20.02.2026 yildagi 74-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ekspertizasini o‘tkazishda elektron axborot tizimlari orqali hujjatlar almashinuvini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-270-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, ekspertiza tayinlovchi organlar va sud-ekspertiza tashkilotlari o‘rtasida elektron axborot tizimlari orqali hujjatlar almashinuvini to‘liq joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-270-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ekspertiza tayinlovchi organlar bilan sud-ekspertiza tashkilotlari o‘rtasida elektron hujjatlar almashinuvini ta’minlashga mo‘ljallangan “E-ekspertiza” elektron axborot tizimini joriy etish belgilangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2025-yil 15-dekabrdan boshlab “E-ekspertiza” platformasi ekspertiza tayinlovchi organlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilingani va davlat sud-ekspertiza muassasalari faoliyatiga joriy etilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “E-ekspertiza” platformasi va ekspertiza tayinlovchi organlarning axborot tizimlari o‘rtasida o‘zaro elektron axborot almashinuvi quyidagi bosqichlarda yo‘lga qo‘yilishi nazarda tutilgani:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-yanvardan boshlab respublika darajasidagi ekspertiza tayinlovchi organlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-iyundan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasidagi ekspertiza tayinlovchi organlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-sentabrdan boshlab tuman (shahar) darajasidagi ekspertiza tayinlovchi organlarda joriy etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2026-yil 1-iyuldan boshlab nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida yo‘lga qo‘yilishi belgilangani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Sud ekspertizasini o‘tkazishda elektron axborot tizimlari orqali hujjatlar almashinuvini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron axborot tizimlari orqali hujjatlar almashinuvini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertizasini tayinlash va ish materiallarini yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron axborot tizimlari orqali so‘rovlarni qabul qilish va tadqiqotlarni o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron axborot tizimlari orqali hujjatlar aylanishi tartibi va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza tadqiqotlari yakuniga ko‘ra xulosa tayyorlash va uni elektron axborot tizimlari orqali yuborish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 20-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-fevraldagi 74-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ekspertizasini o‘tkazishda elektron axborot tizimlari orqali hujjatlar almashinuvini tashkil etish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom davlat sud-ekspertiza muassasalari, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari, shuningdek, sud-ekspertlik byurolarida (keyingi o‘rinlarda — sud-ekspertiza tashkilotlari) hamda ekspertiza tayinlovchi organlar bilan “E-ekspertiza” elektron axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — “E-ekspertiza” platformasi) elektron hujjatlar almashinuvi tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom talablari davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlarga hamda qo‘riqlanadigan shaxslar xavfsizligiga taalluqli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan va yopiq sud majlislarida ko‘riladigan ishlar bo‘yicha sud ekspertizasini tayinlash hamda xulosalarni taqdim etish holatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa barcha holatlarda ekspertiza tayinlovchi organlar va sud-ekspertiza tashkilotlari o‘rtasida idoralararo elektron hamkorlik to‘liq joriy etilgandan so‘ng sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim) va ish materiallari “E-ekspertiza” platformasi orqali yuborilmagan taqdirda, bunday qaror (ajrim) asosida sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan ekspertiza o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sud-ekspertiza muassasasi — sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan muassasa, shuningdek, tegishli davlat organlari, vazirliklar va idoralar tizimidagi ixtisoslashtirilgan sud ekspertizasi bo‘linmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti — shartnoma asosida fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy sud ishlari va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud ekspertizasini hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazishga ixtisoslashtirilgan, shtatida sud eksperti sertifikatiga ega mutaxassislari bo‘lgan notijorat tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud eksperti — xulosa berish uchun fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega bo‘lgan, belgilangan tartibda sud eksperti sifatida jalb qilingan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-ekspertlik byurosi — shartnoma asosida fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy sud ishlari va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud ekspertizasini hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazishga ixtisoslashtirilgan, yakka tartibda sud eksperti tomonidan ta’sis etilgan notijorat tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertizasi tadqiqoti (keyingi o‘rinlarda — tadqiqotlar) — fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat, ma’muriy sud ishlari va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish holatlarini aniqlashga va sud eksperti tomonidan fan, texnika, san’at yoki hunar sohasidagi maxsus bilimlar asosida tadqiqotlarni o‘tkazish va xulosa berishga qaratilgan faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertining (sud ekspertlari) xulosasi — sud ekspertining (sud ekspertlarining) sud-ekspertiza tadqiqotlari o‘tkazilishini va ularning natijalarini aks ettiradigan yozma yoki elektron hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza tayinlovchi organlar — sudlar, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organlari va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lgan organlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “E-ekspertiza” platformasidan sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlari tomonidan tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tgan hamda shaxsiy kabinet ochgan holda foydalanishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sud-ekspertiza muassasalarining sud ekspertlari “E-ekspertiza” platformasida tegishli davlat sud-ekspertiza muassasasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti va sud-ekspertlik byurosi sud ekspertlari ularning murojaatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi tomonidan “E-ekspertiza” platformasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “E-ekspertiza” platformasiga