05.02.2026 yildagi PF-19-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FARMONI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, innovatsion maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini tashkil etish, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, shuningdek, bolalarni o‘yinga yo‘naltirilgan ta’lim asosida milliy g‘urur va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual, ma’naviy-axloqiy, ijodiy, jismoniy va har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ta’lim-tarbiya jarayonini ilg‘or tajribalarga muvofiq innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) sohaga xususiy sektorni keng jalb qilishni yanada qo‘llab-quvvatlash va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish uchun qo‘shimcha rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarining ta’lim dasturini majburiy umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi sifatida kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) maktabgacha ta’lim tizimida bolalarni tarbiyalash, rivojlantirish va ularga ta’lim berishni ijobiy munosabatlar orqali amalga oshirish maqsadida o‘yinga asoslangan ta’limni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan va Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazini o‘z ichiga olgan “Yangi avlod” maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarining ta’lim dasturlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va boshqa ijtimoiy soha obyektlarida to‘liq yoki qisqa muddatli guruhlarda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlariga bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarini tashkil etishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 2027/2028 o‘quv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) maktabga tayyorlov guruhlarida ta’lim jarayonlari oliy ma’lumotli pedagoglar, shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi bosqich talabalari tomonidan olib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) maktabga tayyorlov guruhlarida ta’lim-tarbiya olgan bolalarga bir yillik maktabga tayyorlovdan o‘tganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi elektron sertifikat beriladi hamda ushbu ma’lumotlar umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomada qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2027/2028 o‘quv yiliga qadar bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarining ta’lim dasturi majburiy umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi sifatida kiritilishini inobatga olgan holda uning qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki, “Yangi avlod” maktabgacha ta’lim tashkilotlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2026 — 2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida bittadan tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti sifatida faoliyat olib boradi hamda ilg‘or xorijiy tajribalar asosida o‘yinga asoslangan ta’lim va tarbiya jarayonlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) rahbar va pedagog xodimlari, jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, musiqa rahbarlari, psixolog, tarbiyachi yordamchilarining tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida Davlat budjetidan har oylik qo‘shimcha ustama joriy etiladi. Bunda ma’muriy-boshqaruv va pedagog xodimlar lavozimiga qabul qilish oliy ma’lumotli, yuqori salohiyatli nomzodlar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) bolalarning yoshi va rivojlanish bosqichlariga mos ravishda ijod va san’at, fan va matematika, jismoniy faollik va sarguzasht, til va tasavvur hamda robototexnika va ilk algoritmlash yo‘nalishlarida tematik o‘yingohlar tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) simulyatsion vaziyatlar orqali bolalarda kasblarga qiziqish uyg‘otish, ekologik madaniyatni shakllantirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim-tarbiya jarayoni amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) sohaviy oliygoh, malaka oshirish va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish yuzasidan tadqiqotlar olib boriladi, ularning natijalarini pedagoglar va ota-onalar o‘rtasida ommalashtirish bo‘yicha choralar ko‘riladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, “Yangi avlod” maktabgacha ta’lim tashkilotiga qo‘shimcha ravishda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan quyidagi lavozimlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) har bir “Yangi avlod” maktabgacha ta’lim tashkilotiga 1 ta shtat birligidan Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) har bir tematik o‘yingoh uchun 1 ta shtat birligidan iborat tarbiyachi-yo‘riqchi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda 2026-yil 1-iyulga qadar quyidagilarni ishlab chiqsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 120 o‘ringa mo‘ljallangan “Yangi avlod” maktabgacha ta’lim tashkilotining namunaviy loyihalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) maktabgacha ta’lim tashkiloti va umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti bir hududda joylashishini nazarda tutuvchi namunaviy loyihani.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarida maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlash xalqaro ilg‘or tajribalarga mos ravishda takomillashtirilgan ta’lim dasturlari asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli pedagog kadrlar uchun tegishli oliy ta’lim tashkilotlarida dual ta’lim shaklida (bir kun pedagogika oliy ta’lim tashkilotida, besh kun maktabgacha ta’lim tashkilotida) maktabgacha ta’lim yo‘nalishida to‘lov-shartnoma asosida bakalavrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Bunda ta’lim jarayonlarini tashkil etishda talabalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi amaliy faoliyatini metodik ta’minlash, muvofiqlashtirish va baholash mexanizmlari joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) yangi tashkil etilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga, birinchi navbatda, oliy ma’lumotli tarbiyachilar ishga qabul qilinadi. Bunda belgilangan tartibda tasdiqlanadigan nizomga muvofiq tarbiyachilar tanlov asosida saralab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-apreldan boshlab maktabgacha ta’lim qamrovi 80 foizdan past bo‘lgan tuman (shahar)lardagi (Toshkent shahri bundan mustasno) tadbirkorlik subyektlari uchun quyidagi imtiyozlar joriy etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining (ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan va qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar bundan mustasno) bo‘sh yer maydonlarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida quyidagi qo‘shimcha imtiyoz va shartlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishga ruxsat beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ijara to‘lovlari 30 yil muddat davomida undirilmaydi va ushbu muddat tugagandan so‘ng mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti davlat balansiga topshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) har bir bola uchun 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bir nafar tarbiyalanuvchisiga sarflanadigan xarajatning 50 foizi miqdorida elektron davomat asosida davlat-xususiy sheriklik bitimi amal qilish muddati davomida subsidiya beriladi. Bunda mazkur imtiyoz O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 80 foizdan past bo‘lgan tuman (shahar)larda 2024-yildan boshlab tashkil etilayotgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ham tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) har bir bola uchun 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bir nafar tarbiyalanuvchisiga sarflanadigan xarajatning 50 foizi miqdori har yili Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ushbu tuman (shahar)lardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining bo‘sh yer maydonlaridan boshqa joylarda quvvati 150 o‘rindan kam bo‘lmagan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etadigan tadbirkorlik subyektlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) 7 yilgacha muddatga yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 5 milliard so‘mgacha kredit mablag‘lari maktabgacha ta’lim tashkilotini 18 oygacha bo‘lgan muddat ichida qurish sharti bilan beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turini o‘zgartirmaslik sharti bilan yer uchastkalari belgilangan tartibda auksion orqali ajratiladi. