16.04.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3819
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining qarori, 16.04.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3819
Кучга кириш санаси
01.08.2026
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 16-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3819]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son “Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror 2026-yilning 1-avgustidan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M. OLLOYOROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 7-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026/2-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 18-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
348-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 13-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
03-11-2026-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E. KARIMOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 11-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining 2026-yil 7-apreldagi 2026/2-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 18-martdagi 348-son, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 24-mh-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026-yil 13-martdagi 03-11-2026-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar — jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari (bundan buyon matnda ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari deb yuritiladi) — taʼlim-tarbiya berish, oʻquvchilarni umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida inklyuziv sharoitda oʻqishga tayyorlash, korreksion (tuzatuvchi) pedagogik yordam koʻrsatish, kasb oʻrgatish va sogʻlomlashtirish muassasalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus pedagog — eshitishida, koʻrishida, ruhiy va aqliy rivojlanishida hamda tayanch-harakat apparatida nuqsoni boʻlgan bolalarni oʻqitish va jamiyatga moslashtirish bilan shugʻullanadigan mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy tarif stavkasi — bir stavka dars soati uchun maxsus pedagogning maʼlumoti va malaka toifasiga koʻra belgilangan bazaviy haq miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarif stavkasi — maxsus pedagogga biriktirilgan dars soatlari asosida bir stavka uchun belgilangan bazaviy tarif stavkadan kelib chiqib aniqlanadigan miqdor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinf komplekti — oʻquvchilarni belgilangan meʼyorlar asosida bitta sinfga jamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dars soatlari setkasi — umumiy oʻrta taʼlimning tayanch oʻquv rejasi asosida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari sinflar soni, sinf komplektidagi oʻquvchilar soni va tegishli mutaxassislik boʻyicha maxsus pedagog mavjudligini inobatga olgan holda barcha fanlar boʻyicha shakllantirilgan jami dars soatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron dastur — ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari toʻgʻrisida zarur maʼlumotlar kiritiladigan va istalgan vaqtda Internet jahon axborot tarmogʻi orqali ushbu maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini yaratib beruvchi dastur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tizimidagi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining sinflari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son “Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan oʻquvchilar sonidan kelib chiqib, komplektlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari har yili 30-avgustga qadar Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) huzuridagi yagona psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarining xulosasi asosida taʼlim olayotgan hamda 1-sinfga qabul qilinayotgan oʻquvchilarning nomma-nom roʻyxatini shakllantiradi hamda elektron dastur orqali maʼlumotlarni hududiy boshqarmalarga koʻrib chiqish uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinflar komplektini shakllantirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻgʻri, toʻliq va haqqoniy kiritilishi uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining direktori masʼul va javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari tomonidan elektron dastur orqali yuborilgan sinflar komplektini shakllantirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hududiy boshqarmalar tomonidan quyidagi mezonlar asosida koʻrib chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalaridan kelgan va ketgan oʻquvchilarning ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi direktori buyrugʻi asosida sanoqqa kiritilganligi yoki sanoqdan chiqarilganligini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir ixtisoslashtirilgan sinf boʻyicha oʻtgan yilga nisbatan sinf sonining oʻsishi yoki kamayishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan samarali foydalanish hamda sunʼiy ravishda sinflar sonining koʻpayishi holatlariga yoʻl qoʻymasligini oʻrganish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Koʻrib chiqilgan sinflar komplektini shakllantirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har yili 15-sentabrga qadar hududiy boshqarmalar tomonidan tasdiqlanadi yoki aniqlangan xato va kamchiliklarni asoslantirgan holda qayta ishlash uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qayta ishlash uchun yuborilgan sinflar komplektini shakllantirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari tomonidan ikki ish kuni ichida qayta koʻrib chiqiladi va hududiy boshqarmalarga elektron dastur orqali tasdiqlash uchun qaytadan yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qayta yuborilgan sinflar komplektini shakllantirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlari hududiy boshqarmalar tomonidan shu kunning oʻzida koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tasdiqlangan sinflar komplektini shakllantirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida hududiy boshqarmalarning ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tashkil etiladigan sinflar komplektlarini shakllantirish toʻgʻrisidagi tegishli buyrugʻi qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Har yili yanvar oyida, shuningdek, sinflardagi oʻquvchilar sonidan kelib chiqib zaruratga koʻra, sinflar komplektlari mazkur Nizomga asosan qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tegishli moliya yili uchun tuzilgan xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan sinflar sonidan ortiq sinflarni tashkil etish Agentlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agentlik tomonidan tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining tayanch oʻquv rejasi ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan holda har yili 20-avgustga qadar tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari Agentlik tomonidan tasdiqlangan tayanch oʻquv rejasi asosida har yili 10-sentabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarni akademik tayyorlash (fan, sport, ijod) va kasbga oʻrgatish maqsadida ularning individual rivojlanish rejalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining dars soatlari setkasini Agentlikning hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida dars berish uchun maxsus pedagogdan quyidagilar talab etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida korreksion pedagogika va defektologiya sohasi boʻyicha oliy maʼlumot (surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika va logopediya mutaxassislari), ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasining faoliyat turi (sohasi) boʻyicha tegishli qayta tayyorlashdan oʻtganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eshitishida nuqsonlari boʻlgan oʻquvchilarga dars berishda dars oʻtiladigan imo-ishora tilini, nutqning fonetiko-fonematik, leksik-grammatik, oʻqish va yozishdagi nuqsonlarini, duduqlanish va nutqning toʻliq rivojlanmaganligini bartaraf etishga qaratilgan maxsus taʼlim-tarbiya berishni bilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi oʻquvchilar uchun Brayl alifbosida oʻqitish, taktil va audio oʻquv vositalaridan foydalanish usullarini bilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aqli zaif oʻquvchilar uchun nutqning fonetiko-fonematik, leksik-grammatik, oʻqish va yozishdagi nuqsonlarni, duduqlanish va nutqning toʻliq rivojlanmaganligini bartaraf etish ishlarini olib borishni bilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi tomonidan shakllantirilgan dars soatlari setkasi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida koʻrib chiqilib, har yili 15-sentabrga qadar maxsus pedagoglarga dars soatlari (fan, korreksion mashgʻulot soatlari) quyidagi koʻrsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy malaka toifasiga ega maxsus pedagoglar (pedagogning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatga koʻra);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega maxsus pedagoglar (sertifikatning belgilangan darajasiga koʻra);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi malaka toifasiga ega maxsus pedagoglar (pedagogning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatga koʻra);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi malaka toifasiga ega maxsus pedagoglar (pedagogning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatga koʻra);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korreksion pedagogika va defektologiya sohasi (surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika va logopediya mutaxassisligi) boʻyicha oliy maʼlumotli (toifasiz) maxsus pedagoglar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy qayta tayyorlash boʻyicha diplomga ega maxsus pedagoglar (agar ularda qayta tayyorlash mutaxassisligiga muvofiq mazkur bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan koʻrsatkichlardan biri mavjud boʻlsa, tegishli koʻrsatkichlarga ega boʻlgan maxsus pedagoglar bilan teng ustuvorlikka ega deb hisoblanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrindoshlik asosida ishlayotgan korreksion pedagogika va defektologiya sohasi (surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika va logopediya mutaxassisligi) boʻyicha oliy maʼlumotli maxsus pedagoglar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu koʻrsatkichlar ketma-ketligi asosida ustunlikka ega boʻlgan maxsus pedagoglarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus pedagog mazkur koʻrsatkichlarning bir nechtasiga ega boʻlganda, koʻrsatkichlarning eng ustuvorini inobatga olgan holda dars soatlari taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aynan bir xil koʻrsatkichlar mavjud boʻlgan bir nechta maxsus pedagoglar oʻrtasida dars soatlari teng taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Nizomning 13 va 14-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmagan holda maxsus