O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida naqd xorijiy valyuta muomalasini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 27-iyundagi PF-3099-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarni belgilangan tartibda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 28-iyun,
235-son
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zDEUavto” AJ mahsulotini eksport qilishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 17-iyundagi 302-son qarorining 3-bandi chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro savdo-ko‘rgazma kompleksining Biznes-markazi binosidan foydalanish masalalari to‘g‘risida” 2000-yil 20-apreldagi 156-son qarorining 5-bandi chiqarib tashlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 22-iyundagi 263-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 30-modda) 13-bandi ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Afg‘oniston hududiga tijorat yuklarini tashishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 31-yanvardagi 41-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 1-son, 6-modda) 5-bandi chiqarib tashlansin.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 11-12-son, 96-modda; 2003-y., 1-2-son, 6-modda)