09.07.1998 yildagi 289-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.08.2001
 LexUZ sharhi
To‘liq mehnat staji (“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq erkaklar uchun 25 yil, ayollar uchun 20 yil) sharoitida yoshga doir eng kam miqdordagi pensiya olish uchun Pensiya jamg‘armasiga oyiga to‘lanadigan sug‘urta badallarining o‘rtacha miqdori O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lmasligi zarur.
22. Dehqon xo‘jaligi a’zosi tomonidan Pensiya jamg‘armasi mazkur Nizomning 10-bandiga muvofiq belgilangan muddatdan so‘ng bir oy mobaynida sug‘urta badallari to‘lanmagan taqdirda Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi:
24. “Davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 32-moddasiga muvofiq pensiya miqdorini hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa va homiladorlik va tug‘ruq bo‘yicha nafaqa miqdorini hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan oylik daromad miqdori ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘langan oylik badallari summasini 30 ga bo‘lish va olingan natijani 100 ga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblab chiqariladi.
25. Pensiya tayinlashda mehnat staji mazkur Nizomning V bo‘limiga muvofiq mehnat daftarchasiga yozilgan yozuvlar asosida tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limi tomonidan aniqlanadi.
Sug‘urtachining familiyasi, ismi va otasining ismi_______________________________
____________________________________________________________________________
Sug‘urtachining manzili_______________________________________________________

(tumani, shahri)

Pensiya jamg‘armasi bo‘limi shuni bildiradiki, Siz taqdim etgan hujjatlarga muvofiq Siz
______________________________________________________________dan

(ro‘yxatdan o‘tkazilgan yil, kun, oy)

boshlab_______________________________raqami bilan ijtimoiy sug‘urta badallarini to‘lovchi shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdingiz. Mazkur ro‘yxatdan o‘tkazish raqami Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga Siz taqdim etgan sug‘urta badallari hisob-kitoblari bilan bog‘liq barcha hujjatlarda ko‘rsatilishi kerak.
Siz badallarni Pensiya jamg‘armasiga yil choraklari bo‘yicha, 199__yil___________dan boshlab, sug‘urta badali to‘lanadigan yil choragi oxirgi oyidan keyin keladigan oyning 8-kunidan kechikmay to‘lashingiz kerak. Sizning har oylik badalingizning eng kam miqdori hisob-kitob qilinadigan yil choragining oylari uchun eng kam ish haqi summasidan kam bo‘lmasligi kerak.
Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar, Dehqon xo‘jaliklari a’zolarini ijtimoiy sug‘urta�ash va ularning ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risidagi nizomga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ularni olish huquqi paydo bo‘lgan hollarda, ular Sizning, Xalq bankining_________________________bo‘limidagi______________-son foizsiz shaxsiy schyotingizga o‘tkaziladi.

_______________________________

(tumani, shahri)

Pensiya jamg‘armasi bo‘limining boshlig‘i

_______________________________

(imzo)

199____yil “____”___________________

M. O‘.