Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QIShLOQ SAVDOSIDA MULKChILIK MUNOSABATLARINI, BOShQARUV TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh VA MONOPOLIYADAN ChIQARISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-martdagi 94-sonli “Isteʼmol tovarlari bilan ulgurji va chakana savdoni tashkil etishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Savdo sohasida raqobat muhitini yaratish, qishloq savdosida mulkchilik munosabatlarini va boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo sohasida monopoliyadan chiqarishni chuqurlashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 19-dekabrdagi PF-1897-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston matlubot kooperatsiyasi aksiyadorlik va matlubot jamiyatlari Markaziy uyushmasi (Oʻzbekbirlashuv Markaziy uyushmasi), “Oʻzulgurjimevasabzavot” aksiyadorlik kompaniyasining va ularning xoʻjalik yurituvchi subyektlarining:
Oʻzbekbirlashuv Oʻzbekiston matlubot kooperatsiyasi aksiyadorlik va matlubot jamiyatlari Markaziy uyushmasini “Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirish, uning tarkibiga 1-ilovaga* muvofiq korxona va tashkilotlarni kiritish;
* 1-ilova keltirilmaydi.
“Oʻzulgurjimevasabzavot” aksiyadorlik kompaniyasini va uning hududiy aksiyadorlik birlashmalarini tugatish;
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar matlubot kooperatsiyasining mavjud aksiyadorlik jamiyatlari uyushmalari hamda “Ulgurjimevasabzavot” aksiyadorlik birlashmalari negizida “Matlubotsavdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalari tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda matlubot kooperatsiyasi aksiyadorlik jamiyatlari uyushmalarini va “Ulgurjimevasabzavot” hududiy aksiyadorlik birlashmalarini qayta tashkil etish va birlashtirishda “Matlubotsavdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalariga yordam koʻrsatsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-apreldagi 168-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
2. Quyidagilar “Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari sifatida tavsiya etilsin:
oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va xarid qilish sohasida marketing tadqiqotlari olib borish;
isteʼmol tovarlari bilan savdo qilish qoidalarini ishlab chiqishda qatnashish, qishloq savdo korxonalari va tashkilotlariga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini hamda qishloq savdosini takomillashtirish va xizmat koʻrsatish madaniyatini oshirish boʻyicha jahon tajribasini tarmoqqa joriy etishda uslubiy yordam koʻrsatish;
belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va qishloq savdosi sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish;
savdo-texnologiya asbob-uskunalari ishlab chiqarish va qishloq savdo korxonalarini ular bilan shartnoma shartlarida taʼminlash;
mulkchilik shakllaridan va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, qishloq savdo va tayyorlov korxonalari hamda tashkilotlariga shartnoma asosida axborot xizmatlari koʻrsatish,
Keyingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar “Matlubotsavdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
qishloq aholisini xalq isteʼmol tovarlari bilan taʼminlash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va sotish tizimini yanada rivojlantirish;
qishloq savdosi aksiyadorlik jamiyatlari, korxonalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, ularga shartnoma shartlarida marketing xizmatlari koʻrsatish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlashni, birinchi navbatda fermer va dehqon xoʻjaliklaridan tayyorlashni tashkil etish, ularni qayta ishlashni va sotishni taʼminlash;
savdo, tayyorlov va boshqa korxonalarga reklama, tovarlar yetkazib berish va sotish yuzasidan shartnomalar tuzish masalalarida, tovar ishlab chiqaruvchilar bilan oqilona, uzoq muddatli xoʻjalik aloqalari oʻrnatishda konsalting xizmatlari koʻrsatish;
qishloq savdo va tayyorlov korxonalariga ularni texnika bilan qayta jihozlashda, zamonaviy savdo-texnologiya, ishlab chiqarish va tayyorlov jarayonlarini joriy etishda, xorijiy investitsiyalarni, shu jumladan qoʻshma korxonalar barpo etish yoʻli bilan jalb etishda koʻmaklashish;
tayyorlov va qayta ishlash korxonalari eksport imkoniyatlarini kengaytirish, tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish, chet mamlakatlarda savdo uylari va vakolatxonalari ochish.
