chiqilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza koʻrib chiqilgani uchun yigʻim toʻlangani Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Oʻzbekiston Respubikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — vakolatli organga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,75 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Oʻzbekiston Respubikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi shaxsiy hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi yigʻim toʻlangani Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — vakolatli organga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi koʻrmasdan qoldiriladi va toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etganda, uning arizasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar oʻn daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vakolatli organ uch ish kuni ichida arizani koʻrib chiqib, ariza beruvchiga Reyestrga kiritilgani haqidagi Reglamentga 3-ilovaga muvofiq guvohnomani yoki Reyestrga kiritishni rad etish haqidagi QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xabarnomani tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron ravishda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining shtatida oliy maʼlumotli kamida ikki nafar xodim (rahbar bilan birga) mavjud emasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emaslik vaji bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrga kiritishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etishning sabablari va qonunchiliq hujjatlarining aniq normalari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan sabablar bartaraf etilgandan soʻng takroran murojaat qilingan taqdirda, arizani rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat xizmatini koʻrsatish rad etilganda, ariza beruvchi bir oy muddatda davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish asoslarini bartaraf qilgan holda yigʻim toʻlamasdan qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ariza beruvchi tomonidan rad etish sabablari bartaraf etilmagani arizani koʻrmasdan qoldirishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda belgilangan muddat oʻtgandan keyin berilgan arizalar yangi berilgan hisoblanadi va umumiy tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat xizmatlari markazi guvohnoma yoki xabarnoma kelib tushgandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga (mavjud boʻlsa) yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga guvohnomani yoki xabarnomani elektron yoki qogʻoz shaklida berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatini koʻrsatishning natijasini olib ketishga masʼul shaxs koʻrsatilgan holatlarda, davlat xizmatini koʻrsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Reyestrni yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Reyestr vakolatli organ tomonidan yuritiladi va unda quyidagi maʼlumotlar qayd etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), faoliyat manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), telefon raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning filiallari va vakolatxonalari haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy bandlik agentligi rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya berilgan (qayta rasmiylashtirilgan, litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilgan, qayta tiklangan, tugatilgan, u bekor qilingan, dublikatlari berilgan) sana va uning raqami (mavjud boʻlgan taqdirda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Reyestrdagi axborot vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Reyestrga oʻzgartirish kiritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xususiy bandlik agentligi quyidagi hollarda yetti ish kuni ichida Reglamentning 6-bandida belgilangan tartibda vakolatli organni xabardor qilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli, nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) va faoliyat manzili oʻzgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning filiallari va (yoki) vakolatxonalari haqidagi maʼlumotlar oʻzgarganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xabarnoma yuborganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vakolatli organ ariza beruvchining arizasi kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida Reyestrga oʻzgartirish kiritadi va ariza beruvchini bu haqida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Reyestrdan chiqarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Reyestrdan xususiy bandlik agentligi uning taʼsischilari yoki taʼsis hujjatlari bilan bunga vakolatli boʻlgan organining qaroriga yoxud sudning qaroriga asosan tugatilganda chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Xususiy bandlik agentligi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan tegishli davlat reyestriga tugatish toʻgʻrisidagi yozuv kiritilgandan soʻng vakolatli organ xabardor qilingan holda tugatilgan deb hisoblanadi hamda Reyestrdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Davlat xizmatlari markazi va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazi Reglament talablari bajarilishi boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazi, adliya organlari va vakolatli organ, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarni Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

Yuridik shaxslarni Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.

Ixtiyoriga koʻra

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

1. Davlat xizmatlari markazi xodimi soʻrovnomani toʻldirib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) yuboradi.

1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng 10 daqiqada

2. YIDXP

2. Toʻldirilgan soʻrovnomani avtomatik tarzda vakolatli organga yuboradi.

2. Real vaqt rejimida

3-bosqich

Vakolatli organ

Arizani koʻrib chiqib, ariza beruvchi Reyestrga kiritilgani haqidagi guvohnomani yoki Reyestrga kiritishni rad etish haqidagi QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xabarnomani tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron ravishda yuboradi.

3 ish kuni ichida

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Guvohnomani yoki QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xabarnomani ariza beruvchiga taqdim etadi.

10 daqiqa ichida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarni Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

Yuridik shaxslarni Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOʻROVNOMA

Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

1. Yuridik shaxsning STIR:

2. Yuridik shaxsning nomi:

Adliya vazirligi

3. Yuridik shaxsning joylashgan yeri (pochta manzili):

4. Bank MFO:

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki

5. Bank nomi:

6. Bankdagi hisobvaragʻi:

7. Elektron pochta manzili:

8. Yuridik shaxs telefon raqami:

9. Koʻrsatiladigan xizmatlar:

✓ Oʻzbekiston Respublikasi hududida ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash;

✓ ish beruvchilar uchun kadrlarni tanlash;

✓ ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari.

