Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
YOQILGʻI-ENERGETIKA RESURSLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARINI BUZGANLIK UCHUN IQTISODIY JAZOLARNI QOʻLLASH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-fevraldagi 121-sonli “Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanishda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, neft mahsulotlari, gaz, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash va ulardan boshqa maqsadlarda foydalanishning, noqonuniy sotish (berish)ning, oʻzlashtirib olishning va ularning sifati buzilishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qoʻllash toʻgʻrisidagi Nizom (ilova qilinmoqda) tasdiqlansin va amalga kiritilsin.
2. Adliya vazirligi va Moliya vazirligi “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi va Energetika va elektrlashtirish vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi qonunlar majmuasiga hamda yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik haqida Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat va jazo toʻgʻrisidagi qonunlar majmuasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi takliflarni tayyorlasinlar va 1994-yilning birinchi yarim yilligida taqdim etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Moliya vazirligi Markaziy bankda Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazo sifatida undirib olinadigan pul mablagʻlarining bir qismini oʻtkazish uchun energiyani tejash boʻyicha maxsus respublika tarmoqlararo schyoti ochilishini taʼminlasin. Belgilab qoʻyilsinki, qayd etib oʻtilgan schyotning pul mablagʻlaridan Yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash komissiyasining qaroriga muvofiq foydalaniladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 288-modda)
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Q. Haqqulov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 9-mart,
124-son
Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qoʻllash toʻgʻrisida
NIZOM
1. UMUMIY QOIDALAR
Ushbu Nizom yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan, ular qaysi idoraga qarashliligi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, iqtisodiy jazolar qoʻllashni nazarda tutadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(I boʻlimning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
II. YOQILGʻI-ENERGETIKA RESURSLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARINI BUZGANLIK UCHUN QOʻLLANADIGAN IQTISODIY JAZOLAR
1. Ushbu Nizom bilan quyidagi iqtisodiy jazolarni qoʻllash nazarda tutiladi:
1.1. Neft mahsulotlaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
a) korxonalar va tashkilotlarga qarashli neft mahsulotlarini noqonuniy oʻzlashtirib olish va xoʻjasizlik bilan sarflash, shuningdek, ularni neft omborlaridan va davlat transport vositalaridan noqonuniy sotish aybdor yuridik shaxslardan noqonuniy ravishda sarflangan neft mahsulotlarining 3 baravar qiymatini undirib olishga sabab boʻladi;
(“a” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2004-y., 37-son , 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
b) neft mahsulotlarini maqsadga nomuvofiq ishlatish, shuningdek, ularni qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan normalardan ortiqcha sarflash sarflangan neft mahsulotlarining 50 foiz qiymatini aybdor yuridik shaxslardan undirib olishga sabab boʻladi;
(“b” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
v) neft mahsulotlarini asossiz ravishda ishlab chiqarish nobudgarchiliklari, tabiiy kamayish yoki qoʻshib yozilgan ish hajmi hisobiga hisobdan chiqarish aybdor yuridik shaxslardan noqonuniy ravishda hisobdan chiqarilgan neft mahsulotlarining 3 baravar qiymatini undirib olishga sabab boʻladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(“g” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori bilan chiqarib tashlangan— OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
d) yetkazib beruvchi hamda sotuvchi tashkilotlar va korxonalar tomonidan, shuningdek, neft mahsulotlarini ishlatuvchilar tomonidan ularning sifati buzilganda, shuningdek, neft mahsulotlarini tashish qoidalariga rioya qilmaslik sifati buzilgan neft mahsulotlarining 50 foiz qiymatini va ularning sifatini tiklashga sarflangan barcha xarajatlar pulini aybdorlardan undirib olishga sabab boʻladi;
(“d” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
e) neft mahsulotlarini mahsulot yetkazib beruvchilardan tamgʻasiz vagon-sisternalarda yoki qoidani buzgan holda qabul qilib olish va tashish neft mahsulotlarini qabul qilish va tashishni amalga oshiruvchi tashkilotlardan tashilgan neft mahsulotlari hajmining 50 foiz qiymatini undirib olishga sabab boʻladi;
(“e” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
j) yetkazib beruvchi va sotuvchi korxonalar va tashkilotlar tomonidan konditsiyasiz neft mahsulotlarining avtotsisternalar tamgʻalanmasdan va neft mahsulotlari sifati pasportlarisiz berilishi sotilgan konditsiyasiz neft mahsulotlarining 50 foiz qiymatini hamda ularning sifatini tiklashga sarflangan barcha xarajatlar pulini aybdorlardan undirib olishga sabab boʻladi;
(“j” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(“z” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabr 430-sonli qarori asosida chiqarib tashlangan— OʻR QHT, 2004-y., 37 -son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(“i” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori bilan chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
1.2. Gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
a) shartnomalar tuzmasdan gaz yetkazib berish gaz taʼminoti tashkilotlaridan, obyekt (qurilma)ni gaz tarmogʻidan albatta uzib qoʻygan holda, gaz ulangan paytdan boshlab sarflangan gazning 10 baravar qiymatini undirib olishga sabab boʻladi;
(“a” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabr 430-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 37 -son, 411-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
