28.01.2025 yildagi PF-13-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirish, sohaga jalb etilayotgan investitsiyalar va eksport hajmini sezilarli darajada oshirish hamda aholini sifatli, xavfsizligi va samaradorligi kafolatlangan dori vositalari bilan taʼminlashga oid yangi boshqaruv tizimini joriy qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) zimmasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik faol qoʻshimchalar va kosmetika mahsulotlari sanoatini rivojlantirish, shu jumladan, bozor konyunkturasini oʻrganish, tahlil qilish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ushbu yoʻnalishdagi soha korxonalariga ilgʻor xorijiy amaliyot va standartlarni tatbiq etishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy hokimliklar bilan birgalikda hududiy farmatsevtika korxonalarining investitsiya loyihalarini monitoring qilish va hisobini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika sohasini raqamlashtirish va axborot dasturlarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-apreldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) cheklangan savdo ustamalari faqat retsept bilan beriladigan dori vositalari toifasiga nisbatan tatbiq etiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan amaldagi referent narxni shakllantirish tizimi saqlab qolinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
retsept bilan beriladigan dori vositalari toifasini ulgurji va chakana sotishda ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qatʼi nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan (bazaviy) qiymatidan 15 foizdan va chakana savdo uchun sotib olingan qiymatidan 20 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorlarda ustama qoʻllanadi. Ushbu dori vositalarining ulgurji va chakana narxlari cheklangan ulgurji va chakana referent narxlardan yuqori boʻlmasligi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
retseptsiz beriladigan dori vositalarini ulgurji va chakana realizatsiya qilishda cheklangan savdo ustamalari qoʻllanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bir ishlab chiqaruvchi tomonidan turli savdo nomlari ostida tarkibi bir xil boʻlgan dori vositalarini ishlab chiqarishda ushbu dori vositalarining barchasiga nisbatan eng past referent narx qoʻllanadi (dori moddalari (substansiya) ishlab chiqaruvchilarida farq boʻlgan hollar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi tomonidan xorijiy valyutada qayd etilgan referent narxlar quyidagi hollarda avtomatik ravishda (tadbirkor murojaatisiz) qayta koʻrib chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy valyutaning milliy valyutaga nisbatan qiymati dori vositasiga qayd etilgan oxirgi qiymatdan 3 foiz yuqori boʻlsa — har yilning yanvar va iyul oylarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy valyutaning milliy valyutaga nisbatan qiymati dori vositasiga qayd etilgan oxirgi qiymatdan 5 foiz yuqori boʻlsa — muddatidan avval.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) 2025-yil yakuniga qadar Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining laboratoriyasini Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining dastlabki kvalifikatsiya (prequalification) tartibidan oʻtkazish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Farmatsevtika mahsulotlari eksporti hajmini oshirish maqsadida Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) farmatsevtika korxonalarining barqarorlik reytingidan kelib chiqib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ishlab chiqarish korxonalarining dori vositalaridan bittasini AQSHning “Food and Drug Administration” (FDA) yoki Yevropa Ittifoqining “European Medicines Agency” (EMA) tashkilotlarida roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 100 foizi ular roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisida tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan soʻng qoplab berilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ishlab chiqarish korxonalarining farmatsevtika mahsulotlarini xorijiy davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizi ular roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisida tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan soʻng qoplab berilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soha korxonalariga farmatsevtika yoʻnalishidagi nufuzli xalqaro koʻrgazma va yarmarkalarda stendlar bilan ishtirok etish xarajatlarini Agentlikning arizasiga muvofiq oldindan 100 foiz toʻlab berish tartibi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur bandda koʻzda tutilgan choralarni qoʻllash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Asakabank” AJ va Agentlikning ikki oy muddatda “Asakabank” AJ taʼsischiligida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida ustav fondi 10 million AQSH dollari ekvivalentiga teng boʻlgan, farmatsevtika sohasining biofarmatsevtika, hujayra texnologiyalari, onkologiya kabi yoʻnalishlaridagi startap loyihalarni moliyalashtiradigan venchur jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Asakabank” AJ va Agentlik “Asakabank” AJ huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Farmatsevtika tarmogʻining istiqbolli loyihalari investitsiya jamgʻarmasini (keyingi oʻrinda — Investitsiya jamgʻarmasi) tashkil etsin. Bunda:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-martdagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 06/26/35/0205-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya jamgʻarmasiga “Asakabank” AJ 50 million AQSH dollari miqdorida mablagʻlar kiritadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-martdagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 06/26/35/0205-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya jamgʻarmasiga farmatsevtika yoʻnalishidagi ilmiy-amaliy va investitsiya loyihalarida ulush bilan ishtirok etishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish farmatsevtika tarmogʻining investitsiya loyihalari maʼqullanishiga qarab amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari Agentlik huzuridagi ilmiy-texnik kengash ekspertizasidan, loyiha doirasidagi import kontraktlari esa “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan ekspertizadan oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Asakabank” AJ va Agentlik ikki oy muddatda Farmatsevtika tarmogʻining istiqbolli loyihalari investitsiya jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-martdagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 06/26/35/0205-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Innovatsion rivojlanish agentligining mahalliy dori vositalarini yaratishga qaratilgan ilmiy loyihalari hamda farmatsevtika sohasidagi startap loyihalarni inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga kiritish va moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan 2030-yilga qadar har yili 20 milliard soʻmgacha mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sogʻliqni saqlash vazirligining donor qoni plazmasidan shartnoma asosida dori vositalarini ishlab chiqarish maqsadida donor qoni plazmasini Sogʻliqni saqlash vazirligi va Agentlikning xulosasi asosida 2027-yil yakuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda donor qoni plazmasidan ishlab chiqarilgan dori vositalarining Sogʻliqni saqlash vazirligi ehtiyojidan ortiqcha qismi xorijiy davlatlarga realizatsiya (eksport) qilinishi mumkinligi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) 2025-yil 1-martga qadar donor qoni plazmasidan dori vositalarini ishlab chiqarish maqsadida donor qoni plazmasini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish hamda donor qoni plazmasidan ishlab chiqarilgan dori vositalarini xorijiy davlatlarga eksport qilishga ruxsat berish tartibini belgilovchi tegishli Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) Agentlik (A. Azizov), “Sogʻliqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisi (E. Adilov), Fanlar akademiyasi (Sh. Turdikulova) bilan birgalikda 2025-yil 1-iyulga qadar hujayra texnologiyasi asosida biotexnologiya vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish yuzasidan tegishli qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Asakabank” AJ (K. Tulyaganov), Agentlik (A. Azizov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda tashabbuskor tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda 2025-yil 1-iyulga qadar 1-ilovaga muvofiq 5 ta namunaviy dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini tashkil etsin va 2026-yil yakuniga qadar ushbu plantatsiyalarda yetishtirilgan dorivor oʻsimliklarni qayta ishlash loyihalari ishga tushirilishiga koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tashabbuskor tadbirkorlik subyektlariga namunaviy plantatsiyani yaratish va mahsulotni qayta ishlash loyihalarini amalga oshirishda konsultativ yordam koʻrsatib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agentlik huzurida farmatsevtika korxonalari faoliyatiga ilgʻor standartlarni tatbiq etish boʻyicha marketing va konsalting xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan “Pharm Service” davlat muassasasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Pharm Service” davlat muassasasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soha korxonalariga farmatsevtika mahsulotlarini roʻyxatdan oʻtkazish ishlarida koʻmaklashish, milliy va xorijiy standartlarni tatbiq etish ishlarida huquqiy va konsultativ yordam koʻrsatish hamda marketing xizmatlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy korxonalarning farmatsevtika yoʻnalishidagi nufuzli xalqaro koʻrgazma va yarmarkalarda ishtirok etishida hamda stendlar tashkil etishida koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika tarmogʻini raqamlashtirish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika korxonalarini loyihalash va qurish ishlari boʻyicha maslahat xizmatlarini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Pharm Service” davlat muassasasining moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatiladigan pulli xizmatlardan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilansinki, dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika, biologik faol qoʻshimchalar, dorivor oʻsimliklar hamda kosmetika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning statistika koʻrsatkichlari farmatsevtika tarmogʻi hisobotida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagilar Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasining qoʻshimcha manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qilinadigan dori vositalariga nisbatan qoʻllanadigan bojxona bojining 75 foizi;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-martdagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 06/26/35/0205-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika mahsulotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq xizmatlardan tushadigan mablagʻlarning 10 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika faoliyati uchun berilgan litsenziya talablarini, referent narxlarning talab va shartlarini buzganlik uchun tadbirkorlik subyektlaridan undiriladigan jarimalarning 50 foizi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka farmatsevtika sohasini raqamlashtirish bilan bogʻliq ishlarni (xizmatlarni) belgilangan tartibda Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona qoʻmitasi import qilingan dori vositalari boʻyicha undirilgan bojxona bojining alohida hisobini yuritsin hamda har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 5 sanasiga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli maʼlumotlarni taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Bojxona qoʻmitasi taqdim etgan maʼlumotlar asosida import qilingan dori vositalari boʻyicha undirilgan bojxona boji summasining 75 foizini har oy uchun keyingi oyning 10 sanasiga qadar Davlat budjeti daromadlarini ushbu summaga kamaytirgan holda, Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazib bersin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-martdagi PF-35-sonli Farmoniga asosan oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 06/26/35/0205-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmatsevtika tarmogʻidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va aholini sifatli dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatning ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov va Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori A.A. Azizov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon ijrosiga masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-13-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-yanvardagi PF-13-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-iyulga qadar tashkil etiladigan namunaviy dorivor oʻsimliklar plantatsiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Dorivor oʻsimlik turlari