4. Quyidagilar:
“Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar “Matlubotsavdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalarining tuzilmasi, shuningdek mustaqil ulgurji bazalarning hududiy joylashishi 2 va 3-ilovalarga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyasini boshqarish markaziy apparati tuzilmasi xodimlarining cheklangan soni (yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) 40 nafar etib hamda “Matlubotsavdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi 4 va 5-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyasining, “Matlubotsavdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalarining faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash, shu jumladan ularning ijro etuvchi apparati xarajatlari oʻz xoʻjalik faoliyati, xizmatlar koʻrsatish, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa daromadlar hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
“Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyasining ustav jamgʻarmasi tugatilayotgan Oʻzbekbirlashuv Markaziy uyushmasining, shu jumladan Savdo asbob-uskunalari zavodining, “Oʻzmatlubotinformservis” ijara korxonasining mol-mulki hamda kompaniya boshqa aʼzolarining taʼsis badallari hisobiga tashkil topadi;
“Matlubotsavdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalarining ustav jamgʻarmasi qayta tashkil etilayotgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar matlubot kooperatsiyasi aksiyadorlik jamiyatlari uyushmalarining, tugatilayotgan “Ulgurjimevasabzavot” aksiyadorlik birlashmalarining mol-mulki, kompaniya qatnashchilarining taʼsis badallari hisobiga tashkil topadi;
matlubot kooperatsiyasi aksiyadorlik jamiyatlarining ilgari sobiq paychilar nomidan yuqori tashkilotlarga berilgan aksiyalar paketlari aksiyadorlik jamiyatlarining oʻzlariga qaytariladi va ular tomonidan “Matlubotsavdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalari ustav jamgʻarmasiga qoʻshish uchun, erkin sotish uchun hamda belgilangan tartibda xorijiy investorlarga sotish uchun foydalaniladi;
yangi tashkil etilayotgan “Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyasining hamda “Matlubotsavdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalarining aksiyalari paketlarini taqsimlash, shuningdek ushbu kompaniyalar tarkibiga kiruvchi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari paketlarini qayta taqsimlash, shu jumladan ularning mol-mulkini baholash va qayta baholash, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hamda uning hududiy boʻlinmalari mutaxassislarini, mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek boshqa manfaatdor tomonlar vakillarini jalb etgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 31-martdagi PF-1740-son Farmoni qoidalariga muvofiq ikki oy muddatda amalga oshiriladi;
aksiyadorlik jamiyatlari aylanma mablagʻlarini toʻldirish, qoʻshimcha, shu jumladan; xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida aksiyalarning va ikkilamchi emissiya aksiyalarining barcha sotilmagan qismi uchinchi shaxslarga, shu jumladan xorijiy investorlarga sotiladi.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyasi bilan mustaqil ulgurji bazalar hamda “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalari, shuningdek, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, infratuzilmaning boshqa savdo tashkilotlari va korxonalari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik shartnoma asosida amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyasi qayta tashkil etilayotgan Oʻzbekbirlashuv Oʻzbekiston matlubot kooperatsiyasi aksiyadorlik va matlubot jamiyatlari Markaziy uyushmasi tomonidan tuzilgan shartnomalar va majburiyatlar boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Matlubotsavdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalari tugatilayotgan matlubot kooperatsiyasi aksiyadorlik jamiyatlari hududiy uyushmalarining, “Oʻzulgurjimevasabzavot” aksiyadorlik kompaniyasining va “Oʻlgurjimevasabzavot” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining shartnomalar va majburiyatlar boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadilar.
