Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.1997 26.06.1993 yildagi 316-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.1997
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKA ISTIQBOLNI BELGILASh VA STATISTIKA
ORGANLARI TIZIMI IShINING SAMARADORLIGINI YaNADA
OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-maydagi 253-son “O‘zbekiston Respublikasi makroiqtisodiyot va statistika vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Statistika va istiqbolni belgilash-tahliliy ishlarni chuqurlashtirish, davlat statistika axborotining ishonchliligini va respublikada iqtisodiy islohotlarning qanday borayotganligini to‘laqonli tahlil etish, bu ishda istiqbolni belgilash va statistika organlarining roli va mas’uliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman (shahar) iqtisodiyotni muvofiqlashtirish va statistika bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar va tumanlar iqdisodiyotni muvofiqlashtirish va statistika bo‘limlari tuman (shahar) hokimiga hamda viloyat va Toshkent shahar istiqbolni belgilash va statistika bosh boshqarmasiga bo‘ysunadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) iqtisodiyotni muvofiqlashtirish va statistika bo‘limlarining rahbarlarini, shuningdek, ularning hisoblash markazlari rahbarlarini tayinlash tumanlar (shaharlar) hokimlarining taqdimnomalariga muvofiq tegishli viloyat, Toshkent shahar istiqbolni belgilash va statistika bosh boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotni muvofiqlashtirish va statistika bo‘limining boshlig‘i lavozimi bo‘yicha tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari, hisoblash markazining boshlig‘i esa — iqtisodiyotni muvofiqlashtirish va statistika bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) iqtisodiyotni muvofiqlashtirish va statistika bo‘limlari xodimlarining Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-avgustdagi 367-son qarori bilan belgilangan soni qisqartirilishi mumkin emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik, xususiy korxonalar, kooperativlar faoliyati to‘g‘risidagi statistika axborotini to‘la qamrab olish va uning ishonchliligini ta’minlash maqsadida istiqbolni belgilash va statistika mahalliy organlarining vakillari yangi bozor tuzilmalarini ro‘yxatga olish bo‘yicha komissiyalarning tarkibiga albatta kiritiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat va Toshkent shahar istiqbolni belgilash va statistika boshqarmalari tegishli hududlar hokimiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasiga bo‘ysunadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat va Toshkent shahar istiqbolni belgilash va statistika boshqarmalari rahbarlarini, shuningdek, ularning hisoblash markazlari rahbarlarini tayinlash viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istiqbolni belgilash va statistika bosh boshqarmasining boshlig‘i lavozimi bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari hisoblanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-apreldagi 186-son qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar istiqbolni belgilash va statistika viloyat, tuman, shahar organlarining muhim vazifalari hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli va aniq statistika axboroti, uni tahlil etish tizimini shakllantirish, hokimiyat va boshqaruv, mahalliy va respublika organlarini zarur ma’lumotlar bilan tez ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zlariga qarashli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida tabiiy va mehnat resurslaridan, barpo etilgan ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishning qisqa muddatli va istiqbolini belgilashni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatga qobil mahsulotlar ishlab chiqarishni ustuvor rivojlantirish, ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish, viloyatlar, shaharlar va tumanlarni kompleks rivojlantirish, atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimlik boshqarmalari va bo‘linmalarining, korxonalar, tashkilotlarning, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning, hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi istiqbolini belgilashga oid faoliyatini muvofiqlashtirish, yagona statistika siyosatini o‘tkazish, shuningdek, bu ishga uslubiy rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlarda hisob, hisobotning holatini va hisobot ma’lumotlarining ishonchliligini muntazam tekshirish, dastlabki hisob va hisobotning yo‘lga qo‘yilishini yaxshilashda ularga amaliy yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy talablarga javob beruvchi hisobot ko‘rsatkichlari tizimini joriy etish, statistikani xalqaro me’yorlar va standartlarga muvofiq keltirishni bosqichma-bosqich amalga oshirish, ma’lumotlarni to‘plash va ularni qayta ishlashning ilg‘or tizimlarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman, shahar, viloyat va respublika istiqbolni belgilash va statistika organlarining kuch-g‘ayratlarini statistika ishlariga, davlat buyurtmalarining bajarilishiga, olinayotgan axborot xolis tahlil etilishiga va tegishli hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqboli belgilanishi ishlab chiqilishiga qaratsinlar. Qayd etib o‘tilgan organlarga ularga xos bo‘lmagan funksiyalar yuklab qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmasin, ularning samarali ishlashlari uchun zarur sharoitlar yaratsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilayotgan axborotning ishonchliligi uchun markaziy apparat tomonidan nazoratning kuchaytirilishi bilan bir qatorda istiqbolni belgilash va statistika tizimi tuman, shahar va viloyat bo‘g‘inlarining statistika va istiqbolni belgilash-tahliliy ishlari tezkorligi va sifatini oshirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istiqbolni belgilash va statistika organlari tizimining axborot-hisoblash negizi mustahkamlanishini ta’minlasinlar. Tuman, shahar, viloyat hisoblash markazlari tuzilmasida tahliliy ishlar bo‘yicha maxsus bo‘linmalar tuzishni nazarda tutsinlar, ularni taqdim etilayotgan axborotning ishonchliligini baholashga va uni tahlil qilishni amalga oshirishga qodir bo‘lgan malakali iqtisodchi kadrlar bilan to‘ldirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-apreldagi 186-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasiga quyidagilar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini ishonchli statistika axboroti bilan tez ta’minlash, uni chuqur tahlil qilish asosida respublikaning jahon hamjamiyatiga kirishini, jahon bozori konyunkturasini hisobga olgan holda respublika xalq xo‘jaligi kompleksining samarali ixtisoslashuvi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor iqtisodiyoti shakllanishi jarayoniga tahliliy-istiqbolni belgilovchi baho berish, xo‘jalik mexanizmini, boshqaruv usul za uslublarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq xo‘jaligini tarkibiy qayta qurish, investitsiya siyosatini shakllantirish, raqobatga qobil tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan ishlab chiqarishlarni ustuvor rivojlantirish, ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasini, viloyatlar, shaharlar va tumanlarni kompleks rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro foydali tashqi iqtisodiy, savdo va ilmiy-texnika aloqalarini rivojlantirish, chet el investitsiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika aholisining moddiy farovonligini mustahkamlash, uning kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha takliflarni asoslab berish, xalq turmushi darajasini oshirish, ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish yo‘nalishlari va yo‘llari istiqbolini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona statistika siyosati yurgizish, xalq xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatishining vujudga kelayotgan sharoitlarini, bozor munosabatlariga o‘tishni, narxlarning o‘zgarishini, mulkchilikning xilma-xil shakllari rivojlanishini aks ettiruvchi ilmiy asoslangan hisobot ko‘rsatkichlari tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’lumotlarni to‘plash va ularni qayta ishlashning ilg‘or tizimlarini joriy etish, kompyuterlashtirishni keng joriy etish va respublika hisoblash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy schyotlar va xalq xo‘jaligi balansi tizimi uslubiyatini ishlab chiqish, butun statistikani zamonaviy xalqaro me’yorlar va standartlarga muvofiqlashtirish ishlariga rahbarlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moliya vazirligi (o‘rtoq E. J. Boqiboyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 10 kun muddatda hisoblash markazlarida, shuningdek, tuman (shahar) istiqbolni belgilash va statistika organlarida amalga oshiriladigan tahliliy ishlarni ta’minlashga budjetdan mablag‘ ajratish masalasini ko‘rib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yildan boshlab istiqbolni belgilash va statistika organlarining moddiy negizini mustahkamlashga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi hisob-kitoblari bo‘yicha maqsadli yo‘nalishda zarur valyuta va budjet mablag‘lari ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi (B. S. Hamidov) 20 kun muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistikani takomillashtirish bo‘yicha yangi vazifalarni va hisoblash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirishni hisobga olgan holda Bosh hisoblash markazi va uning tuzilmasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy apparat va o‘ziga qarashli tashkilotlarning iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning zamonaviy talablariga javob beruvchi malakali xodimlar bilan butlanishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-avgustdagi 367-son qarorining 1, 3-bandlari (1, 2, 3-ilovalarni tasdiqlashga oid qismi) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 26-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
316-son