06.03.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3387-1
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga tavsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 6-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3387-1]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PF-157-son “Raqamlashtirish sohasida eksport faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-357-son “Startap loyihalar va venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-noyabrdagi 734-son “Raqamli texnologiyalar sohasida mutaxassislarni tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish hamda chet ellik mutaxassislarga “IT-visa” berish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2022-yil 12-sentabrdagi 233-mh-son “Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga tavsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3387, 2022-yil 16-sentabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/3387/0824-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir Sh. SHERMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 18-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
286-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vaziri B. SAIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 17-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri A. TASHPULATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 19-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga tavsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Buyruqning nomidan va 1-bandidan “, shuningdek Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) nomidan “, shuningdek Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu Nizom axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (bundan buyon matnda Texnopark deb yuritiladi) rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga, ularning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi hamda ularning oʻrinbosarlariga, Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi boʻlgan startap loyihalar taʼsischilariga (ishtirokchilariga) va mutaxassislariga, oliy taʼlim tashkilotlarining axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻlgan xorijlik professor-oʻqituvchilariga tavsiya berish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish, tavsiyaning amal qilish muddatini uzaytirish hamda bekor qilish tartibini belgilaydi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“IT-Visa” — axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek, Texnopark rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga, ularning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi hamda ularning oʻrinbosarlariga, Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi boʻlgan startap loyihalar taʼsischilari (ishtirokchilari)ga va mutaxassislariga, oliy taʼlim tashkilotlarining axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻlgan xorijlik professor-oʻqituvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan uning muddatini uzaytirish imkoniyati bilan beriladigan, amal qilish muddati uch yilgacha boʻlgan koʻp martalik viza toifasi;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavsiya — Direksiya tomonidan axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek, Texnopark rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga, ularning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi hamda ularning oʻrinbosarlariga, Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi boʻlgan startap loyihalar taʼsischilari (ishtirokchilari)ga va mutaxassislariga, oliy taʼlim tashkilotlarining axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻlgan xorijlik professor-oʻqituvchilariga IT-Card shaklida beriladigan quyidagi hujjatlar:”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — tavsiya olish boʻyicha murojaat qiluvchi axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek, Texnopark rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga, ularning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi hamda ularning oʻrinbosarlariga, Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi boʻlgan startap loyihalar taʼsischilari (ishtirokchilari)ga va mutaxassislariga, oliy taʼlim tashkilotlarining axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻlgan xorijlik professor-oʻqituvchilari;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻninchi — oʻn beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investor — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan va axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxsni 30 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda moliyalashtirishni amalga oshiruvchi yoki ushbu yuridik shaxsning ustav fondidagi ulushi miqdori kamida 30 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi xorijiy jismoniy shaxs yoxud xorijiy yuridik shaxsning vakili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mutaxassis — axborot texnologiyalari sohasida oxirgi 12 oyda yillik daromadi 30 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan xorijiy mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark rezidentining taʼsischisi — Texnopark rezidenti maqomini olgan yuridik shaxsning taʼsischisi (ishtirokchisi) boʻlgan va ushbu yuridik shaxsning ustav fondidagi ulushi miqdori kamida 30 ming AQSH dollarini tashkil etadigan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark rezidentining rahbar xodimlari — Texnopark rezidenti maqomini olgan yuridik shaxsning oxirgi 12 oyda yillik 30 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan daromadga ega boʻlgan yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi va ularning oʻrinbosarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