b) ishlatuvchilar tomonidan yoqilgʻi ishlatiladigan qurilmalarning gaz taʼminoti tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab qoʻyilishi, obyekt (qurilma)ni gaz tarmogʻidan albatta uzib qoʻygan holda, ulardan gaz ulangan paytdan boshlab sarflangan gazning 10 baravar qiymatini undirib olishga sabab boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(“v” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabr 430-sonli qarori asosida chiqarib tashlangan— OʻR QHT, 2004-y., 37 -son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(“g” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 19-son, 179-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
d) yoqilgʻi ishlatiladigan jihozlar (qurilmalar)da gazning qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan normalardan ortiqcha behuda isrof qilinishi tekshirish paytidan oldingi 12 oyda nooqilona sarflangan gazning 50 foiz qiymatini ishlatuvchilardan undirib olishga sabab boʻladi;
(“d” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(“e” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabr 430-sonli qarori asosida chiqarib tashlangan— OʻR QHT, 2004-y., 37 -son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(“j” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori bilan chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
z) ushbu ishlarni bajarishga “Oʻzdavneftgazinspeksiya”ning ruxsatisiz korporatsiyasining gazdan foydalanish huquqini beradigan ruxsatisiz ishlatuvchilarning gaz ishlatiladigan qurilmalarida ishga tushirish va rejimli-sozlash ishlarini amalga oshirish bu ishlarni bajaruvchi tashkilotlardan ishga tushirish va rejimli-sozlash ishlari smeta hajmi qiymatining 10 foizini undirib olishga va barcha ishlarning toʻxtatilishiga, obyekt (qurilma)ning gaz tarmogʻidan uzib qoʻyilishiga olib keladi.
(“z” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
1.3. Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
(“a” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabr 430-sonli qarori asosida chiqarib tashlangan— OʻR QHT, 2004-y., 37 -son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
b) kondensatning shartnomada koʻrsatilgan miqdorlar doirasida qaytarilib berilmasligi qaytarilmagan miqdor qiymatini 30 foiz, shartnomada koʻrsatilgan meʼyorlardan kam qaytarib berilgan taqdirda esa qaytarilmagan kondensat miqdorining qiymatini, tarif qiymatini ham qoʻshib hisoblagan holda 50 foiz miqdorda undirib olishga sabab boʻladi;
(“b” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori bilan chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
v) isteʼmolchilar tomonidan elektr qurilmalarining yagona elektr energetikasi tizimi tarmoqlariga yoki issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarning issiqlik taʼminoti korxonalari tarmoqlariga tegishli shartnoma tuzmasdan oʻzboshimchalik bilan ulab qoʻyilishi korxonalar va tashkilotlardan ishlatilgan elektr va issiqlik energiyasi qiymatining 10 baravari miqdorini undirib olishga sabab boʻladi;
(1.3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 152-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
g) korxonalar va tashkilotlar tomonidan elektr energiyasidan xonalarni isitish va issiq suv taʼminoti maqsadlarida tegishli ruxsatlarsiz foydalanish bu maqsadlarda foydalanilgan elektr energiyasi tarifini ulardan 5 baravar miqdorda undirib olishga sabab boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
d) sanoat korxonalari va tashkilotlarining isitish tarmoqlaridan suvning toʻkib yuborilishi, izolyatsiyaning buzilishi va issiqlik-bugʻ quvurlari, issiqlik tarmoqlaridan, issiqlik ishlatiladigan asbob-uskunalardan izolyatsiyasiz foydalanish issiqlik energiyasi hajmining asbob-uskunalar yoki normativ usullar bilan aniqlangan isrof boʻlgan hajmi qiymatini ulardan 3 baravar miqdorda undirib olishga sabab boʻladi;
(“d” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
e) korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan ishlab chiqarish zaruriyati boʻlmagan holda jihozlarning unumsiz yoki behuda ishlashi oqibatida energiyaning toʻgʻridan-toʻgʻri isrof qilinishi, reaktiv quvvatlarni tiklash vositalarining ish tartibi buzilishi yoki ularga rioya qilmaslik asbob-uskunalar yoki normativ usullar bilan aniqlangan isrof boʻlgan elektr va issiqlik energiyasi hajmi qiymatini ulardan 50 foiz miqdorda undirib olishga sabab boʻladi;
(“e” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
j) sanoat korxonalari va tashkilotlari tomonidan qisilgan havo, suv, bugʻning toʻgʻridan-toʻgʻri isrof qilinishi, shuningdek, kondensatning oqizib yuborilishi, issiqlik tarmoqlarining suvga bostirib yuborilishi, mavjud ikkilamchi energiya manbalaridan foydalanmaslik yoki zarur darajada foydalanishni taʼminlamaslik asbob-uskunalar yoki normativ usullar bilan aniqlangan isrof boʻlgan elektr va issiqlik energiyasi qiymatini ulardan 50 foiz miqdorda undirib olishga sabab boʻladi;
(“j” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
z) elektr yoki issiqlik energiyasini hisobga olish sxemasining buzilishi yoki oʻzgartirilishi hisobga olish asboblari soʻnggi marta tekshirilgan paytdan boshlab foydalanilgan elektr va issiqlik energiyasi hajmi qiymatini aybdorlardan 50 foiz miqdorda undirib olishga sabab boʻladi;
(“z” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
i) elektr yoritgichlardan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, shuningdek hududlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan normalardan ortiqcha, asossiz, ishlab chiqarish zaruriyatisiz foydalanish yorugʻlik texnikasi uskunasining oʻrnatilgan quvvatidan va uskunalardan foydalaniladigan soatlarning yillik sonidan kelib chiqib belgilangan ushbu maqsadlarda foydalaniladigan elektr energiyasi qiymatini 50 foiz miqdorda ulardan undirib olishga olib keladi;
(“i” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
k) energetika asbob-uskunalari va tarmoqlarining belgilangan qoidalar talablariga javob bermaydigan qoniqarsiz texnik holati, energiya qurilmalari va tarmoqlarining texnik holatidagi hamda ulardan foydalanishdagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha “Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi yozma koʻrsatmalarining muntazam bajarilmasligi ushbu qurilmalar balansida boʻlgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga nisbatan ishlatiladigan, uzatiladigan yoki mazkur qurilmalar bilan vujudga keltiriladigan energiya oʻrtacha oylik hajmi qiymatining 25 foizi miqdorida iqtisodiy choralar qoʻllashga sabab boʻladi.