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan har yili 1-aprelga qadar demografik o‘sish, aholi joylashuvi va zichligini inobatga olgan holda maqbul yer uchastkalari ro‘yxati e’lon qilib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng tarbiyachilarga oylik ish haqi to‘lash xarajatlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tarbiyachilar uchun belgilangan miqdorda uch yil davomida elektron davomat asosida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. Bunda har 30 nafar tarbiyalanuvchi uchun bir shtat birligi miqdorida tarbiyachi hisobga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) mazkur bandning “b” kichik bandidagi imtiyozlar davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) maktabgacha ta’lim qamrovi 80 foizdan past bo‘lgan tuman (shahar)lar ro‘yxati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi hamda ushbu ro‘yxat har moliyaviy yil uchun yangilab boriladi. Bunda ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan 3 — 7 yoshli bolalarning umumiy soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslangan holda shakllantiriladi va ushbu ma’lumotlar haqqoniyligiga mazkur qo‘mita javobgar hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) mazkur Farmonning 9-bandi “b” kichik bandi “i” va “iii” xatboshilaridagi imtiyozlar 2026-yil 1-apreldan boshlab respublikaning barcha hududlarida quriladigan yangi ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etadigan tadbirkorlarga ham tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyat hokimlari mazkur Farmonning 9-bandi “b” kichik bandi “ii” xatboshisining sifatli ijrosini ta’minlashga shaxsan mas’ul va javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq qo‘mitasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilar yuzasidan Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) maktabgacha ta’lim qamrovi 80 foizdan past bo‘lgan tuman (shahar)lardagi (Toshkent shahri hamda viloyatlar markazlari bundan mustasno) maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining bo‘sh yer maydonlaridan boshqa joylarda quvvati 150 o‘rindan kam bo‘lmagan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etadigan (davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan maktabgacha ta’lim tashkilotlari bundan mustasno) tadbirkorlik subyektlariga 2030-yil 1-yanvarga qadar ijtimoiy soliq stavkasini nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti litsenziya olgandan keyin uch yil davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) maktabgacha ta’lim qamrovi 70 — 80 foiz oralig‘ida bo‘lgan tuman (shahar)lardagi tadbirkorlik subyektlariga — 5 foiz etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) maktabgacha ta’lim qamrovi 70 foizdan past bo‘lgan tuman (shahar)lardagi tadbirkorlik subyektlariga — 1 foiz etib belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 80 foizdan past bo‘lgan tuman (shahar)larda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlarining amalda faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun mazkur imtiyozni mos ravishda tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026-yil 1-apreldan boshlab respublikaning barcha hududlarida quriladigan yangi ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etadigan (davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan maktabgacha ta’lim tashkilotlari bundan mustasno) tadbirkorlik subyektlariga 2030-yil 1-yanvarga qadar ijtimoiy soliq stavkasini nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti litsenziya olgandan keyin uch yil davomida 5 foiz etib belgilash va ushbu imtiyozni faqat ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatida tashkil etiladigan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga nisbatan qo‘llash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026 — 2028-yillarda “Yangi avlod” maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Hududiy pedagogik mahorat markazlari balansidagi sobiq pedagogika kollejlari negizida tashkil etiladigan va qo‘shimcha o‘rin yaratiladigan ta’lim tashkilotlari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab mazkur Farmonga 3-ilovada belgilangan umumiy o‘rta ta’lim maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘ysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2027-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish maqsadida har yili 5 ming o‘rindan kam bo‘lmagan qo‘shimcha quvvat yaratish nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) “Yangi avlod” maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolarini qurish, jihozlash va hududlarini obodonlashtirish ishlari nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) mazkur Farmonda belgilangan tadbirlar xarajatlari 2026-yilda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi, 2027-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Belgilansinki, 2030-yilga qadar maktabgacha ta’lim sohasida qo‘shimcha quvvatlarni yaratish, shu jumladan, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida imtiyozli kredit resurslari va subsidiyalar ajratish uchun budjet mablag‘lari hisobidan 200 million AQSH dollarigacha bo‘lgan ekvivalentdagi mablag‘lar yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 2026-yildan boshlab mahalliy budjet mablag‘lari doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yordamchi binolarini (yozgi ayvoncha, oshxona, hojatxona va atrofini o‘rash) qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha har yillik hududiy dastur ishlab chiqib tasdiqlasin hamda ijrosini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yildan boshlab har yili 1-dekabrga qadar mazkur Farmonda nazarda tutilgan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazib, Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026 — 2030-yillarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun Markaziy bankning asosiy stavkasidan to‘rt foizlik punkt yuqori stavkada kreditlar ajratish uchun zarur mablag‘larni tijorat banklariga amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda ajratib borish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda ushbu Farmonning 9-bandida nazarda tutilgan imtiyozlarni taqdim etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E.G. Karimova belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 5-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-19-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PF-19-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish hamda qonunchilikni takomillashtirish