startap loyihalarining taʼsischilari (ishtirokchilari) va mutaxassislari — Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi boʻlgan startap loyihalar taʼsischilari (ishtirokchilari) va mutaxassislari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijlik professor-oʻqituvchi — oliy taʼlim tashkilotlarining axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻlgan xorijlik professor-oʻqituvchilar.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 2-band “tavsiya olish uchun” degan soʻzlardan keyin “veb-portal orqali ariza bilan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Tavsiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mutaxassislarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark rezidentlarining taʼsischilariga va rahbarlar xodimlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
startap loyihalarining taʼsischilari (ishtirokchilari) va mutaxassislariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijlik professor-oʻqituvchilarga beriladi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Ariza beruvchi tavsiya olish uchun ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi arizani veb-portal orqali Direksiyaga yuboradi. Arizaga ariza beruvchi va uning oila aʼzolariga (turmush oʻrtogʻi, ota-onasi, farzandlari) tegishli pasport nusxalari (xorijga chiqish pasporti, ID-karta) va nikoh toʻgʻrisidagi guvohnoma (nikoh tuzilgan boʻlsa) nusxalari, ariza beruvchining fotosurati hamda quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “a” kichik bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun kiritiladigan investitsiya mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi belgilangan loyiha toʻgʻrisida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun kiritiladigan 30 ming AQSH dollaridan kam boʻlmagan investitsiya miqdori mavjudligini tasdiqlovchi bank koʻchirmasi (maʼlumotnomasi);”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “b” kichik bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxsning arizachini axborot texnologiyalari sohasida ishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi xat hamda mehnat shartnomasi (fuqarolik-huquqiy shartnoma) nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassisligi va malakasini tasdiqlovchi hujjat (oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida boʻlgan yoki ushbu tillarda rasmiy tarjimaga ega boʻlgan diplom, sertifikat yoki boshqalar).”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) quyidagi mazmundagi “d”, “e” va “f” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“d) Texnopark rezidentlarining taʼsischisi (ishtirokchisi) va rahbar xodimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotnoma (rezyume);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark rezidenti nomidan oʻz xorijiy taʼsischisiga (ishtirokchisi) va rahbar xodimlariga tavsiya berish uchun yozilgan xati (iltimosnoma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark rezidenti maqomini olgan yuridik shaxsning taʼsischisi (ishtirokchisi) boʻlgan va ushbu yuridik shaxsning ustav fondidagi ulushi miqdori kamida 30 ming AQSH dollarini tashkil etadigan tasdiqlovchi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark rezidenti rahbar xodimlari ariza berilgan kundan boshlab bank yoki tegishli vakolatli organ tomonidan berilgan oxirgi 12 oy davomida yillik daromadi 30 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorni tashkil etishini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi xorijiy taʼsischisi (ishtirokchisi) yoki rahbar xodimlari boʻlgan Texnopark rezidentining rezidentlik guvohnomasi nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark rezidentida rahbar xodim sifatida saylanganligi/tayinlanganligi haqidagi qaror/buyruq nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) xorijlik professor-oʻqituvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotnoma (rezyume);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxsning arizachini axborot texnologiyalari sohasida professor-oʻqituvchi sifatida ishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi xati (iltimosnoma) hamda mehnat shartnomasi (fuqarolik-huquqiy shartnoma) nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining oliy taʼlim muassasalarining axborot texnologiyalari sohasidagi fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini tasdiqlovchi hujjat (oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida boʻlgan yoki ushbu tillarda rasmiy tarjimasiga ega boʻlgan diplom, sertifikat yoki boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) startap loyihalarining taʼsischilari (ishtirokchilari) va mutaxassislari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotnoma (rezyume);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
startap loyihasi nomidan oʻz taʼsischilari (ishtirokchilari) va mutaxassislariga tavsiya berish toʻgʻrisida yozilgan xati (iltimosnoma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