integratsiya qilingan ekspertiza tayinlovchi organlarning axborot tizimlari orqali ekspertizalar o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlar elektron shaklda almashinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ekspertiza tayinlovchi organlar va sud-ekspertiza tashkilotlari o‘rtasida elektron axborot tizimlari orqali hujjatlar aylanishi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ekspertiza tayinlash va ish materiallarini yuborish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ish materiallari (tadqiqotlarni o‘tkazishda asli taqdim etilishi shart bo‘ladigan yoki raqamlashtirish imkoni bo‘lmagan buyumlar, tadqiqot obyektlari va ish materiallari bundan mustasno) ekspertiza tayinlovchi organning (shaxsning) elektron raqamli imzosi (keyingi o‘rinlarda — ERI) bilan tasdiqlangan qaroriga (ajrimiga) ilova qilingan holda, shu kunning o‘zida axborot tizimlari orqali sud-ekspertiza tashkilotlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda elektron shaklda yuborish imkoni bo‘lmagan tadqiqot obyektlarini (buyumni) ekspertiza tayinlovchi organ (shaxs) tomonidan darhol sud-ekspertiza tashkilotlariga yuborilishi ta’minlanadi yoki joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirilishi lozim bo‘lgan tadqiqot obyektining turgan (joylashgan) aniq manzili qarorda (ajrimda) ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sud-ekspertiza tashkilotlariga axborot tizimlari orqali yuboriladigan ish materiallari sifatli skaner qilingan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “E-ekspertiza” platformasida shartnoma asosida to‘lov amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ish materiallari yuzasidan elektron to‘lov qilish imkoniyatlari yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ekspertiza tayinlovchi organ (shaxs) o‘zi tomonidan tayinlagan ekspertizaning ijro holatini axborot tizimlari orqali onlayn kuzatib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Elektron axborot tizimlari orqali so‘rovlarni qabul qilish va tadqiqotlarni o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sud-ekspertiza tashkilotlariga elektron axborot tizimlari orqali ekspertizani tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim) hamda ish materiallari kelib tushgan vaqtdan boshlab, tegishli sud eksperti ekspertizani o‘tkazishga kirishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sud ekspertining taqdim etilgan tadqiqot obyektidagi nuqsonlarni bartaraf etish, qo‘shimcha materiallarni taqdim etish haqidagi iltimosnomalari ERI bilan tasdiqlanadi hamda “E-ekspertiza” elektron axborot tizimi orqali elektron hujjat ko‘rinishida ekspertiza tayinlovchi organga (shaxsga) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagi hollarda elektron axborot tizimlari orqali kelib tushgan hujjatlar ekspertiza tayinlovchi organga qaytariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqotlarni mazkur sud-ekspertiza tashkilotida o‘tkazish nazarda tutilmagan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-ekspertiza tashkiloti tegishli mutaxassislarga yoki asbob-uskunalarga ega bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza tayinlashga vakolati bo‘lmagan organ (shaxs) tomonidan yoxud vakolatli organ (shaxs) tomonidan ekspertiza tayinlash vakolatiga kirmaydigan ishlar yuzasidan tadqiqotlar tayinlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sud-ekspertiza tashkiloti rahbari yoki uning bevosita sud ekspertizasi yo‘nalishiga mas’ul o‘rinbosari tadqiqotlar o‘tkazish uchun taqdim qilingan hujjatlarni uch ish kunida tadqiqotlar bajarilmaganligi sabablarini ko‘rsatgan holda, ekspertizani tayinlagan vakolatli organga (shaxsga) qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qaytarish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilganidan so‘ng ekspertizani tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim) ekspertiza tayinlovchi organ (shaxs) tomonidan takroran taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan elektron axborot tizimlari orqali tayinlangan ekspertizalar yuzasidan tadqiqotlar sud-ekspertlik faoliyatiga doir qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatilgan talablar va muddatlar asosida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ekspertiza tadqiqotlari yakuniga ko‘ra xulosani tayyorlash va uni elektron axborot tizimi orqali yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sud-ekspertiza tashkilotlarining sud eksperti tomonidan tayinlangan ekspertiza tadqiqotlari natijalari yuzasidan tayyorlangan xulosa ERI bilan tasdiqlanishi hamda elektron axborot tizimlari orqali ekspertiza tayinlovchi organga (shaxsga) yuborilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tayinlangan komissiyaviy va kompleks ekspertizalar natijasi bo‘yicha tuzilayotgan xulosalarda sud-ekspertiza tashkilotlaridan boshqa tashkilotlarning mutaxassislari qatnashganda, ularga elektron axborot tizimlari orqali xulosani ERI bilan tasdiqlash imkoni yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sud-ekspertiza tashkiloti elektron axborot tizimi orqali yuborish mumkin bo‘lmagan tadqiqot obyektlari bo‘lgan predmetlar va hujjatlar hamda boshqa ish materiallari ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) shaxsan berilishi yoki pochta orqali yuborilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadqiqot obyektlarining o‘lchamlari va xossalari imkon bermagan yoxud qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq pochta (feldyegerlik xizmati) orqali yuborish mumkin bo‘lmagan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sud-ekspertiza tashkiloti o‘lchamlari va xossalari imkon bermagan yoxud qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq pochta (feldyegerlik xizmati) orqali yuborish mumkin bo‘lmagan tadqiqot obyektlarini saqlab qoladi va ekspertiza tayinlovchi organni (shaxsni) xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ekspertiza tayinlovchi organ tadqiqot obyektlarini olib ketishni tashkil etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ekspertiza tayinlovchi organ(shaxs) hamda sud ekspertlari elektron axborot tizimlariga kiritiladigan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Elektron axborot tizimlari tegishli bo‘lgan vazirlik va idoralar elektron hujjat almashinuvi jarayonida hujjatlarning oshkor qilinmasligiga hamda qonunchilikda belgilangan xavfsizlik talablarini ta’minlashga mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ekspertizasini o‘tkazishda elektron axborot tizimlari orqali hujjatlar almashinuvini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza tayinlovchi organlar va sud-ekspertiza tashkilotlari o‘rtasida elektron axborot tizimlari orqali hujjatlar aylanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ekspertiza tayinlovchi organ (shaxs)

