Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 19-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3795]
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi PF-111-son “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son “Mehnatni muhofaza qilish sohasiga oid ayrim nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAXIDOV
Toshkent sh.,
2026-yil 6-mart,
3-2026/B-son
Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 6-martdagi 3-2026/B-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2007-yil 5-noyabrdagi M-44-son “Vino ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnat muhofazasi qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻida (roʻyxat raqami 1754, 2007-yil 27-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 545-modda):
1) buyruqning nomi va 1-bandidagi “mehnat muhofazasi” degan soʻzlar “mehnatni muhofaza qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) Qoidalarda:
nomi va 1 — 12-ilovalarning ilova belgisidagi “mehnat muhofazasi” degan soʻzlar “mehnatni muhofaza qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
“71. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.”;
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”;
quyidagi mazmundagi 101-band bilan toʻldirilsin:
“101. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.”;
quyidagi mazmundagi 121-band bilan toʻldirilsin:
“121. Bevosita ishlab chiqarishda ishlarni tashkillashtirish va bajarish bilan bogʻliq ishchilar, rahbarlar, muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”;
14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar hamda ish joylarini shu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tuzilmaviy boʻlinmalar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.”;
37-banddagi “Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizom” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
181-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“181. Ishlab chiqarish, qoʻshimcha, shuningdek sanitariya-maishiy xonalar va ovqatlanish punktlari ventilyatsiyasi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash”, SanQvaN 0324-16 “Ishlab chiqarish xonalari mikroiqlimining sanitariya-gigiyenik normalari”, SanQvaN 0027-22 “Umumiy ovqatlanish korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2007-yil 5-noyabrdagi M-45-son “Spirt va likyor-aroq ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnat muhofazasi qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻida (roʻyxat raqami 1755, 2007-yil 27-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 546-modda):
1) buyruqning nomi va 1-bandidagi “mehnat muhofazasi” degan soʻzlar “mehnatni muhofaza qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) Qoidalarda:
nomi va 1 — 12-ilovalarning ilova belgisidagi “mehnat muhofazasi” degan soʻzlar “mehnatni muhofaza qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
“71. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.”;
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”;
quyidagi mazmundagi 101-band bilan toʻldirilsin:
“101. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish” toʻgʻrisidagi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.”;
quyidagi mazmundagi 121-band bilan toʻldirilsin:
“121. Bevosita ishlab chiqarishda ishlarni tashkillashtirish va bajarish bilan bogʻliq ishchilar, rahbarlar, muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”;
14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar hamda ish joylarini shu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tuzilmaviy boʻlinmalar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.”;
37-banddagi “Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizom” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
177-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“177. Ishlab chiqarish, qoʻshimcha, shuningdek sanitariya-maishiy xonalar va ovqatlanish punktlari ventilyatsiyasi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash”, SanQvaN 0324-16 “Ishlab chiqarish xonalari mikroiqlimining sanitariya-gigiyenik normalari”, SanQvaN 0027-22 “Umumiy ovqatlanish korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 17-dekabrdagi 76-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1887, 2009-yil 19-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 4-son, 29-modda) bilan tasdiqlangan Farmatsevtika ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
“31. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.”;
2) 5-banddagi “jamoat” va “mehnat muhofazasi” degan soʻzlar tegishli ravishda “jamoatchilik” va “mehnatni muhofaza qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”;
4) quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
“71. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir korxonada mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan korxonada yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan korxonada mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.”;
5) quyidagi mazmundagi 131-band bilan toʻldirilsin:
“131. Bevosita ishlab chiqarishda ishlarni tashkillashtirish va bajarish bilan bogʻliq ishchilar, rahbarlar, muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”;
6) 101-banddagi “mehnat muhofazasi” degan soʻzlar “mehnatni muhofaza qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 17-dekabrdagi 75-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1890, 2009-yil 24-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 46-modda) bilan tasdiqlangan Balandlikda ishlaganda mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.”;
2) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”;
3) quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
“71. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati korxonaning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita korxona rahbariga boʻysunadi.”;
4) quyidagi mazmundagi 111-band bilan toʻldirilsin:
“111. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”;
5) VI-boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“VI. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3795/0257-son)