19.03.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3791
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining qarori, 19.03.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3791
Кучга кириш санаси
19.03.2026
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Atom elektr stansiyasida vodorodli portlashdan himoyani taʼminlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 19-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3791]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-son “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Atom elektr stansiyasida vodorodli portlashdan himoyani taʼminlash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi hamda Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais A. RAFIQOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 3-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-son

Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 21-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi A. ABDUXAKIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 16-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. XIDOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 9-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasi agentligi direktori A. AXMEDXADJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 7-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. AYUPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 5-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 3-martdagi 41-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom elektr stansiyasida vodorodli portlashdan himoyani taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI

Mazkur Qoidalar suv, suv-energetik reaktori (VVER) turidagi reaktorlar bilan jihozlangan atom elektr stansiyasini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish jarayonida vodorodli portlashdan himoya qilishga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur hujjatda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan hamda yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti uchun masʼul etib tayinlangan hamda oʻz kuchlari bilan yoki boshqa yuridik shaxslarni jalb etgan holda yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilishga qodir boʻlgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
detonatsiya — yonuvchi gaz aralashmasida kimyoviy reaksiyaning zarba toʻlqini bilan bogʻlangan holda tovush tezligidan yuqori tezlikda tarqalishi bilan tavsiflanadigan portlash jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deflagratsiya — cheklangan hajmda vodorod saqlovchi aralashmada reaksiya frontining tovush tezligidan past tezlikda tarqalishi natijasida oʻrtacha bosim hamda issiqlik yuklamalari yuzaga kelishi bilan tavsiflanadigan portlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
germetik toʻsiq — yadroviy reaktor qurilmasi yoki radioaktiv moddalarni saqlovchi boshqa obyektlar atrofidagi fazoni ajratib turuvchi, atom elektr stansiyasi loyihasida nazarda tutilgan chegarani hosil qiluvchi qurilish va boshqa konstruksiya elementlari majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaviy avariyalar — atom elektr stansiyasi loyihasida koʻzda tutilgan boshlangʻich hodisalar natijasida sodir boʻladigan hamda ularning oqibatlarini cheklash uchun xavfsizlik tizimlari nazarda tutilgan avariyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihadan tashqari avariyalar — atom elektr stansiyasi loyihasida koʻzda tutilmagan sabablar yoki hodisalar ketma-ketligi natijasida yuzaga keladigan avariyalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Atom elektr stansiyasini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish jarayonida tashqi tabiiy hamda texnogen taʼsirlar hisobga olingan holda vodorod saqlovchi aralashmalar portlashidan himoyani taʼminlashga qaratilgan tashkiliy va texnik chora-tadbirlar ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan ushbu hujjat talablariga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot atom elektr stansiyasida quyidagi holatlarning yuzaga kelishiga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlashi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normal ekspluatatsiya vaqtida germetik toʻsiq bilan chegaralangan hajmdagi tizimlar, elementlar va xonalarda vodorod saqlovchi portlovchi aralashmalarning hosil boʻlishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaviy avariyalarda germetik toʻsiq bilan chegaralangan hajmdagi xonalarda vodorod saqlovchi aralashmalarning detonatsiyasi va deflagratsiyasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihadan tashqari avariyalarda vodorod saqlovchi aralashmalarning detonatsiyasiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Atom elektr stansiyasida loyihadan tashqari avariyalarda deflagratsiyaga faqat atom elektr stansiyasi loyihasida belgilangan xavfsizlikni taʼminlovchi tizimlar oʻz funksiyalarini toʻliq bajarishi sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Atom elektr stansiyasining normal ekspluatatsiyasi jarayonida germetik toʻsiq bilan chegaralangan hajmlarda vodorod saqlovchi aralashmalar hosil boʻlishining oldini olish maqsadida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot quyidagilarni taʼminlashi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasidagi texnologik jarayonlarning loyiha hujjatlarida belgilangan chegaraviy parametrlar va ekspluatatsiya shartlariga muvofiq olib borilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
