1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“Asakabank” aksiyadorlik jamiyatini xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Asakabank” aksiyadorlik jamiyatining operatsion samaradorligini oshirish, xususiylashtirishga tayyorlash va bank tizimiga strategik investorlarni jalb qilish orqali bank xizmatlari sohasida raqobat muhitini yanada rivojlantirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Asakabank faoliyatini transformatsiya qilish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.02 Ayrim tarmoq va obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi o‘rinlarda — YETTB) hamda “Asakabank” aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda — Asakabank) o‘rtasida Asakabankning operatsion samaradorligini va mustaqilligini ta’minlash, uning aktivlari sifati hamda kapitallashuvini oshirish, YETTB tomonidan Asakabankning 15 foiz aksiyalarini sotib olish bo‘yicha Hamkorlikning asosiy shartlari to‘g‘risida kelishuv imzolangani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bankning Asakabank faoliyatini transformatsiya qilishga doir quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) barcha bank amaliyotlarini bozor (tijorat) tamoyillari, zamonaviy bank amaliyoti va xatarlarni boshqarish tizimi talablaridan kelib chiqqan holda bankning ichki siyosati asosida amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) bankning asosiy faoliyatiga taalluqli bo‘lmagan va qo‘shimcha yuklangan har qanday faoliyat turi va vazifalar bajarilishini to‘xtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) aktivlar sifatini tahlil qilish natijalarini inobatga olgan holda bank aksiyalarining nominal qiymatini bozor qiymatiga moslashtirishda yuzaga kelgan tafovutni uning qo‘shilgan kapitaliga kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda aktivlar sifatini tahlil qilish natijalariga ko‘ra muammoli deb topilgan kreditlar bo‘yicha kelgusida yuzaga keladigan yo‘qotishlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining Asakabankdagi uzoq muddatli kredit liniyalari va depozitlari hamda Davlat budjetining boshqa manbalari hisobidan qoplash mexanizmini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy qilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.02 Ayrim tarmoq va obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Asakabank:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) sobiq “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJning bank oldidagi majburiyatlarini so‘ndirish hisobiga bank balansiga qabul qilingan Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi 434-uy manzilidagi mulkiy majmua bankning boshqaruv organlari qarori asosida baholangan qiymatda Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilishini ta’minlasin. Bunda mulkiy majmuaning qiymati 2026-yilgi xususiylashtirish dasturi doirasida davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablag‘lar hisobiga bankka qoplab beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ikki oy muddatda Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga qiymati 382,6 milliard so‘mlik 4 ta loyiha va bank ulushlari 1-ilovaga muvofiq keyinchalik xususiylashtirish va sohaviy idoralarga ishonchli boshqaruvga berish sharti bilan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) aktivlar sifatini tahlil qilish natijalariga ko‘ra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) muammoli deb topilgan aktivlarni undirish mexanizmini belgilasin va bunda ushbu aktivlar undirilishi har chorakda Asakabankning kuzatuv kengashi tomonidan ko‘rib chiqilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Markaziy bank bilan birgalikda Asakabank aksiyalarining nominal qiymatini bozor qiymatiga moslashtirish mexanizmini belgilasin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.02 Ayrim tarmoq va obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Asakabank aktivlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilishi natijasida yuzaga keladigan Asakabankning kapitali kamayishini 2-ilovaga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligining Asakabankdagi kreditlarini ustav kapitaliga aylantirish hisobidan qayta tiklash huquqi berilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Asakabank tomonidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan 3-ilovadagi loyihalarni “UzVC” milliy venchur fondiga o‘tkazsin hamda ularni amalga oshirishni Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markaziy bankka Asakabank bilan birgalikda aktivlar sifatini tahlil qilish natijalariga ko‘ra muammoli deb topilgan kreditlarni undirish uchun sudga murojaat qilingandan boshlab ushbu kreditlarni qoplash uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mutanosib miqdorda mablag‘lar ajratilgunga qadar alohida tavakkalchilikka tortish mexanizmi va zaxira siyosatini qo‘llash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Asakabankni xususiylashtirishga tayyorlash
