1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonida samaradorligi oʻrganilgan, lekin isbot topmagan hamda samaradorligi oʻrganilmagan dori vositalarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 3-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3806]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-avgustdagi PF-137-son “Dori vositalari va tibbiy jihozlar muomalasini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonida samaradorligi oʻrganilgan, lekin isbot topmagan hamda samaradorligi oʻrganilmagan dori vositalarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.01 Umumiy qoidalar. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boruvchi organlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. XUDAYAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 11-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-son

Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. AYUPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 16-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 14-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 10-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 11-martdagi 6-son buyrugʻiga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonida samaradorligi oʻrganilgan, lekin isbot topmagan hamda samaradorligi oʻrganilmagan dori vositalarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]

Mazkur Nizom dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish jarayonida ularning samaradorligini xalqaro ilmiy manbalar asosida oʻrganib chiqish, jumladan samaradorligi oʻrganilgan va isbot topgan, samaradorligi oʻrganilgan, lekin isbot topmagan hamda samaradorligi oʻrganilmagan dori vositalarini aniqlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom quyidagi dori vositalariga nisbatan tatbiq etilmaydi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
galen preparatlariga;

sirtga qoʻllash uchun taʼsir etuvchi, qitiqlovchi, yalligʻlanishga qarshi va mahalliy ogʻriqsizlantiruvchi, antiseptik va mikroblarga qarshi taʼsirga ega jenerik dori vositalariga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasiga (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va guvohnoma olish uchun murojaat qiluvchi ishlab chiquvchi, ishlab chiqaruvchi, roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining egasi yoki ular nomidan ishonchnoma asosida harakat qiluvchi yuridik shaxs;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalillarga asoslangan tibbiyot asosida samaradorlik — bemorlarni davolashda ularga qoʻllaniladigan dori vositalari samaradorligi mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan xalqaro ilmiy manbalardagi dalillar asosida tasdiqlanishi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini oʻzgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
samaradorligi oʻrganilgan va isbot topgan dori vositalari — ushbu Nizomning ilovasida keltirilgan xalqaro ilmiy manbalarga muvofiq samaradorligi isbot topgan dori vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
samaradorligi oʻrganilgan, lekin isbot topmagan dori vositalari — mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan xalqaro ilmiy manbalarga muvofiq samaradorligi isbotlanmagan dori vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
samaradorligi oʻrganilmagan dori vositalari — ushbu Nizomning ilovasida keltirilgan xalqaro ilmiy manbalarda samaradorligi oʻrganilmagan dori vositalari;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meta-tahlillar — dori vositalarining samaradorligini oʻrganish maqsadida oʻtkazilgan bir nechta mustaqil tadqiqotlarning natijalarini statistik usullar asosida birlashtirish hamda ularni miqdoriy tahlil qilish orqali amalga oshirilgan tahlillar toʻplami;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
randomizatsiyalangan nazoratli tadqiqotlar — dori vositalarining samaradorligini baholash maqsadida ishtirokchilarni tasodifiy (random) usulda asosiy va nazorat guruhlariga taqsimlash orqali oʻtkaziladigan, oldindan rejalashtirilgan eksperimental tadqiqotlar;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimli sharh — dori vositalarining samaradorligini oʻrganish maqsadida shakllantiriladigan soʻrov asosida tegishli birlamchi tadqiqotlarni izlash va ularni saralash, takrorlanadigan hamda shaffof usullarini qoʻllash orqali dori vositalarining samaradorligini aniqlash, tanqidiy tahlil qilish va ularni umumlashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dori vositalarining dalillarga asoslangan tibbiyot asosida samaradorligi Markaz tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning ixtisoslashtirilgan ekspertizasi jarayonida oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Samaradorligi oʻrganilgan, lekin isbot topmagan hamda samaradorligi oʻrganilmagan dori vositalarini aniqlashni tashkil etish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dori vositalarining dalillarga asoslangan tibbiyot asosida samaradorligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining soha yoʻnalishlari boʻyicha mustaqil ekspertlardan tashkil topgan Ilmiy komissiyalari tomonidan aniqlanadi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.04.00.00 Mehnat staji / 06.04.02.00 Umumiy mehnat staji]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Ilmiy komissiyalar tarkibi tibbiyot yoki farmatsevtika fanlari boʻyicha Fan doktori (Doctor of Science (DSc) va falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga ega boʻlgan, tibbiyot yoki farmatsevtika mutaxassisligi boʻyicha kamida oʻn yillik ish stajiga ega boʻlgan, shu jumladan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy-tadqiqot yoki klinik ilmiy-tadqiqot muassasalarida amalda mehnat faoliyatini olib borayotgan mustaqil ekspertlardan tashkil topadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ilmiy komissiyalar tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ilmiy komissiyalar oʻz faoliyatini qonuniylik, mustaqillik va xolislik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ilmiy komissiyalarning majlislarini Ilmiy komissiya raisi, Ilmiy komissiya raisi boʻlmagan taqdirda Ilmiy komissiya raisi oʻrinbosari boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ilmiy komissiyalarning majlisi unda Ilmiy komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashganda oʻtkazilgan hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ilmiy komissiyalar xulosalari komissiya majlisi bayoni shaklida rasmiylashtiriladi va Ilmiy komissiya raisi yoki raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ilmiy komissiyalar tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan dori vositalarining nomidan kelib chiqib, ushbu Nizomning ilovasida keltirilgan xalqaro ilmiy manbalarni (bundan buyon matnda xalqaro ilmiy manbalar deb yuritiladi) oʻrgangan holda, dori vositalarining samaradorligini tasdiqlovchi meta-tahlillar, randomizatsiyalangan nazoratli tadqiqotlar, tizimli sharhlar tahlil qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahlil natijalari asosida dori vositalarining samaradorligi xalqaro ilmiy manbalarda isbot topgan boʻlsa, bunda ushbu dori vositalari uchun Ilmiy komissiyalar tomonidan samaradorligi oʻrganilgan va isbot topgan dori vositalari degan xulosa rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar dori vositalarining samaradorligi xalqaro ilmiy manbalarda isbot topmagan boʻlsa yoki dori vositalarining samaradorligi boʻyicha xalqaro ilmiy manbalarda maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, bunda ushbu dori vositalari uchun Ilmiy komissiyalar tomonidan samaradorligi oʻrganilgan, lekin isbot topmagan dori vositalari yoki samaradorligi oʻrganilmagan dori vositalari degan xulosalar rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ilmiy komissiyalar tomonidan samaradorligi oʻrganilgan va isbot topgan dori vositalari, samaradorligi oʻrganilgan, lekin isbot topmagan dori vositalari hamda samaradorligi oʻrganilmagan dori vositalarining roʻyxati ushbu Nizomning 9-bandidagi xulosalardan biri rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran 1 ish kuni ichida elektron shaklda Markazga taqdim etiladi hamda Markazning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Markaz Ilmiy komissiyalarning xulosalaridan kelib chiqqan holda, dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ariza beruvchi Ilmiy komissiya hamda Markazning qarorlari va xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga yoki bevosita sudga shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Nizomning talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonida samaradorligi oʻrganilgan, lekin isbot topmagan hamda samaradorligi oʻrganilmagan dori vositalarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalarining dalillarga asoslangan tibbiyot asosida samaradorligini aniqlash uchun xizmat qiladigan xalqaro ilmiy manbalarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

T/r
Xalqaro ilmiy manbalarning nomi
Xalqaro ilmiy manbalarning oʻzbek tilidagi nomi
Xalqaro ilmiy manbalarning Internet butun jahon axborot tarmogʻidagi havolalari
1.
Cochrane Library
Kokreyn (Cochrane) kutubxonasi
www.cochranelibrary.com
2.
National Library of Medicine
AQSH Milliy tibbiyot kutubxonasi
https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov
3.
NICE — National Institute for Health and Care Excellence
Sogʻliqni saqlash va parvarish sifati milliy instituti
www.nice.org.uk
4.
UpToDate
Dolzarb tibbiy maʼlumotlar bazasi
www.uptodate.com
5.
WHO Model Lists of Essential Medicines
JSST (Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti) muhim (zarur) dori vositalari roʻyxati