startap loyihasining Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
startap loyihasi mutaxassisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (fuqarolik-huquqiy shartnoma) nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassisligi va malakasini tasdiqlovchi hujjat (zaruratga koʻra, oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida boʻlgan yoki ushbu tillarda rasmiy tarjimasiga ega boʻlgan diplom, sertifikat yoki boshqalar).”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10. Mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq boʻlmagan taqdirda, shuningdek arizada notoʻgʻri maʼlumotlar aniqlanganda yoki majburiy maʼlumotlar mavjud boʻlmagan taqdirda, Direksiya kamchiliklarni koʻrsatgan holda asosli ravishda arizani koʻrib chiqishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ariza beruvchi kamchiliklarni bartaraf etgan holda takroran ariza topshirishi mumkin.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“13. Xorijiy investorning investitsiya kiritgan sohasi hamda xorijlik professor-oʻqituvchi, startap loyihasi mutaxassisi, xorijiy mutaxassisning faoliyati aynan axborot texnologiyalari sohasiga kirishini aniqlash ular tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida Ekspert guruhi tomonidan amalga oshiriladi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“15. Ekspert guruhi ariza beruvchi bilan suhbat oʻtkazishi mumkin. Suhbat ariza beruvchining xohishiga koʻra bevosita yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib olib boriladi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) 18-bandning ikkinchi xatboshisi “elektron manzilga” degan soʻzlardan keyin “yoki ariza beruvchining veb-portaldagi shaxsiy kabinetiga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21. Ariza beruvchining elektron manziliga yoki veb-portaldagi shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuborilgan kundan boshlab 3 oy mobaynida tavsiyani oʻzi shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tegishli pasport yoki ID-karta) bilan yoki ishonchli vakili ishonchnoma asosida olib ketishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu muddatdan 10 kun oldin Direksiya tomonidan ariza beruvchining elektron manziliga yoki veb-portaldagi shaxsiy kabinetiga tavsiyani olib ketish muddati tugayotganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu muddat davomida tavsiya olib ketilmagan taqdirda, Direksiya tomonidan tavsiya bekor qilinadi hamda arizachi takroran ariza bilan Direksiyaga murojaat etishi mumkin.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a”, “b” va “v” kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a) axborot texnologiyalari sohasida xorijiy investorlar tomonidan tavsiya berilgan sanadan boshlab tavsiya berilgan davr mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxs faoliyatiga kiritilgan investitsiyalar qaytarib olingan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy mutaxassislar, xorijlik professor-oʻqituvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxs bilan oʻttiz ish kuni mobaynida mehnat shartnomasi (fuqarolik-huquqiy shartnoma) tuzilmaganda yoki tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Texnopark rezidentining taʼsischisi (ishtirokchisi) oʻzi taʼsischi (ishtirokchi) boʻlgan Texnopark rezidenti maqomidan mahrum qilinganda yoki ular tarkibidan chiqib ketganda, shuningdek, Texnopark rezidentining rahbar xodimlari bilan mehnat shartnomasi (fuqarolik-huquqiy shartnoma) muddati tugaganda, uzaytirilmaganda yoki bekor qilinganda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi “e” kichik band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“e) startap loyihaning Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi maqomi bekor qilinganda yoki Startap loyihaning taʼsischisi (ishtirokchisi) yuridik shaxs taʼsischilari (ishtirokchi) tarkibidan chiqib ketganda, shuningdek, Startap loyihasining mutaxassislari bilan mehnat shartnomasi (fuqarolik-huquqiy shartnoma) muddati tugaganda, uzaytirilmaganda yoki bekor qilinganda.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) Quyidagi mazmundagi 301-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“301. Tavsiya yoʻqotilgan taqdirda, tavsiya egasi bir oy ichida bu haqda veb-portal orqali yoki bevosita Direksiyaga murojaat etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Direksiya tomonidan murojaat kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida tavsiya egasiga tavsiya tiklab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya tomonidan veb-portalning yagona elektron reyestriga bir ish kuni davomida tavsiya yoʻqotilganligi va avvalgi tavsiya bekor qilinganligi haqida tegishli yozuvlar kiritiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-ilovaning belgisidan va nomidan “, shuningdek Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2 va 3-ilovalar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga tavsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Axborot texnologiyalari sohasida xorijiy investorlar va mutaxassislarga tavsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARIZA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ariza beruvchi haqida maʼlumot

