1-ILOVA
|
Maxsus huquqiy rejim ishtirokchilari |
Ishtirokchilarga beriladigan huquqlar |
Muvofiqlashtiruvchi davlat organi |
|
Davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan venchur jamgʻarmalar va startaplar |
Startap loyihalarga, jumladan, rentabellikka erishish ehtimoli kam boʻlgan loyihalarga investitsiya kiritish hamda ularning ustav fondida ulush asosida ishtirok etish |
Raqamli texnologiyalar vazirligi |
|
Oʻz mablagʻlarini yangi ishlanmalarni amalga oshirish uchun garovsiz, kafilliksiz va kafolatsiz qarz sifatida berish | ||
|
Qarz yoki kreditni kelgusida startap loyiha ulushining (aksiyalari) bir qismiga aylantirish imkonini beruvchi ayirboshlanadigan qarz toʻgʻrisidagi shartnoma tuzish | ||
|
Startap loyiha rivojlanishning maʼlum bir bosqichiga yetganida yoki ustav fondini (kapitalini) oshirganida ulush olish huquqini beruvchi kelajakdagi kapital toʻgʻrisidagi shartnoma tuzish | ||
|
Ishonchli boshqarish shartnomasi asosida oʻz mablagʻlarini ishonchli boshqaruvga berish |
3-ILOVA
T/r | Tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbai | Masʼul ijrochilar |
1. Startap ekotizimi va venchur investitsiyalar sohasida qonunchilikni takomillashtirish | |||||
3. | Startap loyihalarning xorijiy taʼsischilari (ishtirokchilari) va mutaxassislariga Oʻzbekiston Respublikasiga kirish uchun IT-Visa taqdim etilishi munosabati bilan tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2024-yil noyabr | - | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Tashqi ishlar vazirligi (Saidov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini oʻrnatilgan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish va kiritish. | 2024-yil dekabr | ||||
4. | Startap loyihalar, venchur jamgʻarmalar va xususiy investorlar uchun venchur investitsiyalarni amalga oshirish boʻyicha zarur boʻlgan namunaviy hujjatlardan barcha birdek foydalana oladigan bazani shakllantirish. | 1. Startap loyiha faoliyatini tashkil etish va venchur investitsiyalarni amalga oshirish boʻyicha namunaviy hujjatlar loyihalari toʻplamini ishlab chiqish hamda jamoatchilik muhokamasi va ekspert muzokaralarni tashkil etish. | 2025-yil may | Ijrochilar mablagʻlari | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Adliya vazirligi (Tashkulov) |
2. Namunaviy hujjatlar loyihalari toʻplamini Internet jahon axborot tarmogʻida eʼlon qilish. | 2025-yil iyun | ||||
2. Startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash dasturlarini yanada rivojlantirish | |||||
5. | Xorijiy venchur jamgʻarmalardan investitsiya jalb qilgan startap loyihalarga investitsiya mablagʻlarini ajratish tartibini belgilash. | 1. Investitsiya mablagʻlarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish hamda jamoatchilik muhokamasi va ekspert muzokaralarni tashkil etish. | 2024-yil dekabr | - | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
2. Nizom loyihasini tasdiqlash uchun Startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash)ga kiritish. | 2025-yil yanvar | ||||
6. | Yetakchi xalqaro akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish, tadbirkorlik, biznes va korporativ yoʻnalishlardagi kurslarda oʻqish va sertifikat olish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibini belgilash. | 1. Oʻquv kurslari roʻyxatini tasdiqlash. 2. Xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish hamda jamoatchilik muhokamasi va ekspert muzokaralarni tashkil etish. | 2024-yil dekabr | - | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
3. Nizom loyihasini tasdiqlash uchun Muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritish. | 2025-yil yanvar | ||||
7. | Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlariga mentorlar va trenerlarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibini belgilash. | 1. Akseleratsiya va inkubatsiya dasturlari roʻyxatini tasdiqlash. 2. Nizom loyihasini ishlab chiqish, jamoatchilik muhokamasi va ekspert muzokaralarni tashkil etish. | 2024-yil dekabr | - | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
3. Nizom loyihasini tasdiqlash uchun Muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritish. | 2025-yil yanvar | ||||