1.

Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi va ta’limiga oid talablarni takomillashtirish.

1. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi va ta’limiga oid talablarni amaliyotchi mutaxassislar ishtirokida qayta ko‘rib chiqish.

2026-yil aprel

-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(E. Karimova)

2. Maktabgacha ta’limning o‘quv dasturi tarkibiga takomillashtirilgan talablarni kiritib, qayta tasdiqlash.

2026-yil iyun

2.

“Ilk qadam” o‘quv dasturini maktabgacha ta’lim tashkilotlarida keng joriy etish.

1. Xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda “Ilk qadam” o‘quv dasturini joriy etish bo‘yicha mentor-trenerlarni tayyorlash.

Bunda maktabgacha ta’lim tashkilotlari va hududiy Pedagogik mahorat markazlarining malakali pedagoglari jalb qilish.

2026-yil aprel

-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(E. Karimova)

2. “Ilk qadam” o‘quv dasturini maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari tomonidan amaliyotga joriy etish bo‘yicha kaskad usulida treninglar tashkil etish.

2026-yil may — avgust

3.

3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

1. Bolalarning ilk yoshidan jismoniy, aqliy, hissiy va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni rivojlantirish dasturi loyihasini ishlab chiqish.

2027-yil mart

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(E. Karimova),

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(M. Olloyorov)

2. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni rivojlantirish dasturini tajriba-sinovdan o‘tkazish.