pedagoglarga dars soatlari taqsimlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tarbiyachi shtati quyidagi koʻrsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korreksion pedagogika va defektologiya sohasi (surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika va logopediya mutaxassisligi) boʻyicha oliy maʼlumotli maxsus pedagoglar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korreksion pedagogika va defektologiya sohasi (surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika va logopediya mutaxassisligi) boʻyicha kasbiy qayta tayyorlov kursini tugatgan maxsus pedagoglar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrindoshlik asosida ishlayotgan korreksion pedagogika va defektologiya sohasi (surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika va logopediya mutaxassisligi) boʻyicha oliy maʼlumotli maxsus pedagoglar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalarining korreksion pedagogika va defektologiya sohasi (surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika va logopediya mutaxassisligi) boʻyicha uchinchi va undan yuqori kurs talabalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarbiyachi mazkur koʻrsatkichlarning bir nechtasiga ega boʻlganda, koʻrsatkichlarning eng ustuvorini inobatga olgan holda dars soatlari taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aynan bir xil koʻrsatkichlar mavjud boʻlgan bir nechta tarbiyachilar oʻrtasida tarbiyachi shtatlari teng taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda nazarda tutilgan mezonlarga muvofiq boʻlmagan holda tarbiyachilarga tarbiyachilik shtati taqsimlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Maxsus pedagoglarga yarim (0,5) stavkadan kam va bir (1) stavkadan ortiq dars soatlari belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hollarda maxsus pedagoglarga dars soatlari yarim (0,5) stavkadan kam va bir (1,0) stavkadan ortiq (bunda maxsus pedagogning tarif stavkasi bir yarim (1,5) stavkadan ortib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi) belgilanishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv rejaga muvofiq bitta fandan dars soatlari yarim (0,5) stavkagacha mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv rejaga muvofiq bitta fandan dars soatlari maxsus pedagoglarga bir (1,0) stavkagacha taqsimlangandan soʻng ushbu fandan ortib qolgan dars soatlari yarim (0,5) stavkagacha mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus pedagog mehnat taʼtili, ijodiy taʼtil yoki mehnatga layoqatsizligi davrida uning darslarini tegishli fan yoʻnalishidagi boshqa maxsus pedagoglarga taqsimlash zarurati mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakant soatlar mavjud boʻlganda ushbu vakant oʻringa maxsus pedagog ishga qabul qilingunga qadar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining pedagogik kengashi tomonidan taqsimlangan dars soatlari har yili 17-sentabrga qadar elektron dasturga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi pedagogik kengashi tomonidan dars soatlari qayta taqsimlanishi mumkin. Bunda qayta taqsimlangan dars soatlari bir ish kuni ichida elektron dasturga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Homiladorlik va tugʻish taʼtili hamda bola parvarishidan qaytgan maxsus pedagoglarga, shuningdek, pensiya yoshidagi maxsus pedagog va tarbiyachilarga dars soatlari mehnat qonunchiligiga asosan tegishlicha mazkur Nizomning 14 va 16-bandlarida belgilangan koʻrsatkichlar ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Maxsus pedagoglarning tarifikatsiya roʻyxatini shakllantirish maqsadida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan har yili 20-sentabrga qadar elektron dasturga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi va hududiy boshqarmalarga koʻrib chiqish uchun yuboriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus pedagogning ismi, familiyasi, otasining ismi, diplom boʻyicha maʼlumoti, malaka toifasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy tarif stavkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan maxsus pedagogning tarif stavkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (bunda maxsus pedagogning har bir fan uchun maʼlumoti va tegishli malaka toifasi berilgan sanasi va amal qilish muddati koʻrsatiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagogik kengash tomonidan maxsus pedagoglar oʻrtasida taqsimlangan dars soatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun qoʻshimcha haq toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus pedagogga biriktirilgan sinf va sinf rahbarligi uchun qoʻshimcha haq toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyda yakka tartibda mashgʻulotlar olib borayotgan maxsus pedagoglarga taqsimlangan dars soatlari va ular boʻyicha maxsus pedagogning tarif stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadigan boshqa ustama va qoʻshimcha toʻlovlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Hududiy boshqarmalar tomonidan maxsus pedagoglarning tarifikatsiya roʻyxati uch ish kuni ichida mazkur Nizomning 20-bandidagi maʼlumotlarning toʻgʻri va toʻliq kiritilganligi yuzasidan koʻrib chiqiladi hamda Agentlikka tasdiqlash uchun yuboriladi yoki aniqlangan xato va kamchiliklarni asoslantirgan holda qayta ishlash uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qayta ishlash uchun yuborilgan maxsus pedagoglarning tarifikatsiya roʻyxati ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari tomonidan ikki ish kuni ichida qayta koʻrib chiqiladi va hududiy boshqarmalarga elektron dastur orqali qaytadan yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qayta yuborilgan tarifikatsiya roʻyxati hududiy boshqarmalar tomonidan shu kunning oʻzida koʻrib chiqiladi va Agentlikka tasdiqlash uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Agentlik tomonidan har yili 25-sentabrga qadar maxsus pedagoglarning tarifikatsiya roʻyxati quyidagi mezonlar asosida koʻrib chiqiladi hamda tasdiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir (1) stavkada ishlovchi maxsus pedagog uchun I — IV sinflardagi haftalik oʻquv yuklamasi — 18 soat va pedagogik yuklamasi — 18 soatni hamda V — XI sinflardagi haftalik oʻquv yuklamasi — 20 soatni va pedagogik yuklama — 16 soatni tashkil etadi, bunda maxsus pedagogning pedagogik yuklamasi haftalik oʻquv yuklamasiga mos ravishda I — IV sinflarda 1,0 koeffitsiyentga, V — XI sinflarda 0,8 koeffitsiyentga koʻpaytirilgan holda hisoblanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyda yakka tartibda mashgʻulotlar olib borayotgan maxsus pedagoglarga haq toʻlash bazaviy tarif stavkasini oʻquv va pedagogik yuklamalarga boʻlish, ularni yakka tartibda oʻtkazilgan haqiqiy dars soatlariga koʻpaytirish va qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda maxsus pedagogning tarif stavkasi hamda lavozim maoshlari miqdoriga qoʻshimcha toʻlov amalga oshirilganligi (bunda yakka tartibda oʻquvchini uyda oʻqitayotgan maxsus pedagoglarning asosiy oylik yuklamasi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida boʻlishi shart);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus pedagoglarga ketma-ket ikki oydan ortiq boʻlmagan davrda kasallik yoki boshqa sabablar bilan ishda boʻlmagan xodimlarning oʻrnini bosish tartibida ishlab berilgan soatlari uchun soatbay haq toʻlashda maxsus pedagoglarning lavozimi va malaka toifasi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan bazaviy tarif stavkalari asosida toʻlovlar, ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar amalga oshirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun qoʻshimcha haq maxsus pedagogning daftarlar va yozma ishlar boʻyicha tekshiriladigan fanlarning umumiy soatlari va sinf komplektidagi oʻquvchilar sonidan kelib chiqqan holda hisoblanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinf rahbarligi uchun qoʻshimcha haq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra belgilangan miqdorlar boʻyicha hisoblanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus pedagoglarga bittadan ortiq sinfga rahbarlik qilishga va mehnatini soatbay asosda olib boruvchi maxsus pedagoglarga sinfga rahbarlik qilishga yoʻl qoʻyilmasligi (bunda boshlangʻich sinflarda sinf rahbarligi ona tili, oʻqish va matematika fanlaridan dars oʻtadigan maxsus pedagoglarga yuklatiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus pedagoglarga har oylik qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fanlar boʻyicha vakant soatlar uchun mablagʻlarni rejalashtirish barcha ustama va qoʻshimchalarni inobatga olib, bir (1,0) stavkada ishlovchi maxsus pedagogning bazaviy tarif stavkasi hisobidan kelib chiqqan holda elektron dastur orqali hisoblanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakant sinf rahbarligi boʻyicha qoʻshimcha haq toʻlovlari sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra belgilangan miqdorlarda hisoblanganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Maxsus pedagoglarning tarifikatsiya roʻyxati mazkur Nizomning 23-bandidagi mezonlarga muvofiq holda elektron dastur orqali kiritilgan boʻlsa, Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mazkur Nizomning 23-bandidagi mezonlarga nomuvofiq holda elektron dastur orqali kiritilgan maxsus pedagoglarning tarifikatsiya roʻyxatini tasdiqlash Agentlik tomonidan xato va kamchiliklar koʻrsatilgan holda rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad etilgan maxsus pedagoglarning tarifikatsiya roʻyxati xato va kamchiliklarni asoslantirgan holda qayta ishlash uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaytarilgan maxsus pedagoglarning tarifikatsiya roʻyxati ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi tomonidan ikki ish kuni ichida qayta koʻrib chiqiladi va elektron dastur orqali hududiy boshqarmalarga qayta yuboriladi. Bunda hududiy boshqarmalar tomonidan maxsus pedagoglarning tarifikatsiya roʻyxati shu kunning oʻzida Agentlikka elektron dastur orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta yuborilgan maxsus pedagoglarning tarifikatsiya roʻyxati Agentlik tomonidan bir ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Maxsus pedagoglarning tarifikatsiya roʻyxati oʻzgartirilishi va qayta koʻrib chiqilishi mumkin. Bunda maxsus pedagoglar oʻrtasida taqsimlangan dars soatlariga jami dars soatlari rejasi doirasida kiritiladigan oʻzgartirishlar ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus pedagoglarning tarifikatsiya roʻyxatidagi sinf sonining koʻpayishi yoki kamayishi oqibatida kiritiladigan oʻzgartirishlar Agentlik tomonidan qayta tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Manfaatdor shaxslar ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish yuzasidan norozi boʻlgan taqdirda, sudga yoki vakolatli organlarga qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 10/26/3819/0371-son)