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Asakabank:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) aktivlar sifatini tahlil qilish natijalariga ko‘ra muammoli deb topilgan kreditlar bo‘yicha kelgusida yuzaga keladigan yo‘qotishlar Iqtisodiyot va moliya vazirligining Asakabankdagi uzoq muddatli kredit liniyalari va depozitlari hamda Davlat budjetining boshqa manbalari hisobidan qoplab borilishi to‘g‘risidagi rozilik YETTB bilan tuziladigan shartnomalarda aks ettirilishini;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 2026-yilda Asakabankning ustav kapitaliga 95 million AQSH dollari ekvivalentida mablag‘ kiritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) oddiy aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lanmagan holda bankning 2024-2025-yillardagi sof foydasi taqsimlanmasligini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.02 Ayrim tarmoq va obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Asakabankka bank aksiyalarining 15 foizini YETTBga sotish va bankni transformatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma loyihasini ishlab chiqish hamda YETTB bilan aksiyalar narxi yuzasidan muzokaralarni olib borish uchun xalqaro yuridik kompaniya va “katta to‘rtlik” turkumiga kiruvchi yoki nufuzli investitsiya banklarining biri bilan “taklif so‘rovi” asosida moliyaviy konsultantni jalb qilishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda sobiq “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ hududida amalga oshirish uchun ijtimoiy va iqtisodiy maqsadga yo‘naltirilgan loyiha ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Asakabank bilan birgalikda 2026-yil 1-sentabrga qadar jalb qilingan moliyaviy konsultantning YETTB taklifini o‘rganish yakunlari bo‘yicha tavsiyasi asosida Asakabank ustav kapitalidagi davlatga tegishli 15 foiz ulushni sotish narxi, shuningdek, YETTB va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida imzolanadigan investitsiya shartnomasining asosiy shartlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va Markaziy bank raisi T.A. Ishmetov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 20-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-149-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-apreldagi PQ-149-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Asakabank” AJ tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladigan loyihalar hamda ulushlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI

T/r
Jamiyat nomi
Investitsiya kiritilgan korxona faoliyati
Qoldiq qiymati
(mln so‘m)
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar
1.
“Yashil energiya” MCHJ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-57-son qarori asosida tashkil etilgan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasini ishlab chiqarish asbob-uskunalarini o‘rnatishga ixtisoslashgan korxona
67 066,8
Yaxlit paket sifatida xususiylashtiriladi
2.
“Uz CLAAS Agro” MCHJ QK
Qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish korxonasi
222 346,6
Yaxlit paket sifatida xususiylashtiriladi
3.
“Khorezm Invest Project” MCHJ
Xorazm viloyatidagi istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish uchun tashkil etilgan investitsiya kompaniyasi
90 215,0
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi huzuridagi Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi
4.
“Sayxun Tomorqa Export” MCHJ
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va ularni eksport qilishga ko‘maklashish korxonasi
2 950,4
Yaxlit paket sifatida xususiylashtiriladi
Jami
382 578,8
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-apreldagi PQ-149-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Asakabank” AJning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi oldidagi qarz
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAJBURIYATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Shartnoma
Resurs qarz qoldig‘i
(mln so‘m)
Sanasi
Raqami
1.
05.04.2017
3471-UZB (SF)
366 262,76
2.
30.06.2018
8824-UZ
1 124 625,22
3.
19.11.2018
L3673 (COL)-UZB
339 537,24
4.
15.10.2019
08-02-19/5
68 039,71
5.
26.06.2024
D2406010055
87 816,25
Jami:
1 986 281,18
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: mazkur mablag‘lar Bosh kelishuvda hamda buyurtmalarga asosan alohida shartnoma bo‘yicha jalb qilingan va qarz qoldig‘i Markaziy bank tomonidan belgilangan kursga nisbatan o‘zgarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-apreldagi PQ-149-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Asakabank” AJdan “UzVC” milliy venchur fondiga o‘tkaziladigan va Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Tashkilot nomi
Investitsiya kiritilgan korxona faoliyati
Kiritilishi lozim bo‘lgan investitsiyalar (mln so‘m)
O‘tkaziladigan tashkilot
1.
“Asaka Farm Venchurs” MCHJ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-yanvardagi PF-13-son Farmoniga muvofiq farmatsevtika tarmog‘idagi startap loyihalarga investitsiya kiritish maqsadida tashkil etilgan venchur kompaniya.
130 000
“UzVC” milliy venchur fondi
2.
“Asaka Farm Invest” MCHJ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-yanvardagi PF-13-son Farmoniga muvofiq farmatsevtika tarmog‘idagi istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan investitsiya kompaniyasi.
650 000
Jami
780 000
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-apreldagi PQ-149-son qaroriga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-168-son qarori 7-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 07/26/149/0395-son)