germetik toʻsiq bilan chegaralangan hajmdagi xonalarga vodorod hamda vodorod saqlovchi aralashmalar boshqa tarkibiy qismlarining kirib kelishining oldini oluvchi yoki ularning kirib kelish darajasini atom elektr stansiyasi loyihasida belgilangan normalargacha kamaytiruvchi texnologik uskunalar konstruksiyasining germetikligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
germetik toʻsiq bilan chegaralangan hajmda vodorodli portlashdan himoyani taʼminlaydigan tizimlar (elementlar)ning ishlashi natijasida vodorod va vodorod saqlovchi aralashmalarning portlashga olib keluvchi konsentratsiyasining kamayishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vodorod saqlovchi aralashmalar konsentratsiyasining doimiy nazorat qilinishini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Atom elektr stansiyasida vodorod saqlovchi aralashmalarning deflagratsiyasi va detonatsiyasining oldini olish ularning tarkibi va parametrlarini nazorat qilish hamda boshqarishga moʻljallangan aktiv va passiv tizimlar (elementlar)ni qoʻllash orqali taʼminlanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Atom elektr stansiyasida vodorod saqlovchi aralashmalarning deflagratsiyasi yoki detonatsiyasi yuz bergan taqdirda paydo boʻladigan issiqlik va mexanik taʼsirlarni kamaytirish maxsus texnik vositalar va tizimlar yordamida taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Atom elektr stansiyasini loyihalash va qurish jarayonida vodorodli portlashdan himoyani taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Germetik toʻsiq bilan chegaralangan hajmdagi xonalarda normal ekspluatatsiya, uning buzilishi hamda avariyaviy holatlarda quyidagilar belgilanishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vodorod saqlovchi portlovchi aralashmalarning hosil boʻlish manbalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vodorod saqlovchi portlovchi aralashmalarning tarkibi va vodorodning konsentratsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vodorod va vodorod saqlovchi aralashmalarning parametrlarini nazorat qilish joylari va vositalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Atom elektr stansiyasida loyihadan tashqari avariyalarda vodorod saqlovchi aralashmalarning ehtimoliy portlashi natijasida tizimlar va elementlarga tushadigan mexanik va issiqlik yuklamalari taʼsirining ehtimoliy oqibatlari belgilanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Germetik toʻsiq bilan chegaralangan hajmdagi xonalar, tizimlar va elementlarni vodorod saqlovchi aralashmalarning portlashidan himoya qilishga moʻljallangan maxsus konstruksiyalar boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vodorod saqlovchi aralashmalarning portlashida vodorodli portlashdan himoyani taʼminlaydigan tizimlar va elementlar belgilanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Atom elektr stansiyasining normal ekspluatatsiyasi jarayonida germetik toʻsiq bilan chegaralangan hajmdagi tizimlar, elementlar va xonalarda vodorod hosil boʻlishiga ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan faqat quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konstruksiya materiallarning korroziyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reaktorning faol zonasida suvning radiolizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadroviy yoqilgʻini saqlash havzasida suvning radiolizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼmirlash ishlari vaqtida birinchi konturning germetikligi buzilishi natijasida suvdan vodorodning ajralishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Atom elektr stansiyasining avariyaviy holatlarida germetik toʻsiq bilan chegaralangan hajmdagi tizimlar, elementlar va xonalarda vodorod hosil boʻlishiga quyidagi jarayonlar natijasida yoʻl qoʻyilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faol zona va zona tashqarisida suv hamda suv bugʻining radiolizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadroviy reaktor konturlarida mavjud vodorod va kislorodning ajralishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvdagi ammiakning parchalanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dozalangan zaxira suvdan gidrazin va ammiak ajralishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlik tizimlari baklari va suv sigʻimlaridan dozalangan gidrazinning ajralishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvning issiqlik dissotsiatsiyasi (2000°C dan yuqori haroratda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bugʻ-sirkoniy reaksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir-bugʻ reaksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik izolyatsiyasida va konstruksiya elementlaridagi aluminiy yoki rux materiallarning korroziyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bor kislotasi aralashmasida organik qoplamasi shikastlangan uglerodli poʻlatning korroziyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uran dioksidi bilan bugʻning reaksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadroviy yoqilgʻi bilan betonning taʼsiri kabi texnologik jarayonlarning xususiyatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Atom elektr stansiyasi loyihasida vodorodli portlashdan himoyani taʼminlaydigan quyidagi tizimlar nazarda tutilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vodorod saqlovchi aralashmalarni yoqish tizimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vodorodli muhitni chiqarib yuborish tizimlari (ishchi muhitni tozalash va atrof-muhitga chiqarishni oʻz ichiga olgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhitlarni aralashtirish tizimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya va avariyadan keyingi davrda vodorod saqlovchi aralashmani boshqa gazlar bilan suyultirish tizimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Atom elektr stansiyasi loyihasida vodorodli portlashning oldini olish maqsadida quyidagi holatlarga yoʻl qoʻyilmasligi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xonalarning tutash hajmlaridan birida portlash xavfi boʻlgan vodorodli aralashmalar toʻplanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