1. Ekspertizani tayinlash uchun ekspertiza tayinlovchi organ (shaxs) qarorini (ajrimini) (keyingi o‘rinlarda — so‘rov) ish materiallari bilan birga sud-ekspertiza tashkilotiga yuboradi.

Zaruratga ko‘ra

2. Elektron axborot tizimlari orqali yuborish imkoni bo‘lmagan yoki tadqiqot o‘tkazishda asli talab etiladigan ish materiallari va tadqiqot obyektlarini sud-ekspertiza tashkilotiga taqdim qiladi.

5 ish kunida

(so‘rov yuborilgandan so‘ng)

Sud-ekspertiza tashkiloti

1. Kelib tushgan so‘rovni qabul qiladi va ijroga qaratadi.

1 ish kunida

2. Zaruratga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumotlarni hamda to‘lov amalga oshirilishini so‘rab iltimosnomalar chiqaradi.

2 ish kunida

3. So‘rovni qaytarish uchun asoslar mavjud bo‘lganda, uni ekspertiza tayinlagan organga (shaxsga) qaytaradi.

3 ish kunida

Ekspertiza tayinlovchi organ (shaxs)

1. Kelib tushgan iltimosnomani ijroga qaratadi.

1 ish kunida

2. Iltimosnomani o‘rganib chiqadi.

2 ish kunida

3. Iltimosnomaga javobni ERI bilan tasdiqlangan elektron hujjat shaklida sud-ekspertiza tashkilotiga yuboradi (asli shart bo‘lgan yoki raqamlashtirish imkoni bo‘lmagan ish materiallari, tadqiqot obyektlari bundan mustasno).