Ajratiladigan yer maydonlari

(gektar)

Viloyatlar

Tumanlar

1.

Tukli erva (pol-pola), moychechak, shumgʻiya, isiriq, tirnoqgul, steviya, gulxayri

5

Buxoro viloyati

Romitan tumani

2.

Dalachoy, togʻrayhon, kiyik oʻti, kovul, naʼmatak, tojik kavrak, zaʼfaron

5

Jizzax viloyati

Baxmal tumani

3.

Maxsar, naʼmatak, moychechak, dalachoy, togʻrayhon, kovul, oshqovoq

5

Sirdaryo viloyati

Sardoba tumani

4.

Naʼmatak, moychechak, dalachoy, togʻrayhon, gazanda oʻti, andiz, qalampir yalpiz, lavanda, gulxayri

5

Toshkent viloyati

Boʻstonliq tumani

5.

Moychechak, lavanda, gulxayri, exinatseya, malina, ola oʻt, kiyik oʻti

5

Fargʻona viloyati

Beshariq tumani

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-yanvardagi PF-13-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASHKILIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

“Zarur amaliyotlar markazi” davlat muassasasi

Oʻzbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti

“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini rivojlantirish direksiyasi

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti

Farmatsevtika texnik universiteti

“Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot instituti

“Pharm Service” davlat muassasasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-yanvardagi PF-13-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmatsevtika tarmogʻidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va aholini sifatli dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbai

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan farmatsevtika mahsulotlari boʻyicha tahliliy va statistik maʼlumotlar jamlangan tahliliy platformani (BI) ishlab chiqish.

1. Loyihaoldi oʻrganish ishlarini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi

2025-yil mart

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov)

2. Platformaning loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.

2025-yil oktabr

3. Platformani ishlab chiqish va reja-grafikka asosan ishga tushirish.

2026-yil mart

2.

Davlat tibbiyot muassasalarida markirovka orqali dori vositalarining hisobini yuritish uchun zarur sharoitlar yaratish.

Davlat tibbiyot muassasalarini ular tomonidan bemorlarni davolash uchun sotib olinadigan dori vositalarining hisobotlarini yuritishda markirovkani joriy etish uchun kerakli jihozlar bilan taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari

2025-yil may

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov)

3.

Farmatsevtika sohasini raqamlashtirish tizimini takomillashtirish.

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi axborot bazasini Energetika vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, Statistika agentligi, Oʻrmon xoʻjaligi agentligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ axborot bazalari bilan integratsiya qilish va elektron axborot almashishni yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

Tashkilotlarning oʻz mablagʻlari

2025-yil sentabr

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Bojxona qoʻmitasi,

(A. Mavlonov),

Statistika agentligi

(A. Ikramov),

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

(N. Bakirov),

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

(T. Xaydarov)

4.

Dori vositalariga nisbatan qoʻshilgan qiymat soligʻini qoʻllash natijalarini tahlil qilish.

Dori vositalariga nisbatan qoʻshilgan qiymat soligʻini qoʻllash natijalarini tahlil qilish va ushbu tizimni takomillashtirish yuzasidan taklif kiritish.