(1.3-bandning “k” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 152-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2 band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
III. IQTISODIY JAZOLARNI QOʻLLASH TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan iqtisodiy jazolar “Oʻzdavneftgazinspeksiya”ning hamda “Oʻzdavenergonazorat” agentligining vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan tuzilgan dalolatnomalar (bayonnomalar)ga asosan qoʻllanadi. Iqtisodiy jazolar boʻyicha undirib olinadigan summalar miqdori neft mahsulotlari, gaz va boshqa yoqilgʻi-energetika resurslarining amaldagi qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-fevraldagi 94-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 3-4-son, 17-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar sud tartibida qoʻllanadi, ular tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi aybi tan olingan va iqtisodiy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda toʻlangan hollar bundan mustasno
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori asosida xatboshi bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Iqtisodiy jazolarning qoʻllanishi yuridik va jismoniy shaxslarni ular tomonidan yetkazilgan zararni toʻliq undirib olishdan ozod qilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Yuridik shaxslar “Oʻzdavneftgaznazorat” va “Oʻzdavenergiyanazorat” agentligi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki sudga murojaat qilishga haqlidir.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-fevraldagi 94-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 3-4-son, 17-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Yoqilgʻi-energetika resurslaridan, neft mahsulotlari, gaz, elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan undirib olinadigan pul korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bir oy muddatda “Oʻzdavneftgazinspeksiya”ning hamda “Oʻzdavenergonazorat” agentligining hisob-kitob schyotiga oʻtkaziladi. Uning 92 foizi energiyani tejash boʻyicha maxsus respublika tarmoqlararo schyotga oʻtkaziladi, qolgan 8 foizi esa “Oʻzdavneftgazinspeksiya” hamda “Oʻzdavenergonazorat” agentligi” ixtiyorida qoladi va keyinchalik unga soliq solinmaydi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Bu summalar oʻz vaqtida oʻtkazilmagan hollarda ularni aybdor shaxslardan akseptsiz undirib olish “Oʻzenergiyanazorat” tomonidan taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 515-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Tadbirkorlik subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq boʻlgan iqtisodiy sanksiyalarni undirish unga undiriladigan summani undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida toʻlovlarni har oyda boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini bergan holda amalga oshiriladi.
(III boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori asosida 6-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Energiya taʼminotining maxsus respublika tarmoqlararo hisob raqamidagi pul mablagʻlaridan keyinchalik soliq solinmasdan, Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasining qaroriga koʻra belgilangan maqsadlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligining taqdimnomasiga koʻra, energiyani tejaydigan loyihalar hamda energiyani tejaydigan texnologiyalar va ishlab chiqarishlarni joriy etish, yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmoli hamda ulardan foydalanish rejimlarini hisobga olish, nazorat qilish va boshqarish tizimlarini, energiya tejamkorligining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirishni nazarda tutuvchi energiyaning muqobil manbalarini ishlab chiqarishga jalb etish, loyihalarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni taʼminlaydigan loyihalar boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni moliyalashtirish uchun foydalaniladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 13-avgustdagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 433-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
8. Agar neft mahsulotlari, gaz, elektr va issiqlik energiyasidan boshqa maqsadlarda foydalanish yoki ularni ortiqcha sarflash, isrof qilish qishloq xoʻjaligi ishlarini noqulay ob-havo sharoitlarida amalga oshirish, tabiiy ofatlar, halokatlar oqibatlarini bartaraf etish va boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli kelib chiqqan boʻlsa, iqtisodiy jazolar qoʻllanilmaydi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori bilan 6 va 7-bandlar tegishli ravishda 7 va 8-bandlar deb hisoblangan — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)