OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd chet el valyutasini qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (yangi tahrirda)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 12-avgustda roʻyxatidan oʻtkazilgan, roʻyxat raqami 1165]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 25-avgustdagi 18/4, 38 va 2020-32-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd chet el valyutasini qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1165-10, 31.08.2020-y.) asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunning 40-moddasi va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunning 7 va 21-moddalariga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 27-iyundagi PF-3099-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida naqd xorijiy valyutaning muomalasini tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha choralar toʻgʻrisida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-iyundagi 263-sonli “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2002-yil 28-iyundagi 235-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarorlarining ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (yangi tahrirda) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab, 10 kundan soʻng kuchga kiritilsin.
3. Mazkur qaror kuchga kiritilgandan soʻng “Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlar va xizmatlar toʻlovi uchun naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” (roʻyxat raqami 1046, 3.07.2001-y., Meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 13-son) va “Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlar va xizmatlar toʻlovi uchun naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-son oʻzgartirish” (roʻyxat raqami 1046-1, 31.08.2001-y., Meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 16-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Markaziy bank raisi F.M. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 27-iyul,
222-V-son
Moliya vaziri M.B. NURMURODOV
Toshkent sh.,
2002-yil 27-iyul,
89-son
Davlat soliq qoʻmitasining raisi J.B. SAYFIDDINOV
Toshkent sh.,
2002-yil 27-iyul,
2002-62-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 2002-yil 27-iyul, 222-V, 89, 2002-62-son qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
nizom
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi (yangi tahrirda) qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasida hisob-kitoblar va toʻlovlarni amalga oshirish paytida naqd chet el valyutasini qabul qilish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani quyidagi holatlarda qabul qilish mumkin:
v) konsullik xizmatlari;
v1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3451-son “Xorijiy davlatlarda koʻrgazma tadbirlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan tovarlarni olib chiqish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq xorijiy davlatlarda oʻtkaziladigan koʻrgazma va yarmarkalarda sotilgan tovarlar;
d) boj toʻlamasdan savdo qiladigan doʻkonlardagi hisob-kitoblar bilan, shuningdek xalqaro tashishlar paytida transport vositalarining borish yoʻlida yoʻlovchilarga tovarlar va xizmatlar sotilganda hisob-kitoblar bilan bogʻliq operatsiyalar;
e) kreditlar boʻyicha muddatli va kechiktirilgan qarzlarni hamda ular boʻyicha chet el valyutasidagi foizlarni soʻndirish;
j) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav sarmoyasiga) badalni toʻlash;
z) tijorat banklarida omonatlarga pul mablagʻlarini kiritish;
i) xayriya maqsadlarida amalga oshiriladigan pul mablagʻlarini kiritishda;
k) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sugʻurtalash va qayta sugʻurtalash shartnomalari boʻyicha qarzlarni soʻndirishda;
k1) norezident xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan eksport qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar);
Keyingi tahrirga qarang.
n) qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.
2. Koʻrsatilgan toʻlovlar naqd xorijiy valyutada, shuningdek plastik toʻlov va kredit kartochkalar orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
3. Mazkur Nizom doirasida sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) toʻlovi uchun quyidagi xorijiy valyutalar qabul qilinishi mumkin:
AQSh dollari;
ingliz funt sterlingi;
EVRO;
shveysariya franki;
yapon iyenasi va tijorat bankining ixtiyoriga koʻra boshqa xorijiy valyutalar.
II. Bank muassasalari kassalariga naqd valyutani qabul qilish tartibi
4. Mazkur Nizom 1-bandining “v1” , “e” , “j” , “z” , “i” , “k” , “k1” , “n” kichik bandlarida nazarda tutilgan hollarda naqd chet el valyutasini qabul qilish tijorat banklarining kassalarida Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 1831, 2008-yil 27-iyun) muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Korxona va tashkilotlar kassalariga naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi
9. Mazkur Nizom 1-bandining “v” va “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan hollarda korxonalar va tashkilotlarning maxsus kassalariga naqd xorijiy valyutani qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasida kassa operatsiyalarini yuritish tartibiga (roʻyxat raqami 611, 1999-yil 22-yanvar) muvofiq, valyuta tushumini belgilangan tartibda inkassatsiya qilgan holda amalga oshiriladi.
12. Mazkur Nizomning talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
13. Tijorat banklari Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd chet el valyutasini qabul qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan shakl va muddatlarda taqdim etadilar.
Mazkur Nizomga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish Markaziy bank va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining zimmasiga yuklanadi.