OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-sentabrdagi 193-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bosh, ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari roʻyxatiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 2-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2531]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 10-martdagi 340-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3794, 19.03.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-sentabrdagi “Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati faoliyatini tashkil etishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 193-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2010-y., 9-son, 47-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-sentabrdagi 193-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bosh, ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq 2014-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 19-noyabr,
105-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 19-noyabrdagi 105-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Bosh, ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
|
1. 9-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin: | |||
|
9. |
Ftiziatriya TMEK |
Qoraqalpogʻiston |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
|
2. 18-pozitsiya chiqarib tashlansin. | |||
|
3. 26-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin: | |||
| 26. | Ftiziatriya TMEK | Buxoro viloyati | Buxoro viloyati sil kasalliklari dispanseri |
|
4. 38 va 39-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: | |||
| 38. | Ftiziatriya TMEK | Qashqadaryo viloyati | Qashqadaryo viloyati sil kasalliklari dispanseri |
| 39. | Psixiatriya TMEK | Qashqadaryo viloyati | Qashqadaryo viloyati sil kasalliklari dispanseri |
|
5. 49 — 53 pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: | |||
| 49. | Pop tumanlararo TMEK | Pop va Mingbuloq tumanlari | Pop va Mingbuloq TTB (tegishli hududlar boʻyicha) |
| 50. | Toʻraqoʻrgʻon tumanlararo TMEK | Toʻraqoʻrgʻon va Namangan tumanlari | Toʻraqoʻrgʻon va Namangan TTB (tegishli hududlar boʻyicha) |
| 51. | Uchqoʻrgʻon tumanlararo TMEK | Uchqoʻrgʻon, Norin va Uychi tumanlari | Uchqoʻrgʻon, Norin va Uychi TTB (tegishli hududlar boʻyicha) |
| 52. | Chust tumanlararo TMEK | Chust va Kosonsoy tumanlari | Chust va Kosonsoy TTB (tegishli hududlar boʻyicha) |
| 53. | Yangiqoʻrgʻon tumanlararo TMEK | Yangiqoʻrgʻon va Chortoq tumanlari | Yangiqoʻrgʻon va Chortoq TTB (tegishli hududlar boʻyicha) |
|
6. Quyidagi mazmundagi 701 — pozitsiya bilan toʻldirilsin: | |||
| 701. | Psixiatriya TMEK | Surxondaryo viloyati | Surxondaryo viloyati psixonevrologiya dispanseri |
|
| |||
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2013-yil 19-noyabr
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2013-yil 19-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 49-son, 635-modda)