germetik toʻsiq bilan chegaralangan hajmlarda turgʻun zonalar shakllanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Atom elektr stansiyasi loyihasida hamda atom elektr stansiyasi xavfsizligini asoslash boʻyicha hisobotda vodorodli portlashdan himoya choralari asoslantirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vodorodli portlashdan himoyalanish loyihaviy yechimlar asosida asoslanishi hamda atom elektr stansiyasi xavfsizligini asoslash boʻyicha hisobotda koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Atom elektr stansiyasi loyihasida vodorod saqlovchi aralashmalar portlashining, shu jumladan elektrotexnika uskunalaridan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan portlash manbalarining oldini olishga qaratilgan tashkiliy-texnik chora-tadbirlar koʻzda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Germetik toʻsiq bilan chegaralangan hajmdagi xonalarda joylashtirilgan uskunalar hamda qurilish konstruksiyalari normal ekspluatatsiya sharoitida va avariya holatlarida vodorod hosil boʻlishining oldini oluvchi konstruksiya materiallardan tayyorlangan boʻlishi yoki maxsus himoya qoplamalari bilan muhofazalangan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Atom elektr stansiyasi loyihasida vodorod saqlovchi aralashma parametrlariga koʻra atom elektr stansiyasining normal ekspluatatsiyasi uchun chegaralar va shartlar belgilanishi hamda asoslantirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Atom elektr stansiyasi loyihasida vodorod saqlovchi aralashmaning termodinamik parametrlarini oʻlchash vositalari blokli va zaxira boshqaruv punktlariga axborotni uzatib turishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Germetik toʻsiq bilan chegaralangan hajmdagi xonalarda vodorod saqlovchi aralashmalar parametrlarini nazorat qilish nuqtalarining soni vodorod toʻplanishi mumkin boʻlgan hududlarni inobatga olgan holda tanlanishi va atom elektr stansiyasi loyihasida asoslantirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Atom elektr stansiyasi loyihasida vodorod saqlovchi aralashma parametrlarining qiymatlariga koʻra texnologik blokirovkalar ishga tushish shartlari belgilanishi va asoslantirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Vodorod saqlovchi aralashma parametrlarini nazorat qilish tizimining oʻlchov kanallari oʻlchash diapazonining butun oraligʻi boʻyicha metrologiya tekshiruvidan oʻtgan boʻlishi hamda atom elektr stansiyasi loyihasida belgilanishi va asoslantirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Atom elektr stansiyasining ekspluatatsiyasi jarayonida vodorodli portlashdan himoyani taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Atom elektr stansiyasida vodorodli portlashdan himoyani taʼminlaydigan tizimlar va ularning elementlaridan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalar ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan ishlab chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Vodorodli portlashdan himoyani taʼminlaydigan tizimlar va ularning elementlaridan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalar quyidagilarni oʻz ichiga olishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladigan tizimlar va ularning elementlariga texnik xizmat koʻrsatish, ishlash qobiliyatini tekshirish hamda rejali taʼmirlashning hajmi va davriyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimlar va elementlarning texnik holatini nazorat qilish tartibi, atom elektr stansiyasining xavfsizligi taʼminlangan holda eng kam zaruriy uskunalar tarkibini taʼmirlash, ishlash qobiliyatini tekshirish va texnik xizmat koʻrsatishga chiqarish shartlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Atom elektr stansiyasida vodorodli portlashdan himoyani taʼminlaydigan tizimlar va ularning elementlari taʼmirdan soʻng atom elektr stansiyasi loyihasida belgilangan parametrlarga muvofiqligi ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan tekshirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Atom elektr stansiyasida vodorodli portlashdan himoyani taʼminlaydigan tizimlar va ularning elementlari yadroviy yoqilgʻini yuklash vaqtida, yadroviy reaktorning barcha quvvat darajalarida, shuningdek oldindan rejalashtirilgan texnik xizmat koʻrsatish davrida soz holatda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot vodorodli portlashdan himoyani taʼminlaydigan tizimlar va ularning elementlarining texnik holati ustidan nazoratni amalga oshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Atom elektr stansiyasini ekspluatatsiya qilish jarayonida vodorodli portlashdan himoyani taʼminlaydigan tizimlar va ularning elementlari uchun masʼul xodimlarni tayyorlash hamda ularning ishga layoqatini muntazam nazorat qilish ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mazkur Qoidalarning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3791/0269-son)