 

1. Familiya, ismi, otasining ismi:

 

2. Tugʻilgan sanasi (kun, oy, yil):

 

3. Jinsi:

o Erkak

o Ayol

 

4. Fuqaroligi:

 

5. Pasport raqami va seriyasi:

 

6. Berilgan sana:

 

7. IT-kartani amal qilish muddati:

 

8. Pasport nusxasi:

yuklash

 

9. Bitta rangli fotosurat:

yuklash

 

10. Maʼlumotnoma (rezyume)

yuklash

 

11. Oʻzbekiston Respublikasidagi yashash manzili (Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan ariza beruvchilar uchun):

12. Mobil telefon:

13. Qoʻshimcha aloqa raqami:

14. Elektron manzil:

 

15. Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishning rejalashtirilgan muddati:

 

16. Oʻzbekiston Respublikasiga qilingan oldingi sayohatlar (sana, maqsad):

 

17. Oxirgi uch yil ichida qaysi davlatlarga tashrif buyurdingiz va undan maqsad?

 

Hamrohlik qilayotgan qarindoshlar haqida maʼlumot (faqat turmush oʻrtogʻi, ota-onalar va farzandlari):

 

Familiya, ismi, otasining ismi

Qarindoshlilik darajasi:

Tugʻilgan sanasi

Fuqaroligi

Pasport/tugʻilganlik guvohnomasi nusxasi:

yuklash

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Xorijiy mutaxassis uchun

 

1. Yuridik shaxs boʻlgan ish beruvchining nomi:

 

2. Ariza berilgan kundan boshlab bank yoki tegishli vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan oxirgi 12 oy davomida yillik daromadi 30 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorni tashkil etishini tasdiqlovchi hujjat:

yuklash

 

3. Ariza beruvchining axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassisligi, ish tajribasi va malakasini tasdiqlovchi hujjat (diplom, sertifikat yoki boshqa):

yuklash

 

4. Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan ish beruvchining ariza beruvchini axborot texnologiyalari sohasida ishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi xati (iltimosnoma):

yuklash

 

5. Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan ish beruvchining ariza beruvchini axborot texnologiyalari sohasida xodim sifatida tasdiqlovchi mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma:

yuklash

 

6. Iltimosnoma beruvchining familiyasi, ismi, sharifi:

 

7. Iltimosnoma beruvchining lavozimi:

 

8. Iltimosnoma beruvchining aloqa raqami:

 

Xorijiy investor uchun

 

1. Investitsiyalarni qabul qiluvchi korxona nomi

 

2. Investitsion loyihaning nomlanishi:

 

3. Axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun investitsiya loyihasi toʻgʻrisida maʼlumot:

 

4. Axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun taklif etilayotgan investitsiyalar miqdori (30 ming AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda) mavjudligini tasdiqlovchi bank koʻchirmasi (maʼlumotnomasi):

yuklash

 

5. Axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun investitsiya kiritishni rejalashtirgan investor kompaniya nomidan ish yurituvchi shaxsning vakolatini tasdiqlovchi qaror nusxasi:

yuklash

 

6. Ariza beruvchi bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxs tomonidan xat (iltimosnoma):

yuklash

 

7. Iltimosnoma beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi:

 

8. Iltimosnoma beruvchining egallab turgan lavozimi:

 

9. Iltimosnoma beruvchining aloqa raqami:

 

Texnopark rezidentining taʼsischisi uchun

 

1. Texnopark rezidenti boʻlgan korxona nomi:

 

2. Texnopark rezidenti boʻlgan korxona rezidentlik guvohnomasi

yuklash

 

3. Ariza beruvchining Texnopark rezidenti ustav fondidagi ulushi miqdori kamida 30 ming AQSH dollarini tashkil etganligini tasdiqlovchi maʼlumot

 

4. Ariza beruvchi taʼsischi (ishtirokchi) boʻlgan Texnopark rezidenti boʻlgan korxona tomonidan xat (iltimosnoma):

yuklash

 

5. Iltimosnoma beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi:

 

6. Iltimosnoma beruvchining egallab turgan lavozimi:

 

7. Iltimosnoma beruvchining aloqa raqami:

 

Texnopark rezidenti rahbar xodimi (yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi)

 

1. Texnopark rezidenti boʻlgan korxona nomi:

 

2. Texnopark rezidenti rahbari lavozimiga saylanganligi toʻgʻrisida taʼsischi(lar) (ishtirokchilar) qarori

yuklash

 