10. Yuridik shaxsning faoliyat koʻrsatish manzili:

Kadastr agentligi

Qoʻshimcha maʼlumotlar

11. Direktorning biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta maʼlumotlari (seriyasi va raqami, JSHSHIR):

12. Direktorning toʻliq F.I.O.:

Ichki ishlar vazirligi

13. Direktorning mehnat daftarchasi haqidagi maʼlumotlari:

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

14. Direktorning oliy maʼlumoti haqidagi diplom maʼlumotlari:

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

15. Yuridik shaxs xodimining biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta maʼlumotlari (seriyasi va raqami, JSHSHIR):

16. Yuridik shaxs xodimining toʻliq F.I.O.:

Ichki ishlar vazirligi

17. Yuridik shaxs xodimining mehnat daftarchasi haqidagi maʼlumotlari:

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

18. Yuridik shaxs xodimining oliy maʼlumoti haqidagi diplom maʼlumotlari:

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarni Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Migratsiya agentligi

GUVOHNOMA

Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritilgani haqida

№ 000000

_________________________________________________________________________________________

(tashkilotning nomi)

(tashkilotning STIRi)

_________________________

(tashkilot Reyestrga kiritilgan sana)

________________________________________________________________________________________

(faoliyatni amalga oshirish manzili)

Koʻrsatiladigan xizmatlar:

___________________________________________________________

___________________________________________________________

___________________________________________________________

___________________________________________________________

_________________________

(hujjat yaratilgan sana)

QR-kod

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 27-apreldagi 204-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 13-bandning toʻrtinchi xatboshisi “Yagona identifikatsiyalash tizimi” soʻzlaridan keyin “yoki shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 21-bandning oʻn beshinchi xatboshisi “Yagona identifikatsiyalash tizimi” soʻzlaridan keyin “yoki shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli” soʻzlari bilag toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagi mazmundagi 51-bob bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-bob. Tadbirkorlik subyekti boʻlgan yuridik shaxslar rahbar maʼlumotlarini oʻzgartirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
392. Tadbirkorlik subyekti boʻlgan yuridik shaxslar oʻzining rahbar maʼlumotlarini oʻzgartirish uchun istalgan vaqtda Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelgan holda yoki Tizim vositasida murojaat qiliishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs shaxsan yoki uning nomidan murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ xodimi yuridik shaxs nomidan, Tizim orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda mazkur Nizomga 14-ilovaga muvofiq shakldagi arizani elektron shaklda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs ishtirokchilarining rahbarni oʻzgartirish haqidagi qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs yangi rahbarining mehnat munosabatlarini boshlagani haqidagi buyrugʻi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
393. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ xodimi 10 daqiqada ariza va unga ilova qilingan maʼlumotlarni koʻrib chiqib, ulardagi maʼlumotlar Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestriga muvofiq boʻlganda, shuningdek, yuridik shaxs ishtirokchilarining rahbarni oʻzgartirish haqidagi qarori yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilganda, yuridik shaxslar rahbar maʼlumotlarini oʻzgartirish boʻyicha maʼlumotlarni Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
394. Yuridik shaxslar rahbar maʼlumotlari Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasida real vaqt rejimida oʻzgartiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar rahbar maʼlumotlarining Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasida oʻzgartirilgani kelgusida yuridik shaxsni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga mehnat munosabatlari yuzaga kelgani, oʻzgargani yoki bekor qilingani haqida tegishli yozuv kiritish majburiyatidan ozod qilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 14-ilova bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
14-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyekti boʻlgan yuridik shaxslar rahbar maʼlumotlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARIZA

I. Yuridik shaxs haqida maʼlumotlar

1. Nomi:

2. Tashkiliy-huquqiy shakli:

3. STIR:

4. Manzili:

II. Yuridik shaxs rahbari haqidagi maʼlumotlar

1. Avvalgi rahbar JSHSHIR:

2. Avvalgi rahbar biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta seriyasi va raqami:

3. Yangi rahbar JSHSHIR:

4. Yangi rahbar biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta seriyasi va raqami:

5. Yangi rahbar telefon raqami:

.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomning 43-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-ilovaning “II. Bola haqidagi maʼlumot:” boʻlimi quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