Tahliliy maʼlumotnoma

-

2025-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov)

5.

Aholining mahalliy farmatsevtika mahsulotlariga boʻlgan ishonchini oshirishga qaratilgan ijtimoiy videoroliklar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida namoyish qilish.

Aholining mahalliy farmatsevtika mahsulotlariga boʻlgan ishonchini oshirish maqsadida Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy videoroliklar tayyorlash va ularni efirga uzatib borish.

Bunda:

mahalliy korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlari xalqaro standartlar asosida olib borilishi;

farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarida “Zarur amaliyotlar (GxP)” standartlarining joriy etilgani;

mahalliy farmatsevtika mahsulotlarini ekspertiza va standartlashtirish ishlari qanday tashkil etilgani;

mahalliy dori vositalarining taʼsiri va samaradorlik darajasi kabi mavzularda roliklar tayyorlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi, farmatsevtika tashkilotlarining oʻz mablagʻlari

Doimiy

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(A. Xodjayev),

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(A. Djurabayev),

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov)

6.

Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalarini qayta koʻrib chiqish.

Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalarini takomillashtirish.

Jumladan, sertifikatlashtirish qoidalarida namunalarni identifikatsiya qilish tartibini takomillashtirish, arizachi sertifikatlashtirish organi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda shikoyat qilish (apellyatsiya) tartibini belgilash, elektron sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish, baholash jarayonlarini avtomatlashtirish darajasini oshirish va elektron maʼlumotlar bazasini toʻliq shakllantirish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

-

2025-yil may

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov)

7.

Internet va ijtimoiy tarmoqlarda dori vositalari reklamasini monitoring qilish va takliflar ishlab chiqish.

Internet va ijtimoiy tarmoqlarda dori vositalari reklamasini tartibga solish maqsadida dori vositalari va biologik faol qoʻshimchalar reklamasini monitoring qilish va takliflar ishlab chiqish.

Tahliliy maʼlumotnoma

-

2025-yil aprel

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

(H. Turaxujayev)

8.

Oʻzbekistonda regenerativ tibbiyotni rivojlantirish, biotibbiy hujayralarni amaliyotga joriy etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilash hamda yoʻlga qoʻyish.

1. Regenerativ tibbiyot markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

-

2025-yil may

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov)

2. Regenerativ tibbiyot markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish.

2025-yil dekabr

9.

Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni aniqlash tartibini farmatsevtika mahsulotlariga oid qismida qayta koʻrib chiqish.

Farmatsevtika yoʻnalishida mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni aniqlash holatini tahlil qilgan holda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Tahliliy maʼlumot va takliflar

-

2025-yil aprel

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

10.

Hududlarda dorivor oʻsimliklarni tomorqa yerlarida va sanoat plantatsiyalari tashkil qilgan holda yetishtirish va ularni qayta ishlash boʻyicha kompleks dasturni tasdiqlash.

Tadbirkorlik subyektlarining amalga oshirilgan eng yaxshi tajribalarini oʻrgangan holda hududlarda dorivor oʻsimliklarni tomorqa yerlarida va sanoat plantatsiyalari tashkil qilgan holda yetishtirish va ularni qayta ishlash boʻyicha kompleks dasturni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda mazkur loyihalarni Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasidan qulay shartlarda moliyalashtirish mexanizmlarini nazarda tutish.

Chora-tadbirlar dasturi

-

2025-yil aprel

“Asakabank” AJ

(K. Tulyaganov),

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov),

Toshkent viloyati hokimligi

(Z. Mirzayev),

Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti

(Sh. Sagdullayev)

11.

Mahalliy farmatsevtika korxonalari quvvatlarini oshirish, sohaga texnologiyalar transferini joriy etish tizimini takomillashtirish.

Ilgʻor xorijiy tajriba asosida farmatsevtika sohasiga texnologiyalar transferini qoʻllash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Qonun loyihasi

-

2025-yil may

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov)

12.

“Boʻstonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari hududini kengaytirish.

Quyidagilar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish:

“Boʻstonliq-farm” EIZ hududini 6 gektarga kengaytirish;

“Parkent-farm” EIZ hududini 17 gektarga kengaytirish.