7 ish kunida

(so‘rov kelib tushgandan so‘ng)

Sud-ekspertiza tashkiloti

1. Kelib tushgan iltimosnoma javobini ijroga qaratadi.

1 ish kunida

2. Iltimosnomada ko‘rsatilgan masalalar ekspertiza tayinlovchi organ (shaxs) tomonidan hal etilmaganligi sababli ekspertiza xulosasini tayyorlashning imkoni bo‘lmagan holatlarda so‘rovni ijrosiz qaytarib yuboradi.

10 ish kunidan keyin

(iltimosnoma chiqarilgandan so‘ng)

3. ERI bilan tasdiqlangan ekspert xulosasini tayyorlaydi.

30 kun ichida

(ekspertizaning murakkabligidan kelib chiqib)

4. Ekspertizani belgilangan muddatda yakunlash imkoni bo‘lmaganda, qo‘shimcha muddatni kelishish uchun ekspertiza tayinlovchi organga (shaxsga) xabar qiladi.

Muddatidan 3 ish kuni oldin

5. Tayyor bo‘lgan ekspertiza xulosasini yuboradi.

1 ish kunida

Ekspertiza tayinlovchi organ (shaxs)

1. Qo‘shimcha muddat berish masalasini ko‘rib chiqadi.

3 ish kunida

2. Elektron axborot tizimlari orqali kelib tushgan ekspert xulosasini qabul qiladi va ijroga qaratadi.

1 ish kunida

Ekspertiza tayinlovchi organ (shaxs)

Elektron axborot tizimlari, pochta (feldyegerlik xizmati) orqali yuborish imkoni mavjud bo‘lmagan ish materiallari, tadqiqot obyektlari qaytarib olinishini ta’minlaydi.

5 ish kunida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sxemadagi muddatlar tadqiqot obyektlarining asli kerak bo‘lgan hollarda asli kelib tushgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sxemada nazarda tutilmagan holatlarda sud-ekspertlik faoliyatiga doir qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatilgan talablar va muddatlar asosida harakatlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-fevraldagi 74-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 22-noyabrdagi 704-son qaroriga 2-ilovaning 3-bandidagi “davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga” so‘zlari “davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari, shu jumladan, sud-ekspertlik byurolariga (keyingi o‘rinlarda — davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Sud ekspertiza sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 22-noyabrdagi 706-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 231-band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“231. Nodavlat sud eksperti bo‘lish uchun yakuniy malaka imtihoni qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Ekspert-malaka komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda o‘quv rejasi va dasturida nazarda tutilgan barcha modullarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan tinglovchining ta’lim olgan vaqti, soati, ekspertiza yo‘nalishi nomi hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari aks ettirilgan ma’lumotnoma Ekspert-malaka komissiyasiga taqdim etilgandan so‘ng yakuniy malaka imtihonini topshirishga ruxsat etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-band “nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida” so‘zlaridan keyin “shuningdek, sud-ekspertlik byurosini ta’sis etgan holda” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-banddagi “Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti” so‘zlari “Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti, shu jumladan sud-ekspertlik byurosi (keyingi o‘rinlarda — nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-ekspertlik byurosi — shartnoma asosida fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy sud ishlari va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud ekspertizasini hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazishga ixtisoslashtirilgan, yakka tartibda sud eksperti tomonidan ta’sis etilgan notijorat tashkilot”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi — o‘n uchinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Sud ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 21-fevraldagi 73-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandning birinchi xatboshisi “nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti” so‘zlaridan keyin “shu jumladan sud-ekspertlik byurosi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-band quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-ekspertlik byurosi — shartnoma asosida fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy sud ishlari va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud ekspertizasini hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazishga ixtisoslashtirilgan, yakka tartibda sud eksperti tomonidan ta’sis etilgan notijorat tashkilot”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 19-martdagi 171-son qaroriga 6-ilova quyidagi mazmundagi 38-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

38.

Institutda o‘tkaziladigan tadbirlar (konferensiya, seminar va boshqalar) ishtirokchilariga va Institut tinglovchilariga qo‘shimcha qulaylik yaratish hamda o‘quv mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffus vaqtlardan unumli foydalanish maqsadida kofe-breyklar tashkil etish, autsorsing, keytering va boshqa xizmatlardan foydalanish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

”.

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2026-y., 09/26/74/0165-son)