Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.1997 06.04.1994 yildagi 186-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.1997
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING ISTIQBOLNI BELGILASh VA STATISTIKA DAVLAT QO‘MITASI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-maydagi 253-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy siyosatni amalga oshirishning ta’sirchan mexanizmini yaratish, bozor munosabatlarini makroiqtisodiy boshqarishning rolini oshirish, O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish uchun axborot-tahliliy negizni mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi (“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi) zimmasiga quyidagilar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotni isloh qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan strategiya, qoidalar va ustuvorliklar asosida ularni amalga oshirish mexanizmini, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning istiqbolli variantlarini belgilash, respublikaning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan muhim xalq xo‘jaligi muammolarini kompleks hal etishning maqsadli dasturlarini, tabiiy va mehnat resurslaridan, yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy islohotlarning natijalarini o‘rganish va umumlashtirish hamda ularni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirib borish, iqtisodiy siyosatning ustuvorliklarini amalga oshirish mexanizmiga tuzatishlar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika iqtisodiyot tashkilotlari, vazirliklari, idoralari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy boshqaruv organlarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish istiqbolini belgilash sohasidagi faoliyatlarini o‘zaro muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq xo‘jaligi hisobot va yig‘ma prognoz balanslarini ishlab chiqish asosida tarmoq va hududiy-tarkibiy o‘zgarishlarning makroiqtisodiy mutanosibliklarini, tamoyillarini tahlil qilishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy rivojlanish hamda moddiy farovonlikni oshirish yo‘nalishlarini, aholini muayyan tarzda ijtimoiy himoya qilish, respublika iste’mol tovarlari va xizmatlar ko‘rsatish bozorini to‘ldirish, mehnat resurslarini ish bilan oqilona ta’minlash chora-tadbirlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy va idoraviy o‘zgarishlar, investitsiya dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish mexanizmi, hududlarni istiqbolli rivojlantirish hamda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bo‘yicha takliflarni asoslash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon bozorida raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarilishini va xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlovchi industrlashtirish va agrar siyosatni amalga oshirishning, kommunikatsiya vositalarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini hamda yo‘llarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlar eksportini kengaytirish, xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli savdo iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning aniq yo‘nalishlarini ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish mexanizmini asoslash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona statistika siyosatini olib borish va respublika statistika tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etish, ularni xalqaro me’yorlar va standartlarga muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasi 1, 1a ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istiqbolni belgilash va statistika hududiy organlarining namunaviy tuzilmalari va xodimlarining soni 2, 2a, 3, 4, 5 ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi markaziy apparati xodimlarining cheklangan soni tegishli ish haqi fondi doirasida 260 kishidan iborat etib belgilansin (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘mitada raisning bir nafar birinchi o‘rinbosari, raisning besh nafar o‘rinbosarlari — boshqarma boshliqlariga hamda raisning bir nafar o‘rinbosari — Bosh hisoblash markazi bosh direktori shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan 11 kishidan iborat hay’at bo‘lishiga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat maqomi, moddiy-maishiy ta’minot, transport va tibbiy xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlari bo‘yicha “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazirga, rais o‘rinbosarlari — vazirning birinchi o‘rinbosarlariga tenglashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi bo‘limlar va kichik bo‘limlar boshliqlariga Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-dekabrdagi 590 va 589-son (2-ilova) qarorlariga muvofiq boshqarma va bo‘lim boshliqlari uchun tegishli ravishda belgilangan Yagona tarif setkasi bo‘yicha tarif stavkalari, amaldagi moddiy-maishiy ta’minot va tibbiy xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlarini saqlab qolgan holda, joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyatlar va Toshkent shahar istiqbolni belgilash va statistika bosh boshqarmalarining, iqtisodiyotni muvofiqlashtirish va statistika tuman (shahar) bo‘limlarining bo‘ysunishi, ular rahbarlarining lavozimga tayinlanishi va undan ozod etilishi, xizmat maqomi, xodimlar soni bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 26-iyundagi 316-son qarori bilan belgilangan tartib saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istiqbolni belgilash va statistika bo‘yicha hududiy bo‘linmalarning rahbarlariga va xodimlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda hokimliklarning tegishli darajadagi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlari tatbiq etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi raisiga zarurat bo‘lganda belgilangan xodimlar soni va ish haqi fondi doirasida qo‘mitaning tasdiqlangan markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbekiston Respublikasi Ishlab chiqarish kuchlarini o‘rganish bo‘yicha Kengashni uning shtatlari va xodimlar sonini O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasining Iqtisodiyot va statistika ilmiy-tadqiqot instituti bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Iqtisodiyot instituti o‘rtasida taqsimlagan holda, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va statistika ilmiy-tadqiqot instituti hamda Ishlab chiqarish kuchlarini o‘rganish bo‘yicha Kengash negizida O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasining Iqtisodiyot va ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilsin. U Toshkent shahar, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi, 42-uydagi, O‘quv-konsalting markazi esa Toshkent shahar, Raxmatulin ko‘chasi, 314-uydagi binoga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi ilgari O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasining Iqtisodiyot va statistika ilmiy-tadqiqot institutida o‘rnatilgan barcha aloqa vositalarini, shu jumladan, hukumat aloqa vositalarini Iqtisodiyot va ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti ixtiyorida qoldirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasining Kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasining Bozor munosabatlari o‘quv-konsalting markaziga aylantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi vazifalar va faoliyat yo‘nalishlarini hisobga olgan holda qo‘mita to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh hisoblash markazining tuzilmasini va Ustavini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar va Toshkent shahar Istiqbolni belgilash va statistika bosh boshqarmalari to‘g‘risidagi Namunaviy nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish bo‘yicha tashkiliy masalalarni hal etsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi bilan birgalikda institutning ilmiy-tadqiqot ishlari yo‘nalishlarini, uning tasdiqlangan davlat ilmiy-texnika dasturlarini bajarishda qatnashuvini belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z tasarrufidagi muassasa va tashkilotlar xodimlar sonini, tuzilmalarini hamda Ustavini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-avgustdagi 367-son qarorining 1, 2, 3, 4-bandlari (3-xatboshidan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 26-iyundagi 316-son qarori 2-bandining birinchi xatboshi 2-ilova bilan, 2-bandining beshinchi xatboshidagi “hisoblash markazining boshlig‘i esa tegishli hududiy istiqbolni belgilash va statistika bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari hisoblanadi” degan qismi, 5-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 6-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
186-son