3. Texnopark rezidenti rahbari lavozimiga saylanganligi toʻgʻrisida korxona buyrugʻi

yuklash

4. Texnopark rezidenti rahbar xodimlarining oxirgi 12 oy davomida yillik daromadi 30 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorni tashkil etishini tasdiqlovchi bank yoki tegishli vakolatli organ tomonidan berilgan hujjat

yuklash

 

5. Texnopark rezidenti boʻlgan korxona rezidentlik guvohnomasi

yuklash

 

6. Texnopark rezidenti boʻlgan korxona tomonidan xat (iltimosnoma):

yuklash

 

7. Iltimosnoma beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi:

 

8. Iltimosnoma beruvchining aloqa raqami:

 

Texnopark rezidenti rahbari oʻrinbosari

 

1. Texnopark rezidenti boʻlgan korxona nomi:

 

2. Texnopark rezidenti rahbari oʻrinbosari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (fuqarolik-huquqiy shartnoma)

yuklash

3. Texnopark rezidenti boʻlgan korxona rezidentlik guvohnomasi

yuklash

 

4.Texnopark rezidenti rahbar oʻrinbosarining oxirgi 12 oy davomida yillik daromadi 30 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorni tashkil etishini tasdiqlovchi bank yoki tegishli vakolatli organ tomonidan berilgan hujjat

yuklash

 

5. Texnopark rezidenti boʻlgan korxona tomonidan xat (iltimosnoma):

yuklash

 

6. Iltimosnoma beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi:

 

7. Iltimosnoma beruvchining egallab turgan lavozimi:

 

8. Iltimosnoma beruvchining aloqa raqami:

 

Xorijlik professor-oʻqituvchi

 

1. Taʼlim tashkiloti nomi

 

2. Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan ish beruvchining ariza beruvchini axborot texnologiyalari sohasida professor-oʻqituvchi sifatida ishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi mehnat shartnomasi (fuqarolik-huquqiy shartnoma):

yuklash

 

3. Ilmiy darajasini tasdiqlovchi diplom va sertifikat

yuklash

 

4. Oliy taʼlim tashkiloti tomonidan xat (iltimosnoma):

yuklash

 

5. Iltimosnoma beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi:

 

6. Iltimosnoma beruvchining egallab turgan lavozimi:

 

7. Iltimosnoma beruvchining aloqa raqami:

 

Startap loyihasining taʼsischisi (ishtirokchisi)

 

1. Startap loyihani amalga oshiruvchi korxona nomi

 

2. Texnopark rezidenti boʻlgan korxona rezidentlik guvohnomasi

yuklash

 

3. Startap loyihasining Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat

yuklash

 

4. Startap loyihani amalga oshiruvchi korxona tomonidan xat (iltimosnoma):

yuklash

 

5. Iltimosnoma beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi:

 

6. Iltimosnoma beruvchining egallab turgan lavozimi:

 

7. Iltimosnoma beruvchining aloqa raqami:

 

Startap loyihasining mutaxassisi

 

1. Startap loyihani amalga oshiruvchi korxona nomi

 

2. Startap loyihasi mutaxassisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi;

yuklash

 

3. Ariza beruvchining axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassisligi va malakasini tasdiqlovchi hujjat (zaruratga koʻra oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida boʻlgan yoki ushbu tillarda rasmiy tarjimasiga ega boʻlgan diplom, sertifikat yoki boshqalar)

yuklash

 

4. Texnopark rezidenti boʻlgan korxona rezidentlik guvohnomasi

yuklash

 

5. Startap loyihasining Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat

yuklash

 

6. Startap loyihani amalga oshiruvchi korxona tomonidan xat (iltimosnoma):

yuklash

 

7. Iltimosnoma beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi:

 

8. Iltimosnoma beruvchining egallab turgan lavozimi va mehnat shartnomasi:

yuklash

 

9. Iltimosnoma beruvchining aloqa raqami:

 

Men xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi qoidalari buzilganligi uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirildim.

