Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 19-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3777]
Oʻzbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PQ-186-son “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 633-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2025-yil 22-sentabrdagi 602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hamda 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son “Mehnatni muhofaza qilish sohasiga oid ayrim nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. RAFIQOV
Toshkent sh.,
2026-yil 5-fevral,
38-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 5-fevraldagi 38-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 7-sentabrdagi 170-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2015, 2009-yil 12-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 42-son, 451-modda) bilan tasdiqlangan Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalarida:
1) 2-bobning 10-paragrafi nomidagi va 71-banddagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 72-banddagi “tashqi kanalizatsiyaga yetib kelguncha” degan soʻzlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga oqizishdan oldin” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 77-banddagi “kanalizatsiyalangan” degan soʻz “maishiy oqova suvlar tizimiga ulangan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 78-banddagi “kanalizatsiya” va “kanalizatsiyasiga” degan soʻzlar tegishli ravishda “oqova suvlarni chiqarib yuborish” va “oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 198 va 219-bandlardagi “kanalizatsiyaga” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 7-sentabrdagi 169-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2016, 2009-yil 12-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 42-son, 452-modda) bilan tasdiqlangan Linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalarida:
1) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqiladi va ish joylarida ishlovchilarni yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot boʻlinmasining rahbari zimmasiga yuklanadi.”;
2) 78-banddagi “kanalizatsiyasi” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 82-banddagi “Sanoat kanalizatsiyasi” degan soʻzlar “Ishlab chiqarish oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 21-dekabrdagi 271-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2073, 2010-yil 23-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 3-4-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Sirka kislotasi ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalarida:
1) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqiladi va ish joylarida ishlovchilarni yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot boʻlinmasining rahbari zimmasiga yuklanadi.”;
2) 2-bobning 10-paragrafi nomidagi va 64-banddagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 65-banddagi “tashqi kanalizatsiyaga yetib kelguncha” degan soʻzlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga oqizishdan oldin” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 70-banddagi “kanalizatsiyalangan” degan soʻz “maishiy oqova suvlar tizimiga ulangan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 71-banddagi “kanalizatsiya” va “kanalizatsiyasiga” degan soʻzlar tegishli ravishda “oqova suvlarni chiqarib yuborish” va “oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 252-banddagi “kanalizatsiyaga” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 262-banddagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4. “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 26-martdagi 108-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2104, 2010-yil 19-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 20-son, 157-modda) bilan tasdiqlangan Sintetik smolalar ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalarida:
1) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqiladi va ish joylarida ishlovchilarni yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot boʻlinmasining rahbari zimmasiga yuklanadi.”;
2) 2-bobning 10-paragrafi nomidagi va 58-banddagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 61-banddagi “kanalizatsiya” degan soʻz “maishiy oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 62-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“62. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi yoʻq boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralariga ruxsat etiladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3777/0154-son)