Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
Qarori
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 20-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3058]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi:
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-iyul,
9-mh-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-iyul,
19-q/q-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018-yil 27-iyuldagi 9-mh va 19-q/q-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini (bundan buyon matnda ish reja deb yuritiladi) shakllantirish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ish reja umumiy oʻrta taʼlim muassasasi pedagog xodimining yillik ish yuklamasidan (tarifikatsiya boʻyicha ajratilgan dars soatlaridan) iborat.
2. Pedagog xodimlar uchun dars soatlarining tarifikatsiyasi umumiy yillik ish yuklamasida belgilangan 1548 soat (yillik 43 hafta, haftalik 36 soat, kunlik 6 soat) hisobidan amalga oshiriladi.
3. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining pedagog xodimlari uchun bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi quyidagicha belgilanadi:
1-4-sinflarda haftasiga 18 soat;
5-11-sinflarda haftasiga 20 soat.
2-bob. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining ish yuklamalarini hisoblab chiqarish
4. Ish rejani shakllantirish uchun umumiy oʻrta taʼlim muassasasi pedagog xodimining yillik ish yuklamasi hisoblab chiqariladi.
Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi pedagog xodimining yillik ish yuklamasi quyidagicha hisoblab chiqiladi:
1-4-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini 1 koeffitsiyentga koʻpaytirish orqali, yaʼni:
18*1=18+18=36*4,3(hafta)=154,8*43 (hafta)=1548 soat;
5-11-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini 0,8 koeffitsiyentga koʻpaytirish orqali, yaʼni:
20*0,8=16+20=36*4,3(hafta)=154,8*43 (hafta)=1548 soat.
5. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi pedagog xodimining yillik ish yuklamasi (bir stavka hisobida) bir haftada 36 soat, bir oyda 154,8 soat, bir yilda 1548 soat miqdorida quyidagi qismlardan iborat holda amalga oshiriladi:
oʻquv-tarbiya jarayoni;
oʻquv-tarbiya jarayonining metodik taʼminoti va tashkiliy-pedagogik jarayon.
6. Oʻquv-tarbiya jarayoni uchun ajratiladigan soatlar miqdori quyidagicha aniqlanadi:
1-4-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini bir yil mobaynida dars mashgʻulotlari olib boriladigan haftalar soniga koʻpaytirish orqali, yaʼni 18*34=612 soat;
5-11-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini bir yil mobaynida dars mashgʻulotlari olib boriladigan haftalar soniga koʻpaytirish orqali, yaʼni 20*34=680 soat.
7. Oʻquv-tarbiya jarayonining metodik taʼminoti va tashkiliy-pedagogik jarayon uchun ajratiladigan soatlar miqdori quyidagicha aniqlanadi:
1-4-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi yillik hajmidan oʻquv-tarbiya jarayoni uchun ajratiladigan soatlarni ayirish orqali, yaʼni 1548-612=936 soat;
5-11-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi yillik hajmidan oʻquv-tarbiya jarayoni uchun ajratiladigan soatlarni ayirish orqali, yaʼni 1548-680=868 soat.
3-bob. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish
8. Ish reja ikki yoʻnalishdagi tadbirlar majmuasidan iborat tarzda shakllantiriladi:
oʻquv-tarbiya jarayoniga oid;
oʻquv-tarbiya jarayonining metodik taʼminoti va tashkiliy-pedagogik jarayonga oid.
9. Oʻquv-tarbiya jarayoniga oid yillik ish reja umumiy oʻrta taʼlim muassasasi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan dars jadvaliga koʻra pedagog xodimlarga tarifikatsiya boʻyicha ajratilgan dars soatlari asosida shakllantiriladi.
10. Oʻquv-tarbiya jarayoniga oid yillik ish reja asosida pedagog xodim tomonidan oʻquv yili boshlanishidan oldin taqvim-mavzuiy reja tuziladi. Dars mashgʻulotlari taqvim-mavzuiy rejaga asosan olib boriladi.
11. Oʻquv-tarbiya jarayoniga oid yillik ish rejaning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktori va uning oʻquv-tarbiya ishlari boʻyicha oʻrinbosari nazoratni amalga oshiradi.
12. Oʻquv-tarbiya jarayonining metodik taʼminoti va tashkiliy-pedagogik jarayon umumiy oʻrta taʼlim muassasasi oldiga qoʻyilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, taʼlim sifatini oshirish, oʻquvchilarning bilimlarini mustahkamlash, maʼnaviyatini yuksaltirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan bogʻliq dars mashgʻulotlaridan tashqari tadbirlarni oʻz ichiga oladi va ushbu tadbirlar muassasaning har yillik hamda istiqbol rejasida koʻzda tutiladi.
13. Oʻquv-tarbiya jarayonining metodik taʼminoti va tashkiliy-pedagogik jarayonga oid yillik ish rejada har bir pedagog xodimning lavozim majburiyatlari hamda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasida belgilangan vazifalar bilan bir qatorda oʻquvchilarni barkamol va maʼnaviy yetuk inson etib tarbiyalash maqsadida ularning qobiliyat va isteʼdodlarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda, fanlarni oʻzlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli oʻquvchilar bilan alohida mashgʻulotlar olib borishi hamda pedagog xodimning oʻz ustida mustaqil ishlashi nazarda tutiladi.
14. Oʻquv-tarbiya jarayonining metodik taʼminoti va tashkiliy-pedagogik jarayonga oid yillik ish rejada belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan pedagog xodimlardan hisobot talab qilinmaydi hamda tadbirlarni amalga oshirishning vaqt boʻyicha hisobi yuritilmaydi.
15. Umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchilarining dars va toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar boʻyicha hisobotlar va qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari pedagog xodimlari tomonidan quyidagi hujjatlar yuritiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
sinf jurnali (bosma yoki elektron);
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020-yil 15-iyundagi 7-mh, 21-2020-q/q-sonli qarori (roʻyxat raqami 3058-1, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/3058-1/1011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020-yil 15-iyundagi 7-mh, 21-2020-q/q-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3058-1, 29.06.2020-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/3058-1/1011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020-yil 15-iyundagi 7-mh, 21-2020-q/q-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3058-1, 29.06.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/3058-1/1011-son)
4-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020-yil 15-iyundagi 7-mh, 21-2020-q/q-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3058-1, 29.06.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/3058-1/1011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Mazkur Yoʻriqnoma talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/3058/1784-son; 29.06.2020-y., 10/20/3058-1/1011-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)