Men ushbu arizada soʻralgan shaxsiy maʼlumotlarimni arizani koʻrib chiqish uchun taqdim etish majburiy ekanligidan xabardorman va roziman.

Menga tegishli va ushbu arizada koʻrsatilgan barcha shaxsiy maʼlumotlar vakolatli organlarga topshirilishi va arizam boʻyicha qaror qabul qilish uchun ular tomonidan qayta ishlanishi haqida xabardorman va roziman.

Men arizada bergan barcha maʼlumotlar toʻgʻri va toʻliq ekanligini tasdiqlayman. Notoʻgʻri maʼlumotlar berilgan vizani rad etish yoki bekor qilishga olib kelishi mumkin, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi mumkinligini bilaman.

Men berilgan “IT-Visa” yoki “IT-Card” agar uni berish shartlariga rioya qilmasam, bekor qilinishi mumkinligini bilaman.

 

 

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza bilan birga taqdim etilgan fotosurat quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dolzarbligi (oxirgi 6 oy ichida olingan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rangli oq fonda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻlchami 3,5 x 4,5 sm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh va yelkalar shunday joylashtirilgan boʻlishi kerakki, yuz fotosuratning 80 foizini egallashi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fotosuratda ariza beruvchining yuz qismi toʻliq koʻrinishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻzoynak taqadigan arizachida fotosurat quyidagi mezonlarga javob berishi kerak: qoraytirilmagan koʻzoynaklar, ramka koʻzning biron bir qismini qoplamasligi kerak, yorugʻlik aksi boʻlmasligi kerak.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga tavsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Axborot texnologiyalari sohasida xorijiy investorlar va mutaxassislarga tavsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIYA SHAKLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsiya shaklining tavsifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsiya plastikdan tayyorlanadi. Tavsiya oʻlchami 54 x 86 mm. Lotin grafikasida oʻzbek, ingliz va rus tillarida yoziladi. Olti xonali seriyali raqamlardan tashkil topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsiya old tomonida “Tavsiya” va “Oʻzbekiston Respublikasi” soʻzlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi, Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi emblemasi, Texnopark logotipi tasviri tushirilgan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsiyaning old tomonida oʻzbek, ingliz va rus tillarida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amal qilish muddati / Srok deystviya / Date of expiry
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seriya raqami / Seriyniy nomer / Serial number.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsiya egasining fotosurati hamda Tavsiya egasi va uning qarindoshlarining maʼlumotlari joylashgan Internet tarmogʻida berilgan Tavsiyalarning yagona elektron reyestriga oʻtish uchun QR-kodi oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsiya orqa tomonida oʻzbek, ingliz va rus tillarida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu hujjat egasi va uning oila aʼzolariga quyidagi huquq va imtiyozlarni beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiyot va taʼlim tashkilotlari xizmatlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida tavsiyaning amal qilish muddatida vaqtinchalik roʻyxatga olishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulkni sotib olishda qonunchilikda xorijiy fuqarolar uchun belgilangan koʻchmas mulkning cheklangan qiymatini tatbiq etmaslik va Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilmaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nastoyashiy dokument predostavlyayet sleduyushiye prava i privilegii obladatelyu i chlenam yego semi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Polzovaniye uslugami meditsinskix i obrazovatelnix organizatsiy na usloviyax predusmotrennix dlya grajdan Respubliki Uzbekistan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V Ministerstve vnutrennix del Respubliki Uzbekistan osushestvlyat vremennuyu registratsiyu v predelax sroka deystviya rekomendatsii;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Neprimeneniye ustanovlennoy zakonodatelstvom predelnoy stoimosti nedvijimogo imushestva dlya inostrannix grajdan pri pokupke nedvijimogo imushestva i ne trebuyushix nalichiya vida na jitelstvo v Respublike Uzbekistan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
This document gives the following rights and privileges to the owner and his/her family members:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Using the services of medical and educational organizations on the terms provided for citizens of the Republic of Uzbekistan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obtain temporary registration within the validity period of the recommendation at the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Not applying the limited value of real estate set by law for foreign citizens when buying real estate and not requiring a residence permit in the Republic of Uzbekistan.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)