8. | Startap loyihalarning patentlash hamda intellektual faoliyat natijalari va savdo belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish xarajatlarini qoplab berish tartibini belgilash. | 1. Nizom loyihasini ishlab chiqish hamda jamoatchilik va ekspert muzokaralarini tashkil etish. | 2024-yil dekabr | - | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Adliya vazirligi (Tashkulov) |
2. Nizom loyihasini tasdiqlash uchun Muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritish. | 2025-yil yanvar | ||||
3. Startap loyihalarni rivojlantirish uchun mavjud infratuzilmani yanada kengaytirish | |||||
9. | Startap loyihalar, investorlar, venchur jamgʻarmalar, akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarining yagona reyestrini shakllantirish hamda ularning samarali hamkorligini taʼminlashni koʻzda tutuvchi startap loyihalar ekotizimi platformasini ishga tushirish. Bunda Raqamli startaplar dasturining barcha bosqichlarida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida ishtirokchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularni qoʻllab-quvvatlash choralarini tatbiq qilish jarayonlari hamda ularga ajratilgan mablagʻlar yoʻnaltirilishi va miqdorlari, IT-park belgilagan samaradorlikning maqsadli koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish ushbu platforma orqali amalga oshiriladi. | 1. Startap loyihalar ekotizimi platformasini ishlab chiqish boʻyicha loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2024-yil noyabr | Ijrochilar mablagʻlari | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
2. Loyiha-texnik hujjatlarni belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish. | 2024-yil dekabr | ||||
3. Startap loyihalar ekotizimi platformasini ishga tushirish. | 2025-yil yanvar | ||||
10. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi tajribasi asosida hududlarda IT-park filiallari uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yangi bino-inshootlar barpo etish. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2024-yil noyabr | - | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), manfaatdor idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari |
2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini oʻrnatilgan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil yanvar | ||||
11. | Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini tashkil etish hamda yetakchi ekspert va biznes mentorlarni jalb qilgan holda startap loyihalarga uslubiy yordam koʻrsatishni nazarda tutuvchi startap studiyalar tashkil etish, jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Startap-studiyalarni tashkil va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha konsepsiya ishlab chiqish. | 2024-yil dekabr | Ijrochilar va xususiy investorlar mablagʻlari | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), manfaatdor idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari |
2. Startap-studiyalarni tashkil etish boʻyicha manzilli dastur ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritish. | 2025-yil fevral | ||||
3. Tasdiqlangan manzilli dastur asosida bosqichma-bosqich startap-studiyalarni tashkil etish va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | Grafik asosida 2026-yil yakuniga qadar | ||||
12. | Oliy taʼlim muassasalarida mavjud infratuzilma negizida inkubatsiya markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Inkubatsiya markazlarini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha konsepsiyani tasdiqlash. | 2024-yil dekabr | Oliy taʼlim muassasalari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), oliy taʼlim muassasalari |
2. Oliy taʼlim muassasalarida inkubatsiya markazlarini tashkil etish boʻyicha manzilli dastur ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil yanvar | ||||
3. Tasdiqlangan manzilli dasturga muvofiq, oliy taʼlim muassasalarida bosqichma-bosqich inkubatsiya markazlarini tashkil etish va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur mablagʻlarni ajratish. | Alohida grafik asosida 2026-yil yakuniga qadar | ||||
4. Startap loyihalarni akseleratsiya qilish va startap investitsiyalarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish | |||||