4. Bola egizakmi

Ha

Yoʻq

;

b) 3-ilovaning “II. Bola haqidagi maʼlumot:” boʻlimi quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

4. Bola egizakmi

Ha

Yoʻq

.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 348-son qarori bilan tasdiqlanan Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali elektron raqamli imzo kalitini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 8-bandi birinchi xatboshisi “jismoniy shaxslar” soʻzlaridan keyin “(16 yoshga toʻlgan va belgilangan tartibda biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi) olgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxs)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizomning 34-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yoʻllanma shakllangani haqida xabarnomada qayd etilgan tasdiq kodi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi 636-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi mazmundagi 221-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“221. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning yengil avtotransport vositasida yoʻlovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish faoliyatini amalga oshirish uchun arizalarini koʻrib chiqishda quyidagilar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida soliq organlarida roʻyxatdan oʻtgani (ushbu Reglamentning 15-bandi beshinchi xatboshisi bundan mustasno) — Soliq qoʻmitasining axborot tizimlari orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasiga oid maʼlumotlar — Ichki ishlar vazirligining axborot tizimlari orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasiga mulk yoki boshqa ashyoviy huquqlarning mavjudligi — Adliya vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining axborot tizimlari orqali avtomatik tarzda tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yuqoridagi maʼlumotlar axborot tizimlari orqali tasdiqlangan taqdirda, ariza beruvchiga real vaqt rejimida davlat boji koʻrsatilgan xabarnoma yuboriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 24-bandning birinchi xatboshisidagi “bir ish kunida” soʻzlari “10 daqiqada” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 3-ilovada 6-bosqich “Bajarish muddatlari” ustunidagi “1 ish kunida” soʻzlari “10 daqiqada” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yuridik va jismoniy shaxslar”;

8-pozitsiyaning uchinchi ustuni ikkinchi xatboshisidagi “1 ish kuni” soʻzlari “real vaqt rejimida (10 daqiqa)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “52” raqami “53” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-ilovaning 7-pozitsiyasi ikkinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur davlat xizmatidan foydalanish vaqtida ariza beruvchi kompozit shaklda narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish xizmatidan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur maʼlumotnomalarni berganlik uchun toʻlovlar bir yoʻla toʻlanadi hamda toʻlov miqdorlari ushbu maʼlumotnomalarning pasportlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi”;

v) 3-ilovaning 7-pozitsiyasi ikkinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur davlat xizmatidan foydalanish vaqtida ariza beruvchi kompozit shaklda ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish xizmatidan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur maʼlumotnomalarni berganlik uchun toʻlovlar bir yoʻla toʻlanadi hamda toʻlov miqdorlari ushbu maʼlumotnomalarning pasportlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-pozitsiyaning ikkinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yuridik va jismoniy shaxslar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-pozitsiyaning ikkinchi ustuni 1-bandi quyidagi mazmundagi sakkizinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
STIR;

maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa) va telefon raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxiv idorasi joylashgan viloyat va tuman;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻralayotgan arxiv hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (hujjat nomi, hujjatning mazmuni (batafsil koʻrsatilishi lozim), qaysi organ tomonidan qabul qilingan (imkon qadar), sanasi va raqami (imkon qadar), qoʻshimcha maʼlumotlar (agar boʻlsa)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat xizmati tezlashtirilgan tartibda koʻrsatilganda, yuqoridagi umumiy toʻlovlardan tashqari BHMning 1 baravari miqdorida qoʻshimcha toʻlov undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tezlashtirilgan tartibda davlat xizmati koʻrsatilgani uchun undiriladigan qoʻshimcha toʻlov mazkur pasportning 5-pozitsiyasida belgilangan tartibda taqsimlanadi va vakolatli organga oʻtadigan qismi idoraviy notarial arxivlarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va idoraviy notarial arxivlarning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun yoʻnaltiriladi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi — oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat xizmati tezlashtirilgan tartibda koʻrsatilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) notarial rasmiylashtirilgan hujjatlarning dublikati — 2 ish kuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) notarial harakatlarni roʻyxatga olish reyestr kitobidan koʻchirma — 1 ish kuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) arxiv hujjatlaridan nusxalar, shuningdek, mol-mulkka nisbatan taqiq (xatlov) mavjud emasligi haqida maʼlumotnomalar — 1 ish kuni”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) quyidagi mazmundagi 53-ilova bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga
53-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aliment toʻlovlaridan karzdorlik mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI

1.

Davlat xizmati nomi

Aliment toʻlovlaridan qarzdorlik mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma

2.

Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy shaxs yoki uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, eri yoki xotini va bolalari)

3.

Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar)

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimlari

4.

Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar

Soʻrovnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi;

biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari);

maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus/ingliz);

elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami.

5.

Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori

Bepul

6.

Davlat xizmatini koʻrsatish muddati

3 ish kuni

7.

Izoh

.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 9 va 10-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9. Nomzodlar oʻquv kursida oʻqish uchun Davlat xizmatlari markazlari, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki maxsus portal orqali murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida tushganda, kalendar boʻyicha navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlar shaxsan yoki uning nomidan murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP yoki maxsus portal orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Nizomga 11-ilovaga muvofiq shakldagi arizani elektron shaklda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda nomzodlar kamida bakalavr darajasiga hamda maktab direktorlari uchun belgilangan malaka talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Taʼlimda menejment yoki taʼlimda boshqaruv mutaxassisligi boʻyicha magistr darajasiga ega boʻlgan nomzodlar oʻquv kursida oʻqimasdan, sertifikat olish boʻyicha yakuniy sinov jarayonlarida ishtirok etishlari mumkin. Bunda mazkur nomzodlar sertifikat olish boʻyicha yakuniy sinov jarayonlarida ishtirok etish uchun Davlat xizmatlari markazi, YIDXP yoki maxsus portal orqali murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut berilgan arizani ikki ish kunida koʻrib chiqib, nomzod haqiqatda oʻquv kursida oʻqimasdan, sertifikat olish boʻyicha yakuniy sinov jarayonlarida ishtirok etish mumkinligini aniqlaydi va tegishli xabarnomani Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki nomzodga YIDXP yoki maxsus portal orqali yuboradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi mazmundagi 101-102-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“101. Markaz kelib tushgan arizalarni bir ish kunida koʻrib chiqib, nomzodga Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki nomzodga YIDXP yoki maxsus portal orqali shartnomani tasdiqlash uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzod shartnomani u kelib tushgan vaqtdan boshlab oʻn kun muddat ichida tasdiqlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddatda shartnoma nomzod tomonidan tasdiqlanmaganda ariza rad qilingan hisoblanadi. Bunda nomzod oʻquv kurslarida ishtirok etish uchun umumiy tartibda qayta murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Taʼlimda menejment yoki taʼlimda boshqaruv ixtisosligi boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlgan nomzodlar sertifikat olish uchun Davlat xizmatlari markazi, YIDXP yoki maxsus portal orqali murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut berilgan arizani ikki ish kunida koʻrib chiqib, nomzod haqiqatda oʻquv kursida oʻqimasdan hamda yakuniy imtihonlarni topshirmasdan sertifikat olish mumkinligini aniqlaydi va nomzod toʻgʻridan-toʻgʻri sertifikat olish huquqiga ega boʻlganda sertifikatni rasmiylashtirib, uni Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki nomzodga YIDXP yoki maxsus portal orqali yuboradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 30-bandning ikkinchi xatboshisidagi “maxsus portal orqali nomzodning shaxsiy kabinetiga” soʻzlari “Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki nomzodga YIDXP yoki maxsus portal orqali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “yozma yoki elektron shaklda” soʻzlari “Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib) yoki YIDXP yoki maxsus portal orqali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “Markazga bevosita yoki elektron shaklda” soʻzlari “Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib) yoki YIDXP yoki maxsus portal orqali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “maxsus portal orqali elektron shaklda” soʻzlari “Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib) yoki YIDXP yoki maxsus portal orqali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 59-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Nomzodga sertifikat Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki YIDXP yoki maxsus portal orqali yuboriladi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bosqich “Tadbirlar” ustunining 1-bandidagi “Markazning maxsus portal” soʻzlari “Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki YIDXP yoki maxsus portal orqali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bosqich “Tadbirlar” ustunining 3-bandidagi “sertifikatini beradi” soʻzlari “sertiifikati Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki YIDXP yoki maxsus portal orqali yuboriladi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) quyidagi mazmundagi 11-ilova bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
11-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARIZA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Familiyasi:

2. Ismi:

3. Otasining ismi:

4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

5. Telefon raqami:

6. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

7. Yashash manzili:

8. Taʼlimda menejment yoki taʼlimda boshqaruv ixtisosligi boʻyicha ilmiy darajaga egaligi:

9. Oʻquv kurslarida ishtirok etish shakli (ishlab chiqarishdan ajralgan yoki ajralmagan):

10. Ariza toʻldirish sababi:

Oʻquv kursida ishtirok etish uchun

Navbatdagi yakuniy sinovda ishtirok etish uchun

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 09/26/204/0421-son)