2027-yil sentabr

3. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni rivojlantirish dasturini tasdiqlash.

2027-yil dekabr

4.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va ota-onalar o‘rtasida samarali hamkorlik o‘rnatish, bolalarni zararli ta’sirlardan himoya qilish va ularni tarbiyalashda ota-onalarga psixologik va uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida “Onalar maktabi” loyihasini amalga oshirish.

1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va ota-onalar o‘rtasida samarali hamkorlik o‘rnatish, bolalar tarbiyasida ota-onalarga psixologik va uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida “Onalar maktabi” loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

(a) bolaning rivojlanishiga qaratilgan muhit yaratish bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlari va ota-onalar uchun tavsiyalar ishlab chiqish;

(b) ota-onalar uchun bola tarbiyasida muhim bo‘lgan ilmiy asoslangan ma’lumotlarni vizual va qisqa videokontent ko‘rinishida yaratish.

2026-yil may

Ijrochilarning o‘z mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(E. Karimova),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov)

2. “Onalar maktabi” loyihasi doirasida yaratilgan kontentlarni keng jamoatchilikka yetkazib borish.

2026-yil iyundan boshlab

 

3. Maktabgacha, umumiy o‘rta va oliy ta’lim tashkilotlarida psixologik qo‘llab-quvvatlashni samarali tashkil etish, pedagoglar hamda ota-onalarga tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida Psixologiya ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish.

2026-yil iyul

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(E. Karimova),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

5.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘yinga asoslangan ta’lim jarayonini joriy etish bo‘yicha “Bola, o‘yin va pedagog” loyihasini amalga oshirish.

1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘yinga asoslangan ta’limni joriy etish bo‘yicha yangi metodikani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tajriba-sinovdan o‘tkazish.

2026-yil aprel

Belgilangan tartibda jalb qilingan xalqaro tashkilotlar mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(E. Karimova),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘yinga asoslangan ta’limni joriy etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil avgust

3. “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlari o‘quv-reja dasturlariga o‘yinga asoslangan ta’lim faoliyatini tashkil etish bo‘yicha mavzular kiritish.

2026/2027 o‘quv yili

6.

Maktabga tayyorlov bosqichini umumiy o‘rta ta’lim tarkibiga kiritish yuzasidan qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi hamda “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonunlariga maktabga tayyorlov bosqichini umumiy o‘rta ta’lim tarkibiga kiritish bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil mart

-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(E. Karimova),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. Qonun loyihasini belgilangan tartibda kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil aprel

II. Pedagog kadrlar salohiyatini oshirish

7.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari psixologlari uchun pedagog xodimlarning kasbiy motivatsiya darajasini oshirish hamda emotsional holatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan treninglar tashkil etish.

1. Pedagog xodimlarning kasbiy motivatsiya darajasini oshirish va emotsional holatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan treninglarni o‘tkazish reja-jadvali va dasturini tasdiqlash.

2026-yil mart

-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(E. Karimova)

2. Pedagog xodimlar kasbiy motivatsiya darajasini oshirish va emotsional holatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan treninglarni har bir hududda bosqichma-bosqich o‘tkazish.

Reja-jadval asosida har yili

3. Pedagog xodimlarning emotsional barqarorligini ta’minlash uchun videomahsulotlar (podkast va boshqalar) tayyorlash.

2026-yil davomida

8.

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari o‘rtasida “Yilning eng namunali tarbiyachisi” tanlovini tashkil etish.

1. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha nizom loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil aprel

Ijrochilarning o‘z mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(E. Karimova),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Tasdiqlangan nizom asosida tanlovni o‘tkazish.

Belgilangan muddatda

9.

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro tajribalarga mos ravishda bakalavrlar tayyorlash tizimini joriy etish.

1. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

(a) maktabgacha ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligining ta’lim dasturlarini xalqaro tajribalar asosida takomillashtirish. Bunda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirish bilan birga jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borish hamda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kabi zarur bilim va ko‘nikmalarni egallagan pedagoglarni tayyorlashni nazarda tutish;

(b) maktabgacha ta’lim yo‘nalishida davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli pedagog kadrlar uchun dual ta’lim shaklida (bir kun pedagogika oliy ta’lim tashkilotida, besh kun maktabgacha ta’lim tashkilotida) to‘lov-shartnoma asosida maktabgacha ta’lim yo‘nalishida bakalavrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;

(v) dual ta’lim shaklida (bir kun pedagogika oliy ta’lim tashkilotida, besh kun maktabgacha ta’lim tashkilotida) ta’lim jarayonlarini tashkil etishda talabalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi amaliy faoliyatini metodik ta’minlash, muvofiqlashtirish va baholash mexanizmlarini joriy etish.

2026-yil aprel

-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(E. Karimova),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro tajribalarga mos ravishda bakalavrlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.

2026/2027 o‘quv yilidan boshlab

10.

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish.

1. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy rivojlanishini ta’minlashga qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida “Tarbiyachi” ta’limni boshqarish platformasini (LMS) yaratish.

2026-yil dekabr

-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(E. Karimova),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

2. Zamonaviy pedagogik metodikalar, innovatsion ta’lim texnologiyalariga oid videodarslar, uslubiy qo‘llanmalar, testlar hamda interfaol mashg‘ulotlarni ishlab chiqish va ularni “Tarbiyachi” LMS platformasiga joylashtirish.

2027-yil mart

III. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish

11.

Ota-onalar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rtasida raqamli axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xodimlar va tarbiyalanuvchilarning elektron davomatini yuritishga mo‘ljallangan mobil dasturni barcha davlat bog‘chalarida amaliyotga joriy etish.

2026-yil aprel

-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(E. Karimova),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

2. Xodimlarning ish vaqti tabelini elektron shaklda hisoblash, tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat xarajatlarini natura shaklida hisoblash jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish.

2026-yil may

3. Ota-onalar badal to‘lovlarini nazorat qilish va monitoringini yuritish, shuningdek, ularning ta’lim jarayoni, sog‘lig‘i, ovqatlanishi va kunlik mashg‘ulotlari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish imkonini beruvchi mobil ilova texnik topshirig‘ini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish.

2026-yil avgust

4. Texnik topshiriq asosida belgilangan tartibda mobil ilova yaratish va Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida amaliyotga joriy etish, shuningdek, bosqichma-bosqich barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mobil ilovadan foydalanishni yo‘lga qo‘yish.

2026-yil dekabrdan boshlab

12.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlarini qayta ko‘rib chiqish.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlarini qayta ko‘rib chiqqan holda tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda ota-onalar to‘lovi bazaviy hisoblash miqdoriga bog‘langan holda belgilanishini nazarda tutish.

2026-yil aprel

-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(E. Karimova),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

13.

Aholiga sifatli maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shimcha qulayliklar yaratish.

1. Hududlarda namunaviy loyiha andozasidan kelib chiqib 2026 — 2028-yillarda qo‘shimcha “Yangi avlod” maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish.

2. Hududlar va massivlarda yangi ko‘p qavatli binolar qurilishida kelgusida ularda yashovchi oilalar farzandlari uchun mutanosib ravishda har bir xonadon hisobidan kamida bir nafar bola o‘rni yaratilishini nazarda tutgan holda maktabgacha ta’lim tashkilotlari barpo etilishini ta’minlash.

2026 — 2028-yillar davomida

-

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PF-19-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026 — 2028-yillarda “Yangi avlod” maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Umumiy soni

shundan

2026-yil

2027-yil

2028-yil

Jami

14

2

6

6

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1

1

2.

Andijon viloyati

1

1

3.

Buxoro viloyati

1

1

4.

Jizzax viloyati

1

1

5.

Qashqadaryo viloyati

1

1

6.

Navoiy viloyati

1

1

7.

Namangan viloyati

1

1

8.

Samarqand viloyati

1

1

9.

Surxondaryo viloyati

1

1

10.

Sirdaryo viloyati

1

1

11.

Toshkent viloyati

1

1

12.

Farg‘ona viloyati

1

1

13.

Xorazm viloyati

1

1

14.