13. | IT-kompaniyalar, oliy taʼlim muassasalari, mahalliy va xorijiy korxona va tashkilotlarni jalb qilgan holda har yili startap loyihalarning akseleratsiya dasturlarini tashkil etish. | 1. Akseleratsiya dasturlarini oʻtkazish, oʻqitishning ustuvor yoʻnalishlari hamda akseleratsiya dasturlarida ishtirok etuvchi startap loyihalarni tanlab olish mezonlarini ishlab chiqish. | 2024-yil dekabr | Ijrochilar mablagʻlari | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), manfaatdor idoralar |
2. Startap loyihalarning xalqaro akseleratsiya dasturlarini Oʻzbekistonga jalb qilish boʻyicha muzokaralar olib borish. | 2025-yil aprel | ||||
3. Mahalliy va xorijiy korxona hamda tashkilotlarni hamkorlikda akseleratsiya dasturlarini tashkil etishga jalb qilish. | 2025-yil may | ||||
4. Startap loyihalar uchun akseleratsiya dasturlarini tashkil etish va dasturlarga malakali trener va mentorlarni jalb qilish. | Har yili | ||||
14. | Mahalliy startap loyihalarning ilgʻor xorijiy akseleratsiya va korporativ oʻqitish dasturlarida ishtirok etishini tashkillashtirish. | 1. Ilgʻor xorijiy akseleratsiya dasturlari roʻyxati va startap loyihalarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish. | 2024-yil dekabr | Ijrochilar mablagʻlari | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
2. IT-park tomonidan roʻyxat va nizomni tasdiqlash. | 2025-yil yanvar | ||||
3. Mahalliy startap loyihalarning ilgʻor xalqaro akseleratsiya dasturlarida ishtirok etishini tashkillashtirish. | har yili | ||||
15. | Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Boʻlajak olim” tanlovi doirasida istiqbolli startap loyihalar dasturini oʻtkazish tartibini belgilash. | Istiqbolli startap loyihalar dasturini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil yanvar | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
16. | Davlat budjeti xarajatlarini tahlil qilgan holda ushbu xarajatlarni maqbullashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida startap loyihalar tomonidan yechim taklif etilishi mumkin boʻlgan ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha loyihalarni (takliflarni) shakllantirish. | 1. Davlat budjeti xarajatlarini tarmoqlar va hududlar kesimida tahlil qilish. | 2025-yil mart | - | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
2. Tahlil natijalari boʻyicha xarajatlarni maqbullashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida startap loyihalar tomonidan yechim taklif etilishi mumkin boʻlgan ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha loyihalar (takliflar) roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil aprel | ||||
3. Loyihalar (takliflar) roʻyxatini Muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritish. | 2025-yil iyun | ||||
17. | IT-park huzurida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida venchur jamgʻarmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Jamgʻarmani tashkil etish boʻyicha taʼsis hujjatlarini tayyorlash va roʻyxatdan oʻtkazish. | 2024-yil dekabr | Ijrochilar mablagʻlari | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), IT-park (Ibragimov) |
2. Jamgʻarmaning ustav fondi (kapitali)ni shakllantirish va malakali mutaxassislar bilan toʻldirish. 3. Startap loyihalarni saralash, baholash va moliyalashtirish boʻyicha ichki hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. 4. Venchur jamgʻarma faoliyatini ishonchli boshqaruv asosida samarali tashkil etish uchun eng yaxshi takliflarni tanlash yoʻli bilan ilgʻor xorijiy kompaniyani jalb qilish. | 2025-yil yanvar | ||||
18. | “UzVC” milliy venchur fondi faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish. | 1. Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “UzVC” milliy venchur fondiga 50 milliard soʻm mablagʻ ajratilishini taʼminlash. | 2024-yil dekabr | - | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
2. “UzVC” milliy venchur fondiga umumiy 100 milliard soʻm miqdorida mablagʻ ajratish yuzasidan moliyalashtirish manbalarini aniq belgilagan holda asoslantirilgan takliflarni Muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritish. | 2025-2026-yillar | ||||
19. | Startap ekotizimi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha vazifalar monitoringini amalga oshirish. | Startap ekotizimi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha vazifalar monitoringini amalga oshirish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligida tegishli tarkibiy boʻlinma tashkil etish. | 2024-yil dekabr | - | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |