Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 19-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3794]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori hamda 2025-yil 16-sentabrdagi 587-son “Nogironlikni belgilash tizimi raqamlashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 10-mart,
340-son
Kelishildi:
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M. OLLOYOROV
2026-yil 2-mart
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
2026-yil 24-fevral
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
2026-yil 29-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 10-martdagi 340-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 16-avgustdagi 53-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-sentabrdagi 193-son qarori bilan tasdiqlangan Bosh, ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2261, 2011-yil 5-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 36-son, 372-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 19-noyabrdagi 105-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-sentabrdagi 193-son qarori bilan tasdiqlangan Bosh, ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari roʻyxatiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2531, 2013-yil 2-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 49-son, 635-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 10-oktabrdagi 66-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-sentabrdagi 193-son qarori bilan tasdiqlangan Bosh, ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2622, 2014-yil 14-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 42-son, 524-modda).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3794/0270-son)