Bunda:

erkin iqtisodiy zonalar hududini kengaytirish uchun ajratiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yer uchastkalari toifasini sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish uchun belgilangan tartibda Hukumat komissiyasiga taklif kiritish;

yer uchastkalari konturlarini belgilagan holda ularni amaldagi foydalanuvchilardan jamoat ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda olib qoʻyish va davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish;

yer uchastkalarini erkin iqtisodiy zonalar direksiyasiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish choralari koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar va normativ-huquqiy hujjat loyihasi

-

2025-yil may

Toshkent viloyati hokimligi

(Z. Mirzayev),

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-yanvardagi PF-13-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatning ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi “2022 — 2026-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-55-son Farmoni 5-bandidagi “2025-yil” soʻzlari “2028-yil” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-111-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 6-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matnida 3004-pozitsiyaning “Stavka poshlini (v % ot tamojennoy stoimosti tovara ili v dollarax SSHA za yed. izm.)” ustunidagi “0” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmogʻida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4554-son qarorining 1-bandi “a” kichik bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a) 2025-yil 1-apreldan boshlab retsept bilan beriladigan mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan referent narx shakllantirish tizimi joriy etiladi va unda quyidagilar koʻzda tutiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-yanvardagi “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4574-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 6-bandning “b” kichik bandi toʻqqizinchi xatboshisi “xorijiy” soʻzidan keyin “va mahalliy” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 7-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a) Klaster hududida investitsiya loyihalari xalqaro moliya institutlari/xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari hamda toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar, jumladan chet el investitsiyalarini jalb qilish hisobiga amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK” soʻzlari “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “xorijiy mutaxassislar va maslahatchilarning” soʻzlari “xorijiy va mahalliy mutaxassislar hamda maslahatchilarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 1-ilovaning 3-bobi 2-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Farmatsevtika sanoat zonasi” soʻzlari “Klaster” soʻzi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-411-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” kichik bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ularga xarajatlar smetasi boʻyicha ajratilishi koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketi doirasida xarid qilinadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar bepul, qolgan hollarda pullik asosda shifoxonaga kirim qilingan narxlarda amalga oshiriladi. Bunda shifoxona tomonidan xarid qilinadigan retsept bilan beriladigan dori vositalarining narxi belgilangan ulgurji referent narxlaridan yuqori boʻlmasligi lozim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b) 2025-yil 1-apreldan boshlab referent narxlari qayd etilmagan yoki qayd etilgan narxdan yuqori boʻlgan retsept bilan beriladigan dori vositalarini sertifikatlashtirish taqiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan retsept bilan beriladigan dori vositalari uchun dorixonalar tomonidan taqdim etiladigan xarid chekining fiskal belgisi matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali soliq organlarining maxsus mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtkazilganda retsept bilan beriladigan dori vositalari narxlari “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining axborot tizimidagi dori vositalarining chakana referent narxlari bilan avtomatik tarzda solishtiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xarid cheki boʻyicha narx retsept bilan beriladigan dori vositasining chakana referent narxidan ortiq deb topilganda, ushbu maʼlumot asosida oʻtkazilgan tekshirish yakuniga koʻra huquqbuzardan belgilangan tartibda jarima undiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi “Farmatsevtika tarmogʻini yanada rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-14-son qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan “Asakabank” AJga kredit va lizing mexanizmlarini qoʻllagan holda xorijiy ilgʻor texnologiyalarni jalb qilishga yoʻnaltirilgan innovatsion dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ishlab chiqarishga moʻljallangan loyihalarni moliyalashtirish uchun 50 million AQSH dollari miqdorida 10 yil muddatgacha, shundan 4 yilgacha imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavkada kredit liniyasi ajratiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-sentabrdagi “Bojxona bojlaridan ozod qilinadigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, shuningdek, xom ashyo va materiallar, tibbiy buyumlar va qadoqlash materiallari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 519-son qarorining 1-bandidagi, 2-bandining ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilaridagi hamda 1 — 3 ilovalarning nomlanishidagi “2025-yil” soʻzlari “2028-yil” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Mazkur ilovaning 3-bandi 2025-yil 1-apreldan eʼtiboran kuchga kiradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 06/25/13/0080-son; 30.12.2025-y., 06/25/263/1239-son; 07.03.2026-y., 06/26/35/0205-son)