7. “Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyasi raisi va uning oʻrinbosarlari muassislarning umumiy yigʻilishida saylanadilar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadilar hamda maqomi, maishiy taʼminoti, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlariga koʻra “Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyasi raisi — Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga, raisning birinchi oʻrinbosari — vazirning birinchi oʻrinbosariga, rais oʻrinbosari — vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Matlubotsavdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalari rahbarlari mahalliy hokimiyat organlari tavsiyasiga koʻra belgilangan tartibda saylanadilar hamda qishloq aholisini isteʼmol tovarlari bilan uzluksiz taʼminlash uchun mahalliy boshqaruv organlari rahbarlari bilan baravar shaxsan javob beradilar.
8. Tugatilayotgan Oʻzbekbirlashuv Oʻzbekiston matlubot kooperatsiyasi aksiyadorlik va matlubot jamiyatlari Markaziy uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, shuningdek Samarqand kooperativ institutining uni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tasarrufiga berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Vazirlar Mahkamasining “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish toʻgʻrisida” 1998-yil 24-fevraldagi 77-son qarorining 6-bandiga muvofiq tugatilayotgan Oʻzbekbirlashuv Oʻzbekiston matlubot kooperatsiyasi aksiyadorlik va matlubot jamiyatlari Markaziy uyushmasi tasarrufidagi kooperativ texnikumlar va kollejlarni ikki tomonlama boʻysundiruvga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda 6-ilovaga* muvofiq tegishli “Matlubotsavdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalariga berish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
* 6-ilova keltirilmaydi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, tegishli tijorat banklari va tashkilotlar “Oʻzbekbirlashuv” va Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalari bilan birgalikda ikki oy muddatda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning budjetga toʻlovlar, kreditlar va boshqa moliyaviy majburiyatlarga, shuningdek ular boʻyicha penyalar va foizlarga oid qarzlarini belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirsinlar.
10. Belgilansinki, Oʻzbekbirlashuv Markaziy uyushmasini qayta tashkil etish va “Oʻzulgurjimevasabzavot” aksiyadorlik kompaniyasini tugatish davrida ularga rahbarlik qilish funksiyasi tegishli ravishda Markaziy uyushma raisi va uning oʻrinbosarlari, “Oʻzulgurjimevasabzavot” aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktori zimmasida saqlanib qoladi. Ularga tugatish komissiyalarini tuzish hamda tugatilayotgan organlarni, uyushmalar va birlashmalarni qonunchilikda belgilangan tartibda ikki oy muddatda tugatish topshirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol bozori kompleksi (M. Usmonov) Davlat mulki qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, boshqa manfaatdor idoralar ishtirokida bir oy muddatda taʼsis majlislarini oʻtkazsin hamda “Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyasining va “Matlubotsavdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalari ustav jamgʻarmalarining shakllantirilishini taʼminlasin.
12. “Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyasi, “Matlubotsavdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq aholisiga savdo xizmati koʻrsatish masalalarida Oʻzbekbirlashuv faoliyatini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 23-apreldagi 208-son qarorida belgilangan vazifalar va talablarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlasinlar.
13. Ushbu qarorni bajarish bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtirib borish uchun 7-ilovaga* muvofiq tarkibda komissiya tuzilsin,
* 7-ilova keltirilmaydi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida mevasabzavot mahsulotlarini ulgurji xarid qilish va sotish tizimini rivojlantirish toʻgʻrisida” 1997-yil 21-fevraldagi 98-son qarori (9, 10, 11, 12, 13, 15-bandlaridan tashqari) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari M.3. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 24-mart,
125-son
“Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyasi va “Matlubotsavdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalarining
tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Mustaqil ulgurji bazalarning hududiy joylashishi
“Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyasi markaziy apparati
tuzilmasi
(Xodimlar soni — 40 kishi)
Keyingi tahrirga qarang.
“Matlubotsavdo” Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududiy aksiyadorlik kompaniyalari apparatining
namunaviy tuzilmasi
Hududlar boʻyicha xodimlarning taxminiy soni:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Fargʻona, Toshkent viloyatlari — 30 kishidan;
Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo viloyatlari — 25 kishidan;
Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari — 20 kishidan.