Toshkent shahri

1

1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PF-19-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy pedagogik mahorat markazlari balansidagi sobiq pedagogika kollejlari negizida tashkil etiladigan va qo‘shimcha o‘rin yaratiladigan ta’lim tashkilotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Pedagogik mahorat markazlari

Sobiq pedagogika kolleji nomi

Quvvati

Yangi tashkil etilayotgan va qo‘shimcha o‘rin yaratilayotgan ta’lim tashkiloti

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazi

To‘rtko‘l pedagogika kolleji

720

Umumiy o‘rta ta’lim maktabi

2.

Andijon viloyati pedagogik mahorat markazi

Asaka pedagogika kolleji

1 200

Umumiy o‘rta ta’lim maktabi

3.

Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi

Zomin pedagogika kolleji

540

Umumiy o‘rta ta’lim maktabi va davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti

4.

Namangan viloyati pedagogik mahorat markazi

Namangan pedagogika kolleji

1 065

Namangan davlat pedagogika institutiga qo‘shimcha bino

5.

Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi

Toyloq pedagogika kolleji

720

Ixtisoslashtirilgan maktab

6.

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi

Angor pedagogika kolleji

735

Umumiy o‘rta ta’lim maktabi va davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti

7.

Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi

Marg‘ilon pedagogika kolleji

1 250

Farg‘ona davlat universitetiga qo‘shimcha bino

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PF-19-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-79-son Farmoniga 3-ilova “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari” blokidan keyin “Yangi avlod” maktabgacha ta’lim tashkilotlari” bloki bilan to‘ldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-152-son Farmonining 7-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) birinchi xatboshidagi “tajriba-sinov tariqasida har bir tuman (shahar)dagi bittadan” so‘zlari “ehtiyojdan kelib chiqqan holda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda inklyuziv ta’lim guruhlarini ochish Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-16-son Farmoniga 15-ilovaning 18-pozitsiyasi “2025” hamda “IV chorak” ustunlaridagi “960 000” raqami “150 000” raqami bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi PF-231-son Farmoniga 5-ilovaning 1-2-pozitsiyalari “Ijro muddati” ustunidagi “2026-yil yanvar” so‘zlari “2026-yil iyun” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “2026 — 2030-yillarga mo‘ljallangan Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-256-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 8-bandning “b” kichik bandi “vazirlik va idoralar” so‘zlaridan keyin “(Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi bundan mustasno)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) 1-bo‘lim quyidagi mazmundagi 311, 312 va 651-pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

311.

311.

G‘uzor tumani

G‘uzor tuman 1-son texnikumi

312.

312.

G‘uzor tumani

G‘uzor tuman 2-son texnikumi

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

651

651

Qarshi tumani

Qarshi tuman 2-son texnikumi

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) 9-bo‘lim nomidan “(Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) 200 — 202, 204, 206 — 210, 213 — 225, 227 — 237, 240, 243 — 246, 249, 254, 255, 257-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-banddan “, ixtisoslashtirilgan” so‘zi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3651-son qaroriga 1-ilovaning 93-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“93. Xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moddiy ta’minlash shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi xususiy sherik tashabbusi bilan tanlov o‘tkazilmay va taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish asosida u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati, shu jumladan, ko‘p kvartirali uy-joylarning noturar qavatlarida va/yoki yuridik yoki jismoniy shaxslarga qarashli noturar binolarni ijaraga olish orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noturar ko‘chmas mulk ijara shartnomasi soliq organlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimida hisobga qo‘yilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga olinayotgan obyekt davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tegishli yer maydoni va bino-inshootlarida tashkil etilmagan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim amal qilish davrida ijara shartnomasi bekor bo‘lgan yoki ijara muddati tugagan taqdirda, Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ajratiladigan subsidiya vaqtincha to‘xtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat-xususiy sheriklikning mazkur shakli 75 nafardan kam bo‘lmagan bola o‘rnini yaratishni nazarda tutuvchi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-346-son qarori 7-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Toshkent shahri, Yunusobod tumani, “Otchopar-1” MFY, Darvozakent ko‘chasi, 60-uy manzilidagi bino-inshootlar Markazga operativ boshqaruv huquqi asosida o‘tkazilsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida islohotlarni jadallashtirish va eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-290-son qarorining 9-bandidagi “oilaviy” so‘zi “davlat-xususiy sheriklik asosidagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 06/26/19/0118-son)